Parasimpatik
asab
tizimining
qo‗zg‗alishi organizmda tinchlik va
osoyishtalikka olib keladi, yurak urish tezligi va kuchi kamayadi, ichki a‘zolarning
tomirlari kengayadi, ko‗z qorachig‗i va bronxlar torayadi. Bu vaziyat hayvon to‗yib
ovqat yeb, dam olayotgan holatga o‗xshaydi. Ko‗pgina a‘zolar faoliyatiga simpatik
va parasimpatik tizimlar qarama–qarshi ta‘sir qiladi. Masalan, parasimpatik asab
bronxlarni toraytirsa, simpatik asab kengaytiradi, birinchisi yurak qisqarishlarini
kamaytirsa, ikkinchisi ko‗paytiradi. Ammo, bu qoidaga hamma faoliyatlar bir xilda
bo‗ysinmaydi. Masalan, parasimpatik asabning qo‗zg‗alishi so‗lak bezlari faoliyatini
kuchaytiradi va organik moddalari kam bo‗lgan so‗lak ko‗plab ajraladi. Simpatik
asabni ta‘sirlash ham so‗lak ajralishiga olib keladi, ammo uning miqdori kam va
organik moddalarga boy bo‗ladi. Demak, ba‘zi faoliyatlarni boshqarishda avtonom
109
asab tizimining har ikkala qismi bir–biriga ko‗maklashadi (41-rasm).
Simpatik tizimning qo‗zg‗alishi ko‗z qorachig‗ini kengaytirsa, parasimpatik
tizim uni, aksincha toraytiradi. Ammo, bu refleksda, avtonom asab tizimi
bo‗limlari o‗rtasida qarama–qarshilik ham, hamkorlik ham bo‗lmaydi,
parasimpatik asab rangdor pardaning halqa mushaklarini, simpatik asab esa radial
41-rasm. Reflektor yoyi.
A - Vegetativ (chapda) va somatik (o‗ngda) reflekslar; B – gomonim yoy; V – teri
va mushaklarda (I) va ichki a‘zolarda (II) joylashgan geteronim yoyi, reteptori
bilan; G – ―Ko‗p qavatli‖ reflektor yoy darajasi (
E. Asratyan bo‘yicha, 1956
).
mushaklarini innervasiyalaydi.
Simpatik chegara ustuni butunlay olib tashlangan hayvonlarda, bir qaraganda,
ichki a‘zolar faoliyati uncha o‗zgarmaydi. Ammo, ular issiq va sovuqqa, umuman
boshqa muhit o‗zgarishlariga yaxshi moslasha olmaydi. Zararlovchi omillarga
qarshilik ko‗rsatish qobiliyati susayib ketadi. Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda,
havf tug‗ilganda yurak urishining tezlashishi, ko‗z qorachig‗ining kengayishi, skelet
mushaklari tomirlarining kengayishiga o‗xshash himoya reaksiyalari kuzatilmaydi.
Parasimpatik asablarni kesib tashlash ham a‘zolar faoliyati uchun befarq emas.
Sayyor asabni kesish, yurak urishining tezlashishiga, me‘da bezlarida xlorid kislota
110
ajralishining kamayishiga va boshqa o‗zgarishlarga olib keladi. Ammo, me‘da–ichak
yo‗lining harakati uncha o‗zgarmaydi, sababi, ganglionaroldi parasimpatik tolalar
hazm a‘zolari devoridagi silliq mushak tolalarida emas, balki metasimpatik tizim
neyronlarida tugaydi. Bu tolalar kesilsa, metasimpatik tizim me‘da–ichak
harakatlarini o‗z–o‗zicha boshqarib turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |