10-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida tarbiya
Maqsadli reja:
1. Tarbiya jarayoni xususiyatlari
2.Tarbiyaning turlari
3. Tarbiyaviy ishlarga yzxlit, tiximli yundoshuv.
1. Tarbiya jarayoni xususiyatlari
Inson yoshlikdan ham kamolot chog’ida ham, keksalik davrida ham doim
boshqalardan, hayot saboqlaridan ko’p narsa o’rganadi, ibrat oladi, zaruriy
xulosalar qiladi. Lekin inson kamolotga asos bo’ladigan barcha omillar oila,
mahalla va ta’lim muassasalaridagi tarbiyaning o’rnini bosa olmaydi. Zero, ota-
ona, muallim, murabbiy -ustoz yo’l boshlovchi, to’g’ri yo’lga etaklovchidir.
Umuman olganda tarbiya, ta’lim berish jarayoni barcha ma’rifiy tadbirlar
majmuasini ham o’z ichiga oladi. Talaba yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va kompleks
kasbiy ma’naviy tarbiyani tashkil etishda, ularda insonparvarlik, vatanparvarlik,
mehr-shavqat, iymon, diyonat, vijdon, sadoqat kabi ma’naviy-ahloqiy, pedagog
odobi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Huquq va ongli intizom, aqliy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, nafosat va mehnat
tarbiyasiga o’z ta’sirini ko’rsatib, tarbiya jarayoni rivojida to’g’ri yo’nalish
beruvchi vazifasini o’taydi. Ta’lim – tarbiyaning samarasi va yutug’i – jamiyatga
sog’lom fikrlovchi, o’ziga ishongan, mustaqil, erkin fikrini bayon qila oladigan
shaxsni tarbiyalashdir.
Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyaning ob’oyektiv qonunlari - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va
ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o’ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish
talabalardagi turg’u bo’lgan anoanalardir. Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun
zarur bo’lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barka mollik,
yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik
jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik
vazifasini baja radigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi,
vazifasi, mazmuni o’ziga xosligi bilan farq qiladi.
Ta’lim tarbiya berish bilan uyg’unlashgandagina, etuk ma’naviyat va
ma’rifatga zamin bo’ladi. Ajdodlar merosi, ma’rifat darg’alaridan Abdulla
Avloniyning ma’naviy ma’rifiy qarashlarida tarbiyaning inson ma’naviy-ahloqiy
kamolotidagi ahamiyati beqiyosligini qayd etgan edi. “Tarbiya bizlar uchun yo
hayot-yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat – yo falokat masalasidir” degan
xulosaga keladi.
O’quvchilarni ma’lum bir kasb egasi qilish muhim pedagogik muammo bo’lib, bu
masalaga buyuk mutafakkirlar ham e’tiborlarini qaratganlar. Masalan, Avesto,
Qur’on Karim, Hadislarda, xuddi shuningdek, ma’naviyat yuldo’zlarining ta’lim –
tarbiya sohasidagi qarashlarida kasbga yo’llash muammosiga alohida e’tibor
berilgan.
Texnologiya ta’limi yunalishi darslarida talabalarda iqtisodiy tarbiya, estetik
tarbiya, aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi turlari ko’proq shakllantiriladi.
Shuningdek, texnologiya ta’limi yunalishining mutaxassislik fanlarini oqitish
jarayonida ham iqtisodiy, estetik, aqliy, mehnat, axloqiy,tabiat va ishlab chiqarish
vositalari mulkiga nisbatan munosabat va muomula tarbiyalari beriladi.
Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni
tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki ijodiyoti, xalq pedagogikasi, yozma
yodgorliklarida, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo’lib,
komil inson shaxsini shakllantirish uchun zaruriy hodisa sifatida talqin etilgan.
Inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqish uyg’otish va uni
ehtiqodga aylantirish lozim. Chunki, insonning jamiyatda bo’lgan munosabatida,
tevarak-atrofda kechayotgan voqyea-hodisalarga bo’lgan munosabatida namoyon
bo’ladi;
-Tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy
munosabati natijasida amalga oshirilishini ta’minlash.
-Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va uslublarini pedagogikaning tarbiya
nazariyasi qismi chuqur, atroflicha o’rganadi.
Ta’limga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum maqsadga
yo’naltirilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan o’qituvchi-talabalarning o’zaro
muloqot-munosabati bo’lib, o’quv fanlariga oid tushinchalarni va etakchi
g’oyalarni talabalar ongiga singdirib borishga asoslanadi. Buning natijasida
talabada maolumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi.
Ta’lim berish talabalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayonidir. Ta’lim va tarbiya
uzviy bog’langan jarayon bo’lganligi sababli tarbiyalangan komil inson aqliy
kamolotiga tartibli ta’sir ko’rsatish orqali ilmli, barkamol inson bo’lib etishadi.Ijti
momiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining
xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo’naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va talaba(tarbiyachi va
tarbiyalanuv chi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan
samarali ham korlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va
talabalarning faoli yatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga
xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar asosida tashkil
etiladi. Sub’yektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy
munosabatlarini anglatish, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi,
shakllanishi, hayotiy muam molarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi.
Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo’nalishi, shakli hamda ob’ektiv
sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kel sa, shaxsni shakllantirish borasida
shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jara yonining tashkil etilishi va
boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki talaba ning yosh va psixologik
xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o’rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir.
Tarbiya natijalari tez surhatda yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniyat
sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli
davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda
muhim o’rin tutadi. Chunki, yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada
ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ay’ni o’quvchilik
yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Keyinchalik
tarbiya muvafaqiyati talabalik yillarida shaxsga to’g-ru tarbiya berishni shu
yusinda davom etiriladi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning
uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o’quvchi-talabalar va o’qituvchining
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayoni dir. Talabalarda ijobiy sifatlarni
qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan, bir-birini to’ldiruvchi, boyitib
boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu bois, oila, oily ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil
etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga
muvofiqdir.
Talabani tarbiyalashda oily maktab yetakchi o’rin egallasa ham, talabalarga
uzluksiz ta’sir o’tkaza olmaydi. Chunki, talabalar ma’lum muddatgina institutda,
o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo’lib, qolgan vaqtning asosiy qismini
o’ilada, ko’chada, jamoat orasida o’tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa,
yozgi ta’til davrlarida talabalar oily maktab, o’qituvchi ta’siridan chetda qoladilar.
Demak,oliy maktabda talabalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo’lib,
audatoriyadan va institutdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi
vaqtda ular o’qituv chining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
Talabalarga nisbatan oily maktabning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida,
audatoriyadan va institutdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga
alohida ehtibor beriladi. Ayni vaqtda, respublikada talabalarning ta’lim-tarbiya oily
ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo’shimcha ta’lim
muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar xususiy
fanlar va xorijiy tillarni mukammal o’rganishlari, texnika va badiiy yo’nalishlar
bo’yicha bilim olish lari, amaliy faoliyat ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin.
Shuningdek, oily ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo’nalish va
mavzulardagi uchrashuv, ko’rgaz ma, ko’rik va suhbatlar talabalarning tafakkur
dunyosini boyitishda, ularda mustahkam harakter va irodani tarkib toptirishda
muhim o’rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil
etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni,
vazifa lari va uslublarining birligi shaxsni shakllantirish g’oyasi amalga oshirish
uchun xiz mat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki
yaxlit tarzda o’zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik
harakteriga ega bo’li shi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik
talablarga amal qilishi o’qituvchi bilan talabalar o’rtasidagi hamkorlikni
ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab qiladi. Ikki tomonlama aloqa ikki
yo’nalishda, yahni, o’qi tuvchining talabaga nisbatan ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri
aloqa) hamda talabaning o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda
tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g’oyasiga muvofiq endilikda
talaba tarbiya jarayonining ob’ektigina bo’lib qolmasdan, sub’ektiv sifatida ham
fao liyat ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi talabaning ichki imkoniyatlari, unga
nis batan bo’layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur.
Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha
urinishlar sama rasiz yakunlanadi.
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada
qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar
talaba larda o’z tushunchalariga muvofiq paydo bo’lgan dastlabki sifatlar o’rtasida
yoki talabalarga qo’yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o’rtasida
ziddiyat larning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi
bir-biriga muvofiq bo’lmasligidan, o’qituvchi va tarbiyachilarning talabalar yosh
va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fehl-atvori, harakteri, qiziqishlari, jismoniy,
ruhiy va fiziologik sog’lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o’zida qo’yidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayon;
1) ko’p qirrali jarayon;
2)uzoq muddatli jarayon;
3)yaxlit tizimlilik jarayon;
4) ikki tomonlama aloqa jarayoni;
6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida uzluksiz tarbiya tizimi
mazmunida qo’yidagi asosiy yo’nalishlar aks etishini toqozo qiladi:
- kasbiy tarbiya, ma’naviy-ahloqiy tarbiya, jinsiy tarbiya, aqliy tarbiya, ijtimoiy –
g’oyaviy (mafkuraviy) tarbiya, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, jismoniy tarbiya,
gigienik tarbiya, ekologik tarbiya, badiiy-estetik tarbiya.
Talaba yoshlarni tarbiyalash:
milliy g’ururni tarbiyalash;
Kompleks kasbiy ma’naviy tarbiyalash;
Milliy g’oya ruhida tarbiyalash;
Ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash;
Milliy – ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
O’zini-o’zi tarbiyalash;
Shaxs tarbiyasini milliy g’urur tarbiyasi, jamoaviylik tarbiyasi, diniy bag’rikenglik
tarbiyasi, oila tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, fuqarolik tarbiyasi, iqtisodiy, estetik, qliy
va mehnat tarbiyalari mavjuddir.Shulardan ayrimlari ustida tuxtalamiz.
2. Tarbiyaning turlari
Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki
kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik
jarayonning asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan
ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini
chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda
ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat
qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha
natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol
mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Mehnat tarbiyasi – yoshlarni barkamol, komil inson qilib ijtimoiy – ishlab
chiqarishda qatnashishga amaliy tayyorlash, ularni darsga qilishga, o’qishga,
mustaqil fikr yuritish va mustaqil o’z ustida ishlashga, to’garak mashg’ulotlariga
qatnashishga, biror kasb- xunar ustalar ho’zurida bo’lishiga “Ustoz-shogird”,
“Ustoz-shogird-ustoz” an’analarini tahlil qilishni shakllantirishdir.
Talabalarda mehnat tarbiyasi, mehnat tushunchalari, kasb turlarining – axloqiy
tushunchalar, e’tiqodni, odatlarni shakllantirishni, axloqiy tajribani boyitishni
nazarda tutadi. O’quvchi ta’lim olib, tarbiyalanishi bilan birga mehnat jarayonining
o’zini o’rganishi, bilishi va uddalay olishi muhim vazifa qilib qo’yiladi.
Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy
sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan
ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina
mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi, halol mehnat – kishi hayotining
mazmunini tashkil qiladi.
Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga
qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan
tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq»,
«Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan.
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday
muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik,
birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng
muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi.
Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi.
Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasb-hunarga
qiziqtirishga alohida ehtibor berishgan. O’zlari farzandlariga mehnat sevarliklari
bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov
ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga
qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni, bu narsa
ularning sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz
mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa
davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir».
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamo atchilik
o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o’quvchilarida mehnatga va mehnat
ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mas’huliyatni chuqur his qilishlir
kerak.
Estetik tarbiya. Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini
shakllantirish, mada niyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonu
niyatlarini o’rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat
ailadi. Bu asoslarni peda gogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go’zallikni his qila
olish, tushunishga o’rganish vositalari va yo’llari belgilab beradi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman»
mahnosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqyelik, tabiat va mehnat munosabatlari
hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgatish,
ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish,
shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy
tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat
tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari
quyidagilardan iborat:
shaxsga ijtimoiy voqyelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush
go’zalliklari va ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
turmush go’zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash;
unda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish,
go’zallikka muhabbat uyg’otish;
go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik
madaniyatni shakllantirish.
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor mehyorlarini tarkib toptirish,
ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim
muassasalarida musiqa va tasviriy san’at darslari, adabiyot kabi fanlarning
o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi.
Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda
uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va nafosatni
his etishga undovchi vositadir.
Xalqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’lig’ing», «Sog’ yuray
desang, ozoda bo’l», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan
yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga
o’rgatib kelishgan.
Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda
quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
o’quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish;
ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda qo’yidagi
holatlar ko’zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi;
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
- estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi;
- go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
- estetik idealning shakllanganligi;
- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish.
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at,
musiqa, xoreografiya to’garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar,
guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni
estetik jihatdan shakllanishini tahminlash borasidagi mavjud talablarga javob
bermayapti.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizim - qismlardan tuzilgan bir butun, ya’ni ma’lum
tartibda joylashtirilgan bir-biri bilan bog‘liq qismlardan tuzilgan yaxlit bir narsa
yoki hodisa degan ma’noni anglatadi.
Ma’naviy ahloqiy tarbiya – aqliy, ilmiy amaliy va jismoniy jarayonni bir biri
bilan o’zviy bog’lovchi, ularga to’g’ri yo’nalish beruvchi, bir biri bilan o’zviy
bog’lovchi yaxlit tizim sifatida namoyon etuvchi vosita hisoblanadi. Insonning
ma’naviy ahloqiy tarbiyasi uning Vatanga muhabbat va insonparvarlik, g’oyaviy
ijtimoiy – siyosiy va mafkuraviy, Xalqimizda “yoshlar kelajagimiz mevasidir” deb
aytilgan falsafiy iboralarda kelajagimiz taqdiri bugungi yoshlar tarbiyasi bilan
belgilanadi.
Bo’lajak mutaxassisning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasida:
talaba yoshlarni jismoniy, ahloqan va fikran sog’lom bo’lishni ta’min etish;
har bir talabani mehnatsevarlik o’z yurtiga muhabbat va mehr-sadoqatli bo’lish
ruhida tarbiyalash;
Islomiy an’analari va moddiy qadriyatlardan o’z urnida oqilona foydalanish;
Mehnat ta’lim yo’nalishida mehnat trabiyasi bo’yicha dars va to’garak
mashg’ulotlarini “Milliy g’oya” mavzular yangi tushunchalar, izlanishga yo’nalishi
bo’yicha hayotiy-ta’limiy misollarga suyangan holda talaba, yoshlar ongiga
singdirish.
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning
ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom
etmoqda.
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini
belgilab bergan, deydilar.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim
asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat,
shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy
dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga
ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o’rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish, fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish,
aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari qo’yidagilar sanaladi:
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish;
- bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o’rta ta’lim va
kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish.
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan
erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. Ilm egallang.
Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, qayg’uli
onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda
quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima
uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli,
bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va ehtiqodli bo’lganligini
tasvirlaydi.
3.Tarbiyaviy ishlarga yaxlit, tizimli yondashuv.
Bo‘lajak mutaxassislarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish ko‘p
qirrali va murakkab jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakl lanishi bir-
biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya
ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazishning aniq va mukammal tizimigina, yaxlit ti zimli yondashuvgina
tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning
mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri
ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan qarama-qarshi ta’sir larning oldini olishga,
bo‘lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo‘yish va yakdillik bilan ta’sir
o‘tkazishga imkon beradi.
Oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, tadbirlar ko‘plab o‘tka
zilishiga qaramay talabalar orasida axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-
harakatlar uchrab turadi, ya’ni oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan tar
biyaviy ishlar hamma joyda ham kutilganidek natija beryapti deb bo‘lmaydi.
Ayrim oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar universitet, institut miqyosida,
shuningdek, fakultet va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan har tur li
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Odatda, bunday tar biyaviy
tadbirlarda ko‘pincha faolroq talabalar qatnashadilar. Tarbiyaga muhtoj va
tarbiyalash zarur bo‘lgan ayrim talabalar esa bu ishdan chetda qolaveradi.
Tarbiyaviy ishning ba’zan kam samara berayotganligining sabablaridan yana
biri, yoshlarga axloqiy ta’sir o‘tkazish usullarining bir tomonlamaligidadir. oliy
o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishida so‘nggi yillargacha og‘zaki bayon qi lish
usuli ko‘proq qo‘llanib kelindi, talabalarni amaliy faoliyatga jalb etish usullariga
esa juda kam e’tibor beriladi. SHuningdek, axloq-odobga doir suh batlar,
ma’naviyatga doir mavzularda ma’ruza, doklad va munozaralar o‘tkazish usuliga
ham etarli darajada e’tibor berilmas edi. Ayrim metodlarga yopishib olish va
boshqalarga e’tibor bermaslik oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak mutaxas sislarda
axloqiy fazilatlarni shakllantirish ishiga salbiy ta’sir etadi.Oliy o‘quv yurtlarining
ko‘pchiligida hanuzgacha kasb odobi masalalari talabalarga de yarli o‘rgatilmaydi.
Hatto, bitiruvchi kurs talabalarining ko‘pchiligi kasb odobi, o‘qituvchi odobining
normalari va talablariga doir savollarga durus troq javob bera olmaydilar.
Bularning barchasi tarbiyaviy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini susaytiradi.
Natijada oliy o‘quv yurtining professor-o‘qi tuvchilari, jamoat tashkilotlari
sarflayotgan kuch va g‘ayrat yoshlarning ma’ naviy-axloqiy tarbiyasi sohasida
kutilgan natijalarini bermaydi.
Pedagogik matbuotda tarbiya tizimi haqidagi masalaga borgan sari ko‘proq
e’tibor berilmoqda. Pedagog olimlarning asarlarida bayon etilgan nazariy qoi dalar
talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini ishlab chiqishga im kon
beradi. Oliy maktabda bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalash tizimini yara tish oliy
o‘quv yurtida amalga oshirilayotgan barcha tarbiyaviy ishlarning maqsa di,
mazmuni, tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi va texnik vositalar, tarbiyaning shakl
usullarini belgilashga yordam beradi. Tarbiyaviy ishlar tizimi turli kurslar ning
talabalari bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda izchillik va ketma-ketlikni saqlashga
yordam beradi. YOshlarga yagona pedagogik talablar qo‘yish, yigit-qizlar ning
individual xususiyatlarini va axloqiy kamolot darajasini e’tiborga olishni
engillashtiradi.
Oliy maktab talabalarida axloqiy sifatlar qandaydir biror universal shakl,
vosita yoki usul yordamida emas, balki aniq maqsad, xilma-xil shakllar, vositalar
va metodlar, har xil faoliyat turlari ta’sirida, ya’ni tarbiya tizimi natijasida
shakllanadi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi ma’lum vazifani bajaradigan, tuzilish jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qismlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaviy tizim barka mol
avlodni, yuksak axloqiy fazilatli mutaxassislarni shakllantirish maqsa diga
bo‘ysundirilgan, o‘zaro bir-biriga bog‘liq va mos keladigan shakl, usul va
vositalarning yaxlit birligidan iborat. Tizim tarbiya jarayonini boshqarish
imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Tizimning qismlari o‘zaro bir-biriga ma’lum
darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu qismlar biri ikkinchisidan ajralgan holda emas, balki
ma’lum bir aloqada mavjud bo‘ladi. Masalan, yaxlit pedagogik jarayonda faqat
ma’naviy-axloqiy tarbiyagina emas, balki aqliy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik,
estetik va mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Mutaxassislik fanlaridan
talabalarga ma’naviy axloqiy tarbiya berish maqsadida foydala nish, talabalarga
estetik jihatdan ta’sir o‘tkazish, ularning aqlini o‘stirish, mehnatga o‘rgatish uchun
ham imkoniyatlar yaratadi.
Aloqadorlik yoki bog‘lanishlar — tarbiyaviy maqsad, mazmun, shakllar, vosi
talar, usullarning o‘zaro bir-biriga to‘g‘ridan iborat bo‘lib, buning natijasi da tizim
hosil bo‘ladi. Aloqalar to‘ppa-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy
tarbiya tizimining qismlari ham o‘zaro bir-biri bilan ana shunday aloqada bo‘ladi.
Masalan, mehnatni biz aqliy tarbiya tizimining tarkibiy qis mi deb hisoblaymiz.
Mehnat faoliyati jarayonida talabalar axloqiy jihatdan ham kamol topadi. Axloqiy
kamolat o‘z navbatida kishining mehnat faoliyatiga ta’sir etadi. Oliy o‘quv yurtida
ta’lim jarayonida talabalarda axloqiy sifat lar shakllanadi, shuningdek, axloqiy
kamolot o‘z navbatida ilmiy va professii onal pedagogik bilimlarni chuqurroq
egallashga yordam beradi. Oliy maktabda amalga oshiriladigan ma’naviy-axloqiy
tarbiya tizimining xarakterli xususi yati shundan iboratki, bu erda axloqiy tarbiya
jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalarini belgilashda va uni tashkil etishda
pedagogik fao liyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, umuminsoniy va milliy axloq
talab laridan kelib chiqa digan kasb odobi normalariga asoslaniladi. Ma’naviy -
axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni unga mos keladigan shakllarda namoyon
bo‘ladi. Tarbiya tizimi mazmundorlik bilan birga unga mos keladigan tashkiliy
shakllarning xilma-xil, estetik ta’sirli, ixcham bo‘lishini taqozo qiladi. Ma’ lumki,
pedagogik faoliyat hamma vaqt bir qolipda ish tutishni yoqtirmaydi. Tar biyaviy
ishning xilma-xil shakllariga etarli darajada e’tibor bermaslik, bir xil tadbirni
hadeb takrorlayverish tarbiyaviy ishning samarasini kamaytira di, bunday hol
larda, hatto tadbirning mazmuni mafkuraviy va ilmiy jihatdan juda qimmat li
bo‘lsa ham, u talabalarning ongiga, his-tuyg‘ulariga juda oz ta’ sir etadi. SHuni
nazarda tutish lozimki, tarbiyaviy ishning shakllaridan biror tasi ham universal
bo‘lishi, ya’ni hamma holatlar va har qanday sharoitda qo‘llanaverishi mumkin
emas.
Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning shakllari, usullari uning mazmuni
bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, kasbiy pedagogik faoliyatning maqsadi va
qonuniyatlarini aks ettiradi va oliy o‘quv yurtida amalga oshiriladigan ta’ lim-
tarbiyaning metodlari va vositalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarbiya ning
mazmuni faqat uning shakli tufayligina emas, balki metodlar orqali ham amalga
oshiriladi. «SHakl» va «metod» tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi deb
bo‘lmaydi, shuningdek, ularning birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yish, ular
o‘rtasidagi birlikni rad etish ham mumkin emas. Tarbiyaning tashkiliy shakllari
metodlar va usullar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning shakl va usullari bevosita
o‘zaro bir-biriga o‘tib turadi, ular ko‘pincha, vazifasiga qa rab o‘zgarib turadi va
ularning biri ikkinchisidan, ma’lum darajada, shartli ravishda ajratiladi. SHuning
uchun ham ayrim o‘quv qo‘llanmalarida konferen siya, ekskursiya, amaliy ishlar,
ma’ruza, munozara, suhbat kabi tushunchalar ba’ zan ish shakli deyilsa, ba’zan
metod deb talqin qilinadi.
Pedagogik adabiyotlarda tarbiyaning shakl va metodlarini tasnif qilishga
mualliflar turlicha yondashadilar. Tarbiyaviy ishlar odatda, tarbiyaning maqsa di
va vazifalariga, uning xarakteri va davom etish vaqtiga qarab guruhlarga ajratiladi.
Masalan, ommaviy ishlar, to‘garak ishlari, individual ishlar. SHu ningdek,
mutaxassislik fanlarida tarbiyaviy ishlarning barcha shakllaridan quyidagi uch
guruhga birlashganlarini olish mumkin: 1) og‘zaki bayon etish shakl lari:
ma’ruzalar, dokladlar, munozaralar, konferensiyalar, uchrashuvlar va hoko zo; 2)
amaliy ishlar: laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy foydali ishlar, ishlab
chiqarish, pedagogik amaliyot, ilmiy to‘garaklar, ekskursiya kabi lar; 3)
ko‘rsatmali ishlar: muzeylar, ko‘rgazma va stendlar, shon-shuhrat xonala ri va
boshqalar. Tarbiyaviy ishning bu shakllari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ik kinchisini
to‘ldiradi.
Tarbiya tizimi tarbiyaviy ishlarning barcha turlarini yuqori darajada sama rador
bo‘lishini talab etadi. Buning uchun esa quyidagi pedagogik talablarga amal qilish
lozim: - tarbiyaviy ishning shakli tarbiyaning maqsadi va mazmuniga mos kelishi
lozim. SHaklning tarbiyaviy kuchi uning chuqur mazmundorligida dir, lekin
mazmun o‘ziga mos keladigan yorqin shaklga ega bo‘lmasa, u talabalarga kuchli
ta’sir o‘tkaza olmaydi, tarbiyaviy ishning shakli yoshlarda ilmiy dunyo qarash,
axloqiy e’tiqod, fuqarolik burchi va mutaxassislikka xos yuksak pro fessional-
axloqiy sifatlarni shakllantirishga maksimal darajada yordam be rishi zarur, u yoki
bu tarbiyaviy ishning qimmati yoshlarni aktiv faoliyatga ko‘p roq jalb etib shu
tariqa boshqalar bilan aloqa, muomala qilishga qanchalik keng yo‘l va
imkoniyatlar ochib berishiga ham bog‘liq.
Tarbiya metodlari o‘qituvchining qo‘lida o‘ziga xos qurol bo‘lib xizmat qi ladi.
Ular yordamida talabalar ongiga ta’sir etiladi, bo‘lajak mutaxassislar ning hayot
faoliyati yo‘naltiriladi va uyushtiriladi. Pedagogik adabiyotlarda tarbiya metodlari
quyidagicha tasnif qilinadi: ishontirish metodi; aqliy xat ti-harakatlarni mashq
qilish metodi; namuna, ibrat ko‘rsatish metodi; rag‘bat lantirish va jazolash
metodlari. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiya metodlarini qo‘llashning samaradorligi
quyidagi pedagogik talablarga rioya qilishga bog‘ liq: tarbiyaning metodlari shu
paytda, shu kursda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak; tar biya metodlari talabalarning yosh va
individual xususiyatlariga, shuningdek, ularning hayotiy tajribasiga mos bo‘lishi
lozim; tarbiyaviy ish jarayonida tar biya metodlarini birini ikkinchisidan ajratgan
holda emas, balki o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash zarur.
Har qanday tarbiya tizimining asosiy belgilaridan biri izchillik, ketma-ketlikdir.
Oliy maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi ham ana shu
qonuniyatga bo‘ysunadi. Bu talab tarbiyaviy ishning mazmunidan kelib chiqadi va
tarbiyaga doir ishlarni tartibli, rejali uyushtirishni taqozo qiladi.
Oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan barcha tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir
dasturga binoan amalga oshirish, talabalarning o‘quv yurtida ta’lim olish davriga
mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejasini tuzish zar urligini hayotning
o‘zi taqozo qilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiya jarayoni ni yaxshilash uchun
har bir talaba, ya’ni bo‘lajak mutaxassis egallab olishi zarur bo‘lgan kasbiy-axloqiy
sifatlarni tarbiyalashning ilmiy jihatdan asos langan, puxta o‘ylab tuzilgan dasturi
kerak.
Tarbiya tizimi bir necha tizimchalardan tuziladi. Umumiy tizimning har bir
qismi o‘zining ichki tizimiga ham ega bo‘ladi. Masalan, oliy maktabda tala balarga
berilayotgan professional ta’lim ma’lum bir tizim bo‘lib, u yoshlarga ijtimoiy-
gumanitar, psixologo-pedagogik, kasbiy ixtisosiy bilimlar va ma’ naviy-axloqiy
tarbiya berishga xizmat qiladi. SHu bilan birga oliy maktabda o‘qitiladigan har bir
predmet tuzilishi jihatidan o‘zining ichki tizimiga ham ega.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya guruh murabbiylari, jamoat tashkilotlari, tala balar va
professor-o‘qituvchilar jamoasi ishida ham tizim bo‘lishi talab eti ladi. Tizim
ayrim tarbiyaviy tadbirlar bilan guruh, kurs, fakultet talabala rining faoliyat turlari
o‘rtasida bog‘lanishlar bo‘lishini, shuningdek, talaba larga jamoaviy ta’sir
o‘tkazish bilan individual ishlar o‘rtasida ham bog‘la nishlar bo‘lishini taqozo
etadi.
Tizim tushunchasiga barcha tarbiyaviy ishlarni aniq uyushtirish ham kiradi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi oliy o‘quv yurtining butun jamoasi, kasaba uyushmasi,
jamg‘armalar, kamolot yoshlar tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g‘ayrat sarf
lashi natijasida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham bu tashkilotlar aniq, yaxshi
ishlashi, talabalarga bir xil ta’sir o‘tkazishlari zarur.
SHunday qilib, tarbiya tizimi quyidagilarni taqozo qiladi: oliy maktabda
ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalarini izchil va muntazam ravishda amalga oshi
rish; tarbiyaviy ishlarning mazmunini har bir kurs talabalarining kuchiga mos qilib
belgilash; tarbiyaviy ishning xilma-xil shakllari, vositalari va usulla rini birgalikda,
bir-biri bilan bog‘liq ravishda qo‘llash; tarbiyaviy ishlarda uzviylik, izchillik va
ketma-ketlikka amal qilish; tarbiyaviy ishlarning nati jalarini muntazam ravishda
hisobga olib, tahlil qilib, baholab borish.Tarbiya tizimi talabaning oliy maktabda
ta’lim olish yillari davomida deyarli o‘zgar maydi. Faqat uning mazmunigina
yangilana boradi. Tarbiyaning maqsad va vazifa lari hamda bu vazifalarni hal
etishga yordam beradigan faoliyat turlari, tar biyaning shakllari, metodlari, turli
ichki va tashqi ta’sirlar nati jasida shaxsning kamolotga erishish etaplari, darajalari
tarbiya tizimining asosiy qismlari hisoblanadi.
Talaba egallab olishi zarur bo‘lgan kasbiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlar
tarbiyaning aniq vazifalari sifatida kun tartibiga qo‘yiladi. Tarbiya tizi mida ular
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, yaxlit holda shakllana boradi. Tarbiyachi biror fazilatni
o‘stirishga asosiy diqqatni qaratgan paytda tarbiyaning maqsadi, va zifasini ham
aniqroq qilib belgilaydi, lekin, odatda, pedagogning «biror fazilatni shakllantirish»
sohasida amalga oshirgan ishlari shaxsning butun ma’naviy qiyofasini
o‘zgartirishga xizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida belgilangan
vazifalar butun pedagogik jarayonni jonlantiradi, uning ta’sirchanligi va
samaradorligini oshiradi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, ma’naviy-axloqiy tarbiya, avvalo, fan
asoslarini egallash jarayonida amalga oshiriladi. U yoshlarda kasbiy, axloqiy
tasavvurlar, tushunchalar, odatlar, mehnat malakalari va xulqni shakllantirish ni,
shuningdek, kishining tashqi olamga, jamiyatga, jamoaga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabatini nazarda tutadi. Tarbiya tizimi talabalarga axloq-odobga doir
muntazam, izchil bilimlar berishni talab etadi.
O‘quv predmetlarining tarbiyaviy imkoniyatlari ularning mazmunida ob’ ektiv
ravishda mavjud. Lekin bu imkoniyalarni yuzaga chiqarish masalasi peda gogning
mahoratiga bog‘liq. Oliy o‘quv yurtlarining mavjud o‘quv dasturlari tar biyaviy
g‘oyalarga va uni amalga oshirish uchun aniq materiallarga boydir. Ijtimoiy-
gumanitar, ixlisoslik va psixologo-pedagogik fanlarning o‘quv das turlari, o‘quv
qo‘llanmalari va darsliklarida bo‘lajak mutaxassislarni ma’na viy-axloqiy jihatdan
o‘stirishga yordam beradigan fakt va misollar etarlicha berilgan. Ularda, ayniqsa,
vatanparvarlik va insonparvarlik, mas’uliyat, axlo qiy-irodaviy, professional va
boshqa sifatlarni o‘stirish uchun asos bo‘ladigan materiallar mavjud.
Ijtimoiy-gumanitar, pedagogik va ixtisoslik fanlarini o‘rganish jara yonida
talabalarda ilmiy dunyoqarash shakllanadi. CHuqur insonparvarlik ruhi bilan
sug‘orilgan ilmiy dunyoqarash bo‘lajak mutaxassislarda axloqiy ongni, axloqiy
sifatlarni shakllantirish uchun zamin yaratadi. Ilmiy bilimlar g‘oyaviy
e’tiqodlarning asosidir.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida va auditoriyadan tashqari ishlar paytida
talabalar guruh, kurs va fakultet jamoasida mavjud bo‘lgan munosabatlarning
mohiyatini va boshqalarga nisbatan o‘zining mas’uliyatini anglaydi. Ikkinchi va
uchinchi kurs talabalarida ta’lim jarayonida umuminsoniy va milliy axloqqa doir
bilimlar va birinchi kursda hosil qilingan malakalar takomillashadi.
Talabalar ayni shaxs va jamoa manfaatlariga zarar etkazuvchilarga murosa siz
bo‘lishlari, axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va jamoaga qarshi xatti-harakatlar ni
keltirib chiqaradigan sabablarni bilib olishlari va ularning oldini olish uchun
kurashishlari kerak. Hosil bo‘lgan axloqiy ko‘nikma va malakalarni tala balar
ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot davrida qo‘llaydilar.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining obektiv qonunlarini chuqur
o‘rganish asosida yuqori kurs talabalarida ijtimoiy hodisalarni va o‘z xatti-
harakatlarini baholay olish malakasi hosil bo‘ladi. Talabalar maktab o‘quvchilarida
umuminsoniy va milliy axloqni tarbiyalashga doir o‘zlari egal lab olgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini pedagogik amaliyot davrida amalda qo‘llaydilar.
Oliy o‘quv yurtida bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi
ularda professional-pedagogik sifatlarni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq
holda amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarining yangi o‘quv rejalari va dasturlarini
professional hamda axloqiy tarbiya nuqtai nazaridan tahlil qi lish - ularning bu
sohada juda katta imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatdi.
Barcha kurslarda talabalarning tanlagan kasbini egallashga yo‘naltirilgan faoliyati,
ularda professional bilimlar va malakalar hosil qilishga, shuning dek, huquqiy
davlat, demokratik fuqarolik jamiyatida yuksak mavqeini anglab, bo‘lajak
mutaxassis uchun zarur bo‘ladigan axloqiy sifatlarni egallab olishga yordam
beradi. Bu vazifani barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari va jamoat
tashkilotlari maktablar, xalq ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda bajaradilar.
SHu maqsadda talabalarning eng yaxshi va tajribali o‘qituvchilar bilan, sinf
rahbarlari, tarbiyaviy ishlarning tashkilotchilari, xalq maorif organlarining
rahbarlari bilan uchrashuvlari muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi. Talabalar va
yosh o‘qituvchilarning ilmiy-metodik konfensiyalari tashkil tiladi.
Oliy o‘quv yurti talabalariga professional-axloqiy tarbiya berish ishida barcha
kafedralarning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishlari lozim. Fakultetda
ixtisos fanlardan dars beradigan o‘qituvchilar maktab dasturiga tez-tez murojaat
etib, talabalar olgan bilimlarni maktabda qaysi fanlarni o‘qitishda qo‘llash
mumkinligiga e’tiborni jalb etadilar. Axloqiy sifatlar nutq va tafakkurni o‘stirishga
yordam beradigan mavzularda referat va ma’ru zalar yozdirib, ularni seminar va
konferensiyalarda tinglab, muhokama qila dilar. Ixtisoslik fanlari kafedralari
talabalar uchun turli maxsus kurs va seminarlar, to‘garaklar uyushtiradilar.
Bulardan maqsad talabalarga maktabda o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni
uyushtirishga doir bilim va malakalarni o‘rgatishdan iborat.
Oliy o‘quv yurtining talabalari ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg‘ulot larda
nazariy va metodik bilimlarni egallab oladilar. SHu bilan birga talaba lar
o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni bajarishga ham bevosita jalb etiladi. Birinchi
kurs talabalari tashqari muassasalarda, o‘quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlarni
bajaradilar; ikkinchi (uchinchi) kurslarda yozgi oromgohlarda tar biyachi bo‘lib
ishlaydilar. YUqori kurs talabalari maktablarda pedagogik amali yot davrida
o‘quv-tarbiya ishlarini bajarish sohasida malaka va ko‘nikmalar ho sil qiladilar.
Talabalarda professional-axloqiy sifatlarni o‘stirish birinchi kursdan boshlanadi.
Pedagogika fanini o‘rganish bunga katta yordam beradi. Talabalar o‘qituvchi
degan sharafli kasb haqida, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiya lashda uning
roli to‘g‘risida ma’ruzalar tinglaydilar. O‘zbekistonda ta’lim tizimi, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi bilan tanishadilar, ta’lim, tarbiya, ma’lumot kabi
tushunchalarni o‘rganadilar. Pedagogika kursi bilan bog‘liq ra vishda maktab va
maktabdan tashqi tarbiya muassasalariga borib, ularning fao liyati bilan
tanishadilar, o‘qituvchilar, maktab rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Talabalar o‘quvchining kun tartibi va maktab gigienasi talablarini bilib
oladilar. Mehnat va dam olish tartibiga amal qilish zarurligini o‘quvchilarga
tushuntiradilar, ularni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etadilar. Bolalar uchun shu
mavzularda yozilgan kitoblarni o‘qib, kinofilm va spektakllarni ko‘rib, o‘quvchilar
bilan u haqda suhbatlar o‘tkazadilar.
Talabalarda mutaxassisga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘stirish, vaqtli
ommabop adabiyotlarni o‘qishga qiziqish uyg‘otish maqsadida kafedralar, dekanat
va jamoat tashkilotlari xalq ta’limi va axloq - odob masalalariga doir mavzularda
munozara va konferensiyalar uyushtiradilar. Talabalar o‘zlari egallayotgan
mutaxassislikka doir fanlarni chuqur o‘rganadilar, kafedra o‘qi tuvchilari bilan
birgalikda o‘quvchilar olimpiadalarini tashkil etish va o‘tka zishda, har xil turnirlar
va konkurslarda, fan olimpiadalarida ishtirok eta dilar, maktablardagi fan
to‘garaklariga rahbarlik qiladilar. Talabalar yozgi oromgohda amaliyot o‘tashga
puxta hozirlik ko‘radilar. Pedagogika va psixologiya kafedrasi tarbiyaviy ishlarni
olib borish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi. Bu tadbirlar natijasida talaba
o‘smirlar va yoshlar tashkiloti, kamolot ijtimoiy harakati faoliyatining mazmuni va
asosiy yo‘nalishlarini bilib oladilar. Bolalar bilan bajariladigan ishlarni
rejalashtirish, amalga oshi rish va ish natijalarini hisobga olishni o‘rganadilar.
Tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish, har turli o‘yinlarni uyushtirish
metodikasini egallay dilar. Pedagogik kundalik yuritishni, pedagogik amaliyot
uchun kerakli hujjat larni to‘ldirishni, psixologo-pedagogik kuzatish materiallarini
umumlash tirib, axborot yoki doklad tayyorlashni o‘rganadilar.
Uchinchi (to‘rtinchi) kurs talabalari o‘zlari o‘qitadigan fanlardan dars berish
metodikasini o‘rganadilar, dars o‘tish malakasini hosil qiladilar, o‘zlari va
o‘rtoqlari o‘tgan darsni tahlil etadilar. Maktab o‘qituvchisining ilg‘or tajribasini
o‘rganib, dastur asosida ish rejasini tuzadilar, darslik va boshqa o‘quv qurollarini
tahlil qiladilar.
Bo‘lajak mutaxassislar sinf rahbari ishining metodikasini o‘rganib ola dilar,
ayrim o‘quvchiga va sinf jamoasiga psixologo-pedagogik tavsifnoma tuzib, shu
asosida jimoa oldida turgan vazifalarni belgilaydilar va ma’lum vaqtga
mo‘ljallangan tarbiyaviy ish rejasini tuzadilar va uni bajarishda qat nashadilar.
Darslardan bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash yo‘lla rini o‘rganib
oladilar.
Talabalar fan to‘garaklari, foto va kino to‘garaklari, bodiiy havaskorlik
to‘garaklari, sport seksiyalarining ishini uyuushtiradilar va ularga rahbarlik
qiladilar. Oliy o‘quv yurtida egallab olingan bilim va ko‘nikmalar bu ishda juda
qo‘l keladi. Bo‘lajak mutaxassislar o‘smirlar va yoshlar tashkilotlari ishlariga
pedagogik rahbarlik qiladilar. Ota-onalar bilan pedagogik mavzu larda suhbat
o‘tkazish malakasini egallab oladilar. Ular pedagogik amaliyot jarayonida
maktabning o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash sohasidagi tajri basi bilan
tanishadilar.
Bitiruvchi kursda talabalarning professional ta’limi va axloqiy tarbiyasi
takomillashtiriladi. Ular o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy axloq ruhi da
tarbiyalash sohasida maktab, oila va jamoatchilik oldida turgan vazifalarni to‘la
tasavur etadilar, maktab va oila bu sohada hamkorlik qilishini, bolaga bir xil ta’sir
o‘tkazish zarurligini bilib oladilar.
Bitiruvchilar o‘qituvchi va sinf rahbari sifatida sinfda barcha ta’lim-tarbiya
ishlarini bajarishni o‘rganib oladilar, sinf jamoasi va ayrim o‘quvchi lar bilan
ishlashni, pedagogik, axloqiy mavzularda doklad yoki ma’ruzalar tay yorlab
o‘quvchilar oldida, ota-onalari hamda o‘qituvchilar oldida so‘zga chiqish
malakasiga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchi kurs talabalari ilg‘or pedagogik tajribalarni yangi pedagogik
texnologiyalarni ijodiy qo‘llay olishni, maktabda bajariladigan metodik ish lar
tizimini bilishi lozim. Pedagogik amaliyot davrida ular har bir darsni ilmiy jihatdan
yuqori saviyada o‘tkazish malakasini va pedagogik mahorat asos larini
egallaydilar. Vaqtli matbuot va pedagogik adabiyotlar ustida mustaqil ishlay olish
malakasini hosil qiladilar.
Oliy o‘quv yurtlarida ta’limning professional yo‘nalishini tahlil qilish shuni
ko‘rsatdiki, talabalarning professionaol faoliyati ularda tanlagan kasbiga xos
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Talabalarni
tarbiyalash vazifalari umuminsoniy va milliy axloqning mohiyatini anglash, uni
qat’iy e’tiqodga aylantirish. professional bilim va malakalar asosida xulq
me’yorlamn egallab olish bilan birga, bo‘lajak mutaxas sisning butun ma’naviy
qiyofasini shakllantirishni nazarda tutadi. Bo‘lajak mutaxassislarga mehnat
tarbiyasi berishning maqsadi talabalarda mehnatga ijo diy munosabatni qaror
toptirish, shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashti rib ishlashga intilish, aqliy va
jismoniy mehnat madaniyatini hosil qilish dan iborat. Talabalar oliy maktabda
ta’lim olayotgan paytlaridayoq o‘quvchilar ni ijtimoiy foydali va aqliy mehnatini
uyushtirish malakasini, bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini
o‘rganib oladilar. Talabalarning mehnati asosan tanlagan kasbini egallab olishga
qaratilgan bo‘ladi. Profes sional pedagogik ish yoshlarda maktabning bo‘lajak
o‘qituvchisi uchun zarur ma’ naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat
qiladi. Talabalar o‘quv jarayonida va auditoriyadan tashqari ishlarda mehnatning
inson hayotidagi ro lini tushunib oladilar. Fakultetda, guruhda bajariladigan
ishlarda faol ish tirok etib, bilimlarni qunt bilan egallaydilar, guruhda, fakultetda,
o‘quv bi nosi va turar joylarda navbatchilik qilib, o‘quv binosini, auditoriyalarni
toza saqlashda qatnashadilar.
Talabalarda uquv mehnatiga nisbatan mas’uliyat hissi, mustaqil ishlar rejasini
tuzish va uni bajarish malakasi hosil bo‘ladi. Mutaxassislik fan larini o‘rganish
nalijasida talabalar mehnat tarbiyasida maktabning roli to‘g‘ risida aniq tasavurga
ega bo‘ladilar, bolalarning o‘quv ishlari, sinf va maktab dan tashqari mehnat
faoliyatining tarbiyaviy ahamiyatini, mehnat tarbiyasi me todlarini bilib oladilar.
Talabalar bu sohadagi o‘z bilimlarini pedagogik amaliyotda qo‘llaydilar.
Pedagogik amaliyot davrida sinf jamoasi va ayrim o‘quvchilarning mehnat
tarbiyasiga rahbarlik qilib, ijtimoiy foydali ishlarni rejasini tuzib chiqa dilar va
o‘quvchilar mehnatini bevosita uyushtiradilar. Bolalarning mehnat tarbiyasiga doir
ma’ruza va dokladlar tuzib, ota-onalar bilan suhbatlar o‘tka zadilar.
Tanlagan kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan bunday mehnat jarayonida talabalarda
mehnat intizomini buzuvchilarga nisbatan murosasizlik, tejamkorlik hamda
mulkka to‘g‘ri munosabat tarbiyalana boradi. Ijtimoiy foydali mehnat jara yonida
intizomlilik, tashkilotchilik, mas’uliyat kabi muhim ma’naviy-axloqiy sifatlar
shakllanadi va mustahkamlanadi.
Oliy o‘quv yurti, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilot lari—
talaba yoshlarning tarbiyachilari faqat shulardangina iborat emas. Tevarak-
atrofdagi muhit ham yigit va qizlarning axloqiy tarbiyasiga jiddiy ta’sir etadi. Bu
ishda keng jamoatchilik ham katta rol o‘ynaydi. Matbuot, ra dio, televidenie,
badiiy adabiyot, kino, teatr, ommaviy sport ishlari va boshqa lar yoshlarga
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi.
Oliy maktabning o‘quv rejalarida tavsiya etilgan tanlangan va maxsus kurs
hamda seminarlar ham bu sohada katta imkoniyatlarga ega. Fakultativ mashg‘u
lotlar, ayniqsa, mahalliy sharoitni, har bir viloyat, oliy o‘quv yurti va fakul tetning
o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda talabalarning bilim saviyasini,
professional-axloqiy tayyorgarligini oshirishga imkon beradi.
Talabalarning qiziqishlari va intilishlariga, shuningdek, egallayotgan kasbiga
mos keladigan fakultativ mashg‘ulotlar jarayonida erkin muomala va fikr alma
shuv uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Talabalar u yoki bu masalaga doir
o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadilar, faollik va tashabbuskor lik ko‘rsatadilar. Bu
bo‘lajak mutaxassislarda axloqiy qarashlar va e’tiqodni mustahkamlashga yordam
beradi, jamoa bilan shaxs o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosa batlar vu judga keladi va
bu munosabatlar jamoaning har bir a’zosiga ijobiy ta’sir etadi.
MA’NAVIY –
АХLOQIY
SHAKLLANISH
BOSQICHLARI
Tarbiyaning
mazmuni 3
Tarbiya jarayoni
4
Murabiy va
tarbiyachi
vazifalari 5
Tarbiyaning
Maqsadi
2
Talaba –
tarbiyalanyvchi 1
Tarbiyaviy natija:
tarbiyalanganlik
darajasi
7
Tarbiyaning
shakl-usullari
6
14-rasm. Tarbiyaga tizimli yondashuv.
Oliy maktabda talabalarning professional qiziqishlari va intilishlari bilan
bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilayotgan klub ishlari ma’naviy-axloqiy
tarbiyaga doir ishlar tizimida muhim o‘rin egallaydi. Xullas, ma’na viy-axloqiy
tarbiya tizimining barcha . qismlari talabalarning xilma-xil fao liyati bilan bevosita
bog‘liq. Bu faoliyat jarayonida talabalar jamoasida obek tiv axloqiy munosabatlar
vujudga keladi. Mashg‘ulotlar va faoliyat turlarini bajarish natijasida obektiv
munosabatlar ularning shaxsiy odob muomala munosabatiga
aylanadi va shu jarayonda bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari
kamol topa boradi.
Tarbiyaga texnologik yondashuv. Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib,
“techne”-san’at, mohirlik, uquv va «logos» — ilm, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Texnologiya moddiy ishlab chiqarish — sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va
boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash
usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan. Har bir sohaning o‘ziga
xos texnologiyasi bo‘ladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik, qurilish texno
logiyasi va boshqalar. Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan
bo‘lsa, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan
bo‘lsa, tayyorlanadigan mahsulol (avtomobil, bino va boshqalar) shunchalik sifatli
bo‘ladi. Texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamo
naviy usullarini yaratishdan iborat. Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnolo
giyalar ham yangilanib va o‘zgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani
ishlab chiqish uchun texnologik huj jatlarni ishlab chiqish, tipovoy texnologik
jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar, uskunalardan foydalanishning yagona
tartibi bo‘lishi lozim.
Umumiy holda tarbiyaviy ishlarga texnologik yondashuv:
- tarbiya jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratishni;
- tarbiyadan mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni
muvofiqlashtirish, ketma-ket bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-mo‘ljallangan ishlarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlarga asoslanadi. Tizim
tushunchasi bo‘laklardan tashkil topgan yaxlit bir narsa yoki hodisa, birikma
ma’nolarini bildiradi. Pedagogik tizim — ta’lim-tarbiya texnologiyasining asosi,
zamini hisoblanadi. Pedagogik tizim bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-
pedagogik hodisa bo‘lib, u, tarbiyalanuvchi (1); ta’lim-tarbiyaning maq sadi (2);
ta’lim-tarbiyaning mazmuni (3); ta’lim-tarbiya jarayoni (4), tarbiyachi, texnik va
boshqa vositalar (5) va ta’lim-tarbiyaning shakl-usullaridan (6) tuzi ladi.
15-rasm. Tarbiyaga texnologik yondashuv.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi obektiv xususiyatiga ega. U har bir jamiyatning
moddiy-ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; ijtimoiy buyurtma sifatida davlat
hujjatlarida umumiy tarzda ifodalanadi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi tizim hosil
qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha komponent lari ta’lim-
tarbiyaning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi va maqsadni amalga oshirishga xizmat
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxsni, yuksak ma’naviy-axloqli,
yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassisni tarbiyalash maqsadi ta’lim-tar biya
ishlarining mazmunini belgilaydi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va maz muni
tarbiyaviy vazifa shaklida ifodalanadi, aniqlanadi. Tarbiyaviy jara yon, tarbiyachi
yoki tarbiyaning texnik va boshqa vositalari, ta’lim-tarbiyaning shakl-usullari
tarbiya texnologiyasi deb ataladi. Pedagogik amaliyotda tarbiya texnolo giyasi
yordamida aniq ifodalangan tarbiyaviy vazifani tarbiyalanuvchi o‘zlashti rib,
egallab oladi. O‘qituvchi-tarbiyachi boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik roli ni
bajaradi.
Amallarni ketma-ket,
izchil bajarish
Tarbiyaviy natija:
tarbiyalanganlik
darajasi
Tarbiyaviy ishlarni
bulaklar, amallarga
ajratish
Loyihalashtirilgan
ishlarning barchasini
birdek bajarish
TEXNOLOGIK
YONDASHUVNING
KOMPONENTLARI
Ayrim amaliyotchi pedagoglar «pedagogik texnologiya» deganda texnologik
yondashuvga asoslanmagan ba’zi foydali, samarali usullarni yoki ta’lim-tarbiya
jarayonida texnik vositalarni qo‘llashni tushunadilar. Vaholangki, pedagogik
texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgilar va xususiyatlar
ga ega bo‘lgan, tizimli, texnologik yondashuvga asoslanadi. U pedagogikada ijti
moiy muhandislik tafakkurining mahsuli, texnokratik ilmiy fikrning ta’ lim-tarbiya
sohasidagi loyihasi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijasini ma’ lum darajada
standartlashtirish takrorlanadigan pedagogik siklga aylanti rishdir.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik sikl(jarayon)ni yaratish oson ish
emas. Bunga ta’lim-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta’lim-tarbiya mazmuni
va o‘quv-biluv materiallarining har xilligi, talaba-tarbiyalanuvchi larning
qobiliyatlari, xotira, iroda kabi ruhiy xususiyatlari bir xil emasligi kabi qator
faktorlar sabab bo‘ladi. SHunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda pedagog,
psixolog olimlar pedagogik texnologiyani ishlab chiqdilar, ular yarat gan
pedagogik texnologiya takrorlanadigan pedagogik sikl bo‘lib, ta’lim-tar biyaviy
ishda rejalashtirilgan (loyihalashtirilgan) natijalarni kafolat laydi.
Takrorlash uchun savol-topshiriqlar.
1. Tarbiya jarayonini qanday xususiyatlari bor?
2.Tarbiyaning qanday turlari bor?
3. Tarbiyaviy ishlarga yzxlit, tiximli yundoshuv?
4. Tarbiyaning qanday ob’oyektiv qonunlari bor?
5. Tarbiya jarayoni o’zida qanday xususiyatlarni namoyon etadi?
6. Tarbiya tizimini qanday belgilari bor?
7. Tarbiyaga texnologik yondashuv tushunchasi nimani anglatadi?
8. Iqtisodiy tarbiya haqida ayting
9. Estetik tarbiya haqida ayting
10. Aqliy tarbiya haqida ayting
11. Mehnat tarbiyasi haqida ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |