192
GLOSSARIY
Absolyut sinonimlar –
ma’nosi, qoʻshimcha ottenkasi, qoʻllanishi va b.
jihatlari
bir-biriga toʻla teng keluvchi soʻzlar. Bunday sinonimlar tilda juda sanoqli boʻlib,
asosan, terminlarda uchraydi :
tilshunos– tilchi, leksikografiya– lug‘atchilik
kabi.
Avtosemantik soʻzlar –
(grek. avtos – oʻzi + semantikos - ifodalovchi).
ayn.
mustaqil soʻzlar
.
Agglutinativ tillar –
soʻz yasalishi va forma yasalishi agglyutinatsiya (q.) yoʻli
bilan boʻladigan tillar. Mas.,
turkiy tillar, fin-ugor tillari
agglyutinativ tillarga
kiradi.
Agglyutinatsiya –
(
lot.
agglutinare –yopishtirmoq) soʻzning oʻzak yoki
asosini oʻzgartmagan holda (ichki fleksiyasiz)
unga stan dart affikslarni
qoʻshish bilan soʻz yasalishi va forma yasalishi.
Akkumulyatsiya –
biror tilda aktiv ishlatiladigan soʻz, ibora va sh.k. ta’sirida
xuddi shunday soʻzlarning boshqa tilda ham faol ishlatila boshlashi.
Aktiv lug‘at –
shu tilda soʻzlashuvchilar
tushunadigan va ishlatadigan, faol
ravishda qoʻllaydigan soʻzlar.
Akustik fonetika
– (grek. acustikos – eshitishga oid)
eksperimental fonetikaning
nutq tovushlari hosil boʻlishini tovush toʻlqinlari aspektida oʻrganuvchi boʻlimi.
Aksent –
(lot. accentus – urg‘u) boshqa tilda soʻzlaganda tovushlarni oʻsha
tildagidan boshqacha holda, oʻz tili tovushlari kabi talaffuz etish:
oʻzbekcha aksent
bilan gapirmoq
Do'stlaringiz bilan baham: