A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


-Mutaxassislik fanlarni o’qitish sohasida ilmiy tadqiqotlar ishlari mazmuni



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

 


11-Mutaxassislik fanlarni o’qitish sohasida ilmiy tadqiqotlar ishlari mazmuni 
Maqsadli reja: 
1.Texnologiya ta’limi yo’nalishida magistrlarni tayyorlashda ilmiy-tadqiqotchilik 
ishlari mazmuni.
2. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari: 
3.Mutaxassislik fanlarni o’qitish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish 
metodlari: kuzatish; suhbat; tajriba-sinov; matematik tadqiqot.
4. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish metodikasi. 
1. Texnologiya ta`limi yo’nalishida magistrlarni tayyorlashda ilmiy-tadqiqotchilik 
ishlari mazmuni. 
Ta'lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib 
borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda 
inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatda ko'zda tutilgan maqsadlarni 
to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni texnologiyalarga 
aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta'lim-tarbiya sohasida ham 
ta'lim texnologiyalariga amal qilina boshlandi.Vaqt o'tishi bilan pedagogik 
texnologiyalarni qo'llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham 
tegishlicha o'zgarib bordi. Yuqorida keltirilganlardan xulosa shuki, pedagogik 
texnologiyalarning asosiy tushunchasi, o'quv jarayoniga majmua sifatida 
yondashishdir.
Fan-texnikani yuksak taraqqiyoti tufayli texnologiya tushunchasi ham 
takomillashib va mazmunan chuqurlashib borgan. Patent, lisenziyalar sotiladigan 
va sotib olinadigan bo'lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish, xom 
ashyo va materiallarga ishlov berish usullari, bajariladigan ishlarning ketma-ketligi 
va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo'ldi. Masalan, 
sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik detali loyihalaganda qanday 
materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo'ladi, buning uchun standart belgilari, 
chizmalarga ulardagi o'lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Fan-
texnika taraqqiyoti “Texnologiya”ni fan sifatida ham o'rganishni ob'ektiv zururiyat 
qilib qo'ydi. U fan sifatida fizik, ximik, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash 
orqali mahsulot ishlab chiqarishning samarali usullarini o'rganish, yangilarini 
topish va tajribada sinashni o'rganadi.
Aynan ana shu ob'ektiv zaruriyat tufayli texnika va texnologiyalarni tushunadigan, 
ularni ishlata oladigan, loyihada aks ettirilgan chizma va texnologiya bo'yicha 


belgilangan standartdagi mahsulot yarata oladigan etuk mutaxassis kadrlar 
tayyorlash ehtiyoji tug'iladi. Pedagog va psixolog olimlar ishlab chiqarish 
texnologiyasini nazarda tutgan holda o'quv jarayonini ham “texnologiyalash 
tirishga”, ya'ni o'qitish natijasini kafolatlangan o'ziga xos texnologik jarayonga 
aylantirishga harakat qiladilar. Natijada, pedagogikada yangi yo'nalish – ta'lim 
texnologiyasi, xususan, o'qitish va tarbiyalash texnologiyasi paydo bo'ldi. 
Keyinchalik, pedagogik texnologiyalar tushunchasi XX asrda paydo bo'ldi va turli 
rivojlanish bosqichlaridan o'tib kelmoqda. Bu tushuncha ham 1940 yillardan 50-
yillar o'rtasigacha “ta'lim texnologiyasi” deb qo'llanilib, o'quv jarayonida audio 
vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. 
Yuqoridagi fikrlar asosida pedagogik texnologiyalar tushunchasini ikki xil izohlash 
mumkin: birinchidan, uning o'quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning 
kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta'limdagi, o'qitishdagi texnologiya 
deb nomlash mumkin bo'lsa, ikkinchidan, bu tushuncha o'quv jarayonining o'zini 
qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers 
tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari 
tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini 
tadqiq etadi. 
Oliy maktab o'qituvchisining innovasion faoliyati oliy maktab pedagogikasining 
bosh muammolaridan biridir. 
Innovasiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. 
A.I.Prigojin innovasiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, 
jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga 
muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. 
Tadqiqotchilar innovasion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki 
yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida 
kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'sirini mikrosathi. 
Birinchi yondashuvda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi. 
Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'siri, 
ularning birligi, raqobati va natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir. 
Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan 
kelib chiqadi. 


Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, 
V.S.Tolstoy) innovasion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. 
Birinchi shaklga, yangilik kiritishning oddiy jarayonlari kiritiladi. Bu ilk bor 
mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. 
Ikkinchi shaklga, yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir. 
Yangilik kirtish ham ichki mantiq ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va 
uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. 
Pedagogik innovasiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, 
pedagogika fanida xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish 
uyg'onadi. 
Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda 
muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi. 
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning 
yig'indisi shartli yangilik hisoblanadi. 
Mahalliy yangilik aniq ob'ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. 
Sub'ektiv yangilik ma'lum ob'ekt uchun ob'ektning o'zi yangi bo'lishi bilan 
belgilanadi. 
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovasiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu 
vosita: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. 
«Innovasiya» - bu ta'lim: ma'lum bosqichlar bo'yicha rivojlanadigan jarayon. 
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o'qitish va tarbiya berishda avval 
ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi 
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin 
bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi. 
Pedagogik innovasiyada R.N.Yusufbekova innovasion jarayon tuzilmasining 
uch blokini farqlaydi: 
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi 
yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning 
me'yorlari, uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, 
pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi. 


Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik 
hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-
barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovasiya muhiti, 
pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi. 
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini 
tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. 
M.M.Potashnikning innovasiya jarayonlari talqinlari ham e'tiborga molikdir. U 
innovasiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi: 
faoliyat tuzilmasi, motiv, maqsad, vazifa, mazmun, shakl, metodlar, metodika 
komponentlari yig'indisi; 
sub'ektiv tuzilma – innovasion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, 
shahar va boshqa sathlari; 
mazmun tuzilmasi – o'quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda yangilikning paydo 
bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi; 
bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi yangilikning paydo bo'lishi, 
ildam, o'sish, etuklik, o'zlashtirish, diffuziya (singib ketish, tarqalish) – 
zamonaviylashtirish; 
boshqaruv tuzilmasi – boshqaruv harakatlarining 4ta turining o'zaro aloqasi: 
rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish: 
tashkiliy tuzilma – diagnostik, oldindan ko'ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, 
umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi. 
Innovasiya jarayoni-tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan 
iboratdir. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovasion jarayoni kechishining 4ta asosiy 
qonuniyati farqlanadi: 
pedagogik innovasiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; 
nihoyat amalga oshishi qonuni; 
pedagogik innovasiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni; 
qoliplashtirish (streotiplashtirish) qonuni; 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovasion texnologiyalar, 
pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan 


qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor 
bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, texnologiyalar ularni egallayotgan 
bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto 
xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda 
shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit 
yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini 
bajaradi. Ta'lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. 
Shuning uchun ta'lim muassasalarida malakali kasb egalarini tayyorlashda 
zamonaviy o'qitish metodlari - interfaol metodlar, innovasion texnologiyalarning 
o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid 
bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega 
bo'lishlarini ta'minlaydi. 
Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanib kelayotgan 
ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'rganib, xalqimizning milliy pedagogika 
an'analaridan hamda ta'lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda
respublikamizning milliy pedagogik texnologiyasini yaratish bugungi kunning 
talabidir. 
Innovasiya texnologiyalari o'qitish jarayonida yuqori malakali, raqobatbardosh 
o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, 
metodik mahoratini ko'tarish, o'qituvchi-pedagoglarni pedagogik texnologiyalar 
bilan qurollantirish omili bo'lib qolmoqda. 
Ilmiy tadqiqotchilikda qullaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari. Texnologiya 
ta’limi yunalishida magistrlarni tayyorlashda ilmiy-tadqiqot chilik ishlari mazmun 
mohiyati asosan oliy ta’limda texnologiya ta’limi yuna lishidagi fanlarni va 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’li mini o‘qitish buyicha ilmiy 
ishlar olib borish yunalishlari, yullari, usul lari va uslublari haqidagi ta’limotdan 
iboratdir.
SHark mutafakkirlari va bobokolonlarimizning yoshlarni ilmiy tadkikot 
ishlarga yunaltirish, ularda ilmiy dunyokarashni shakllantirish muammosining 
echimi keng yoritilgan asarlaridagi goyalariga tayangan xolda, mustakillik dav rida 
yoshlarda milliy ong, milliy mafkura, milliy tafakkur xamda ilmiy dunyo 
qarashlarini shakllantirish, talaba yoshlarda paydo bulgan fikrning mantiqiy 
rivojlanishini shakllantirish, dars mazmuniga ilmiy asoslangan fan metodo logiyani 
singdirishimizga asos bula oladi. 


Didaktik faoliyat o'qituvchi va talabalarning hatti-harakatlaridan iborat. Bunday 
faoliyat natijasida talabalar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'ladilar, o'z 
dunyoqarashini, shaxsiy qadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Taxsil natijasida 
talaba shaxsining turli xislatlari shakllantiriladi. Bunday o'zgarishlarni kuzatish, 
xisobga olish didaktik tadqiqotlarnnig asoslaridan hisoblanadi. Yuqoridagi 
o'zgarishlar, bir tomondan, o'qitunchining didaktik faoliyati ta'siridagi va o'z 
shaxsiy hatti-harakatlari ta'siridagi o'zgarishlar orasidagi qonuniyatlarni ochishga, 
ularni tahlil qilishga imkon beradi. Talabalar va o'qituvchilarning o'quv ishlari 
sharoitlari, harakatlari, ta'lim mazmuni, uslub va vositalari orasidagi bog'liqliklar, 
tabiat qonuniyatlari qanday ob'ektiv xarakterga ega bo'lsa, shunday ob'ektiv 
xarakterga egadir. 
Ta'lim va tarbiyaga taalluqli hatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish 
pedagogika va didaktikada yagona usul xisoblanadi. Yan Amos Komenskiyning 
«Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» 
asarlarida masalaga shunday yondashishni ko'rish mumkin. 
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosalar chiqarish uchun muntazam ravishda 
olib borligan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan imperik tadqiqotlar natijala 
riga asoslanish zarur. 
Tadqiqotlarning tarixiy-taqqoslash metodlari. Pedagogik tadqiqotlar, xususan, di 
daktik tadqiqotlar asosan o'qituvchining didaktik faoliyati bilan talabalar taxsili 
natijasida hamda ularning o'z faoliyatlari natijasida ular shaxsi, bilim, iqtidor va 
ko'nikmalarining o'zgarishi orasidagi bog'liqlikni ochishga qaratiladi. Xo'sh, bun 
day bog'liqlik didaktik tadqiqotlar natijasidan olinadimi yoki ularni yaqin, uzoq 
o'tmishdan olsa bo'ladimi? Amaliy hayot bu muammoga o'zicha javob beradi. 
Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida ijtimoiy munosabatlar ma'lumotning maksad 
va vazifalarini belgilab bergan. Masalan, sanoat ishlab chnqarishini industrlashti 
rish, ilmiy texnikaviy revolyusiya ma'lum darajada ta'lim va tarbiya mazmuni, sha 
kllari va uslublarini tanlashga ta'sir ko'rsatadi. 
Tarixan ta'lim-tarbiyaning barcha hollarida yuz bergan o'zgarishlarning xususiyat 
lari, tamoyillari, qonuniyatlarini o'rganmasdan turib, ma'lumot masalalari haqida 
keng tasavvurga ega bo'lish mumkin emas. 
Tarixiy pedagogik tadqiqotlarning maqsadi shunday qonuniyatlarni aniqlashdan 
iboratki, bu qonuniyatlar faqat yaqin va uzoq tarixni o'rganishni emas, shu bilan 
birga ta'limning hozirgi ahvolini, undan ham muhimi kelgusini belgilash imkonini 
bermog'i lozim.


Tarixiy pedagogik tadqiqotlarning qo’yidagi metodlari mavjud. 
Nazariy taqqoslash - solishtirish metodi. Bunday pedagogik tadqiqot xalqaro 
pedagogik tadqiqotlarga asosan uch yo'nalishda olib boriladi. Birinchi yo'nalish - 
turli mamlakatlardagi ta'lim va tarbiya tizimlarining umumiy qonuniyatlarini 
aniqlash. Dunyoda yuzdan ortiq ta'lim tizimlari mavjud. Albatta, mustaqil 
O'zbekiston Respublikasida eski ta'lim tizimi asosida ishlash mumkin emas. 
Boshqa mamlakatlarda amal qilib turgan ta'lim tizimlarining qulay ijobiy 
tomonlarini yuqorida ko'rsatilgan taqqoslash-solishtirish tadqiqotlari asosida 
bizning ta'lim tizimimizga ko'chirish mumkin. 
Ikkinchi yo'nalish har bir ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni, ularni 
tasdiqlovchi faktlar to'plamini, turli tarixiy davrlardagi va turli tarbiya muhitlariga 
oid o'ziga xos tomonlarni aniqlashdan iborat. 
Uchinchi yo'nalish ta'lim tizimlarining ichki xususiyatlarini aniqlash, o'xshash va 
farqli xususiyatlarini belgilab, ularning ta'lim tizimidagi umumiy xususiyatlar bilan 
bog'liq alomatlarini va aloxida xususiyatlari sabablarini aniqlash imkonini beradi. 
Bu turdagi tadqiqotlar faqat statistik ma'lumotlar va anketalar natijasini tahlil qilish 
bilan chegaralanmaydi. 
Ta'lim tizimlarini tadqiq etish maxsus tayyorgarlikdan o'tgan xalqaro ekpertlar 
guruhlari tomonidan tegishli ilmiy-tekshirish tashkilotlari bilan hamkorlikda 
o'tkaziladi. Buning uchun ilmiy-tadqiqotning maxsus konsepsiyasi, usullarini 
tanlab olish mezonlari ishlab chiqiladi va matbuotda e'lon qilinadi. Keng 
kitobxonlar va qiziquvchilar etiboridan o'tgan konsepsiya xalqaro pedagogik 
uyushmalar tomonidan tasdiqlanadi va bevosita ishga kirishiladi. 
Ta'lim tizimlarining o'xshashlik va alohidalik alomatlarini, ularning ildizlarini, 
sabablarini aniqlash birmuncha murakkab bo'lib, maorif tizimlarining yutuqlarini 
tadqiq etuvchi xalqaro assosasiya eksperimentlari kabi atroflicha ilmiy-tekshirish 
ishlarini olib borishni talab etadi. Ta'lim-tarbiya omillarini tushuntirish va ularga 
tasnif berish nazariy taqqoslash-solishtirish usullarining asosiy qismi hisoblanadi. 
Albatta, xamma ilmiy-tadqiqotlar yig'ilgan faktlarni tushuntirish bilan ish 
tugamaydi. 
Bu turdagi izlanishlarning yana bir o'ziga xosligi shundan iboratki, tabiiy fanlarda 
umumiy belgilar, atamalar, birliklar mavjud, pedagogik (didaktik) tadqiqotlarda 
esa bunday umumiy xalqaro birlik va atamalar deyarli yo'q. Shuning uchun ham 
olingan natijalarning tasnifi birmuncha sub'ektiv tus olishi mumkin. Bunday hollar 
ta'lim haqidagi statistik ma'lumotlarga matematik ishlov berish orqali bir-muncha 
to'g'rilanadi. Masalan, biron mamlakatdagi biron yilda tug'ilgan bolalarning 


maktablarga qamrab olinishi yoki ta'limga ajratilgan milliy daromadning ma'lum 
foizi shu mamlakatning maorif masalalariga munosabatini asosan ob'ektiv 
belgilandi. Qolgan omillar ta'lim ahvolini belgilashda yuqorida ko'rsatilgan 
statistik ma'lumotlarni yanada chuqurlashtiradi. 
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash tadqiqotchini qiziqtirib qolgan muammoli 
xolatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday xolatni tahlil qilish va unda 
ma'lum va noma'lumlarni aniqlash, qo'shimcha adabiyotlarni o'rganish, tajribali 
shaxslarning bu masalaga bergan baxosi tadqiqotchiiing asosiy va ko'shimcha 
muammolarini aniqlash imkonini beradi. 
O'zgaruvchan parametrlarni aniqlash va tahlil qilish. O'zgaruvchilar - bu 
tekshirilayotgan ob'ektda turli axamiyatga ega bo'lgan omillardir, o'zgaruvchilar 
tekshirilayotgan ob'ektning bizni qay tomondan qiziqtirayotganligi haqida axborot 
beradi. 
Ta'limning salmog'i, rivojlanish tezligi, maktabning yutuqlari kabi murakkab 
o'zgaruvchilar ma'lum shkalalar asosida tartibga keltiriladi. 
Muammolarni gipotezalar zanjiriga aylantirish tadqiqot jarayonining kelgusi 
bosqichi hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy muammosi yoki shu muammodan kelib 
chiquvchi savollarga tadqiqotchi dastlabki xomaki javoblar qidiradi. Izlanish 
davomida u yangi qo'shimcha axborotlar to'playdi va javoblar yanada rivojlanib 
boradi. Shunday qilib, qo'yilgan savollar gipotezalarga aylana boradi, kelgusi 
qidirish yo'nalishlarini belgilab beradi, boshqacha aytganda, ishchi gipotezaga 
aylana boradi. 
Pedagogikadan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning jiddiy bosqichlaridan biri 
tadqiqot muammosini echish bo'yicha bir yoki bir necha gipotezalarni belgilashdir. 
Gipoteza - bu muammoni echishning taxminiy yo'lini ilmiy tomondan tasdislash 
demakdir. Tadqiqotchi qo'yilgan muammoni atroflicha, hamma o'zgaruvchilarni 
hisobga olgan holda, tahlil qiladi. Gipoteza empirik jihatdan tasdiqlanmog'i darkor. 
Buning uchun eksperiment loyihasi tuzilib, eksperimental tadqiqotlar o'tkaziladi. 
Tadqiqot texnikasini va «asbob-uskunalari»ni tanlash. Bu tadqiqotning mazkur 
bosqichida tadqiqot ob'ekti o'zgaruvchilarni tanlashga ko'p jihatdan bog'liqdir. 
Tadqiqot texnikasi atamasi yoki tadqiqot usuli yoki tadqiqot faoliyatining ketma-
ketligi atamasi ishlatiladi. Ilmiy usul bu ilmiy muammoni echishda qayta-qayta 
ishlatiladigan usuldir. Tadqiqot texnikasi deganda, tadqiqot muammosini echish 
uchun ob'ekt va hodisalar haqida axborot to'plashda tez-tez qaytariladigan usul 
tushuniladi. Masalan, kuzatish usulida turli tadqiqot texnikasi ishlatiladi: klinik 
kuzatish, savol-javob, zondlash, tanlab tekshirish va hujjatlar tahlili. Bunday 


texnologiyadagi ishlatiluvchi «asboblar» turlicha bo'ladi. Ulardan keng 
tarqalganlari anketalash, psixologik yoki didaktik testlardir. 
Tezkor yuz beradigan jarayonlarni qayd qilib, keyinchalik chuqur tahlil qilish 
uchun maxsus texnikaviy vositalar ham ishlatiladi. Bulardan fotoapparat, 
kinokamera, proektor, magnitofon, videomagnitofon yoki o'lchov asboblari va 
boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin. 
Didaktik eksperiment metodi. Eksperimentni qo'llash natijasida tadqiqotchi 
didaktik amaliyotga uning ichki tarkibiy tuzilishi, qonuniyatlarini, ta'lim ma'nosi 
va jarayonlarini ochish maqsadida «sho'ng'iydi». 
Agar kuzatishda tadqiqotchi borliqni qanday bo'lsa, shundayligicha idrok qilib 
tekshirsa, eksperiment jarayoni bu borliqni o'zgartirib, uning ichki konuniyatlarini, 
unga ta'sir etishning samarador usullarini aniqlaydi. 
Eksperimentning birinchi xususiyati shundan iboratki, unda tadqiqotchining o'zi 
qatnashadi, ishni tashkil etadi, amalga oshiradi va natijani tahlil qiladi. 
Ikkinchi xususiyati - o'quv-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatlarini aniqlash 
uchun jarayon sharoitlarini o'zgartirish imkoni tug'iladi. Uchinchi xususiyati- 
o'quv-tarbiya jarayonini nazorat qilib, ularni aniq o'lchash imkonidir. To'rtinchi 
xususiyati - eksperimentga ilmiy tus berib, ishchi gipotezani aniqlashtirishdir. 
Demak, eksperiment shunday ilmiy-tadqiqot usulini, unda ta'lim-tarbiya jarayonini 
nazorat qilish o'lchash va ishchi gipotezani yanada oydinlashtirish imkoni tug'iladi. 
Yuqorida ko'rsatilgan to'rt xususiyat bajarilsa eksperiment laboratoriya 
eksperimenti hisoblanadi, birinchisi bajarilmasa, bu tabiiy eksperiment deyiladi. 
Pedagogikadan ilmiy-tadqiqot ishlarining metodologik asoslari: 
1. Shaxsning ijodiy va faoliyatlilik ma'nosi haqidagi ta'limot. 
2. Shaxsning o'zaro aloqa bog'lash va o'zaro bog'liqligi haqidagi ta'limot. 
3. Munosabatlar nazariyasi 
4. Mutaxassis shaxsini shakllantirish haqidagi nazariya. 
5. Bilish faoliyati haqidagi ta'limot. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ilmiy tadqiqot metodlar: 
Empirik darajadagi metodlar: 


1) diagnostik metodlar (anketalash, hujjatlarni o'rganish, intervyu uyushtirish, 
suhbatlar), sosiometrik metodlar; 
2) observasion metodlar (bevosita va bilvosita kuzatish, to'g'ri va uzoqdan 
kuzatish, bevosita jarayonda qatnashish orqali kuzatish, o'z-o'zini kuzatish); 
3) prognostik metodlar (ekspertlar metodi bilan baholash, bir-biriga bog'lik 
bo'lmagan xarakteristikalarni umumlashtirish, modellashtirish, ekstropolyasiya, 
shkalalash, ranglash, «Dolfa metodi» va boshqalar); 
4) eksperimental metodlar (sifat eksperimenti, o'lchash eksperimenti, konstatasiya 
eksperimenti, shakllantirish eksperimenti, prognostik eksperiment va boshqalar); 
5) praksimetrik metodlar (faoliyat natijalarini analiz qilish, modellashtirish, 
professiografik va psixografik analiz, xronometraj); 
6) matematik metodlar (korrelyasion analiz, faktorli analiz, dispers analiz va 
boshkalar). 
Nazariy darajadagi metodlar: 
1) Ilmiy bilish darajadagi metodlar: 
- psixologo-pedagogik va sosial adabiyotlarni analiz qilshi; 
- empirik materiallarni sintez qilish; 
- to'plangan materiallarni tasniflash; 
- tekshirilayotgan jarayonini deduksiyalash; 
- induksiyalash; 
- analoglarni ko'rish; 
- modellashtirish. 
2) Mantiqiy analizga asoslangan metodlar: 
- o'xshatishlik metodlari; 
- o'ziga xosligini aniqlash metodlari;
- o'ziga xos uzviy bog'liqligi o'zgarishlarini analiz qilish metodi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda oliy ta’lim asosiy bosqich lardan 
hisoblanadi va bu bosqichda talabalar tadqiqotchilik faoliyatlarining aniq 
yunalishlariga ega buladilar. 


Iqtidorli talabalar – O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy 
taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omildir. Ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, 
mehnatsevarlik kabi fazilatlari, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish ishtiyoqi bilan 
ajralib turadi. Iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va ular bilan ishlashning asosiy 
maqsadi-mamlakatimizning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshiruvchi noyob iste’dod 
sohiblarini voyaga etkazish, ularga madaniyat, san’atning biror sohasi, fanning 
aniq yo‘nalishi bo‘yicha o‘zlarida mavjud tabiiy qobiliyatlarni etish 
rivojlantirishlariga imkoniyat yaratishdir. 
Iqtidorli talabalar bilan alohida ishlashning asosiy vazifalari:
- iqtidorli yoshlarning aqliy salohiyati va tabiiy qobiliyatlarini o‘stirishga 
alohida e’tibor berish;
- professor o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan yakka ishlashga jalb etish; 
- ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari sohasida ilmiy tadqiqot ishlariga 
talabalarni jalb etish; 
- maxsus o‘quv dasturlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish; 
- yuqori malakali barkamol kadrlarni tayyorlash 
- iqtidorli yoshlar respublika banki va monitoringini shakllantirish kabilardan 
iborat. 
Iqtidorli talabalar psixologik va pedagogik testlar o‘tkazish orqali 
qobiliyatining rivojlanlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ularni maqsadli tayyorlash 
qo‘yidagilarga yo‘naltiriladi:
- kengaytirilgan o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qish va qo‘shimcha malakaga ega 
bo‘lish (tanlangan yo‘nalish bo‘yicha; chet tilidan tarjimon; EHM dasturchisi va 
hokazo);
- maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda o‘qitish; 
- chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha o‘qitish (umumkasbiy fanlar, menejment 
audit, ekologiya va boshqa fanlar). 
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashda qo‘yidagilar nazarda tutiladi:
- fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish; 
- kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirish; 
- chet tillardan birini puxta egallash; 


- kurs va bitiruv ishlarini, magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va 
chet tillardan unumli foydalanish; 
- ilmiy, ijodiy ishlarni bajarishda mustaqil fikrlash, yangi g‘oya va takliflarni 
bildirish va amalda tadbiq etish; 
Davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri tushunadigan, vatanparvar, barkamol 
shaxs sifatida shakllantirish. 
Iqtidorli talabalarga rahbarlik qilish va dars berishga ilmiy darajali, etarli 
bilim-tajribaga ega, reytingi yuqori professor va dotsentlar jalb etiladi. Ilmiy 
rahbarning asosiy vazifalari: 
- maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni bajarish jarayonini boshqarish; 
- pedagogika texnologiya, kompyuter texnologiyasi, audiovideo texnikalarini 
keng qo‘llash; 
- dasturni yaxshi bajarayotgan talabalarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirish 
uchun takliflar kiritish. 
Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatinining boy imkoniyatlaridan ularni xar 
tomonlama rivojlanishi yulida samarali foydalanish uchun, avvalambor, ilmiy 
faoliyat xarakteri va tuzilmasiga mutanosib bulgan hamda shaxsiy xu susiyatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan usul va shart-sharoitlar tizimini yaratish lozim buladi. 
Aynan talabalarning ijodiy tasavurini urganish va ri vojlantirish, bizningcha, ilmiy 
tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish uchun yangi ufqlarni ochib beradi, 
chunki olimning shaxsiyati aynan talabalik davrida shakllanadi. Talaba yoshlarni 
ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish ma’nosi davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan bir 
qatorda muayyan hissiy-ruhiy ehtiyoj kasb etishini xar doim nazarda tutish 
lozimligi tahlil qilingan olim larning ishlarida ma’lum miqdorda ilmiy asoslangan 
bulib, bu erda fikrlar ning uyg‘unligi, ilmiy izlanishlardagi ijtimoiy-pedagogik va 
ijtimoiy-psi xologik hamkorlik alohida kuzga tashlanib turganligi seziladi. 
YUqorida kurib chiqilgan ilmiy tadqiqot metodlari tahlillaridan ma’lum 
buladiki, xar qanday ilmiy - ijodiy faoliyat shaxsning hissiyoti, ehtiyoji, ru hiy-
aqliy taraqqiyoti bilan chambar chas bog‘lik ravishda amalga oshadi. Binoba rin, 
har qanday o‘qituvchi talabalarni ilmiy tadqi qot faoliyati talaba shaxsi ning aqliy 
kamolotini ta’minlovchi omil ekanligini bilishlari lozim bula di.
Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 28 
fevraldagi №37 sonli buyrugi 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim 
muassasalarida talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish tug‘ risida namunaviy 


nizom”ning 9-bandida oliy ta’lim muassasalarida talaba lar ilmiy-ijodiy faoliyatini 
tashkil etishning asosiy tamoyillari quyida gicha belgilangan: 
ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlari integratsiyasini ta’minlash; 
o‘quv-ta’lim jarayonini tashkillashtiriщsa talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining turli 
shakllarini joriy etishni nazarda tutish hamda uning uzviyligini va uzluksizligini 
ta’minlash; 
talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyati ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirishning turli shakllarini joriy etish; 
talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etishda oliy ta’lim muassasalari 
professor-o‘qituvchilari, doktorant va aspirantlari xamda soha mutaxassislari va 
ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarini keng jalb etish. 
Bu talabni amalga oshirish uchun yosh mutaxassislarda talabalik davridan 
ilmiy tadqiqot ishlariga oid ilmiy dunyokarashni shaklantirish, ularda ilmiy 
tadqiqot ishlarini maqsadli, ongli ravishda bajarishga oid kunikmalarni hosil qilish 
maqsadida talabalar safidan iqtidorli, ilmiy faoliyatga layoqati bor bulgan 
iste’dodli, faol talabalar tanlab olish va respublikamizda hamda mintaqada dolzarb 
hisoblangan tadqiqot mavzulari kafedralar tomonidan ish lab chiqilib, talabalarga 
tavsiya etilishi kerak.
Talabalarning olib boradigan ilmiy tadqiqot ishlari oldiga quyidagi talablar 
quyiladi: 
- mutaxassislarning ilmiy eruditsiyasi va nazariy dunyokarashini ken gaytirish, 
ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kunikmalarini hosil qildirish; 
- nazariy bilimlarni amaliyotda qullash qobiliyatini rivojlantirish; 
- ularda ijodiy fikrlashni rivojlantirish va ilmiy munozaralar olib borish 
kunikmalarini shakllantirish, ma’lum ilmiy, texnik masalalarni echishga undash; 
- yuksak ishbilarmonlik va ma’naviy-axlokiy sifatlarini rivojlantirish, xar tomon 
lama rivojlangan shaxsni shakllantirishga kumaklashish hamda talabalarning jamoa 
va tashkiliy ishlarini olib borish tajribasini uziga singdirish. 
O‘quv jarayonidan tashqari talabalarni ilmiy tadkikot ishiga jalb etish ning 2 xil 
shakli mavjud, ya’ni fan ilmiy tugaragi va mutaxassislik buyicha ilmiy tadqiqot 
tugaragi. 


SHunday kilib, fan va ta’limning maksadlari umumiy bulib, muammo larning 
yagona echimini topishga qaratilgandir. Ilmiy tadkikotlar oliy ta’limni keng 
doirada rivojlantirish, zamonaviy sharoitda fan va ilmiy xizmat kursatishning 
rivojlanish samaradorligini oshirish hamda ta’lim-tarbiya va tadqiqot jarayonlari 
oxirgi natijalarining takomillashuviga yunaltirilishi kerak. 
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oliy o‘quv 
yurtlarida talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish maqsadli, tex nologik 
jarayon sifatida amalga oshirilishi lozim. 
Ilmiy tadkikot ishlarida aniklik, ob’ektivlik, mantiqiylik, izchillik, uziga 
xoslik, qisqalik va tuliqlik kabi me’yorlar mavjudki, bu me’yorlar ilmiy asarda uz 
ifodasini topishi kerak.Tadqiqot ishi doirasida amalga oshirilgan kuzatishlar ilmiy 
tadkikot ishlarini tashkil etishga ta’siri yuqorida aytil gan kursatuvchi ijobiy 
omillar ta’sir qilar ekan. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish