partiyalar jamiyat siyosiy hayotida sezilarli kuchga aylangan edi. AQSH va
Buyuk Britaniyada kuchli ikki partiyaviy tizim saqlanib qolaverdi. Sotsialistik
va sotsial-demokratik partiyalarning ham ta’siri o‘sib bordi. XX asr 90-
yillari oxiriga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 davlatning 13 tasida
hukumatni shu partiyalar vakillari boshqarishdi.
Urushdan keyingi yillarda G‘arbning deyarli barcha yetakchi davlatla-
rida (AQSHdan tashqari) yangi konstitutsiyalar qabul qilindi. Ular zamon
talabiga mos demokratik ruhdagi konstitutsiyalar edi. Chunonchi, Fransiya,
GFR, Italiya va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida urushning xalqaro mo-
jarolarini hal etish vositasi ekanligini qoralovchi moddalar o‘z ifodasini
Partiyaviy-siyosiy
tizimdagi va davlat
qurilishidagi
o‘zgarishlar
G‘arb davlatlari
aholisi ijtimoiy
tarkibidagi
o‘zgarishlar
167
topdi. Yaponiya Konstitutsiyasiga esa Yaponiya urushga milliy siyosat vositasi
sifatida qarashdan voz kechadi, degan modda kiritildi.
Bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning quyidagi
ikki asosiy modeli mavjud:
1. Liberal-demokratik taraqqiyot modeli.
2. Totalitar taraqqiyot modeli. Bu ikki model
o‘rtasidagi qarama-qarshilik hozirgi kunda ham davom etmoqda. Agar XX
asrning 20—40-yillarida totalitar taraqqiyot modelining mavqei kuchli bo‘lgan
bo‘lsa, 1950—2001-yillar oralig‘ida liberal-demokratik taraqqiyot modeli keng
quloch yozdi.
Bugungi kunda dunyo davlatlarining 75 tasida liberal-demokratik tartiblar
to‘la qaror topgan. Bu kam, albatta. Biroq shuni unutmaslik lozimki,
demokratik jamiyat osonlik bilan qaror topmaydi. Hozirgi G‘arbda taraq-
qiyotning liberal-demokratik modeli to‘la qaror topdi. Dunyo tobora liberal-
demokratik model izidan bormoqda.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bu davrda bozor iqtisodi qonunlariga
rioya qilgan davlatlarda farovon hayot vujudga keldi. Bu mamlakatlar iqtisodi
gullab-yashnadi. Kam rivojlangan davlatlar xomashyo bazasi sifatida saqlab
qolindi. Rivojlangan davlatlar siyosatida bozor uchun kurash kuchaydi.
Nayrangbozlik, ustomonlik, aldov, qalloblik, ba’zan esa zo‘rlik va kuch
ishlatildi. Yevropa iqtisodiy aloqalarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Axborot
jamiyati vujudga keldi. Aholining ijtimoiy tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.
Dunyo siyosiy taraqqiyotida liberal-demokratik model g‘alaba qildi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1 . Sharq va G‘arb tushunchalariga izoh bering.
2 . Farog‘at davlati nima va u qanday qurildi? O‘ylab ko‘ring: Nega SSSR
va boshqa sotsialistik davlatlar farog‘at davlatlariga aylanmagan?
3 . Urushdan keyingi yillarda G‘arb davlatlari iqtisodiyotining gurkirab
rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatdi?
4 . Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati qay tariqa vujudga keldi?
5 . Maastrixt shartnomasining Yevropa uchun tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
6 . Yevropa Komissiyasining vazifalarini qayd eting.
7 . Yevropa Kengashi haqida nimalarni bilib oldingiz?
8 . «Konservativlik to‘lqini» nima edi?
9 . Axborot jamiyatining qanday jamiyat ekanligini izohlab bering.
10.Urushdan keyingi 50 yil davomida G‘arb davlatlari aholisi tarkibida
qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
11.Ijtimoiy taraqqiyotning ikki modelini taqqoslang. Nega taraqqiyotning
liberal-demokratik modeli istiqbolli ekanligini asoslab bering.
JADVALNI TO‘LDIRING. DUNYO TARAQQIYOTI UCHUN XIZMAT
QILGAN XALQARO TASHKILOTLARGA TAVSIF BERING
i
m
o
n
r
a
l
t
o
l
i
k
h
s
a
T
i
s
a
f
i
z
a
v
g
n
i
n
r
a
l
U
?
Dunyo siyosiy
taraqqiyotining
o‘ziga xos xususiyati
168
2-bob. G‘ARB MAMLAKATLARI
18-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari
Urush AQSHni iqtisodiy va harbiy jihatdan
dunyoning eng qudratli davlatiga aylantirdi.
Bunga,
birinchidan,
urushning AQSH hudu-
diga daxl qilmaganligi uchun erishildi. Urush
harakatlarida to‘rt yilda 300 ming kishi halok bo‘ldi. Natijada AQSH
urushdan eng kam zarar bilan chiqdi. Uning to‘g‘ridan to‘g‘ri zarari 1,2
mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ikkinchi jahon urushida ko‘rilgan barcha
zararning atigi 0,4 foizini tashkil etdi.
Ikkinchidan,
fashistik davlatlar blokiga qarshi urushayotgan davlatlarga
ko‘plab miqdorda qurol-yarog‘ va boshqa sanoat hamda qishloq xo‘jalik
mahsulotlari sotish hisobiga erishildi. Chunonchi, 1941—1945-yillarda AQSH
o‘z ittifoqchilariga 46 mlrd (shu jumladan, Buyuk Britaniyaga 30 mlrd,
SSSRga esa 9 mlrd) dollarlik harbiy mahsulotlar yetkazib berdi.
Uchinchidan,
chet davlatlar AQSHdan 41 mlrd dollar miqdorida qarz
bo‘lib qoldi.
Dunyo oltin zaxirasining 65 foizi AQSH xazinalarida to‘plandi. Dollar
xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarda hukmron valutaga aylandi. Harbiy
buyurtmalar AQSH sanoatining gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Sanoat-
ning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 15 foizni tashkil etdi.
1947-yilda dunyo sanoat ishlab chiqarishining 54 foizi AQSH hissasiga
to‘g‘ri keldi. Xalqaro savdoda yetakchi o‘rinni egalladi. Flotining quvvati
ham 5 baravar ortdi. AQSH dunyoning birinchi dengiz davlatiga aylandi.
AQSH ichki siyosatini belgilashda liberalizm va
konservatizm mafkuralarining roli katta
ahamiyatga
ega. Demokratlar partiyasi ichki siyosatda libera-
lizm mafkurasiga, Respublikachilar partiyasi esa
konservatizm mafkurasiga amal qiladilar.
Liberalizm mafkurasining mohiyatini mavjud jamiyatni isloh etish tashkil
etadi. Bu islohotlar quyidagi mazmunga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan:
— mamlakat miqyosida yagona umumdavlat ijtimoiy ta’minot tizimini
yaratish; monopoliyalar iqtisodiy faoliyati va narx-navoning shakllanishi
ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; bevosita demokratiyani yanada
kengaytirish; davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalar boshqaruvi tizimida
turli millat, irq va jins vakillarining ishtiroki ular soniga nisbatan propor-
sional bo‘lishiga erishish;
— soliq siyosati yordamida milliy daromadni qayta taqsimlash. Bunda
milliy daromaddan tekin tibbiy xizmat, aholining kam ta’minlangan qatlamiga
moddiy yordam ko‘rsatishga, kam ta’minlangan oilalarga, bolalarga nafaqa
Ikkinchi jahon
urushining AQSH
uchun oqibatlari
AQSH ichki siyosatida
liberalizm va
konservatizmning
o‘rni
169
to‘lash, maktablarda tekin nonushta va tushlik hamda tekin umumiy o‘rta
ta’lim berilishiga erishish.
AQSHda bu maqsadlar ro‘yobga chiqarildi ham. Biroq shuni ham
ta’kidlash zarurki, liberalizm mafkurasi ijtimoiy ta’minot hajmi aholi
tadbirkorlik faoliyati pasayishiga olib kelishini nazarda tutmaydi.
Keyingi yillarda yangi liberalizm (neoliberalizm) oqimi ham paydo bo‘ldi.
Bu oqim tarafdorlari ijtimoiy xarajatlar kambag‘allarni ovqatlantirish yoki
ishsizlarga nafaqa to‘lashga emas, ularni kasbiy qayta tayyorlashga sarflanishi
kerak, deb hisoblaydi. Shu orqali ular kichik tadbirkorlikni rag‘batlantiradilar.
AQSH ichki siyosatini belgilashda konservatizm mafkurasi ham katta
ta’sirga ega. Konservatizm xususiy tadbirkorlikka maksimal darajada erkinlik
berilishini yoqlaydi. Kambag‘allar uchun soliq yo‘li bilan xususiy
tadbirkorlardan qo‘shimcha mablag‘ olinishini qoralaydi.
Konservatizm mafkurachilari va yo‘lboshchilari: «davlat kambag‘allar
uchun miskinlar uyi emas, har bir kishi mehnat qilishi, o‘zini o‘zi ta’minlashi
zarur», «Hech kim jamiyatdan xayr-ehson kutmasligi lozim», — deb
hisoblaydilar.
Ayni paytda konservatorlar ijtimoiy ta’minot unga chindan ham
muhtojlargagina berilishining tarafdorlaridir.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda ichki siyosatda
rekonversiya, ya’ni mamlakat hayotini harbiy izdan
tinch izga solish muammosi birinchi o‘ringa chiqdi.
Nega shunday bo‘ldi? Urush yillarida AQSH qurolli kuchlarida 12 mln
kishi xizmat qildi. 1947-yilga kelib ularning sonini 1—1,5 mln kishiga
tushirish haqida qaror qabul qilindi.
Binobarin, 10,5—11 mln harbiyni ish bilan, uy-joy bilan ta’minlash
zarur edi. Davlat bu muammoni hal etishga qaratilgan qator muhim qonunlar
qabul qildi. Rekonversiyaning yana bir muammosi — bu urush yillarida
davlat qurgan zavodlar taqdiri masalasi edi. Davlat ularni qurishga 17 mlrd
dollar sarflagan. Urushdan keyin davlat o‘z mulkini yarim bahosiga bo‘lsa
ham korporatsiyalarga sotdi.
Ichki siyosatda mayda va o‘rta korxonalar ko‘payishiga alohida e’tibor
berildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda mamlakatda 9 mln ta shaxsiy
firmalar faoliyat ko‘rsatdi. Prezident G. Trumen (1945—1952) 1948-yilda
ijtimoiy himoya sohasida quyidagi tadbirlarni ilgari surdi:
— ish o‘rinlarining to‘la bandligini ta’minlash;
— adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish;
— davlat uy-joylari qurish va xaroba kulbalarni yo‘q qilish.
Bu yo‘l «adolatli yo‘l» deb nom oldi. G. Trumen davrida qonun asosida
minimal ish haqi, sug‘urta nafaqalari to‘lovlari miqdori oshirildi.
Pensiya bilan ta’minlanmagan 10 mln fuqaroga pensiya tayinlandi. Kam
ta’minlangan oilalar uchun 800 ming turarjoy qurildi. Kreditga tovar sotish
joriy etildi. Bu tadbirlar aholining xarid quvvatini oshirdi. Bular, o‘z
AQSHning ichki
siyosati
170
navbatida, sanoatning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmog‘ining yanada
gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Mamlakatda dunyoda yo‘q yangi tovar —
televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Har bir oilaga telefonga ega bo‘lish
imkoni yaratildi.
Adolatli mehnat munosabatlarining joriy etilishi juda katta to‘siqlarga
uchradi. Kasaba uyushmalarining qudrati AQSH Kongressida ko‘pchilik
o‘ringa ega bo‘lgan Respublikachilarning g‘ashini keltirardi. Bu holatga
barham berish uchun ular «Taft — Xartli qonuni» deb atalgan qonun loyi-
hasini tayyorladilar.
Qonun tashkiliy va birdamlik stachkalarining o‘tkazilishini taqiqladi.
Alohida murakkab mehnat mojarolarini majburiy ravishda arbitrajda hal
etish belgilab qo‘yildi. Davlat xizmatchilarining ish tashlash o‘tkazishlari
taqiqlandi. To‘g‘ri, prezident Trumen bu qonunni tasdiqlamagan. Biroq
AQSH Kongressi prezident vetosini bekor qila olgan va Taft — Xartli qonuni
kuchga kirgan.
1952-yilgi prezident saylovlarida mashhur harbiy qo‘mondon, general
D. Eyzenxauer (Respublikachilar partiyasining nomzodi) g‘alaba qozondi.
Uning ichki siyosatida o‘zgacha fikrlovchilarni ta’qib etish kompaniyasi
boshlandi. Bu kompaniyani senator J. Makkarti boshqardi. Uning
rahbarligida AQSH Senati «Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish
komissiyasi»ni tuzdi. Komissiya AQSHning ichki va tashqi siyosati haqida
rasmiy nuqtayi nazardan o‘zgacha fikr bildirganlarni qo‘poruvchilikda
aybladi.
Komissiya AQSH Konstitutsiyasi ruhiga zid ravishda aybdor deb topilgan
kishilarni qamoq jazosiga hukm etardi, jarima solar yoki ishdan haydash
haqida qaror chiqarar edi. To‘g‘ri, AQSH Senati 1954-yilda Makkarti xatti-
harakatini qoralagan.
50-yillarda negr xalqining o‘z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi. Bu
kurashning rahbari ruhoniy Martin Lyuter King edi. U kurashning kuch
ishlatmaslik yo‘lini tanlagan. 1956-yilda AQSH Oliy sudi avtobuslarda oq
tanli va qora tanlilar uchun alohida joy ajratishni, maktablarda esa oq tanli
va qora tanlilarni ajratib o‘qitishni qonunga zid deb topdi.
1960-yilgi prezidentlik saylovida demokrat J. Kennedi (1961—1963)
g‘alaba qozondi. U qisqa muddatli prezidentligi davrida katta ishlarni amalga
oshirishga ulgurdi. Chunonchi, J. Kennedi kosmosda AQSHning yetakchi
davlat bo‘lishini ta’minlash maqsadida «Apollon» deb ataluvchi dasturni
ilgari surdi. Dasturning maqsadi Amerika raketasini Oyga qo‘ndirishga
erishish (bu maqsadga 1969-yilda erishilgan). Iqtisodiy taraqqiyotni rag‘-
batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni
ko‘paytirish, minimal ish haqini oshirish, ishsizlik bo‘yicha to‘lanadigan
nafaqani to‘lash muddatini uzaytirish, uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish
kabi tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish katta mablag‘
sarflashni talab etardi. Hukumat bu xarajatlarni soliqlarni oshirish hisobiga
171
qoplamoqchi edi. Bu hol hukumat-
ning yirik korporatsiyalar bilan mu-
nosabati buzilishiga olib keldi.
Bu esa, o‘z navbatida, demok-
ratlar partiyasida bo‘linishni keltirib
chiqardi. J. Kennedi islohoti atrofida
kuchli siyosiy kurash boshlandi.
Oxir-oqibatda J. Kennedi 1963-
yilning 22-noyabrida Dallas shah-
rida otib o‘ldirildi. Prezident
kimlarning buyurtmasi bilan o‘ldi-
rilganligi haligacha noma’lumligicha
qolmoqda. Undan so‘ng prezident-
lik lavozimini vitse-prezident
L. Jonson egalladi.
U «buyuk jamiyat» qurish das-
turini ilgari surdi va o‘z oldiga
kambag‘allikni hamda irqiy adolat-
sizlikni tugatish vazifasini qo‘ydi.
«Kambag‘allikka qarshi kurash» das-
turini amalga oshirish maqsadida
kam daromadli oilalarga yordam berish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Arzon turarjoylar qurish dasturi amalga oshirildi. Qariyalar uchun tibbiy
sug‘urta joriy etildi. Kam daromadli oilalarga esa tibbiy xizmat uchun
imtiyozlar belgilandi. 1964—1968-yillar davomida ijtimoiy sohalar uchun
10 mln dollar sarflandi. To‘g‘ri, mamlakatda kambag‘allikni tugatib
bo‘lmadi. Biroq kambag‘allar sonini 36,4 mln kishidan 25,4 mln kishiga
kamaytirishga erishildi. Irqiy kamsitishni tugatishga qaratilgan qator muhim
qonunlar qabul qilindi. Negr xalqining kurashi oqibatida irqiy kamsitishning
barcha shakllari qonun bilan taqiqlandi.
Vetnam urushi AQSH ichki siyosatiga ham katta talafot yetkazdi. 1968-
yilga kelib 30 ming AQSH harbiylari halok bo‘ldi. 180 ming harbiy esa
yarador bo‘ldi. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ajratish keskin kamaydi. Fuqarolar
huquqlariga qarshi hujum boshlandi. Urushga qarshi xarajat kuchaydi. Irqiy
kamsitishga qarshi kurash ommaviy tus oldi. Shunday sharoitda reaksiya
terror yo‘liga o‘tdi. 1968-yilning aprel oyida Martin Lyuter King o‘ldirildi.
Iyun oyida esa J. Kennedining ukasi, AQSH prezidentligiga nomzod
R. Kennedi o‘ldirildi. Shu tariqa mamlakatda keskin siyosiy vaziyat vujudga
keldi. Shunday sharoitda, 1968-yilgi prezidentlik saylovida respublikachilar
Do'stlaringiz bilan baham: |