113
sekretor reflekslar
– bez sekresiyasi bilan tugaydigan;
tomirlarni harakatlantiruvchi
reflekslar
– qon tomirlarini torayishi yoki kengayishi bilan kechadigan reflekslar.
Butun organizmning barcha reflektor aktlari
shartsiz
va
shartli reflekslarga
bo‗linadi, ularning o‗rtasidagi tafovut quyida ko‗zdan kechiriladi.
Laboratoriya sharoitida hayvonlar ustida yoki klinikada
odam asab tizimining
kasalliklarida hammadan ko‗p tekshiriladigan bir qadar oddiy reflekslardan
ba‘zilariga quyidagilar misol bo‗la oladi.
Baqaning oyoq terisiga igna sanchilsa yoki baqa oyog‗i kuchsiz kislota
eritmasiga botirilsa, o‗sha oyoq mushaklari refleks yo‗li bilan qisqaradi - baqa oyog‗i
bukilib, ta‘sirotdan uzoqlashadi. Bu
bukish refleksidir.
Baqa tanasining yon terisiga bir parcha filtr qog‗ozini kislotaga ho‗llab bosilsa,
o‗sha tomondagi oyoqni yaqinlashtiruvchi mushaklar qisqaradi, baqa ta‘sirlangan
joyini artadi va qog‗ozni uloqtirib yuboradi. Bu refleks
artish refleksi
deb ataladi.
Itning oyoq terisiga elektr toki bilan ta‘sir etilganda ham refleks yo‗li bilan
bukish harakati yuzaga chiqadi. Yon terisini artish
qashinish refleksining
ta‘sirlovchisi hisoblanadi, ta‘sirlanayotgan tomondagi keyingi oyoq tananing yon
yuzasiga tortiladi va qashinishning ritmik bukish harakatlari ro‗y beradi.
Odam oyoq kaftining terisiga ta‘sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks
yo‗li bilan bukiladi —
oyoq kaftining refleksi
. Sog‗lom bolalar hayotining dastlabki
oylarida va katta yoshli kishilar markaziy asab tizimining ba‘zi kasalliklarida oyoq
kaftining terisiga ta‘sir etish natijasida bosh barmoq yoziladi va oyoqning boshqa
barmoqlari yelpig‗ichga o‗xshash taralib ketadi —
Babinskiy refleksi
deb shuni
aytiladi.
Mushak payiga bolg‗acha bilan yengilgina urilganda mushakning cho‗zilishi
uning reflektor qisqarishiga sabab bo‗ladi. Bu
pay-mushak proprioreseptiv
refleksidir.
Jumdalan,
tizza refleksi
(son to‗rt boshli mushakining payiga tizza
ko‗zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va
Axill refleksi
(Axill payiga urilganda boldir mushagining keskin qisqarishi)
shunday reflekslarga
kiradi.
114
Emadigan bolaning labiga tegish ritmik emish harakatlarining kelib chiqishiga
sabab bo‗ladi. Bu
emish refleksidir.
Halqumning orqa devoriga biron qattiq narsa
bilan ta‘sir etilganda odam refleks yo‗li bilan qusishi mumkin
(qusish refleksi).
Ko‗zning shox pardasiga biror narsa tekkanda ko‗z qovoqlari yumiladi
(korneal
refleks).
Ko‗zga ravshan yorug‗lik tushganda ko‗z qorachiqlari torayadi
(qorachiq
refleksi).
Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba‘zilari
spinal reflekslardir, ya‘ni ular
yuzaga chiqishi uchun orqa miyani butun bo‗lishi kifoya. Baqa boshidan judo
qilingach uning oyog‗ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
mushak reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekasiya reflekslari ham
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‗yin yoki ko‗krak segmentlarining
to‗g‗risidan ko‗ndalangiga qirqib qo‗yilganda ham bu reflekslarni kuzatish mumkin.
Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarga (ya‘ni uzunchoq miya
reflekslarining) misol bo‗ladi, qorachiq refleksi esa o‗rta
miya neyronlarining
muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan mezensefal refleksga misol bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: