A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Mutaxassislik fanlarini o‘qitish sohasida ilmiy – tadqiqotlarni amalga



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish sohasida ilmiy – tadqiqotlarni amalga 
oshirish metodlari 
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qitish sohasida 
ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarishda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 
boshqa fanlarning metodikasi kabi tegishli ilmiy tadqiqot metodlariga suyanadi.


Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. Kasbiy pedagogik muammolarni ilmiy 
urganish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish, ilmiy pedago gik 
maxoratini yuksaltirish maqsadida ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari dan 
foydalaniladi. Ilmiy tadqiqot metodlari deb ta’lim-tarbiya jarayonini urganish, turli 
pedagogik muammolarni hal qilish uchun qo‘llaniladigan ilmiy izlanish usullari va 
vositalar yig‘indisiga aytiladi.
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qitish 
metodikasini nazariy, kuzatish, suhbat, pedagogik eksperiment tajriba sinov, ilg‘or 
pdagogik tajribani urganish va umumlashtirish, nazariy tadqiqotlar, talabalar 
ijodini urganish, pedagogik surash usuli, test surovnomalar, test sinovlar usuli, 
statistika ma’lumotlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika usullari,
sotsiologik tadqiqot usuli kabi quyidagi ilmiy – tadqiqot metodlari mavjud.
Nazariy tadqiqotlar. Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari yoki 
eksperiment yul bilan tadqiq qilib bo‘lmaydigan masalalarni hal qilishga ham 
to‘g‘ri qeladi. Masalan, o‘quv materialining mazmunini asoslash amaliyotida 
to‘plangan bilim va malakalarning tegishli kompleksini o‘rganishdan boshlanadi. 
Bu holda tadqiqot analiz metodi bilan o‘tkaziladi, ya’ni bilim va malakalarning 
butun kompleksi alohida elementlarga ajratiladi. SHundan keyin hamma 
elementlar ichidan o‘quv dasturi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi, ya’ni 
analizga teskari protsess —sintez sodir bo‘ladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot 
metodlaridir. 
Nazariy usul - adabiyotlardan o'rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar 
asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va 
jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar to'plamlar va kataloglar, 
internet tizimidan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi. 
Kuzatish - odatda, tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari, 
ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli 
ta'limiy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Bu usul 
tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror 
maqsadni ko'zda tutib idrok etishni taqozo etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, 
kuzatish obekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan 
xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. 
Kuzatish metodi ta'lim-tarbiyaning mazkur vaqtdagi holatini aniqlash imkonini 
beradi. Kuzatish usulining maqsadi bor faktlarni yoritishdangina iborat bo'lmay, 
bizga oldindan qo'yilgan maqsad bo'yicha aniqlanishi lozim bo'lgan faktlarni 
qidirish va aniqlashdan iborat. 


Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo'linadi. Bevosita va bilvosita qayd 
qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-
harakatlari va hokazolarni yozib qo'yish imkonini beradi.
Bevosita qayd qilish usuli biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi hujjatli 
materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo'llash vositasida 
olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari 
xilma-xil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir teleko'rsatuv)ni qo'llash bilan 
tobora ko'p qo'llanilmoqda. 
Kuzatish jarayonida tadqiqotchini qiziqtiruvchi muammo va vazifalar kuzatishni 
saylab (tanlab) o'tkazishni taqozo etadi. Tadkiqotchi muayyan tanlangan 
muammoni hisobga olib, nimani kuzatish kerakligini tanlab oladi. Shuning uchun 
ham u kuzatish natijasida echilishi kerak bo'lgan muammoni hali kuzatishni 
boshlamasdan oldinroq biladi. Natijada tadqiqotchining kuzatish natijalarini 
umumlashtirishi birmuncha osonlashadi. 
Kuzatishga asoslangan tasniflash tadqiqotlari uch ko'rinishga ega: 1) obzor 
tadqiqotlari; 2) ta'lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog'liqlikni aniqlash; 3) izlanish 
tadqiqotlari. 
Bunday sharoitda kuzatish to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita amalga oshiriladi. 
To'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib etish 
va o'lchashdan iborat. Qabul qilib olish - sezish organlari yordamida tekshiruvchi 
ob'ekt aniq joyda turganligini qayd qilish; tushunib etish tanlab olingan, qayd 
qilingan ob'ekt oldindan aniq yoki noaniqligini aniqlashdan, o'lchash esa shu 
ob'ektning sonini aniqlashdan iborat. 
Bilvosita kuzatish ob'ektni bevosita kuzatish imkoniyati bo'lmaganda amalga 
oshiriladi. Shunday ob'ektdagi shaxsning tug'ma qobiliyati, imkoniyatlari, 
intizomlilik, rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. 
Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning uchun ham 
tadqiqotchi o'ziga qulay ko'rsatkichlardan foydalanadi. 
Bilvosita kuzatish tadqiqotchini hodisalarni o'rganishga ko'proq jalb etishga 
imkonnyat yaratadi. Mashg'ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai 
tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, 
statistik mashg'ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning 
natijalarini xamda ijtimoiy muxit, xususan o'kituvchi faoliyatining o'quvchi 
shaxsida uyg'otadigan o'zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. 


Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qo'llaniladi. Faol 
kuzatishda didaktik jarayonda bevosita tadqiqotchining o'zi xam qatnashadi va 
jarayonning borishiga ta'sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan 
iboratki, tadkiqotchi bo'lib o'tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib etadi, 
bu esa o'quv jarayonini tadqiqot talablariga yo'naltirish imkonini beradi. Bunday 
usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o'qituvchilar tomonidan talabalar 
faoliyatini faollashtirishda keng qo'llaniladi. 
Kuzatish ilmiy bilish metodi sifatida shu bilan xarakterliki, kuzatish pro sessida 
tadqiqotchi o‘quv protsessining borishiga aralashmay, faqat nima sodir 
bo‘layotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning maqsadi, 
vazifasi va metodikasini belgilab oladi. SHundan keyingina bevosita kuza tishlarga 
kirishadi. Kuzatishlar natijasida o‘rganilayotgan ob’ekt (usul)ni xarakterlash, 
baholash imkonini beradigan faktlar to‘planadi. Masalan, mash g‘ulotlar 
protsessida o‘quvchilar o‘qituvchidan maslahatlar so‘rab murojaat qilish-
qilmasliklarini tekshirish maqsadida kuzatish mumkin. Agar talabalar tez-tez savol 
bersa, buning ustiga savollar takrorlansa, u holda o‘qituvchiga frontal joriy 
instruktaj berishni tavsiya qilish mumkin. 
Pedagogik kuzatish bunda tadqiqotchi o‘quv-tarbiya jarayonini, ish tajriba sini 
muayyan maqsadni kuzlab, tabiiy sharoitda urganadi. Kuzatishning vazi fasi 
dalillarni tuplash, ularni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilishdir. Tadqiqotchi 
bevosita ta’lim jarayonini, ishlab chiqarish korxonasi ishining umumiy tartib 
qoidalarini, talabalarning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyat larini kuzatadi. Kuzatish 
tanlab olingan yo‘l bilan utkaziladigan kuzatishda tadqiqotchi urganilayotgan 
masalaga aloqador bo‘lgan jarayonnigina tekshiradi, qayd qiladi. Uzluksiz 
pedagogik kuzatishda esa butun pedagogik jarayon bataf sil qayd qilinadi. 
Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- kuzlangan maqsadning aniq bo‘lishi - Nima maqsadda kuzatiladi?
- aniq reja asosida utkazilishi. – Qanday kuzatiladi?
- kuzatish obektining kursatilishi. – Nima kuzatiladi?
- utkazilishi muddati va davomiyligi belgilanishi –qachon va qancha muddat 
kuzatiladi?
- taxminiy natijalar kuzlanishi – Qanday natijalar kutilmoqda?


Bunda yig‘ilgan dalilarning aniqligiga e’tibor beriladi. SHuning uchun ho zirgi 
vaqtda videoyozuv, audioyozuv vositalaridan foydalanish, uni urganib, taxlil qilish 
mumkin.
Suhbat usuli - so'rashning bir turi bo'lgani holda, tadqiqotchining jiddiy 
tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita 
aloqada bo'lish vaqtida og'izaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini 
yozmasdan erkin muomala formasida qo'llaniladi. 
Suhbatni samarali amalga oshirish uchun undan kuzlangan maqsadning aniq 
qo‘yilishi, yordamchi, asosiy savollarinning puxta rejalashtirilishi talab qilinadi. 
Suxbat samarali davom qilishi uchun beriladigan taxminiy savollar va javoblar 
tayyorlanishi lozim. Suhbatning muvaffaqiyatli bo‘lishi pedagog maxoratiga 
bog‘liq. Suxbatni video yoki audiomagnitafonga yozib olish mumkin. Suxbat 
talabalar, o‘qituvchilar, ishchilar bilan xam utkaziladi. Anke talashti rish 
metodidan ommaviy ravishda material tuplash maqsadida foydalaniladi. 
Anketalarning muvaffaqiyatli bulishida savollarning aniq ifodalanganligi katta 
axamiyatga ega. Savollar tadqiqot vazifalaridan kelib chiqqan holda qo‘yi lishi 
kerak. Anketalar tarqatilishidan aniq tushunganliklari tekshiriladi. Anketalar ochiq 
yoki yopiq tarzda o‘tkazilishi mumkin. 
Suhbat usulida - o'qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng 
jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo'llaniladi. Suhbat 
usulidan farq qilib, intervyu olish usuli savollarni oldindan belgilangan izchillikda 
intervyu yo'li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga 
yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so'rash nazariyasi va 
amaliyotida intervyu tashkil etishning ko'p usullari mavjud: 

guruhlar bilan; 

intensiv; 

sinov va h, k. 
Pedagogik eksperiment tajriba-sinov ta’lim-tarbiya sohasida yaratilgan 
gipotezalarni, pedagogik hodisalarni maxsus yaratilgan va nazorat qilib turi ladigan 
sharoitda o‘rganishdir. SHu bilan birga ta’kidlash zarurki pedagogika ga doir 
adabiyotlarda – ilmiy bilish tushunchasi, odatda, insonlar tomonidan mavjud bilim 
va hodisalarni, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini bilish mah suli sifatida baholanadi. 
Bunday ta’rif asosan bilimning falsafiy qirra sini ochishga xizmat qiladi.
Didaktika nazariyasida esa –ilmiy bilish tushunchasi, asosan, ikki to 
monlama izohlanadi: talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar hamda ular 


tomonidan o‘zlashtirib amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shax siy 
xislatlarga aylanib qolgan bilimlar. Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda 
tadqiqotchi vujudga keltiradigan jiddiy, aniq sharoitlarda o‘tka ziladi. 
Eksperimental vaziyatni keraklicha takrorlash, shu bilan tasodifiylik elementini 
bartaraf qilish mumkin. Buning natijasida ayrim pedagognk fak torlarning ta’sirini 
hamda qiyosiy samaradorligini etarlicha ob’ektiv va yaqqol aniqlash imkoniyati 
tug‘iladi. 
Didaktik eksperimentnnng tipik formalari sifatida odatdagi sharoitda guruhdagi 
dars va talabalarning uncha katta bo‘lmagan gruppasi bilan o‘tkaziladigan 
eksperimental mashg‘ulotlar xizmat qiladi. 
Ana shu formalardan har birining o‘z afzalligi va kamchiliklari bo‘ladi. Tajriba
darslari butun gruppa bilan ishlashga doir qandaydpr tavsiya
tekshirilayotganda ayniqsa samarali o‘tadi. Buni misol bilan tushuntira miz. 
Ikkinchi kurs talabalarini detal tayyorlashnnng texnologik protsessi bilan qay 
yo‘sinda tanishtirnsh maqsadga muvofiqligini: kirish instrukta jida butun
texnologik protsessni tushuntirish yoki bitta operatsiya bilan cheklanib, har bir 
navbatdagi operatsiyani oldingi operatsiya bajarib bo‘lin gandan so‘ng 
tushuntirib borish to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlash zarur, deylik. Ko‘pipcha shu 
maqsadda ikkita guruh tanlanadi. Ikkala guruhda ham mashg‘ulot larni bitta
o‘qituvchining o‘zi olib boradi, bunda u mazmuni bir xil materi alni bayon qiladi. 
SHu tariqa ikkala guruh talabalari bir xil sharoitda bo‘ladilar. Bir guruhda talabalar 
texnologik protsess bilan kirish instruk taji vaqtida tanishadilar, keynn zarur
bo‘lsa, individual ravishda o‘qituv chidan tushuntirib berishni so‘rapdilar.
Boshqa guruhda esa o‘qituvchi birin chi operatsiya haqidagina so‘zlab beradi, 
shundan keyin(operatsiyani ko‘pchilik talabalar bajarganlaridan keyin) ikkinchi va 
hokazo operatsiyalar haqida so‘zlab boriladp. Mashg‘ulot oxirida ikkala guruh
talabalari bajargan ish larning hajmi va sifatiga qarab taqqoslanayotgan
usullarning samarador ligi haqida ilmiy xulosa chiqarish mumkin. Ob’ektiv 
ma’lumotlar to‘plash uchun eksperimentlar vaqtida har xil pribor va apparatlar 
keng qo‘llanadi. 
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish. Ilg‘or pedagogik tajriba 
metodikaning pedagogika fani tarmog‘i sifatida rivojlanishining muhim manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. Ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, uni ilmiy 
analiz qilish o‘quv protsessini samarali tashkil etishga oid tavsiyalarnn ishlab 
chiqish imkonini beradi. 
Ilg‘or tajribani kuzatish, o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, kinoga olish, 
talabalarning ishlari bilan tanishish va boshqa yo‘llar bilan urganiщ mumkin. 


Ilg‘or tajribani o‘rganish va tarqatishda pedagogik o‘qishlar muhim rol o‘ynaydi. 
Talabalar ijodini o'rganish - ularning o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga 
doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi. 
Pedagogik so'rash usuli - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning 
biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu usulning asosini 
tashkil qiladi. So'rash savollarning mantiqiy o'ylangan tizimini, ularning aniq 
ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat'iy 
formadagi javobni (“ha”, “yo'q”) ham taqozo etishi mumkin. 
Test so'rovnomalar - bu so'rovnoma, ya'ni anketa usuli qo'llanganda, yaratilgan 
ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli 
fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini 
bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi. 
Test savollaridan ko'zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini 
yoppasiga baholashdir. 
Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri – bu test 
yordamidagi sinovi hisoblanadi. 
Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma'naviyati hamda 
yoshlarning qaysi yo'nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan 
aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning 
pedagogika nuqtai nazaridan ba'zi bir yutuqlari va kamchiliklarida keltirilgan va 
baholash jarayonini kompyuter yordamida avtomatlashtirish mumkinligi 
ta'kidlangan. Test savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, uning qisqa va 
lo'ndaligi, to'g'ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga 
ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o'yinga o'xshashligi va javobni 
topishda xotira, intuisiya va topqirliklar qo'l keladi. Test savollarini chop etish 
talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi. 
Test sinovlar usuli - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig'ib olish usuli. 
Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard 
natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga berilayotgan 
savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar soniga bog'liq bo'ladi. Odatda, test 
savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik statistika usullari bilan 
ishlash imkon beradigan qilib tuziladi. 
Eksperiment - tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba asosida ta'lim-tarbiya jara 
yoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish, 
aniqlash maqsadida o'tkaziladi. 


Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish usuli - ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan 
mablag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali 
qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarining qurilishi, xo'jalik 
shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi. 
Matematika va kibernetika usullari - o'qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash 
matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga 
tarjima, dasturli ta'lim va uni mashina orqali boshqarish, o'qitishni mustahkamlash, 
baholash orqali ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual 
ta'lim berish kabi jarayonlardir. 
Sosiologik tadqiqot usuli - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-
yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarini aniqlash, talabalar orasidagi 
do'stlik munosabatlarini ta'lim muassasasidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va 
kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga 
bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlar darajasini, bilim 
olishga ishtiyoqi, adabiyotlar ta'minlanganlik darajasi, o'quv taqsimoti, 
o'qituvchilarning o'qitish darajasi, o'quv qo'llanmalarning sifati, kompyuter bilan 
mashg'ulot o'tkazish turlarini o'rganish, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi 
mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini 
qanchalik qoplaydi, haq to'lanadigan ishlarda talabalar qatnashishi, ota-onalarining 
moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning ko'p shug'ullanadigan 
jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta'sir etuvchi 
omillar, mutaxassis bo'lib etishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik 
darajasi jarayoni, komil inson bo'lish uchun kerakli bo'lgan ma'naviy sifatlar, 
o'zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning 
barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi. 
Ko‘rinib turibdiki, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi mustaqil tadqiqotlar 
bilan shug‘ullanadi. Ammo bu gan aslo mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 
boshqa fanlardagi tadqiqotlarning ma’lumotlaridan foydalanmaydi, degan ma’noni 
bildirmaydi. Aksincha, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi qator fanlar 
bilan chambarchas bog‘liq, u uz xulosalarida shu fanlarga tayanadi. Mutaxassislik 
fanlarini o‘qitish metodikasi qaysi fandan oliy maktab predmeti mazmunini 
olayotgan bo‘lsa, o‘sha fan bilan doimiy aloqada bo‘lishi kerak. Mutaxassislik 
fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi texnologiya ta’limi 
yunalishini barcha mutaxassislik fanlari buyicha mahsulot va materiallarga ishlov 
berish jarayonlari haqidagi uslubiy asoslar hisoblanadi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini tashkil etishda 
metodika, pedagogika, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasi, gigiena va pediatriya 


ma’lumotlariga tayanadi. Bu fanlarning ma’lumotlaridan foydalanib ish rejimi, 
mashqlarning xarakteri masalalari hal qilinadi, asboblar hamda jihozlarga doir 
normativlar ishlab chiqiladi va xokazo. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish