Yangi yo‘l belgilarini tanib oling
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. YHQning belgilar qismi quyidagi yangi yo‘l belgilari va yotiq chiziqlar bilan to‘ldirildi.
Ogohlantiruvchi belgilar
1.3 yo‘l belgisi «Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma». Ushbu yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.31 «Sun’iy yo‘l notekisligi». Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
Taqiqlovchi belgilar
3.32 yo‘l belgisi «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan» va 3.33 «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan». Ushbu belgilari belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Buyuruvchi belgilar
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi». «Xavli yuk» tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga".
Axborot-ko‘rsatgich belgilari
5.42 «Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
5.43 «Radar». Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu o‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Servis belgilari
Qo‘shimcha axborot belgilari
Yotiq chiziqlar
TEGLAR: YO‘L BELGILARI
Do'stlaringiz bilan baham: |