56
Badminton o’ynovchilar maksimal og’irlik 7-10 ta mashg’ulotda bir martadan ko’proq , u ham
bo’lsa, musobaqa davridan boshqa vaqtda, ishlashga qiziqib ketmasliklari lozim, zarba texnikasi
va tezlik zarar ko’rishi mumkin.
Zamonaviy izlanishlarning natijalarida kuch qobiliyatlarining yana bir ko’rinishi namoyon
bo’lmoqda , bu mushaklarning elastik deformasiyaning energiyasini to’plash va undan foydalanish
qobiliyati(“reaktiv qobiliyat”). Reaktiv qobiliyat mushaklarning yuqori sur’atda mexanik
cho’zilishidan keyin ,ularning yon beruvchi ishdan yengib o’tuvchi ishga tezda o’tishidagi dinamik
yuklamaning maksimum rivojlanish sharoitida , darhol katta ko’chlanish paydo bo’lishi bilan
ifodalanadi, Mushaklarda elastik defomasiyani yuzaga keltiradigan dastlabki cho’zilish, ularda
ma’lum darajadagi kuchlanish potensialining (metabolik bo’lmagan enenrgiya) to’planishiga olib
keladi, mushaklar qisqarishining boshlanishida ularning tortish kuchiga sezilarli qo’shimcha bo’lib,
uning ishdagi saamrasini (masalan, smeshni bajarishda, ortga egilishda, kaft bilan chapdan zarba
berishda va x.k) oshiradi.
Amortizasiya fazasida mushaklarning cho’zilishi qanchalik keskin(optimal oraliqda) bo’lsa,
ularning yon beruvchi ishdan yengib o’tuvchi ishga o’tishi tezroq , quvvati ko’proq va qisqarish
tezligi katta bo’lishi qayd etilgan. Cho’zilishdagi elastik energiyaning mushaklarning keyingi
qisqarishi uchun saqlanishi yugurishda, sakrashda va badmintonda zarba xarakatlarini bajarishda
yuqori tejamkorlik va natijani ta’minlaydi.
Mutloq kuchning tabiiy eng katta o’sishi o’smirlarda 13-14 , yigitlarda 16-18 yoshda ,
qizlarda esa – 10-11 va 16-17 yoshda sodir bo’ladi. Eng katta sur’at bilan tan va oyoqlarning
qayiruvchi mushaklarning kuch ko’rsatkichlari o’sadi . Maksimal kuchlar uslubini (maksimal
vaznning 70% idan ortiq) jismonan yaxshi tayyorlangan bo’lsa, qizlar 16 yoshdan, yigitlar – 17-18
yoshdan keyin boshlashlari mumkin. Bunda bir –ikki qaytarishlardan ko’p bo’lmagan holda , 5-10
ta chiqish , har bir urinish oralig’ida 2-3 daqiqa dam olinishi kerak. Mashqlarni yengilroq og’irliklar
bilan variasiyalash mumkin. Bolalarda kuchning nisbiy ko’rsatkichlari sezilarli sur’atlar bilan 9-11
va 16-17 yoshlarda o’sadi. Badminton mashg’ulotlarida 14-15 yoshlardayoq sezilarli kuchlanishli
mashqlardan foydalanish va maqsadga yo’naltirilgan kuch mashg’ulotlarini boshlash mumkin.
Mashg’ulotlarda og’irlashtiruvchilar vazni(60-70% dan oshmaydi ) va qaytarishlar (“oxirigacha”
olib borish kerak emas) soni chegaralangan bo’lishi kerak. Katta e’tiborni orqa va qorin
mushaklarining mustaxkamlanishiga qaratish kerak. Bel atrofidagi mushaklarni o’stirish va
mustaxkamlash badmintonda orqa umurtqa pog’onalarini keskin egilish va qayirilishlarda,
beshinchi umurtqa pog’onasini esa-og’irlashtiruvchilar bilan kuch mashg’ulotlarida lat yeyishdan
saqlaydi. Barcha yoshdagi guruxlarda kuch ko’rsatkichlari o’g’il bolalarda qizlardan yuqori. Kuch
rivojlanishining individual sur’atlari jinsiy yetilishning amaliy muddatlariga bog’liq. Bularning
barchasini kuch tayyorgarligining uslubyatida hisobga olish kerak. Mushaklar kuchi ko’rinishlarida
sutkalik davriylik kuzatiladi: uning ko’rsatkichlari soat 15-16 larda o’zining maksimal qiymatiga
erishadi. Qayd etilgan , yanvar va fevral oylarida sentyabr va oktyabr oylaridagiga nisbatanmushak
kuchi sekinroq o’sadi, ilmiy taxminlarga ko’ra, bu xolat kuzda vitaminlar iste’mol qilish va
ultrabinafsha nurlarning ta’siri bilan bog’liq. Mushaklar faoliyati uchun eng qulay sharoit +20°S
harorat.
Kuch qobiliyatlarini rivojlantirishda oshirilgan qarshilikli mashqlar – kuch mashqlaridan
foydalaniladi. Qarshilik tabiatiga ko’ra ular uch guruxga bo’linadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: