2-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU:
FERMENTLARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1.
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining
turli xil sohalarida
foydalanish.
2.
Yuvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari.
3.
Ishlab chiqarish sanoatida ba’zi bir fermentlarni ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan mikroorganizmlar.
Fermentlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida
foydalanish juda ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan
ferment preparatlari sanoatning ko‘p sohalarida qishloq xo‘jaligida
va tibbiyotda
qo‘llanib kelinmoqda. Pivo va vino tayyorlashda solod o‘rniga zamburug‘ning
amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va
qalla harajatini kamaytiradi. Shunga o‘xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin
olish uchun ham ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va
mevalardan olingan mahsulotlar o‘zining tarkibida ko‘p miqdorda qand moddalari
saqlaydi va yaxshi hazm bo‘ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir. Non va non
mahsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning sifatini
yaxshilaydi. Konditer sanoatida achitqi zamburug‘ining invertazasidan (saxarozasi)
foydalaniladi, saxarozani glyukoza va
fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani
yuqori miqdorida kristallanishining oldini oladi. Zamburug‘larning pektinazasi
meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi. Vino ishlab chiqarishda uzum
sharbati chiqish miqdorini ko‘paytirish uchun va kofe ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash
sanoatida pivodan dekstrin
qoldig‘ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza saxarozani o‘rniga
glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi. Laktoza, laktozasiz sut olish
uchun ishlatiladi. Laktozalar yordamida tarkibida ko‘p miqdorda laktoza bo‘lgan sut
zardobidan qand (glyukoza, galaktoza) olinadi. Zamburug‘larni glyukozaoksidazasi
katta ahamiyatga ega, chunki bular oziq ovqat mahsulotlarini glyukoza qoldig‘idan
va molekulyar kisloroddan ozod qiladi va bu bilan ularni saqlash muddatini
o‘zaytiradi. Glyukozaoksidazani tuxum kukuniga, mayonezga, pivoga ularni uzoq
muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo‘shiladi. Bu ferment yordamida
askarbin
kislotasining
(S-vitamin)
oksidlanishi
sekinlashadi.
Sellyuloza
preparatidan kartoshkani qandlashtirishda, kartoshka va g‘alladan kraxmal olishda,
suv o‘tidan agar-agar chiqarishni ko‘paytirishda,
sabzavot pastasi tayyorlashda,
tsitrus mevalari qobig‘ini ajratishda foydalaniladi. O‘simlik tsellyulozasini
qandgacha parchalashda ishlatilmoqda. Mikroorganizmlardan olingan proteolitik
fermentlar pishloq tayyorlashda, uni quyuqlashtirish
uchun ishlatiladigan renin
o‘rnini bosishi mumkin, keyinchalik ulardan go‘shtni yumshatish (tendirizatsiya)
uchun foydalanila boshlandi. Bundan tashqari, baliq tuzlanganda uning pishishini
tezlatish, vino va pivo tayyorlashda ishlatilmoqda. Lipaza sutni quruq holda ishlab
chiqarishda o‘z o‘rnini topgan, pishloq tayyorlashda, uning pishishini tezlashtirish
uchun, pishloqqa maxsus ta’m va yoqimli hid berish uchun ishlatiladi.
To‘qimachilik sanoatida mikroorganizmlarning fermentlari zig‘irning samoniga
ishlov berib, undan tola olish uchun ko‘pdan beri va keng qo‘llanib kelinmoqda.
Zig‘irni namlash jarayonida ishtirok etadigan asosiy
mikroorganizm sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: