G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

B.Efferent yo‘llari (traktlar)
1. Lateral kortiko-spinal 
(piramida) yo‗li 
Yon 
Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi 
impulslarni mushaklarga o‗tkazish 
2. Rubro-spinal 
(Monakov) 
Yon 
Skelet mushaklarining tonusini saqlab 
turuvchi impulslarni o‗tkazish 
3, Dorsal vestibulo- 
Spinal 
Yon 
Muvozanat 
va 
vaziyatni 
saqlashni 
ta'minlovchi impulslarni o‗tkazish 
4. Olivo-spinal 
Yon 
Aniq emas 
5. Retikulo-spinal 
Oldingi 
Skelet 
mushaklari 
tonusini 
saqlash, 
vegetativ markazlar holatini va mushak 
yoylari sezgirligini boshqarishda ishtirok 
etadigan impulslarni o‗tkazish 
6.Vetral vestibulospinal
Oldingi 
Vaziyat 
va 
muvozanatni 
saqlashni 
ta'minlovchi impulslarni o‗tkazish
7. Tekto-spinal 
Oldingi 
Birlamchi ko‗ruv va eshituv reflekslarning 
(to‗rttepalik reflekslarni) yuzaga chiqishini 
ta'minlovchi impulslarni o‗tkazish 
8.Ventral kortiko-spinal 
(piramida yuli) 
Oldingi 
Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi 
impulslarni skelet mushaklariga yetkazish 
Afferent Goll va Burdax tutamlari spinal tug‗unlardagi sezgir hujayralarning 
aksonlaridir. Ular impulslarni mushak va pay proprioreseptorlaridan, qisman teri va 
ichki reseptorlardan uzunchoq miyagacha yetkazadi. Bu yerda Goll va Burdax 


53 
yadrolarida yo‗lning ikkinchi neyronini somalari joylashgan. Ikkinchi neyronlarning 
o‗simtalari kesishib, talamusning qarama-qarshi yadrolarida sinapslar hosil qiladi. 
Ana shu yadrolardan uchinchi neyron boshlanadi, aksonlari miya po‗stlog‗idagi IV 
qavat neyronlarida tugaydi. Goll va Burdax tutamlarini mielinli tolalar tashkil qiladi. 
Ulardan qo‗zg‗alishni o‗tish tezligi soniyasiga 60-100 m ni tashkil qiladi. 
Bu tutamlardan periferiyadagi ta‘sir chegarasini, joylashishini va o‗zgarish 
vaqtini aniq sezishni ta'minlovchi impulslar o‗tadi. 
Spinotalamik yo‗llar og‗riq, harorat, taktil sezgilarni shakllaydigan impulslarni 
o‗tkazadi. Ular orqa miyaga o‗tishi bilan yoki bir necha segmentga ko‗tarilganidan 
keyin kesishib, qarshi tomonga o‗tadi. Ko‗ruv dumboqchalarida tugaydigan tolalar 
shu segmentlardan boshlanadi. Uchinchi neyron miya po‗stlog‗ida tugaydi. 
Spinotalamik yo‗llar ta‘sirining sifati to‗g‗risidagi axborotni o‗tkazadi. 
Orqa miyani miyacha bilan bog‗laydigan Fleksig va Govers tutamlari 
impulslarni o‗ta yuqori tezlikda (120 ms o‗tkazadigan asab tolalaridan tashkil topgan) 
o‗tkazadi. Ulardan asosan mushak va paylarning proprioreseptordan mushak tonusi, 
holat va muvozanatni, harakatlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan impulslar o‗tadi. 
Efferent yo‗llarining asosiylari kortikospinal (piramida), rubrospinal, 
vestibulospinal va retikulospinal yo‗llardir. Kortiko-spinal yo‗li bosh miya 
po‗stlog‗ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning aksonlaridir. 
Bu aksonlar oraliq, o‗rta va uzunchoq miyalardan o‗tar ekan, ko‗pgina yon shoxlar 
beradi va uzunchoq miyaning pastki qismida ularning ko‗p qismi kesishadi. 
Kesishmagan asab tolalari orqa miyaga tushib, tugaydigan segmentlarda qarama-
qarshi tomonga o‗tadi. Kortiko-spinal yo‗lning hamma tolalari orqa miyaning 
shoxlaridagi motoneyronlarda sinapslar hosil qiladi. Bu yo‗lning asosiy vazifasi 
ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni o‗tkazishdan iborat. 
Rubrospinal (Monakov) yo‗li o‗rta miyaning qizil yadrosidagi neyronlarning 
aksonlaridir. Tolalar yadrodan chiqib, qarama-qarshi tomonga o‗tadi. Ularning bir 
qismi miyacha va to‗rsimon formasiyada impulslar mushaklarning tonusini va 
ixtiyorsiz harakatlarni boshqaradi. 


54 
Vestibulospinal yo‗lni Deyters yadrosidagi neyronlarning aksonlari tashkil 
qiladi. U vestibulyar asab markazi va miyachadan impulslarni orqa miyaning 
motoneyronlariga yetkazadi. Vestibulospinal yo‗lning shikastlanishi mushak tonusi, 
muvozanatni saqlash va harakatlar uyg‗unligini buzilishiga olib keladi. 
Orqa miyadan yuqoridagi tuzilmalar efferent tola orqali spinal neyronlarning 
hammasini (motoneyronlarni, oraliq va afferent neyronlarni) nazorat qilib turadi. Har 
bir efferent yo‗lning tolalari ma‘lum ishni bajaruvchi motoneyronlarni faollashtiradi. 
Kortikospinal yo‗l tolalari, asosan qo‗l-oyoqlarning distal qismdagi mushaklarga 
(panja va barmoqlarni harakatlantiruvchi mushaklarga) ta‘sir o‗tkazsa, retikulospinal 
va vestibulospinal yul esa proksimal mushaklarga impulslar yetkazadi. 
Efferent yo‗llar maxsus tormozlovchi neyronlar (masalan, Renshou hujayralari) 
yordamida, presinaptik va postsinaptik tormozlanishni paydo qilib, orqa miyaning 
ikkilamchi afferent va oraliq neyronlarning qo‗zg‗aluvchanligiga ta‘sir qilishi 
mumkin. 
Shunday qilib, supraspinal tuzilmalar orqa miya faoliyatini uzluksiz ravishda 
nazorat qilib turadi. Orqa miyaning ko‗ndalangiga qisman yoki to‗la kesilishi bu 
nazoratni qisman yoki to‗la yo‗qolishiga, binobarin orqa miya faoliyatining keskin 
buzilishiga olib keladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish