partiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
Bu partiyalar va jamoat tashkilotlari Nemis Milliy Kengashini sayladilar.
Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida
Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.
Hukmron partiya (GYASP) syezdi 1952-yilda GDRda sotsializm
asoslarini qurish haqida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi
sotsializm edi. Shu tariqa Germaniyaning hududiy bo‘linishi sodir bo‘ldi.
Oradan ko‘p o‘tmay GFR AQSH ittifoqchisiga, GDR esa SSSR ittifoqchisiga
aylandi.
K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh
vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi.
Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida
iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi» modeli tanlandi.
Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat
turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo‘jalik subyektlarining faoliyat
yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal
qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat bo‘lardi.
Ayni paytda bu model davlatning,
birinchidan
, kuchli ijtimoiy siyosat
yuritishini ham nazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo‘l GFR iqtisodiy
taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi.
Ikkinchidan
,
AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtisodiy
yordam ko‘rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida
1948—1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu mablag‘
korxonalarni ilg‘or texnika va texnologiya bilan qayta ta’minlash imkonini
berdi.
Uchinchidan,
harbiy xarajatlarning deyarli yo‘qligi iqtisodiyotga zarur
mablag‘ sarflashga imkon berdi.
Va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini
namoyon etdi. Bu omillar tez orada o‘z samarasini ko‘rsatdi. 1950-yilning
Germaniya
Demokratik
Respublikasining
tashkil etilishi
GFRning ichki va
tashqi siyosati
203
oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1936-yilgi darajaga yetdi. 1960-yilga
kelib esa 2,5 baravar o‘sdi. 1950—1975-yillarda gaz ishlab chiqarish 60 mln
kub metrdan 19,7 mlrd kubmetrga, po‘lat 14 mln tonnadan 54 mln tonnaga,
avtomobil 306 mingdan 4 mln donaga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak
sur’atlarda rivojlandi. G‘alla hosildorligi 40 sentnerdan oshdi. 50-yillarning
o‘rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi to‘la hal etildi.
1950—1964-yillar oralig‘ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko‘paydi.
GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko‘p mahsulot
ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo‘lishi katta miqdorda
valuta zaxirasi to‘plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSHdan
so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiy-
sanoat konsernlari o‘z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar
ko‘paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o‘zgarishlar «german
mo‘jizasi» deb nom oldi.
Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada
mehnatga qobiliyatli aholi amalda ish bilan deyarli to‘la ta’minlandi. Korxona
ishchilariga arzon narxli — xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi
keskin yaxshilandi.
K. Adenauer hukumati tashqi siyosatda G‘arb davlatlari, birinchi
navbatda, AQSH bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1951-yilda uning
hududida okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 1954-yilda GFRga 12 divi-
ziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat
armiyaga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Shu tariqa harbiy sanoat oyoqqa tura
boshladi.
1955-yilda GFR NATOga a’zo bo‘ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR
armiyasini) «Qurollarning yangi turlari bilan qurollantirish» hamda «Umumiy
majburiy harbiy xizmat haqida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar
bundesverga NATOning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi. 1958-
yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) ga a’zo bo‘ldi. YEIHga a’zo
bo‘lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi.
K. Adenauer hukumati ayni chog‘da Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini
qo‘lladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara
o‘zgarishlarini tan olmadi. GDRni sovet okkupatsiyasi zonasi, deb hisob-
ladi. 1955-yilda e’lon qilingan «Xalshteyn doktrinasi» ga ko‘ra, GFR GDR
ni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani to‘xtatishini ma’lum
qildi.
Bu qoida faqat SSSRga tatbiq etilmadi. Chunki K. Adenauer SSSR
bilan munosabatning o‘ta yomonlashuvi GDRni GFRga qo‘shib olishga
imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR
hukumati Berlin shahrining sharqiy qismini g‘arbiy qismidan ajratib turuv-
chi devor qurishga majbur bo‘ldi. Bu devor tarixga «Berlin devori» nomi
bilan kirdi.
204
Bu davrda GDRda sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud
tuzumga qarshi qo‘zg‘olonlar ham ko‘tarildi. Ular GDR hududiga joylashti-
rilgan sovet armiyasining kuchi bilan bostirildi.
Ko‘plab aholi G‘arbiy Berlin orqali GFRga qochib o‘ta boshladi. Buning
oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, «Berlin
devori» ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o‘rtasidagi munosa-
batni yanada keskinlashtirdi.
K. Adenauer siyosatida norozilik kuchaydi. Natijada 1963-yil oktabrda
87 yoshli davlat rahbari iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lyudvig Erxard
egalladi. Lekin iqtisodda pasayish ro‘y berdi. Yaponiya GFRni taraqqiyotda
quvib o‘tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yil oktabrda Erxard iste’fo berdi.
20 yillik hukmronlikdan so‘ng 1969-yilda XDI—
XSI partiyasi parlament saylovida mag‘lubiyatga
uchradi va hokimiyat jilovini topshirishga majbur
bo‘ldi. GSDP EDP (Erkin demokratlar partiyasi) bilan hamkorlikda yangi
hukumat tuzdi. Sotsial-demokrat V. Brandt (1913—1992) kansler lavozimini
egalladi va uni 1974-yil mayigacha boshqardi. Xo‘sh, XDI—XSI saylovda
nega mag‘lubiyatga uchradi? G‘arb demokratiyasi sharoitida bir partiyaning
yengishi, ikkinchi bir partiyaning g‘alaba qozonishi tabiiy hol, albatta. Biroq
har qanday mag‘lubiyatning sabablari bo‘ladi.
1966—1967-yillardagi ortiqcha ishlab chiqarish oqibatida ro‘y bergan
iqtisodiy inqiroz ishsizlikni keltirib chiqardi. Chetdan arzon ishchi kuchi
ko‘plab jalb etilgan bir sharoitda ishsizlikning ro‘y berishi vaziyatni yanada
chigallashtirdi. U mahalliy ishchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Boshlangan inflatsiya esa iqtisodiy rivojlanish barqarorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsata boshladi. Buning ustiga, XDI—XSI ayrim rahbarlarining urush
yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilganligi hamda partiya yetakchi rahbar-
larining korrupsiya bilan shug‘ullanganligining aniqlanishi partiyaning
obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Ayni paytda GFRning dunyoda iqtisodiy jihatdan eng qudratli
davlatlardan biriga aylana borishi bu davlat tashqi siyosatini o‘zgartirishini
talab etmoqda edi. O‘z qo‘shnilari bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarini
tan olmaslik — bu reallik bilan hisoblashmaslik edi. Chunki 60-yillarda
Sharqiy Yevropada tub o‘zgarishlar bo‘lishi uchun hali sharoit yetilmagan
edi.
Qolaversa, bu davrda Sharqiy Yevropa sotsialistik davlatlarida hukmron
tartibni SSSR qattiq nazorat qilib turardi. 1968-yilda Chexoslovakiyaga
Varshava shartnomasiga a’zo 5 davlat armiyasining kiritilishi buni yana bir
bor isbotladi. Bunday sharoitda Sharqiy Yevropa davlatlari bilan munosa-
batlarni eskicha davom ettirish mavjud keskinlikni yanada chigallashtirgan
bo‘lar edi.
Binobarin, hayot GFRning tashqi siyosatida tub o‘zgarishlar qilishni
talab etmoqda edi. XDI—XSI rahbariyati esa bunday o‘zgarish bo‘lishini
XDI—XSIning
hokimiyatdan ketishi
205
aslo istamadi. Yuqorida qayd etilgan omillar XDI—XSIning hokimiyatdan
ketishiga olib keldi.
GSDP bilan EDP tuzgan hukumat «Kichik koali-
tsiya hukumati» deb nom oldi. Hukumat «yangi
sharqiy siyosat» ni amalga oshira boshladi. Unga
ko‘ra, GFR Sharqiy Yevropa davlatlarini tan oldi.
1970-yilda SSSR, Polsha, Chexoslovakiya va 1972-yil dekabrda GDR bilan
shartnomalar imzolandi. Ularda Ikkinchi jahon urushidan keyingi chegara
o‘zgarishlari tan olindi.
GDRning tan olinishi katta jasorat edi. V. Brandt Germaniyaning
qachonlardir birlashishiga ishonardi. Biroq bu birlashish tinch yo‘l bilan
amalga oshishi zarur edi. 70-yillarda buning iloji yo‘q edi. O‘sha davr uchun
birdan-bir to‘g‘ri yo‘l — davlatlarning tinch-totuv yashashi yo‘li edi.
V. Brandt shu yo‘lni tanladi.
GDRning tan olinishi har ikki nemis davlati uchun BMTga yo‘l ochdi.
Ular BMT a’zoligiga qabul qilindilar. «Kichik koalitsiya» GFR uchun ichki
iqtisodiy vaziyat noqulay sharoitda hokimiyatga kelgan edi. Dastlab iqtisodiy
beqarorlik kuchayib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lindi.
Biroq 1974—1977-yillardagi xalqaro miqyosdagi iqtisodiy inqiroz GFR
ni chetlab o‘tmadi. Mahsulot ishlab chiqarish sur’ati yiliga 2 foizga kamaya
boshladi. Ishsizlar soni 3 mln ga yaqinlashdi. Aholi xarid quvvati pasaydi.
Shunday sharoitda GSDP iqtisodiy hayotga davlatning aralashuvi lozimligi
masalasini o‘rtaga qo‘ydi. V. Brandtning raqiblari uni iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirmaslikda, harbiy xarajatlarni ko‘paytirishda, kommunistlar bi-
lan yaqinlashishda aybladi. Natijada 1974-yil mayida u iste’fo berdi.
Hokimiyatga GSDPning boshqa lideri G. Shmidt keldi va 1982-yil kuzigacha
kanslerlik lavozimida turdi. 1980—1982-yillarda yana iqtisodiy inqiroz ro‘y
berdi. Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy himoya choralarini qo‘llashga
harakat qildi. Biroq GSDP ittifoqchisi EDP bunga qarshi chiqdi. Bu partiya
inflatsiyani kamaytirish maqsadida ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish zarur
deb hisoblardi.
Ikki partiya o‘rtasidagi ixtilof ularni bo‘lib yubordi va 1982-yilda kichik
koalitsiya hukumati tarqalib ketdi. Natijada XDI—XSI va EDP ittifoqi tuzildi.
Bu ittifoq yangi hukumat tuzdi. Uni mashhur siyosatchi Gelmut Kol (1930-
yilda tug‘ilgan) boshqardi.
80-yillarga kelib GDRni chuqur ijtimoiy-iqtiso-
diy va siyosiy inqiroz chulg‘ab oldi.
Davlat budjeti taqchilligi yildan yilga o‘sdi.
Davlat qarzi 20 mlrd dollardan oshdi.
Jamiyatda totalitar tartib qaror topdi. GFR ga qochib o‘tuvchilar tobora
ko‘payib bordi. 1989-yil birinchi yarmining o‘zida 350 ming kishi GFRga
qochib o‘tdi. 7-oktabr — GDR tashkil topgan kun hukumatning rasmiy
tadbirlariga qarshi namoyish kuniga aylandi. Shu tariqa GDRda inqilob
Germaniyaning
birlashishi
Kichik koalitsiya
hukumatining ichki
va tashqi siyosati
206
boshlandi. 18-oktabr kuni davlat rahbari
E. Xonekker iste’fo berdi. 9-noyabr kuni
«Berlin devori» qulatildi.
1990-yilning 18-martida GDRda par-
lamentga o‘tkazilgan birinchi erkin saylovda
XDS partiyasi g‘alaba qozondi. 1990-yilning
1-iyulida GDR hududida GFR markasi amal
qila boshladi. 1990-yilning 3-oktabrida GDR
ning GFRga qo‘shilishi haqidagi shartnoma
kuchga kirdi. Shu tariqa, 41 yildan so‘ng
Germaniyaning birlashuvi tinch yo‘l bilan
amalga oshdi. Bunda SSSR rahbariyati
nemislarning yagona Germaniyaga birlashishga
bo‘lgan intilishiga qarshilik ko‘rsatib bo‘lmaydi,
deb hisoblashi ham katta rol o‘ynadi.
Germaniyaning birlashuvi xalqaro ahamiyatga
molik voqea edi. Bu birlashuv XDI—XSI va
EDP partiyalarining hamda kansler G. Kolning
obro‘sini yanada oshirib yubordi.
G. Kol «birlashuv jarayonining otasi» degan nom oldi. G. Kol 18 yil
davomida hukumatni boshqardi. Biroq 1998-yilgi parlament saylovida XDI—
XSI mag‘lubiyatga uchradi. Buning asosiy sabablari — ishsizlar sonining
ko‘payishi (ishga yaroqli har 10 nafar kishining bittasi ishsiz edi); huku-
matning 3,2 mln kishi ish haqini 2 yil muddatga muzlatib qo‘yishga,
shuningdek, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga qaror qilganligi edi.
Ayni paytda yuqori doiralarda korrupsiyaga aloqadorlarning fosh etilishi,
hatto G. Kolning o‘zi ham moliyaviy ko‘zbo‘yamachiliklarda ishtirok etganligi
ham saylov natijalariga ta’sir etmay qolmadi. 1998-yilgi parlament saylovida
GSDP g‘olib chiqdi. Sotsial-demokrat G. Shryoder kansler etib saylandi.
2002-yilgi saylovda ham u kanslerlik lavozimini qayta egalladi. Hokimiyatda
barqarorlik vujudga kelib, 2005-yil noyabr saylovlarida GFR tarixida birinchi
ayol — Angela Merkel kanslerlik lavozimiga keldi. Hozirgi davrda GFR
dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biridir.
Yevropadagi eng yirik mamlakatlardan biri bo‘lgan
Germaniya Federativ Respublikasiga Islom
Karimovning 1993-yil aprel—may oylaridagi
rasmiy safari davomida GFR Prezidenti R. fon Vayszekker, kansler G. Kol
va boshqa ishbilarmonlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzoka-
ralar yakuniga ko‘ra Mablag‘ sarflash, uni birgalikda himoyalashga
ko‘maklashish to‘g‘risida Shartnoma, Madaniy hamkorlik va ilmiy-tadqiqot
jamg‘armasini tuzish haqida bitimlar imzolandi. Germaniyaning «Doyche
bank AG», «Komersbank», «Kemikal bank AG», «Mersedes-Bens», «Villi-
Bets» kabi bank va kompaniyalari bilan muntazam aloqalar davom etmoqda.
GFR — O‘zbekiston
munosabatlari
Gelmut Kol.
207
Ikkala mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 76 mln dollarni tashkil
etdi. 1995-yil aprelda GFR Prezidenti Roman Gersog O‘zbekistonga tashrif
buyurdi.
Germaniyaning moliyaviy yordami bilan Urganch mebelsozlik korxo-
nasi qurildi. Undan tashqari, 90-yillarning oxirida 40 dan ortiq korxonaga
nemis mablag‘i jalb etildi. Toshkent — Frankfurt telefon kanali ishga
tushirildi. «Babnok» va «IMS» firmalari Farg‘onadagi to‘qimachilik
korxonalari bilan hamkorlik qilmoqda. «ABD», «Germed» firmalari tibbiyot
sohasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Germaniyaning «Mersedes-
Bens» avtobuslari, «Zinger» tikuv mashinalari O‘zbekistonda juda mashhur
bo‘lib ketdi. Germaniyaliklar O‘zbekiston xalq artisti M. Yo‘lchiyeva,
Yu. Usmonova, Sh. Mirzayev va boshqalarning kuy-qo‘shiqlarini yaxshi
kutib oldilar.
Shunday qilib, O‘zbekiston bilan GFR o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy va ma-
daniy hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Germaniya Federativ va Germaniya Demokratik Respublikalari qay
tariqa tashkil topdi? O‘ylab ko‘ring-chi:
Germaniyaning bo‘linib
ketmasligi uchun AQSH va SSSR nimalar qilishi zarur edi?
3. Nima uchun GFR qisqa tarixiy muddat davomida iqtisodiy jihatdan
dunyoning eng qudratli davlatidan biriga aylana oldi-yu, nega GDRda
bu hodisa ro‘y bermadi?
4. Erkin demokratik partiya (EDP) ning GFR siyosiy hayotida o‘ynagan va
o‘ynayotgan rolini tahlil eting.
5. GFR ning 1949-yil 23-mayda kuchga kirgan Konstitutsiyasi mazmuni
haqida so‘zlang va «parlament Respublikasi» tushunchasini izohlab
bering.
6. Germaniyada navbatma-navbat hukmronlik qiluvchi XDI—XSI va GSDP
tashqi siyosatini taqqoslang.
7. Germaniyaning birlashuvi qay tariqa yuz berdi?
JADVALNI TO‘LDIRING. GFR KANSLERLARI
FAOLIYATINI YORITING
r
a
l
r
e
l
s
n
a
K
i
l
i
y
n
a
g
r
u
t
a
d
t
a
y
i
m
i
k
î
H
i
r
a
l
h
s
i
n
a
g
l
i
q
n
u
h
c
u
t
a
k
a
l
m
a
M
?
208
23-§
.
Italiya Respublikasi
Fashistik Italiya Ikkinchi jahon urushida fashistlar
Germaniya ittifoqchisi sifatida qatnashdi. Biroq
urushning oqibati Italiya uchun Germaniya va Yaponiyaga nisbatan
o‘zgacharoq bo‘ldi. Buning sababi — Italiyaning 1943-yildayoq taslim
bo‘lganligi, Mussolini fashistik dikraturasi ag‘darilganligi va yangi hukumat
Germaniyaga qarshi urush e’lon qilganligi edi.
Ingliz-amerika qo‘shinlari Italiyani taslim bo‘lishga majbur etgan bo‘lsa-
da, okkupatsiya tartibi o‘rnatmaganlar. Shunday qilib, urush italyan xalqi
boshiga katta kulfatlar keltirdi. Chunonchi, Ikkinchi jahon urushi frontlarida
0,5 mln italiyalik askar halok bo‘ldi hamda bedarak yo‘qoldi. 3 mln kishi
uy-joyidan ajraldi. 2 mln kishi ishsiz qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi 70
foizga, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi esa 40 foizga kamaydi.
Mamlakat milliy boyligining uchdan bir qismini yo‘qotdi. 1947-yil 10-
fevralda imzolangan Parij tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Italiya mustamla-
kalaridan mahrum bo‘ldi.
Mamlakat demokratik kuchlari Respublika uchun
kurashdilar. Chunki bu davrda Italiyada Konstitu-
tsiyaviy monarxiya tuzumi hukmron edi. Qirol
V. Emmanuel III Mussolinini qo‘llab-quvvatlab, monarxiya obro‘sini to‘kkan
edi. Bu davrda 3 ta siyosiy partiya mavjud edi. Bular Xristan-demokratik
(XDP), Sotsialistik (ISP) va Kommunistik (IKP) partiyalar edi. Ular fashizmga
qarshi kurashda faol ishtirok etganliklari tufayli katta obro‘ qozongan edilar.
Ayni paytda XDP ularning ichida eng ta’siri kuchli partiya edi. Shuning
uchun ham u parlament saylovida eng ko‘p ovoz oldi va koalitsion hukumatni
boshqardi. Qirol V. Emmanuel III 1946-yilda o‘g‘li Umberto II foydasiga
taxtdan voz kechgan bo‘lsa-da, bu hodisa nurab bo‘lgan monarxiyani saqlab
qola olmadi.
1946-yilning 2-iyunida davlat tuzumi masalasida, ya’ni Italiyada
Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi saqlanib qoladimi yoki u Respublika
bo‘ladimi, degan masalada referendum o‘tkazildi. Unda 12,7 mln saylovchi
Respublika uchun ovoz berdi (10,7 mln saylovchi esa monarxiya uchun
ovoz bergan edi). Shu tariqa, Italiya Respublikasi vujudga keldi.
2-iyun kuni Ta’sis Majlisiga ham saylov o‘tkazilgan edi. Unda XDP 35
foiz (8,1 mln), ISP 20 foiz (4,7 mln) va IKP 19 foiz (4,3 mln) ovoz oldi.
Yangi tuzilgan koalitsion hukumatni XDP lideri Alchido de Gasperi (1881—
1954) boshqardi va 1953-yil yozigacha hokimiyatda turdi. Bu partiyalar
vakillari ishtirokida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Kon-
stitutsiya 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Konstitutsiyaga ko‘ra,
mamlakat Prezidenti lavozimi joriy etildi. U davlat boshlig‘i hisoblanardi
va parlament har ikki palatasi (deputatlar palatasi va senat) qo‘shma yig‘ili-
shida 7 yil muddatga saylanar edi.
Italiyada Respublika
o‘rnatilishi
Urush oqibatlari
209
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 5 yil muddatga saylanadigan ikki palatali
parlament amalga oshirardi. Deputatlar palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan
Do'stlaringiz bilan baham: |