96
po‗stloq uchastkalarini bog‗laydi.
Komissural tolalar, miya komissurlari (yoki
spayka
) deb nomlanadigan
hosilalar tarkibiga kiradi va ikkala yarim sharlarning simmetrik qismlarini bog‗laydi.
Miyaning eng katta qo‗shilgan joyi – qadoqsimon tana yangi miyaga taalluqli ikkala
yarim sharlarning qismlarini o‗zaro bog‗laydi.
Proeksion tolalar miya po‗stlog‗ining
bir qismini talamus bilan, yana bir
qismini markaziy asab tizimining pastki bo‗limlari (jumladan, orqa miyani ham)
bilan
bog‗laydi. Ushbu tolalarning bir xillari qo‗zg‗alishni po‗stloq yo‗nalishi bo‗ylab
markazga intilgan holda, boshqalari esa, uning teskarisi – markazdan qochgan holda
o‗tkazadi.
2.16. Odamni hayvondan farqlovchi bosh miya tuzilishining o‘ziga xos tomonlari
1.
Bosh miyani orqa miyadan ustunligi.
Masalan, yirtqichlar (mushukda) bosh
miyasi orqa miyasiga nisbatan 4 marta og‗ir, primatlarda (makakada) – 8 marta,
odamda – 45 marta (orqa miyaning massasi 30 g., bosh miyasini – 1500 g.) og‗ir. Sut
emizuvchilarda orqa miyasining massasi bosh miya massasining 22-48 %, gorillada –
5-6 %, odamda – faqat 2 % ni tashkil qiladi.
2.
Miya massasi.
Absolyut massasi bo‗yicha odamning miyasi birinchi
o‗rinda
turmaydi, chunki yirik hayvonlarning bosh miya massasi og‗irroq bo‗ladi:
delfinda – 1800 g., filda – 5200 g., kitda – 7000 g. Miya massasini tana massasiga
haqiqiy nisbatini topish uchun, miyaning kvadrat ko‗rsatgichidan foydalaniladi, ya‘ni
miyaning absolyut massasini nisbiy massasiga aylantiriladi. Ushbu ko‗rsatgich
odamni
barcha
hayvonot
dunyosidan
ajratish
imkonini
berdi.
Chunki,
kemiruvchilarda u 0,19 ga, yirtqichlarda – 1,14, kitsimonlarda (delfinda) – 6,27,
odamsimon maymunlarda – 7,35, fillarda – 9,82 va nihoyat odamda – 32,0 ga teng.
3.
Plashning miya
ustunidan ustunligi, ya‘ni yangi miyani qadimgisidan.
4.
Bosh miya peshona sohasining eng yuksak rivojlanganligi.
Peshona
sohasiga tuban maymunlarda yarim sharlar barcha yuzasining 8-12%, antropoid
maymunlarda – 16%, odamlarda – 30% to‗g‗ri keladi.
97
5.
Bosh miya yarim sharlarining yangi po‘stlog‘ini eskidan ustunligi.
6.
Po‘stloqni po‘stloqostiga nisbatan ustunligi
. Odam miyasi po‗stlog‗i
maksimal raqamlarga ega: po‗stloq miya hajmining barchasini 53,7% ini, bazal
yadrolar esa faqat 3,7% ni tashkil qiladi.
7.
Burmalar va pushtalar kul rang modda po‘stlog‘ining yuzasini
kattalashtiradi.
Shu tufayli, bosh miya yarim sharlari po‗stlog‗i qancha katta
rivojlangan bo‗lsa, miyaning taxlamlari ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. Taxlamlarning
ko‗payishi uchinchi toifadagi mayda pushtalarning chuqurligi va ularning asimmetrik
joylashganligi bilan erishiladi.
Biron-bir hayvonda, odamniki kabi,
bir vaqtning
o‗zida bunday ko‗p sonli pushtalar va burmalar bo‗lmaydi, shu bilan birga, ular juda
chuqur va asimmetrik joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: