4.7. Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta’sirotlar kuchiga bog‘liq
ekanligi
Bir xil sharoitda hayvondagi shartli refleks miqdori uning vujudga kelishi uchun
asos bo‗lgan shartsiz refleks kuchiga, shuningdek shartli ta‘sirot kuchiga bog‗liq.
Masalan, tovush bilan ta‘sir etib turib, itning oyoq terisiga juda kuchsiz elektr toki
bilan ham ta‘sir etilsa, vujudga keltirilayotgan shartli refleks zaif, omonat bo‗lib
chiqadi. Bordi-yu, shartsiz ta‘sirot kuchi oshirilsa, kuchliroq va barqaror
himoyalanish refleksi vujudga keladi.
Shartli refleks miqdori shartsiz ta‘sirot kuchiga bog‗liq ekanligini tekshirib,
shartsiz stimulning absolyut kuchi emas, balki shu stimul tufayli yuzaga chiqadigan
qo‗zg‗alish intensivligi hal qiluvchi rol o‗ynashi aniqlandi. Masalan, tajribadan oldin
to‗yg‗izilgan itda ovqatlanish shartsiz reflekslari susaygan bo‗lib, shartli refleks
miqdori shunga yarasha kamayadi.
Shartsiz ta‘sirot kuchi doimo bir xilda turganda shartli refleks miqdori signal
ta‘sirotning jismoniy kuchiga bog‗liq. Bu kuch qancha ortiq bo‗lsa, shartli refleks
o‗shancha kuchli bo‗ladi.
I.P. Pavlov ana shu ma‘lumotlarga asoslanib, kuch nisbatlari qonunini ta‘riflab
bergan. Bu qonun shartli refleks miqdori shartli ta‘sirot kuchiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
bog‗liq ekanligini ko‗rsatadi.
Ammo, «kuch qonuni» faqat muayyan doirada amal qiladi — har qanday shartli
ta‘sirot uchun kuch chegarasi bor, bu chegaradan o‗tgach ta‘sirotni kuchaytirish
127
shartli reaksiyaning susayishiga sabab bo‗ladi.
4.8. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar
Shartli refleksni shartsiz refleks asosidagina emas, ilgari vujudga keltirilgan
boshqa shartli reflekslar negizida ham hosil qilish mumkin. Ayni vaqtda tajribalar
quyidagicha o‗tkaziladi. Shartsiz ta‘sirot, masalan, ovqat berish bilan bir vaqtda
qandaydir tashqi indifferent signal ham qo‗llaniladi. Shu signalga, masalan,
qo‗ng‗iroq tovushiga doir shartli refleks vujudga keltirilgach va mustahkamlangach,
qo‗ng‗iroq tovushiga yangi indifferent signal ham qo‗shiladi, masalan, terisi
qashiladi. Bu holda avval terini bir necha sekund qashib turiladi, so‗ngra qo‗ng‗iroq
tovushi qo‗shiladi. Shu ish bir necha marta takrorlanadi. Ilgari teri qashilganda hech
ovqat berilmay, faqat boshqa shartli signal qo‗llanilgan bo‗lsa, endi terini qashish
shartli refleksni vujudga keltira boshlaydi.
Signalni shartsiz ta‘sirot bilan birga qo‗llanish orqali vujudga keltirilgan shartli
reflekslar
birinchi tartibdagi shartli reflekslar deb ataladi.
Tashqi indifferent signal
(misolimizda — terini qashishni) ilgari birinchi tartibdagi barqaror shartli refleksni
vujudga keltirgan shartli signal (qo‗ng‗iroq tovushi) bilan birga qo‗llanish asosida
hosil qilingan shartli reflekslar esa
ikkinchi tartibdagi shartli reflekslar
deb ataladi
(45-rasm).
Ikkinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish uchun shu shartli refleksni
yuzaga chiqaradigan signal birinchi tartibdagi shartli signaldan kamida 10—15
sekund ilgari ta‘sir etishi zarur.
Indifferent signalni ikkinchi tartibdagi shartli signal (ta‘sirlovchi) bilan birga
qo‗llanib, itda uchinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirish mumkin. Hayvon
oyog‗iga elektr toki bilan ta‘sir etib, himoyalanish harakat reflekslarini vujudga
keltirish tajribalarida uchinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish mumkin bo‗ldi.
Itda to‗rtinchi tartibdagi shartli reflekslarni vujudga keltirib bo‗lmaydi. Bolalarda
oltinchi tartibdagi shartli reflekslar tasvir etilgan.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |