Dars konspekti.
Dars konspektini tayyorlash. Dars konspekti talabalarga aniq yetkazilishi kerak
bo’l gan va esda saqlab qolish qiyin bo’lgan ma`lumotlarning bayoni sifatida
tayyorlanib, dars rejasiga qat`iy amal qilagan holda yoziladi.
Dars konspekti ushbu mavzu oldingi sinflarda talabalarga tanishtirilganmi,
tanishtirilgan bo’lsa, qanday darajada tanishtirilgan, keyingi sinflarda ham ushbu
mavzu tanishtiriladimi, u sinfda nimalarni o’zlashtirish ko’zda tutilgan ekanligini
aniqlab so’ngra yoziladi.
Konspekt mavzu mazmunini o’zida to’liq ifodalash bilan har vaqtda sodda va
tushunarli bo’lmog’i zarur. Dars konspektini yozishda bir necha adabiyot va
metodik qo’llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Birgina darslikdan foydalanib
konspekt yozish hamisha maqsadga muvofiq bo’lavermaydi.
Dars konspektini yozishda turli adabiyotlardagi shartli belgilar va o’lchamlar,
chizmalar ilmiy tahlil etish orqali talabalarga tushunarli tarzda bo’lishiga erishmoq
kerak.
Amaliy mashg’ulotlar uchun konspekt yozishda dastlabki yo’l-yo’riqlar mazmuni
yoritiladi. Bunda bajariladigan ishni tayyorlash texnologiyasi, undagi chizma va
tasvirlar hamda asosiy xavfsizlik texnikasi qoidalari to’g’ri va aniq keltirilgan
bo’lishi talab etiladi. Datlabki yo’l-yo’riqlar mazmunida yangi malakalar hosil
qilishga oid ishlarni bajarishga alohida e`tibor bermoq zarur.
Topshiriqlar.
1. O’qituvchi tomonidan berilgan mavzu boyicha dars rejasini ishlab chiqish.
Bunda:
A) bu mavzu dasturning qaysi bo’limiga tegishli ekanligini aniqlash;
B) ushbu bo’lim boyicha dasturda oldingi va keyingi audatoriyalarda
talabalar qanday bilim va malakalarga ega bo’lishlari kerak ekanligini aniqlang;
V) o’ziga tegishli guruhda talabalarni qanday bilim va malakalar bilan
qurollantirish kerak ekanligini aniqlagan holda dars rejasini tuzish.
2. Dars rejasiga asoslangan holda adabiyot, metodik qo’llanma va
darsliklardan foydalanib konspekt yozish.
O’quv adabiyotlari va darsliklar. O’qituvchilar o’zini faoliyatlarida va o’z
ustilarida ishlashlari uchun foqdalana digan o’quv metodik adabiyotlati va
darsliklarni tahlil asosida uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga
texnologiya ta’limi o’qi tish jarayonida urganiladigan faktli o’quv materiali bayon
qilingan adabiyotlar kiradi. Bu o’quv materiallari talabalar uchun talab
qilinadigandan kengroq va chu qurroq ba yon qilinadi.Afsuski, shunday hollar ham
uchrab turadi, oily ta’lim o’qi tuvchisilari mashg’ulotlarga faqatgina talabalarga
muljallangan qo’llanmalar bilan tayorlanadilar. Bunga yul quyib bo’lmaydi.
Chunki, oliy ta’lim o’qituvchisi o’quv dasturidan tashqari savollarga ham javob
berishga tayyor bo’lishi kerak. Bularga texnologiya ta’limiga oid xrestomatik
ma’lumotnomali adabiyotlar, tarraqiyot rivojlanish intensivligi talabidagi
mutaxxassislikka oid, kasb hunar va hunarmand chiliklarga oid ilmiy uslubiy
jurnallar, o’qitishning o’quv moslama, jihoz, stanok, tikuv mashinasi, maiinalar,
avtomobillar, qishloq xujalik texnikalari va boshqalarni tuzilishi, ishlatilishiga oid
ilmiy uslubiy maqolalar, o’quv qullanmalar, tarraqiyotdagi imutaxassislikka oid
yangiliklar, ixti rolar, texnologiyalarga oid ilmiy uslubiy maqola va jurnallar va
boshqa ilmiy uslubiy tuplam, jurnal, monografiya, dissertatsiyalarni kiritishimiz
mumkin. Bu ishlar texno logiya ta’limiga oid ilmiy tadqiqot ishlari olib brogan
olimlarimizni monografiyalari, dissertatsiyalari,maqolalari, qo’llanmalari va
boshqa ilmiy ishlarndan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi
vazirligidan tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanishi mumkin.
O’quv adabiyotlarni ikkinchi guruhiga texnologiya ta’limi mashg’ulotllarini
tash kil qilish va utkazishga oid ta’limning barcha jabhasi uchun monografiyalar,
oliy va maktab darsliklar, oily va maktab o’quv qo’llanmalar, uslubiy qullanmalar,
tavsiya lar, kursatmalar, ommalashtirilgan dars ishlanmalarini kiritishimiz
mumkin. Bu guruh ga tadqiqotchi olimlar va uzoq yilgi tajribali o’qituvchilarni
darslik va qo’llanmala ridan hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq
ta’limi vazirligidan tavsiya qilin gan adabiyotlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O’quv adabiyotlarni uchinchi guruhiga juda kup adabiyotlar kiradi. Ta’limni
davr talabi buyicha isloh qilishga oid qo’llanmalarni kiritishimiz mumkin. Bularga
ilmiy, uslubiy va ommabop nashr qilingan o’quv adabiyotlarni kiritishimiz
mumkin.
Respeblikamizda faoliyat kursatayotgan ta’lim jurnallari “xalq ta’limi”,
“maktab va hayot”, “uzluksiz ta’lim”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim,Fan va
innovatsiya”, jumladan, bevosita texnologiya ta’limiga yaqin bo’lgan “kasb hunar
ta’limi” jurnallari dagi ilmiy maqolalarni va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
va Xalq ta’limi vazir ligida faoliyat kursatayotgan tajribali o’qituvchilarini
ommalashtirilgan ishlarini o’rga nib boorish hamda ularni ta’lim jarayoniga qullab
kurish tavsiya qilinadi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirishning qanday
ahamiyati bor?
2. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturla rini
qanday mohiyati bor?
3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv
dasturlarini qanday mohiyati bor?
4. Dars rejalari, o‘quv uslubiy majmualari va o‘qitish jarayonida
foydalaniladigan o‘quv adabiyotlari va darsliklar ta’lim jarayonida qanday
ahamiyati bor?
5. Mavzular buyicha darslarga tayyorgarlik qilishda nimalarga amal qilish
lozim?
6. O‘qituvchi o‘quv yilini rejalashtirishda qanday didaktik vazifalarni hal
qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |