A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

interfaol 
metodlar 
nomi bilan yuritilmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texno 
logiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga 
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni 
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tah lil 
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rga tadi. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi - talaba asosiy 
figuraga aylanadi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba fao 
liyatiga yangilik kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv 
metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Interaktiv metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni peda gogik 
ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisob lanadi. Bu 
metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi talabalarning 
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jaraѐni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 
ularga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchi-talabalarning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil 
fikrlash, tanqidiy fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;


- o‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy 
ravishda bo‘lishini ta’minlashi; 
- o‘quvchi-talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har 
bir masalaga ijodiy va tanqidiy yondashgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o‘quvchi-talabalarning hamisha hamkorlikdagi faoliyati va 
tanqidiy fikrlashni shakllanishi.
Interaktiv metodlar pedagogik texnologiyaning tarkibi sifatida kutilgan natijaga 
erishishning asosi va dars samaradorligini oshiruvchi omil asosiy hisoblanadi.
Tanqidiy fikrni o‘stirishga xizmat qiladigan metodlar «Tanqidiy fikrlash 
uchun o‘qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallash uchun vaqt va imkoniyat berish: 
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; 
- talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash; 
- har bir talabani tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch 
hissini uyg‘otish; 
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. 
SHu munosabat bilan talabalar: 
- o‘ziga ishonchni oshirish va o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish; 
- o‘quv jarayonida faol ishtirok etish; 
- turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash; 
- o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turish lozim.
Talabalarni tavakkaldan xoli bo‘lgan, ya’ni g‘oyalar qadrlangan 
talabalarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni 
bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur. 
Talabalar o‘z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat 
qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la 
boshlaydilar. 
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, o‘z 
tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. 
O‘qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab 


qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan xoli bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda 
o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli 
ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Talabalarning o‘zlari ham o‘z 
fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. 
Fikrlash jarayonini talabalarni o‘zaro fikr olishuvini ko‘zda tutadi. 
Talabalarning o‘zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o‘rganishdagi 
o‘rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o‘zlarida bo‘lgan yirik 
fikr va oddiy xatoga bo‘lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi. 
O‘zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining 
qarashlar tizimini so‘zlovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilarni tuzatib 
turishdan o‘zini tiyib turish ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar 
boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar 
o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada 
qobiliyati ortadi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish