Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

 
 
 


164 
X-BOB. MAKTAB BINOLARI 
10.1. Maktablar klassifikatsiyasi 
Vazifasiga bog‘liq ravishda maktablar quyidagicha ajratiladi: 
- umumta’lim maktablar va maktab-internatlar; 
- bolalarni takomil tayyorlashga mo‘ljallangan ixtisoslashgan maktablar va 
maktab-internatlar; 
- sog‘lomlashtirish va sanatoriya-bog‘ ko‘rinishidagi maktablar; 
- jismoniy va aqliy rivojlanishi sust bolalar uchun maxsus maktablar. 
Umumta’lim maktablar tarkibiga 
boshlang‘ich, asosiy, o‘rta umumta’lim 
maktablari; ayrim predmetlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘rta umumta’lim 
maktablari; gimnaziya va litseylar
kiradi. 
Ta’lim darajasi
bo‘yicha umumta’lim maktablarida o‘qitishning uchta bosqichi 
qo‘llaniladi: 

o‘qitishning I bosqichida 
1-4 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar; 

o‘qitishning II bosqichida 
5-9 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar; 

o‘qitishning III bosqichida 
9-11 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar. 
Sanitariya me’yorlariga muvofiq yangidan qurilayotgan shahar maktablarining 
sig‘imi 1000 o‘rindan oshmasligi, o‘quvchilari soni kam bo‘lgan qishloq 
maktablarida esa o‘qitishning I bosqichi uchun – 80 o‘rindan, o‘qitishning I va II 
bosqichlari uchun – 250 o‘rindan, o‘qitishning II va III bosqichlari uchun – 500 
o‘rindan oshmasligi lozim. 
 
10.2. Maktablar uchastkalari 
Umumta’lim maktablari mikrotumanda shunday joylashtirilishi kerakki, yashash 
joyidan maktabgacha masofa 500 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Maktab binosi 
“qizil liniya”dan kamida 25 metr uzoqlikda joylashishi zarur.
Maktab qoshidagi uchastkalar xo‘jalik, badantarbiya-sog‘lomlashtirish, o‘quv-
tajriba, dam olish funksional zonalariga bo‘linadi. Badantarbiya-sog‘lomlashtirish 
zonasiga alohida talablar qo‘yiladi: to‘p va turli sport snaryadlarini uloqtirishga 


165 
mo‘ljallangan sport maydonchalari bino derazalaridan kamida 25 metr uzoqlikda 
joylashtirilishi va perimetri bo‘yicha balandligi 2,5-3 metr bo‘lgan to‘siqlar bilan 
o‘ralishi lozim; qolgan maydonchalar va bino derazalari orasidagi masofa 10 metrdan 
kam bo‘lmasligi kerak. Uchastkalar shunday loyihalashtirilishi kerakki, ularning 
hududiga o‘t o‘chirish mashinalari kirishi va halqa bo‘ylab aylanish imkoniyati 
ta’minlangan bo‘lishi lozim. 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish