A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

2. Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi 
Mutaxassislik fanlari o‘qitish darslari strukturasi quyidagi bosqichlardan 
tashkil topishi mumkin: talabalarni uyushtirish; yangi materialning bayoni, in-
struktaj, talabalarning mustaqil ishlari, yakunlovchi instruktaj, o‘quv kabinet va 
xona xamda ustaxonalarni tozalash.
Talabalarni uyushtirish. Darsning sifati ko‘p jihatdan uning qanday uyushqoqlik 
bilan boshlanishiga bog‘liq. Agar birinchi minutlardanoq talabalar o‘qituvchining 
talabchanligini, sezmasalar, o‘zlarini texnologiya kollektivining a’zosi 
ekanliklarini, oldilarida mo‘ayyan o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari turganini his 
etmasalar, bu hol darsda intizomning buzilishiga, talabalar aktivligining pasayishi 
va hokazolarga olib kelishi mumkin. Mana shuning uchun tajribali o‘qituvchilar 
darsning tashkiliy jihati bilan bog‘liq birinchi minutlariga katta e’tibor beradilar. 


Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha darslar o‘tkaziladigan xonalarga talabalar 
gruppa bo‘lib o‘qituvchi bilan birgalikda uyushgan holda keladilar. 
Jarohatlanishlarga sabab bo‘ladigan xatti-harakat qoidalari buzilishining oldini 
olish uchun talabalarning o‘quv kabinet va ustaxonada yolg‘iz qolishlariga ruxsat 
etilmaydi. Xonaga kirishlari bilan talabalar o‘z ish o‘rinlarini egallaydilar. 
Yo‘qlama (navbatchi yordamida) qilinadi, talabalarning ish kiyimlari tekshiriladi. 
Kiyimlari Texnologiya xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan talabalar 
mashg‘ulotlarga kiritilmaydi. 
Asboblar va zagotovkalarni tarqatish darsni tashkil qilishning muhim momentidir. 
Har bir ish o‘rnini o‘lchash va ishlov berish asboblarining to‘la komplekti bilan 
ta’minlash eng yaxshi variantdir. Tabiiyki, bu holda asboblarni tarqatish 
bo‘lmaydi, har bir talaba hamma zarur narsalarni o‘z ish o‘rnidan topadi. Afsuski, 
buning uchun maktablarning hammasida bunday imkoniyat yo‘q va shu sababli 
asboblarni har gal tarqatishga, so‘ngra esa yig‘ishga to‘g‘ri keladi. Bunga iloji 
boricha kam vaqt ketishi kerak. 
YAngi o‘quv materialini bayon qilish. Ko‘pincha bu element karish instruktajiga 
kirib, talabalarning oldingi darslarda olgan va bu topshiriqni bajarish uchun zarur 
bilim va malakalar qanday ahvolda ekanligi tekshiriladi. yangi materialni bayon 
qilish uning mazmuniga, talabalar yoshi va tayyorligiga bog‘liq holdi har xil 
tashkil etilishi mumkin. Uni talabalar o‘zlashtira olishlarini nazarda tutib 
belgilanadi. Bu element uni talabalar qanday o‘zlashtirganini tekshirish bilan 
yakunlanadi. 
Instruktaj. Instruktajni qancha davom etishi va undagi informatsiyaning hajmi 
talabalar yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 1-2 kurslarda dars materialni birdaniga emas, 
balki bir necha qismga bo‘lib bayon etish tavsiya qilinadi, 3-4 kurslarda bir 
qismining o‘zida katta hajmdagi materialni bayon qilish mumkin, Texnologiya 
topshirig‘i qismlarga ajratilmay birdaniga beriladi. 
Talabalar mustaqil ishlari.Talabalar mustaqil ishlari Texnologiya ta’limi darslarini 
asosiy bosqichi bo‘lib, unga O‘quv vaqtining 80 % gacha qismi ajratiladi. 
Talabalar mustaqil ishini boshqarish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat 
talab qiladi. O‘quv jarayonini muntazam va rejali kuzatish hamda nazorat qilish 
bilan talabalar mustaqil ishining samaradorligi bo‘lgan topshiriqni bajarish 
saviyasi, Texnologiyada o‘z bilimlaridan qanday foydalanayotganliklari va 
boshqalarga qarab umumiy xulosa olishi mumkin. 
Har bir dars xulosa bilan tugallanadi. Xulosalar chiqarish talabalar bilim va 
malakalarini baholash bilan yakunlanadi. O‘qituvchi har bir bajarilgan ishni 


tahliliy ravishda ochiqchasiga aytib tahlil qiladi, talabalar o‘zlarini ishlari haqida 
ma’lumot oladilar. 
O‘quv kabinet va xona xamda ustaxonalarni tozalash. Talabalar ishni 
tamomlaganlaridan keyin o‘z ish o‘rinlarini va umuman xonani tartibga 
keltirishlari kerak. O‘qituvchini ish o‘rni talabalar uchun namuna bo‘lishi kerak. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish