160
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING FUNKSIONAL SXEMASI
9.1
-
rasm.
1 – kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 – maktabgacha
yoshdagi bolaar uchun guruh yacheykalari; 3 – aralash yoshdagi bolalar uchun guruh
yacheykalari; 4 – guruh honalari (birinchi sinf bolalari uchun); 5 – musiqa
mashg‘ulotlari uchun xona; 6 – badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xona;
7 – basseyn; 8 – maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona; 9 – tibbiy xona;
10 – ma’muriy-xo‘jalik xonasi; 11 – ovqat tayyorlanadigan blok; 12 – kir yuvish
xonasi.
Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha – 10 ta bola; 1
yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta bola; 3 yoshdan 7 yoshgacha – 20 ta bola.
Derazalarning eng maqbul yo‘naltirilishi – J., J. – Sh., Sh.
Turli yosh
guruhlarining guruh yacheykalari alohida joylashtirilishi lozim. Bunda MTM lari
binolarida
vertikal-gorizontal
funksional
zonalashtirish
keng
qo‘llaniladi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning guruhlari ikkinchi qavatda,
kichik yoshdagi
bolalarning guruhlari birinchi qavatda joylashtiriladi.
161
Ikkinchi yoki uchinchi qavatda joylashgan maktabgacha yoshdagi bolalar
guruhlarining yechinish-kiyinish xonalari 1-qavatda joylashtirilishi mumkin. Har bir
guruh yacheykalarida kamida ikkitadan chiqish yo‘llari bo‘lishi kerak.
Kichik
yoshdagi bolalarning ikkita guruhi yoki maktabgacha yoshdagi bollarning to‘rtta
guruhli uchun bitta umumiy chiqish yo‘li bo‘lishiga ruxsat etiladi. Musiqa va
gimnastika mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan zallar, odatda, 1-qavatda
joylashtiriladi, zarurat tug‘ilganida ikkala zal birlashtiriladi. Zallarga qo‘shimcha
qilib inventar saqlanadigan xonalar ham ko‘zda tutilishi lozim. Bugungi kunda
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi xonalar joylashtirilishida
quyidagi yangi
tendensiyalarni kuzatish mumkin:
- maktabgacha yoshdagi bolalari uchun guruh xonalarining boshlang‘ich sinf
xonalari bilan birlashtirilishi;
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun qisqa muddat mashg‘ulot
o‘tkaziladigan turar-joylar qoshidagi xonalarning (har bir bola uchun 4 m
2
hisobida)
joylashtirilishi;
Guruhida 10 ta boladan ko‘p bo‘lmagan oilaviy bolalar bog‘chalari ikki
tomonida ham chiqish yo‘llari bo‘lgan, 2-qavatdan yuqorida bo‘lmagan va
olovbardoshlikning kamida II darajasiga ega binolardagi xonadonlarda joylashtiriladi.
Bunda xonadonlar avariya chiqish yo‘llari bilan ta’minlanishi va bino yaqinida
bolalar maydonchalarini tashkil qilish ko‘zda tutilishi kerak. Bu kabi muassasalardagi
xonalar tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur: yechinish-kiyinish xonasi, dam
olish zonasi bo‘lgan bolalar o‘ynashi uchun xona, hojatxona, bufet xonasi, xodimlar
uchun sanitariya bloki. Ixtisoslashgan MTM larda 3x7 m o‘lchamli vannasi bo‘lgan
basseyn loyihalashtiriladi. Basseyn xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- vanna xonasi;
- yechinish-kiyinish xonasi;
- dushxona;
- hojatxona;
- murabbiy xonasi;
- tibbiyot hamshira xonasi;
162
- texnik xonalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining
tibbiyot xonalari
quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur:
- tibbiyot xonasi;
- muolajalar xonasi;
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona).
Tibbiyot xonasi yo‘lakdan alohida kirish eshigiga ega bo‘lib, izolyator
palatalarining biri bilan yondosh bo‘lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik,
maydoni 4-6 m
2
qilib, alohida, bosib o‘tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi.
Xizmat-maishiy xonalar
tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mudir xonasi;
- xo‘jalik mudirining xonasi;
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo‘lmalari bo‘lgan garderob xonasi;
- metodik xona;
- xo‘jalik omborlari;
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko‘zda tutilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim
muassasalarining binolarida
xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi
ovqat tayyorlanadigan blok
loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- oshxona, tarqatish bo‘lmasi bilan;
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi;
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona;
- yuklash xonasi;
- xodimlar xonasi;
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo‘lmasi.
Kompozitsion
yechim
maktabgacha
ta’lim
muassasalari
xonalari
joylashtirilishining
zichlashtirilgan, blokli
va
pavilon
ko‘rinishidagi
uchta asosiy
turini belgilab beradi.
163
Zichlashtirilgan (markazlashtirilgan)
tur – muassasa sig‘imi kichik bo‘lganida
qo‘llaniladi, undagi barcha funksional xonalar bitta binoda joylashtirilishi ko‘zda
tutiladi.
Blokli
turga mansub binolarda turli funksional guruhlar turli bloklarda
joylashtiriladi. Sig‘imi 140 o‘rindan 220 o‘ringacha bo‘lgan MTM larini
loyihalashtirishda qo‘llaniladi.
Pavilon ko‘rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda qo‘llaniladi.
Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: