G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

39-rasm. Metasimpatik asab 
tizimining funksional moduli: 
1- sezuvchan neyron; 2 - interneyron; 
3- efferent neyron; 4 - postganglionar 
simpatik neyron va uning tolasi; 5- 
preganglionar simpatik neyron va 
uning 
tolasi; 


preganglionar 
parasimpatik neyron va uning tolasi. 
Yuqorida keltirilgan holat, avtonom asab tizimi tarkibida metasimpatik tizimni 
alohida ajratishga asos bo‗lgan. Bu tizim, o‗zining quyidagi farqlari bilan avtonom 
asab tizimining boshqa bo‗limlaridan ajralib turadi:
1) metasimpatik tizim faqat o‗zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan ichki 


104 
a‘zolarni innervasiyalaydi; ularning harakat qilish, so‗rish, shira ajratish faoliyatlarini 
nazorat qiladi, mahalliy qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi;
2) metasimpatik tizim, simpatik va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali 
bog‗langan, ammo somatik asab tizimiga bevosita aloqasi yo‗q;
3) umumiy ichki afferent yo‗llaridan tashqari, o‗zining sensor qismi bor;
4) asab tizimining boshqa qismlari bilan qarama–qarshi munosabatda emas;
5) markaziy asab tizimidan aftonomlik darajasi simpatik va parasimpatik asab 
tizimlarinikiga nisbatan yuqori;
6) metasimpatik asab tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‗xtatish 
a‘zolarning ritmik harakat qilish qobiliyatini yo‗qolishiga olib keladi;
7) metasimpatik asab tizimi o‗z mediatorlariga ega. 
Somatik asab tizimini avtonom asab tizimidan ajratib turadigan asosiy farq, 
ulardagi effektor neyronlarning markaziy asab tizimida egallagan joyidadir. 
Avtonom asab tizimining effektor neyronlari orqa miya va bosh miyadan tashqarida 
joylashgan bo‗lsa, somatik asab tizimi refleksini amalga oshirishda qatnashadigan 
oraliq hamda harakat asab hujayralari orqa miyaning kulrang moddasida joylashgan. 
Keyingi farqi shundan iboratki, orqa miyaning oldingi ildizlari kesib tashlansa, 
somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi, ammo avtonom asab tizimining 
efferent tolalari o‗zgarmaydi, chunki ularning somalari chetdagi tugunlar 
neyronlarining o‗simtalari bo‗lib, ijrochi a‘zolar faqat shu neyronlarning impulslari 
tomonidan boshqariladi. Yana bir farqi, somatik asablar orqa miya va miya ustunidan 
bir tekis, segmentma–segment chiqqan va shu tufayli, tanada, bittasi tarqalgan sohani 
ikkinchisi ham innervasiyalaydi. Avtonom asab tizimi tolalari markaziy asab tizimida 
chegaralangan va bir–biridan ancha uzoq bo‗lgan markazlardan, ya‘ni mezensefal, 
bulbar, sakral va torako-lyumbal markazlardan chiqadi. Qolaversa, asab tolalarining 
periferiyada tarqalishida ham farq bor. Somatik tolalar qat‘iyan segmentar tarqalgan 
bo‗lsa, avtonom asab tizimining tolalari bu qoidaga rioya qilmaydi. Ular, barcha 
a‘zolarni innervasiyalaydi, ayrimlari esa, hattoki ikki va uch xil (ya‘ni simpatik, 
parasimpatik va metasimpatik) innervasiyalangan. Bulardan tashqari morfologik 


105 
jihatdan ham farqi bor. Avtonom asab tizimining tolalari asosan mielinsiz, ingichka 
bo‗lib, diametri 7 
mkm
atrofida, somatik efferent tolalar esa mielinli, yo‗g‗on bo‗lib, 
diametri 12–14 
mkm
. Ingichka avtonom tolalardan qo‗zg‗alishning o‗tish tezligi past 
(1–3 
ms
), yo‗g‗on somatik tolada esa yuqori (70–120 
ms
). Javob reaksiyasini 
chaqirish uchun avtonom asab tizimi qo‗zg‗alishning ancha katta kuchini ishlatishi 
zarur, chunki uning tolalariga katta refrakterlik davri va katta xronaksiya xosdir. 
Avtonom asab tizimi evolyusiyasi davrida umurtqasiz hayvonlarda somatik asab 
tizimidan ichak naychasi bilan bog‗langan asab elementlari ajraladi. Ular tomoq 
tutamlari hujayralaridan hosil bo‗ladi va mustaqil gangliylarni shakllantiradi. 
Bo‗g‗imoyoqlilarda esa, tutamlari va me‘da mushaklariga boruvchi asab ustunlari 
bo‗lgan, yetarli darajada aniq differensiyalashgan avtonom asab tizimi paydo bo‗lgan. 
Masalan, ninachida avtonom asab tizimining karnial, tana va kaudal bo‗limlari 
ajratiladi. Tana bo‗limi umurtqali hayvonlarning simpatik tizimiga, karnial va kaudal 
bo‗limlari esa – parasimpatik tizimiga mos keladi. 
Tuban tashkillashgan umurtqali hayvonlarda (minoga, akula, skat), ovqat hazm 
qilish kanalini ta‘minlaydigan simpatik o‗ramlar yo‗li va visseral shoxchalardan 
boshlanadigan orqa–bosh miya asablari bo‗ylab hujayralarning gangliylari to‗plami 
paydo bo‗ladi. Ular, orqa–bosh miya asablarining har bir juftligiga mos ravishda 
aortadan dorsalroq joylashgan. Gangliylardan ichki a‘zolar va yurakka shoxlar 
ketgan. Ushbu shoxlar a‘zolarning qalin qatlamlarida, ichida gangliy hujayralari 
bo‗lgan o‗ramlarni shakllantiradi. Shunday qilib, evolyusiyaning shu davriga kelib, 
avtonom asab tizimining uchinchi qismi – metasimpatik tizimi paydo bo‗ladi.
Suyakli baliqlar qatorida, yuksak umurtqali hayvonlarga xos aloqalari bo‗lgan 
juft chegarali simpatik ustun hosil bo‗lgan. U, karnial bo‗limi bilan boshga kiradi, 
kaudal bo‗limi esa dumgacha yetib boradi. Keyinchalik, evolyusiya jarayonida, 
avtonom asab tizimi murakkablashgan va turli guruh hayvonlarda turli–tumanligi 
bilan farqlangan. Masalan, sudralib yuruvchilarning simpatik ustuni, ko‗p sonli 
aloqalarga ega bo‗lgan 27 juft gangliylarni o‗z ichiga oladi, ichki a‘zolarining 
intramural o‗ramlari, tutamlardagi hujayralarining soni hali ko‗p bo‗lmasa ham 


106 
yaxshi differensiyalashgan. Qushlarda, preganglionar tolalar, ventral ildizchalar 
tarkibida orqa miyadan chiqib ketadi. 
Filogenetik rivojlanish davomida gangliylarning hujayra tarkibi ham 
murakkablashgan. Tuban tashkillashgan umurtqali hayvonlarda, asab hujayralarining 
o‗rtasida hali aniq spesifik farqlar bo‗lmasa, yuksak tashkillashgan baliqlar sinfining 
vakillarida esa, ayniqsa, sut emizuvchilarda, ularning uchta: reseptorli, effektorli va 
assosiativ tipi mavjud.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish