47
II BOB. MARKAZIY ASAB TIZIMI BO‘LIMLARINING TUZILISHI VA
VAZIFALARI
Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyadan tashkil topgan. Miyamizdagi 100
mlrd.ga yaqin asab hujayralari birgalikda murakkab to‗r hosil qiladi va bu bizga asab
yo‗llari orqali ichki muhitning nisbiy doimiyligini saqlash (1), turli xil emosiyalarni
his qilish (2), harakatlarimizni ongli ravishda boshqarish (3), ongli ravishda o‗z
tanamizdagi va atrof-muhitdagi yuz berayotgan o‗zgarishlarni anglab yetish (4),
shuningdek fikrlash va xotira kabi oliy ong jarayonlarini amalga oshirish imkonini
beradi.
2.1. Orqa miya
MATning eng qadimiy filogenetik qismi hisoblangan orqa miya organizmning
barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi; tana, qo‗l-oyoq terisidagi
ekstroreseptorlardan, proprioreseptorlardan va deyarli barcha visseroreseptorlardan
keladigan
impulslarni qabul qiladi; bosh mushaklaridan tashqari hamma skelet
mushaklarini asablaydi. Organizmdagi behisob harakat
reaksiyalari orqa miyaning
reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslarning markazlari orqa miyada joylashgan.
Ayrim reflektor harakatlarning markazlari orqa miyaning yuqori qismida joylashgan.
Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni
reseptorlardan
yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa,
ana shu markazdan
mushaklarga o‗tkazadi. Demak, orqa miya ikki asosiy faoliyatni – reflektor markaz
va o‗tkazuvchi yo‗l vazifasini bajaradi.
Orqa miya tashqi ko‗rinishidan ichidan tor markaziy kanal o‗tgan uzun, silindrik
shakldagi ipga o‗xshaydi. U umurtqa kanalida joylashgan va katta ensa oralig‗ining
pastki chekkasidan boshlanadi. Tashqaridan orqa miya 3 qavatdan tuzilgan –
qattiq,
to‘rsimon
va
yumshoq
.
Katta yoshli odam orqa miyasining uzunligi o‗rtacha 43 sm (erkaklarda – 45,
ayollarda 41–42 sm), og‗irligi 34–38 g atrofida bo‗ladi va bu bosh miya massasining
taxminan 2%ini tashkil qiladi. Orqa miyaning boshidan
oxirigacha uning ikkala
tomonidan 31 juft orqa-miya asablarining ildizchalari chiqadi. Orqa miyaning orqa
48
miya asablarining ikki juft ildizchalariga (2 ta oldingi va 2 ta keyingi) mos keladigan
qismi orqa miyaning
segmenti
deyiladi. Odamning orqa miyasi 31 segmentdan
iborat. Shulardan 8 tasi bo‗yin, 12 tasi ko‗krak, 5
tasi bel, 5 tasi dumg‗aza va 1 ta
dum (18-rasm). Orqa miyaning uzunligi umurtqa ustunidan ancha kalta bo‗lganligi
sababli orqa miya segmentining tartib raqami va ularning joylashishi bo‗yin qismidan
boshlab shu nomli umurtqalarning tartib raqamiga to‗g‗ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: