Ma'ruza matnini tayyorlash
. Ma'ruza matni har bir fanning ishchi o'quv
dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning
uchun mavjud adabiyotlar o'rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig'iladi.
Mavzuni o'rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo'yiladi, mavzuni
yoritish metodi tanlanadi. Mutaxasisslik nazariyasi barcha fanlar uchun asos
bo'Iishini hisobga olib, namunaviy ma'ruza matni shu fandan beriladi. Ma'ruza
o'qilayotgan mutaxasisslik fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqanda ma'ruzada
ma'lum bir farqlar bo'lishi mumkin, Iekin ma'ruzaning asosiy mohiyati o'zgar may
di. Bugungi kunda metodlarni samarali qo'llashning muhim mezonlaridan biri
muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga qo'ya bilishdir.
Muammoli savol qo'yib o'qitish talabalarning bilimlarni ongli va mustahkam
o'zlashtirishiga, bilish faoliyatini jonlashtirishga, ilmiy izlanishga, tadqiqotga
chorlaydi. Shuning uchun ham xoh ma'ruza, xoh amaliy mashg'ulot, seminar
bo'lsin o'qituvchining muammo qo'yishi yoki muammoli vaziyat vujudga keltirishi
katta ahamiyatga ega.
Muammoli ma'ruza muammo qo'yish orqali boshlanadi. Bu muammo esa
o'quv materialini bayon etish jarayonida ma'ruzachi tomonidan izchil va mantiqiy
holda yechib beriladi yoki uni hal etish yo'llari ko'rsatiladi.
Muammo o'quv materialining aniq mazmuni bilan bog'liq bo'ladi. Ta'lim
jarayonida maqsadga erishish uchun muammoli o'qitish ta'lim talabalar
ehtiyojlarini qondirish va faolligini oshirishga yo'naltirilishi, quyilgan
muammoning ta'lim talabalar uchun aniq va tushunarli bo'lishi kabi qator talablarni
qondiradi.
Ma’ruzada muammoli o'qitishning maqsadlari asosan talabalarning mazmunli
va izchil bilim olishini ta'minlash, muammo yechimlarini topish va uning boshqa
yechimlari bo'yicha ham istiqbolli hal etish yo'llarini ishlab chiqish, talabalarni ki
chik guruhlarga bo'linib, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga o'rgatish,
talabalarda shaxsiy mas'uliyat tuyg'usini uyg'otish va mustahkamlashdan iboratdir.
Ma’ruzani muammoli o'qitishning muammoning qo'yilishi,uni yechish yo'llarini
aniqlash, muammoni yechishning eng ma'qul yo'lini aniqlash,muammoni yechish
kabi bosqichlardan iborat boladi.
O'quv muammolarini qo'yish buyicha mavzu muammosini qo'yish va yechish
uchun yangi tushunchalarni talabalarning avvalgi o'rgangan bilimlari bilan bog'lash
va esga tu shirish zarur, talabalarga sabab-oqibatli bog'Ianishni aniqlash, mushoha
da qilish, muam moli vaziyatni tahlil qilishni o'rgatish zarur, talabalar oldiga ular
uchun tushunarli bo'Igan, ma'Ium darajada xabardor bo'Igan muammolarni qo'yish
kabi qoidalari boladi.
Muammoli ma'ruza talabani o'ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga undaydi
gan ma'ruzadir. U quruq yodlab olish emas, balki,faoliyatida zarur bo'ladigan ama
liy ko'nikmalarni qo'llab masalani yechishga o'rgatishdir. Shuningdek, o'qitish —
bunday darslarda ajdodlar ijtimoiy-tarixiy tajribasi ham o'rgatiladi. Muammoli o'qi
tish orqali talabani o'z fikrini aytishga, fikrini himoya qilishga va bahslashishga
o'rgatish mumkin. Fikrlash jarayonida qarama-qarshilik bo'lmasa, bahs ham, muno
zara ham bo'lmaydi. Munozarasiz esa muammoning yechimini topish juda qiyin.
Darsda talabalar o'qituvchining o'rgatishga samimiy intilayotganini his qilishi,
talabani o'zi bilan teng ko'rayotganini bilishlari kerak. Yuqorida zikr etgan ma'ru
zani muammoli ma'ruza tarzida bayon qilish, darsga talabalarni faol qatnashishga
chorlash uchun ma'ruza o'qiyotganda muammoli vaziyat yaratish zarur. Buning
uchun avvaldan muammoli savol qo'yib, unga talabalar bilan birgalikda muhokama
qilinib javob topiladi. Ma'ruzada mohir ma'ruzachi bo’lish yangi axborot berish,
murakkab nazariy savollarni tushuntirishni, o'rgatishi, tizimga solishni, muammo
va masalalarni yechish jarayonida ijodiy fikrlashga o'rgatishni, yuzaki qaraganda
katta farqi bor turli g'oyalarni ko'rsatishi, tahlil qilishni, ular o'rtasidagi bog'lanish
ni tushuntirishni, bilim olishga undashni, o'rganib qolingan fikrlashi va e'tiqodlarni
qaytadan qarab chiqishga da'vat qilishni, kelgusida bilim olishga ishtiyoq tug'dirish
ni eddaflfy olishi kerak.
Muammoli o'qitishning kamchiligi shundaki:
U ko'p vaqt talab qiladi. Oqibatda, axborot berishga qaratilgan dars o'tishga
qaraganda, mavzu muhokamasiga ko'p vaqt sarflanadi.
An'anaviy ma'ruzani bunday tarzda o'qish hammaning qo'lidan kelmaydi. Juda ko'p
ma'ruzalar monolog tarzida o'qiladiki, u tinglovchilarni ma'ruzadan qoniqmaslikla
riga, uni diqqat bilan eshitmasliklariga olib keladi.
Ana shu kamchilik, ya'ni tinglovchilarni ma'ruzada passiv emas faol
qatnashishlarini ta'minlab, kutilayotgan natijalarga erishish uchun metodikani
o'zgartirishga undaydi.
Muammoli vaziyatni har qanday auditoriyada vujudga keltirish qiyin.
Bu o'qituvchidan katta pedagogik mahorat qiladi. Bunga chuqurlashtirilgan, ya’ni
jalb qiluvchi, jadallashgan, dinamik ma'ruza orqali erishish mumkin. Jadallashtiril
gan ma'ruza tahliliy fikrlash ko'nikmasini hosil qilish, rivojlantirish, universal asos
larga tayangan holda tayyorlangan ma'ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlash
tirilgan variantidir. Jadallashtirilgan ma'ruzani har qanday katta likdagi guruhda
o'tkazish hamda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlash mumkin.
Jadallashtirilgan ma'ruzani qo'llashga zaruriyat, tadqiqot natijasida ishonch hosil
qilingan ikki holatdan kelib chiqadi:
Auditoriyaga o'qituvchi savolni mavzu bo'yicha ma'ruzani o'qib bo'lgach
tashlaganiga qaraganda, ma'ruza o'qigunga qadar berishi talabalarni ma'ruzada
bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o'zlashtirishiga olib kelar ekan.
Ma'ruza boshlangandan 15—20 daqiqa o'tgach talabalarning diqqati susayadi.
Demak, metodni o'zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur.
Bu ishni pedagog olimlar ta'lim texnologiyasi asosida amalga oshirilishi
mumkinligini ko'rsatib berishgan. Bunda ma'ruza jarayonida talabalar ham darsga
faol qatnashadilar. Dars o'tkazish hamkorlikka asoslanadi. Ma'ruza o'qishda
qo'llaniladigan metod va vositalar uzviy savollar bo'yicha avvaldan
loyihalashtirilib, ma'ruza darsining texnologik xaritasida ko'rsatiladi. U darsning
«ssenariy»si bo'Iib, uning asosida dars jarayoni tashkil etiladi. Buning uchun ma'
ruza mantiqiy tugallangan qismlarga bo'linadi. Bu ma'ruzada qo'yilgan uzviy savol
lar bo'Iadi. Har bir savol a) da'vat, b) anglash, tushunish, d) fikrlash, tafakkur
bosqichlariga ajratiladi.
1.
Da'vat bosqichida talabalar diqqatini ma'ruzani eshitishga jalb qiladi, turli
metodlarni qo'llab, ularni ma'ruzada faol qatnashishga chorlaydi. Dastlab talabalar
mazkur mavzu bo'yicha nimalarni bilishlari aniqlanadi. Anashu bilimga dars jara
yonida yangi bilimlar qo'shilishi kerakligi uchun talabalarga tezda bajariladigan
turli topshiriqlar beriIadi. Savol qo'yib, aqliy hujum metodini qo'llash orqali
talabalar
uchun ma'Ium, o'rgangan bilimlarini 3—4 daqiqa vaqtda qo'yilgan savolni juftlikda
muhokama qilish, o'z fikrlarini aytish, avvalgi ma'ruzada o'rganilgan tushunchalar
mazmunini gapirib berishni taklif qilish orqali aniqlanadi.
2.
Mazmunni tushunish, anglash bosqichida 15—20 daqiqada talabalarning
yangi materialni tushunishlarini ta'minlashdir. Bunda o'qituvchi talabalarga turli
sizning uchun hozir eshitganlaringizning qay biri yangilik bo'ldi? eshitganlaringiz
bo'yicha sizning fikringiz qanday? eng katta taassurot qoldirgan nima? kabi
savollar bilan murojaat
3.
Tafakkur bosqichida olingan bilimlar mustahkamlanadi. O'rganilayotgan
masala bo'yicha talabalarning o'z tushunchalari shakllanadi. Ma'ruza eshitgach,
ularning bilimiari kengayib, mustaqil fikrlaydilar, o'z fikrlarini eshitganlari bilan
taqqoslaydilar. Bu bosqichda talabalarga fikrlarini tahlil qilishga qaratilgan top-
shiriqlar beriladi.
Keyingi qismlar ham xuddi shunday uch bosqichga bo'linib ma'ruza o'qiladi,
muhokama qilinayotgan savol bo'yicha ma'ruza matni tarqatilib, talabalar insert
metodi yordamida matnni o'qib, tahlil qilib o'z fikrlarini bildiradilar. Matnni o'qish
bosqichi uyga vazifa qilib topshirilib, dars paytida faqat savolni muhokama qilish
mumkin. Bu o'qituvchi dars jarayonini qanday tashkil etishga bog'liq.
Oxirida yakunlovchi topshiriqni ham o'qituvchi ma'ruzaning mavzusi, mavjud
savollar, guruh talabalari va boshqa omillarni hisobga olgan holda avvaldan
tayyorlaydi.
Jadallashtirilgan ma'ruza o'qituvchidan darsga puxta tayyorlanishni, ma'ruzaning
turli variantlarini tayyorlab qo'yishni talab qiladi. Bunda o'qituvchi har bir dars
jarayoni texnologik xaritasini tayyorlaydi.
3. Laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarini tashkil va utkazish.
Ukuv jarayonining asosiy boskichlaridan biri bilimlarni amalda tadbik etish
dan iborat, buning natijasida talabalarda ukuv va malakalar xosil kilinadi. Muta
xassislik fanlarni urganishda olingan bilimlarni amalda tadbiq etish formalaridan
biri tajriba ishlari va amaliy ishlardir. Tajriba va amaliy ishlardan kuzlangan maq
sad – talabalarga mazmuni jihatidan mutaxassislik fanlar bilan bog‘lik bulgan tex
nologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalarni
urganishdir, Tajriba va amaliy ishlar davomida talabalar uzlaridagi mavjud bilim
larni tushunadilar, mustahkamlaydilar va kengaytiradilar, bu bilimlarni tadbiq
etishga urganadilar, bu esa kasbiy mahoratni oshirish uchun nihoyatda zarurdir, Uz
vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan urni jihatidan mutaxas sislik fanlar buyicha qili
nadigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish ta’limi orasida
oraliq vazifani egallaydi, hamda malakali o‘qituvchilar tayyorlashning bu ikki
tomonini uzaro bog‘lashning eng muxim vositalaridan hi soblanadi. Mutaxassislik
fanlarini ukitish uslubi fanining amaliy va tajriba darslari ma’ruzalar o‘qilishi bilan
birga parallel ravishda olib boriladi. Talaba pedagogika tizimidagi fanlardan tash
qari u ixtisoslik fanlarni xam chuqur urganishi darkor. Bunday fanlarga texnolo
giya va dizayn, servis xizmat kursatish va qishloq xujalik asoslari yunalishlaridagi
fanlari kiradi. Mutaxassislik fanlarini ukitish uslubiyoti fani ikki qismdan iborat:
Fanning umumiy savollari.
Fanning xususiy savollari.
Birinchi qismda mutaxassislik soxasi buyicha fanlarni o‘qitish uslubiyotini
psixo-pedagogik muammolar (masalan, talabalarni tarbiyalashda o‘quv-tarbiyaviy
ishlarni tashkil kilishda yul-yuriqlar berish, o‘qitish jarayonida texnik fikrlashni
takomillashtirish, muammoli ta’lim nazariyasi).
Ikkinchi qismida o‘qitish uslubi buyicha talabalar kunikma va malakalari,
umumiy bilmlarni konkretlashtirish, fanning asosiy va qiyin savollari kuriladi,
Ma’ruzada berilgan material talaba tomonidan takomillashtiribgina qolmasdan,
balki u bu materialni mustaqil uzlash tirishi kerak. Talaba nimani bajarib bilsa, uni
faqat mustaxkam takomillashtirish emas, mustakil bajarishi xam kerak. Buning
uchun tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va unda talabalar tuliq qat
nashishi kerak.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilishning quyidagi bosqichlari mavjud.
Texnologiya ta`limi jarayonida amaliy mashg’ulotalarni tashkil etish bosqich
lari. Texnologiya ta`limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlaridan laboratoriya
mash g’ulotlarini dars jarayonini tashkil etish, uni olib borish metodlarini tala
balarga o’rgatishni uslubiy asoslari magistrlarga mutaxassislik fanlarini o’qitish
metodikasi fani orqali o’rgatiladi. Darslarni tashkil etish va olib borish boyicha
yo’l-yo’riqlar quyidagicha bo’lishi mumkin.
1.Dars davomida dars jarayonining boshqaruvchisi va javobgari ham sizning
o’zingiz.
2.Dars davomida o’qitvchiga berilgan barcha huquq va imtiyozlarga egasiz.
3.Darsni qat`iy oldindan belgilangan reja asosida olib borish. Ayrim holda sharoit
taqozosi bilan rejadan chetga chiqib ketish mumkin bo’lsa, darsdagi sistemalilik va
maqsaddan chetlashmaslikka harakat qilish.
4.Dars boshlanguniga qadar barcha kerakli jihozlarni tayyorlab qoyish.
5.Dars qismlari boyicha yo’l-yo’riqlar.
1) Salomlashish. Umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda mahalliy, milliy-
etnografik hususiyatlarni ko’zda tutgan holda amalga oshirilsin.
2) Davomatni aniqlash. Bu ishlarni amalga oshirishning bir necha xil ko’rinishlari
bo’lib, uni to’g’ri tarnlang. Bu variantlar:
a) jurnal orqali davomatni aniqlash;
b) navbatchi orqali davomatni aniqlash;
v) navbatchidan yo’qlar royhatini talab etish yo’li bilan;
g) o’qituvchi tomonidan ko’z yugurtirish yo’li bilan;
d) oldingi mavzuni takrorlash jarayonida;
Bu ko’rinishlarni turli sharoitda turlicha qo’llash mumkin.
3) Guruhning dars o’tishga tayyorgarligini tekshirishda ushbu darsni olib borish
uchun qanday jihozlar o’qituvchi uchun va talabalar uchun zarur hamda ularning
mavjudligi, o’quv xonasining dars o’tishga tayyorligi (yoritilganlik, sanitariya-
gigienikva texnikasi talablariga javob berishi) tekshiriladi. Zaruriyat sezilsa, ular
tartibga solinib, so’ngra dars boshlanadi.
4) Oldingi mavzuni takrorlashdan maqsad faqat talabalar bilimini baholashdan
iborat bo’lmay, balki yangi mavzuni o’rganishga zamin tayyorlash, ta`lim jarayo
nida o’qitish shakl va metodlarini nechog’li to’g’ri tanlanganligini hamda pedago
gik faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va bundan keyin bu
kamchiliklarni yo’qotish maqsadlarida ham amalga oshiriladi.
Oldingi mavzuni takrorlashning ham bir necha ko’rinishlari mavjud bo’lib, har bir
mashg’ulot uchun ular turlicha ahamiyat kasb etadi. Oldingi mavzuni takrorlash
uchun tuzilgan savollar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi bilan bir vaqtda har bir
ketma-ket keladigan savollar bir-biriga mantiqan bog’langan, izchillikda bo’lsin.
Ayrim hollarda talabalar javoblari qoniqtirmasa, oldingi dars o’z vaqtida o’qituv
chi tomonidan qisqacha takrorlanishi va yangi mavzuga bog’lanishi talab etiladi.
Bunday holning bir necha bor takrorlanishi ko’pincha o’qitish shakli va
metodlarining noto’g’ri tanlanganligi oqibatida kelib chiqadi. Shu sababli o’tish
shakl va metodlarini tanlashga jiddiy ahamiyat berish kerak. Oldingi mavzularni
takrorlashda vaqtdan o’ta unumli foydalanish metodlarini qo’llash talab etiladi.
5) YAngi mavzuning bayoni. Bunda ishlab chiqilgan reja boyicha o’quv mate
rialining talabalarga etkazilishi talab etiladi. Yangi mavzu mazmuni oldingi mavzu
mazmuni bilan bog’lanishi talab etilsa-da har bir dars mashg’ulotida talabalarga
etkaziladigan bilim, malaka va tushunchalar mohiyati jihatidan yakunlangan, tugal
bo’lgan umumiy ta`lim tizimining kichik bir qismi sifatida bo’lmog’i kerak.
Dars mobaynida talabalarga namoyish etiladigan ko’rgazmali qurollar, natural
ob`ektlar o’z vaqtida talabalarga ko’rsatilishi talab etiladi. O’qitishning texnikaviy
vositalari qo’llanilishida ortiqcha shovqin yoki darsga xalaqit beruvchi elementlar
bo’lmasligi kerak. Har bir o’quv filmlari yoki magnitofon lentalari
mashg’ulotgacha eshitib yoki ko’rib chiqilgan bo’lib, dars davomida kerakli
vaqtdagina undan foydalanish tavsiya etiladi.
Dars davomida quyidagilarga ahamiyat berishish talab etiladi:
O’qituvchi sifatida tashqi ko’rinish (kiyimlarning bejirimligi, soch va soqollarning
holati, kiyim tugmalari qadalganligi, ...)
Nutqingiz (nutqingizdagi ohang, tutilmay so’zlash), hozir javoblik, fikrlarni
sistemali va izchil bayon eta bilishi, tanlagan misollardan o’z o’rnida aniq
foydalanish hamda qo’llay bilishi;
Tushuntirishda mavzu mazmunini noma`lumdan ma`lumga, osondan qiyinga,
soddadan murakkabga tomon yo’nalishdagi izchillikning ta`minlanishi;
Chizma va eskizlarni tayyorlashni tushuntirish usullarini va texnologiyasining
tushunarli bo’lishiga;
bir vaqtning o’zida dars mazmunini bayon qilish va talabalar faoliyatini kuzatib
borish qobiliyati va uni amalda qo’llay bilishi;
Pedagogik nazokatni amalga oshirishda talabalar bilan bo’lgan muomalasi,
qat`iylik va samimiylik turli holatlarda o’zini tuta bilishi va uddaburonligi;
Ish jarayonini to’g’ri va aniq ko’rsata bilishi;
Darsni metodik jihatdan to’g’ri tashkil eta bilishi va amalga oshirishi;
Ilmiylik printsipi va ta`limning politexnik xarakterini nechog’lik amalga oshira
bilishi;
Ta`lim va tarbiya printsipini amalga oshirishdagi faoliyatingiz;
Dars maqsadini to’g’ri tanlay bilishi va dars so’ngida bu maqsadga erishganlik
darajasi;
To’g’ri va teskari aloqani to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay bilishi;
Tanlangan metodlarni o’z o’rnida va samarali qo’llay olishi;
Darsni yakunlashi, asbob-uskunalarni o’z o’rniga joylashtirish va xonani
yig’ishtirish;
Yangi mavzuni mustahkamlashda ham oldingi mavzuni takrorlashdagi metodlar va
talablar qo’llanilishi mumkin. Bunda yangi mavzuni nechog’li samarali o’qitilgani
o’z ifodasini topadi.
Shu sababli bu bo’limda talabalar bilim va malakalarini baholash bilan bir vaqtda
kelgusi dars rejasi chun dastlabki kerakli ma`lumotlarni olish mumkin.
6) Talabalarni baholash va uyga vazifa berishda bahoning ob’ektivligini
ta`minlashga harakat qiling. Baholashda kichik bir savol bilan talaba bilimini
baholashdan chetlashish. Amaliy mashg’ulotlarda esa 100% talabalarni baholab
borish talab etiladi. Baholashda talabaning barcha faoliyatini hisobga olgan holda
baholash talab etilgan taqdirdagina ish o’rnini tashkil etishi, xavfsizlik texnikasi
qoidalariga amal qilishi, savollarga to’g’ri va aniq javob berishi, hayotiy misollar
keltira bilishi asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanishi, mehnat madaniyati va h.k.
Talabaga bu faktorlar hisobga olinayotganini tushuntirgan taqdirdagina bahoning
tarbiyaviy xarakteri ochiladi. Aks holda “keyingi darsda yana ham yaxshi harakat
qilish, ishlanish, hozir “4” baho qoyaman” deyish bilan bahoning tarbiyaviy
xarakteri ochilmaydi.
Albatta, bunday yondoshishda talaba xulqiga beriladigan baho bilan ilmiga
beriladigan bahoni farqlash talab etiladi.
Darsda talabaning bilim va malakasiga baho beriladi. Uyga beriladigan vazifa aniq
bo’lib, kerak bo’lsa, qisqa yo’llanma berish talab etiladi.
Quyida ayrim mutaxassislik fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini utkazishga
oid misollar kelti ramiz.
1.Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashning ukuv rejasi, dasturini
taxlil kilishga oid amaliy ishda bulajak o‘qituvchilarni ukuv-uslubiy xujjatlar bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilishda bilim kunikmalarni shakllantirish maqsad qilib
quyiladi.
Mashg‘ulotning nazariy qismida malaka tavsivnomasi, o‘quv reja va
dasturlai haqida, nazariy va amaliy ta’lim, o‘qitilish hajmi va ketma-ketligi, o‘quv
dasturi nimalarni o‘rgatishi, amaliy va laboratoriya ishlar, o‘quv adabiyotlari,
qullanma va o‘qitish vositalari ruyxatlari o‘quv dasturini bajarish majburiyligi va
o‘quv rejasi hamda dasturlarning boshqa uslubiy asoslari haqida tushuntirish
ishlari olib boriladi.
Ishning borishida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ta’kidlanadi.
1. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha dastur tuplami va xujjatlar bilan
tanishib chikish (o‘quv rejalari qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, o‘quv
muddati).
2. Dastur xujjati tuplamining tarkibiy qismi sanab utish, qisqacha tavsif berish.
Kursatilgan kasb malaka tavsifnomasi bilan tanishish. (kasbi,ixtisosi).
4. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uz kasbi sohasi buyicha nimalarni bilishi
kerak» rubrikasi ostidagi kerakli punktlarni tanlash.
5. Bilim va kunikmalarni shakllantirishda saylangan mavzular uchun o‘quv
elementlarini tanlash. (O‘quv elementlari – fan xakida tushuncha, bilim va
kunikmalarni shakllantiruvchi mavzu).
6. Berilgan savollarning xar bir punktida talab etilgan yozuvlar bajarilsin.
7. Xulosalash. O‘zini o‘zi tekshirish savollari orqali mashg‘ulot mazmun
mohiyati buyicha olingan bilim va malakalar mustahkamlanadi.
2. Mutaxassislik fanlari buyicha perspektiv mavzuiy va dars rejalarini
tuzishga amaliy mashg‘ulotda o‘quv dasturlari mavzulari asosida perspektiv-
mavzuiy reja tuzish orkali boshlangich kunikmalarni shakllantirish maqsad qilib
quyiladi.
Mashg‘ulotni nazariy qismida dars-butun bir tizimni, unda ta’lim va
tarbiyaviy maqsad va vazifalar takomillashuvi, o‘qituvchi darsni rejalashtirishi,
rejalashtirish odatda perspketiv-tematik reja va perktiktiv dars rejalaridan tashkil
topishi, yaxshi uylangan perspektiv-mavzuiy reja o‘qituvchiga hozirgi za mon va
har tomonlama o‘quv jarayonining material-texnik bazasi buyicha tayyorlash ga,
shuningdek nazariyaning ishlab chikarish bilan bog‘lanishini ta’minlashga sha roit
yaratilishi, Perspektiv-mavzuiy reja darslar tizimini tug‘ri tashkil etishda va
keyingi darsda tayyorlanishda yangiliklar keltirishi, bu tajriba mashg‘ulotida
perspektiv-tematik rejani tuzishda o‘qituvchi harakatlari ketma-ketliklari haqida
urgatish ishlarini olib boriladi. Mashg‘ulotni olib borish va bajarish hamda
hisobotlarini quyidagi jadval asosida amalga oshirish mumkin.
№
Etaplar
Maksadlar
1
2
3
1
Kvalifikatsion
xarakteristikani urganish
1.Kasblar buyicha yosh kvalifikatsion
ishchilar kanday dars va bilimlar olishini
yuzaga chikarish.
2.Predmet maksadi va vazifalarini aniqlash.
2
Ukuv rejasi va dasturi
Bilan tanishish
1.Mazkur ukuv yurtida ukitiladigan fanning
tarbiya tizimidagi urnini yuzaga chikarish.
2. Dastur buyicha talabalarga shakllanadigan
bilim, malaka,kunikmalar xajmi xakida
tushunchalar berish.
3
Mavzu buyicha ukuv
materiali mazmunini taxlil
kilish.
1.Aniqlash:
a) mavzuni urganishdagi tushunchalar
b) ulardan birinchi uchraganlarni aniqlash.
2.Ukuv materiali xajmi va darslar buyicha
ketma-ketligini aniqlash.
4
Ishlab chikarishning
fanlararo boglikligi taxlili.
1.Tarbiya mavzusidagi tushunchalar, bu ukuv
materialini darslar buyicha taksimlashda kul
keladi.
2.Ishlab chikarish darslari tushunchalari-
ni urganish.
5
Dars tizimlarini kayta
ishlash.
1.Tarbiya uchun kiritilgan asosiy tu shun
chalar,ular murakkabligi,yangi bilim larni
takomillashtirish darslarini aniqlash.
2.Amaliyotda bilimlarni kullash buyicha
talabalarga kanaka kunikmalar xosil bulishni
dastur buyicha aniqlash, bilim yuklamalarni
shakllantiriruvchi dars larni joriy etish.
3.Talabalar bilimlarini tizimlashtiruv
chi,shuningdek tekshiruv ishlarini olib
borishga bagishlangan umumiy tuzilishdan
darslar sonini aniqlash.
4.Ukuv jarayonini aktivlashtiruvchi turli
yunalishdagi dars tizimini aniqlash.
6
Mustakil ishlarni kayta
ishlash tizimi.
1.Berilgan mavzu materiallarida kunik-
malarning mustakil ketma-ketlikda
shakllanishini aniqlash.
2.YUkorida kursatilgan kunikmalar
shakllanishi darajasini aniqlash.
3.Bilimlar usish dinamikasini urganish.
4.Darsliklar,ukuv kullanmalari,topshirik va
mashklar materialini taxlil kilish.
7
UTV kompleksini
tayyorlash.
1.UTV dan nimalar borligini aniqlash.
2.Ular tugriligini tekshirish.
8
Didaktik materiallar
kompleksini tayyorlash.
1.Kanaka didaktik materiallar kullanilishini
aniqlash.
2.Tarkatuvchi materiallar tayyorlash.
9
Muvofiqlikni aniqlash.
1.Bilim,kunikmalarni talabalarga
mustaxkamlash.
2.Talabalarning sinfdan tashkari ishlarni
bajarishda sharoitlar yaratish.
SHuningdek ishning borishi va bajarish tartib quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. O‘quv dasturlari mavzulari asosida tuzilgan perspektiv-mavzuiy va dars rejalari
bilan tanishish va ularga tavsiyanoma berish.
2. Biror bir mutaxassislik fani buyicha mavzu tanlash va perspektiv-mavzuiy va
dars rejalarini tuzish.
3. Namuna I va II larni tahlil kilish.
4. Ish buyicha xulosa chikarish.
Uz-uzini tekshirish savollari.
1.Ukuv rejasining kiskacha pedagogik taxlilini bering.
2.Perspektiv-mavzuiy va dars rejalarining axamiyati nimadan iborat?
3.Dars rejasi tuzishining o‘qituvchi uchun axamiyati nimadan iborat?
Quyida ilova tariqasida perspektiv mavziy reja va perspektiv dars rejasini tuzish
jalvallarini tavsiya qilamiz.
Perspektiv – mavzuiy reja.
Namuna 1
Mavzuning
YAngi
Mavzu
Ukituv-
UTV
Fanlararo
Uyga
nomi,mazmuni mav
zuni ur-
ganish
formasi
maksad
chilar bi
lan mus-
takil ish
lash
boglikligi
vazifa
Perspektiv – dars rejasi.
Namuna 2
Dars no-
mi,maz-
muni
Dars
turi
Darsda
kullanila
digan us-
lublar
Didaktik
materiallar
va UTV
Kullani-
Ladigan
adabiyot-
lar
Mustakil
ish
Uyga
vazifa
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
1. O‘qituvchiga qanday kasbiy pedagogik talablar qo‘yiladi?
2. Ilmiy-ijodkorlik nima?
3. Ilmiy tadkikotchilik nima?
4. Ma’ruza darslari qanday tashkil qilinadi?
5. Laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarini qanday tashkil qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |