G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

38-rasm. Avtonom asab tizimi 


100 
ganglionar oldi tola ham, ulardan chiqqan ganglionar keti tola ham ancha uzun 
bo‗ladi.
Umurtqadan oldingi katta tugunlarga yulduzsimon, quyoshsimon, ichak 
tutqichining yuqori va pastki tugunlari kiradi. Bu tugunlardagi neyronlar qorin 
bo‗shlig‗i a‘zolarining simpatik innervasiyalanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo 
va to‗qimalar simpatik innervasiyalanishga ega. Bularga qon tomirlar, kovak a‘zolar, 
terining silliq shakllari, teri va hazm bezlari, o‗pka, jigar, yog‗ to‗qimasi hujayralari, 
skelet mushaklari va markaziy asab tizimi kiradi.
Efferent tolalardan tashqari, simpatik asab tizimi o‗zining sezgir yo‗llariga ham 
ega. Sezuvchi neyronlarning somalari umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan 
bo‗lib, ularning uzun o‗simtalaridan biri periferiyaga yo‗l olsa, ikkinchisi orqa 
miyaga o‗tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun o‗sig‗i ichki a‘zoga borsa, kaltalari 
tugunning o‗zida tarqalib, oraliq neyronlar orqali effektor neyronlar bilan bog‗lanadi 
va shu yerning o‗zida mahalliy reflektor yoy hosil qiladi.
3.2. Parasimpatik asab tizimi 
 
Umumiy tuzilishi jihatidan parasimpatik asab tizimi va simpatik asab tizimi 
deyarli o‗xshashdir. Parasimpatik asab tizimining ham markaziy va tashqi tuzilmalari 
mavjud, qo‗zg‗alishni bajaruvchi a‘zoga ikki neyronli yo‗l orqali yetib boradi: 
ganglionaroldi neyron miyaning kulrang moddasida joylashgan, ganglionarketi 
neyron esa periferiyaga chiqarilgan. Ammo, parasimpatik asab tizimining o‗ziga xos 
xususiyatlari ham mavjud. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada
bir–biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, 
tanada parasimpatik tizim ta‘sir o‗tkazadigan doira ancha tor, ba‘zi a‘zo va 
to‗qimalar, masalan, bachadon, markaziy asab tizimi, qon tomirlarining deyarli 
hammasi parasimpatik innervasiyaga ega emas.
Parasimpatik asab tizimining markaziy tuzilmalari o‗rta, uzunchoq va orqa 
miyalarda joylashgan (38-rasm). O‗rta miya (mezensefal) qismining yadrosi Silviy 
suv o‗tkazgich tubida bo‗lib, ko‗z mushaklariga, so‗lak va ko‗z yoshi bezlariga uch 


101 
juft bosh asablar tarkibida preganglionar tolalar yo‗llaydi. Bu tolalar ko‗zni 
harakatlantiruvchi, yuz va til–halqum asablar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va 
tanglay tugunlariga yetib keladi va ganglionarketi neyronlarning tana va dendritlarida 
sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan 
ganglionaroldi tolalar bo‗yin, ko‗krak va qorin bo‗shliqlaridagi a‘zolarga sayyor asab 
tarkibida o‗tadi. Parasimpatik asab tizimining dumg‗aza bo‗limi, orqa miyaning uch 
dumg‗aza segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu yerdan, tolalar chanoq asabi 
tarkibida chanoq a‘zolariga yo‗l oladi. 
Parasimpatik asab tizimi sezgir yo‗llarining bosh kollektori – sayyor asab 
hisoblanadi. Mushukning bo‗yin qismidagi tolalarning umumiy soni 30 ming bo‗lsa, 
ularning 80–90 % afferent tolalardan iborat. Bundan tahminan 20 % mielinli tolalar 
qismiga, qolganlari esa ingichka mielinsiz qismiga to‗g‗ri keladi. Bu tolalarga 
aloqador hazm, ko‗krak va qorin bo‗shlig‗i a‘zolaridagi reseptorlar mexanik, harorat 
va og‗riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‗zgarganda 
qo‗zg‗aladi. Qon bosimi barqarorligini saqlashda parasimpatik markazlar bilan 
bog‗langan aorta ravog‗idagi va karotid koptokchasidagi reseptorlarning ahamiyati 
juda katta (3-jadval). 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish