8.3. Binoga kirish xonalari guruhi
Binoga kirish xonalari guruhini tahlil qilishdan avval qurilish klimotologiyasi
talablari bilan qisqacha tanishib chiqish lozim.
Mamlakatning butun hududi geografik kengligiga bog‘liq ravishda to‘rtta: I, II,
III va IV iqlimiy mintaqaga bo‘linadi , ushbu mintaqalar, o‘z navbatida, eng sovuq
oyning o‘rtacha haroratiga qarab A, B, G va D kichik hududlarga ajratilgan. Ana shu
ko‘rsatkichlar inshootlarni loyihalashtirishni belgilab beradi.
Tambur
– binoga, zinapoya katagi yoki boshqa xonalarga sovuq havo, tutun va
hidlarning kirishidan himoya qiladigan eshiklar o‘rtasidagi o‘tish bo‘shlig‘i Binoga
kirishdagi tamburning maqsadi – binoning ichki bo‘shlig‘ini ko‘chadagi sovuq
havodan himoya qilishdan iborat. U o‘ziga xos bufer vazifasini bajaradi. Tamburning
minimal chuqurligi 1500 mm ni tashkil etishi kerak. Tamburning minimal kengligini
belgilash uchun binoga kirish eshigining eniga har bir tomondan 150 mm dan
qo‘shish lozim. Binoga kirish joyidagi polning belgisi binoga kirish oldidagi
trotuarning rejaviy belgisidan kamida 150 mm ga balandroq bo‘lishi lozim.
Vestibyullar
jamoat binolarining asosiy taqsimlovchi xonalaridir. Ularga gorizontal
va vertikal kommunikatsiyalar tutashib ketadi. Odamlar oqimi aynan vestibyulda
shakllanadi, shuning uchun vestibyul tarkibida bir qator yordamchi xonalar bo‘lib,
ularning vazifasi – jamoat binosining murakkab tuzilmasida odamga yo‘nalishlarni
ko‘rsatib berishdan iborat. Masalan, binoning funksional vazifasiga qarab
ma’lumotlar byurosi, operatorlar xonasi, savdo shoxobchalari va h.k.
152
Vestibyullarning talqini turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy vazifasi
odamlarga to‘g‘ri yo‘nalishlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Garderobxonalar ustki kiyim-
boshni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi, bunda bitta o‘rin uchun quyidagicha
maydonlar ajratilishi ko‘zda tutiladi:
konsol turidagi ilgichlar uchun – 0,08 m
2
;
oddiy va osma ilgichlar uchun – 0,1 m
2
.
Garderob chuqurligi 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Kiyim-bosh berish uchun mo‘ljallangan to‘siq (barer) eni 0,6-0,7 metrga teng
bo‘lib, harakatlanishlar ommaviy tusga ega binolardagi taxminiy uzunligi – 30 o‘rin
uchun 1 pogonli metr, harakatlanishlar ommaviy emas, lekin muntazam bo‘lgan
binolar uchun – 50-60 o‘rin uchun 1 pogonli metr qilib belgilanadi. Ustki kiyim-bosh
garderoblari uchun minimal masofalar quyidagicha qabul qilinadi:
- barer oldidagi bo‘shliq – 3-4 metr;
- barerdan ilgichlargacha – 0,8-1,0 metr;
- ilgichlar o‘qlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,6 m;
garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 1,2 m;
- ilgichlarning chekka qatori va devor yoki pardevor o‘rtasidagi masofa: o‘ziga
o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,3 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,9 m;
- konsolli-buriluvchi ilgichlarning turtib chiqqan qismlari yoki kiyim-bosh
saqlanadigan shkaflar orasidagi masofa, shuningdek shu kabi ilgichlar va
shkaflarning turtib chiqqan qismlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘rsatishda – 1,0 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,6 m. Vestibyulning
rejaviy yechimiga bog‘liq ravishda gardebxonalar joylashtirishining turlicha
sxemalari qo‘llaniladi:
- yon tomonli (bir yoki ikki taraflama);
- ichkariga chuqurlashtirilgan;
- perimetr bo‘yicha;
- orolli shaklda.
Sxemani tanlashda, birinchi navbatda, garderobxonadan chiqib kelayotgan
odamlar oqimi kesishmasligi nazarda tutiladi.
153
Garderobxonalari bo‘lgan vestibyullarning maydoni ilgichdagi bir o‘ringa 0,18-
0,28 m
2
hisobidan qabul qilinadi. Bunda garderobdagi o‘rinlar soni binoning
sig‘imiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |