2.3. Donning sifat ko’rsatkichlari
Donning sifati o’z xususiyatlariga kura uch xil : texnologik, urug’lik va hosil sifat
ko’rsatkichmiqdorilarga bulinadi.
Donning texnologik sifat ko’rsatkichmiqdorilari..
Donning eng muxim sifat
ko’rsatkichmiqdorilaridan biri-bu texnologik sifat ko’rsatkichmiqdorilari bo’lib, unga don
tarkibidagi oqsil, kleykovina miqdori, donning yaltiroqligi,naturasi, un kuchi,
kovushoqligi, non xajmi singari ko’rsatkichmiqdorilar kiradi.
Bug’doy navlari donining sifat ko’rsatkichmiqdorilariga kura uch toyifaga :
kuchli, urta va kuchsiz bug’doylarga ajraladi.Kuchli bug’doy donlari eng yuqori sifatli
bo’lib, undan tayyorlangan unlar boshka turdagi unlarga yaxshilovchi sifatida kushib
ishlatiladi.Urtacha sifatli dondan tayyorlangan unlar asosan non va non maxsulotlar
tayyorlash uchun ishlatiladi, kuchsiz don esa asosan texnik va chorva ozikasi sifatida
foydalaniladi.Donning sifat ko’rsatkichmiqdorilariga kuyiladigan talablar to’g’risidagi
ma`lumotlar 2.1-jadvalda keltirilgan.
Don sifatiga kuyiladigan ta`lablar
2.1.- Jadval
Sifat darajasi
YAltiroqligi,
%
Don tarkibida, %
100 g undan
non xajmi,
m 3
oqsil
kleykovina
Kuchli
86-100
14-19
28 yuqori
600 va undan
yuqori
Urta
70-85
12-14
25-28
400-600
gacha
Kuchsiz
70 gacha
12 gacha
25 gacha
400 va undan
kam
Bug’doy doni – inson va xayvon organizmlari uchun zarur bo’lgan ko’plab ozika
moddalarga boy. Uning tarkibida oqsil, uglevodlar, yog, vitaminlar va minerallar mavjud.
U yaxshi saklanadi va turli ozik ovkat va chorva ozikalariga kayta ishlanadi. SHuning
uchun kadimdan kupchilik xalklar bug’doyni asosiy ozik-ovkat ekini sifatida ekib,
etishtirib kelishgan.
Bug’doyning ozik-ovkat ekini sifatidagi ustunligi, uning tarkibidagi oqsil suv
bilan birgalikda elastiklikka ega bo’lgan, cho’ziluvchan, gidratirlanuvchi massa, ya`ni
kleykovina hosil kilish xususiyatiga ega. Kleykovina non tayyorlashda asosiy karkas
xisoblanadi.
Bug’doy unidan xamir tayyorlanganda, kleykovina xolidagi oqsillarning fizik-
kimyoviy xususiyatlariga kura ularning malekulalari vodorodli, disulfatli va boshka
boglar bilan boglanadi va mantika kura bita ulkan malekula shakllantiradi.SHunga kura
bijgish natijasida vujudga kelgan is gazi (SO 2) xamirda govaklar hosil kilib, ishirib,
xajmini kattaytiradi.
Ыsib boruvchi (30*S dan 220*S gacha ) xaroratda xamirdan non yopilganda
xammaga tanish bo’lgan non issini taratuvchi murakkab bioqimyoviy jarayon kechadi.
YUqori sifatli 100 gram bug’doy unidan kariyb 1000 sm 3 gacha sifatli non
tayyorlash mumkin.Bunday un fakat ozika moddalar manbayi bыlibgina kolmay, balki
boshka turdagi unlarning katalizatori xam xisoblanadi.
Donning muxim texnologik sifat kыrsatkichlaridan biri don tarkibidagi oqsil
miqdori.Barcha organizmlarning xayot faoliyati oqsillar faoliyatiga bog’liq.
Xar bir inson normal xayot kechirishi uchun bir kunda urta xisobda 100 gramdan
oqsil iste`mol kilishi lozim, shundan kamida 50 -55 % o’simlik oqsiliga tugri kelishi
maqsadga muvofikO’simlik oqsili oson xazm bo’ladi, uning tarkibida, organizmda kiyin
xazm buluvchi xolastelin moddasi bulmaydi.
Kыpchilik davlatlarda, shu jumladan Ыzbekistonda organizmning oqsilga
bo’lgan extiyoji asosan non maxsulotlari xisobiga kondiriladi. YAxshi non tayyorlash
uchun don tarkibidagi oqsil miqdori muxim axamiyatga ega.Oqsil miqdori bilan
kleykovina urtasida bevosita bog’liqlik mavjud.
Akademik V.N.Remesloning (1977) ta`kidlashicha kuchli bug’doyning
Bezostaya-1 navida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori bo’yicha ijobiy
korrelyatsiya darajasi 0.93 ga teng.
Kuzgi bug’doy etishtirishda don tarkibidagi oqsil miqdori tashki muxit ta`sirida
sezilarli o’zgaradi.Ayniksa don sifatiga iqlim sharoiti sezilarli ta`sir kursatadi. Masalan,
kuzgi bug’doyning Bezostaya -1 yoki YUna navlarining doni tarkibidagi oqsil miqdori
mintakalar bo’yicha 8% dan 19 % gacha o’zgarishi mumkin.
Rus olimi N.Lyaskovskiy XIX asrning oxirlaridayok bug’doy don sifati,
xuso’san don tarkibidagi oqsil miqdori shimoliy garbdan janubiy sharkka siljigan sari
ortib borishini o’z ilmiy ishlarida isbotlagan.Bu konuniyat keyinchalik bir kator boshka
tadkikotlarda xam tasdiklandi.
AKSH da olib borilgan tadkikotlarda kuzgi bugloyning bir xil navi ekilganda don
tarkibidagi oqsil miqdori iqlimi issik va kuruk bo’lgan Kanzas shtatida 18 % ni, inlimi
issik biroq xavoning nisbiy namligi yuqori bo’lgan Kaliforniyada 13 % ni,Iqlim sharoiti
salkin va nam bo’lgan Merilendada 11% ni tashkil etdi.
Demak, don tarkibida oqsil tuplanishida iqlim sharoiti muxim urin tutadi.
Bug’doy don sifati kiska tulkinli (380-470 mmk) spektorli intensiv yoritilgan va
iqlimi nisbatan issik xaroratda eng yuqori bo’ladi.
YUqori sifatli don shakllanishida tuproq unumdorligi va iqlim sharoiti fakat
ekstensiv dexkonchilik sharoitda xal kiluvchi rol uynaydi.Intensiv dexkonchilik
sharoitida ,tuproq unumdorligidan nisbatan samarali foydalanib borilgan sari xal kiluvchi
uringa boshka omillar eg’allay boshlaydi.
Ma`lumki, utgan asrning 50-60 yillari dasht mintakasida etishtirilganda aksariyat
kuchli bug’doy navlarining doni tarkibida 15-17 % oqsil, 30-35 % kleykovina
bo’lgan.Keyinchalik bug’doy don hosildorligi ortgan sari don tarkibidagi oqsil va
kleykovina miqdori kamayib borgan.
Bugo’ngi kunda asosiy rayonlashgan kuzgi bug’doy navlarining doni tarkibidagi
oqsil miqdori 14-18 % bulishi kursatilgan, lekin xakikatda ishlab chikarish sharoitida don
tarkibidagi oqsil miqdori 11-13 % ni, kleykovina miqdori 22-25 % ni tashkil qiladi.
Don sifatining pasayishi va bu borada navlarning biologik imkoniyatlari tulik
namoyon etilmayotganligining asosiy sababi don hosildorligi ortib borgan sari tuproqda
o’simlik o’zlashtira oladigan azotning etishmasligidan.
Birinchidan – bu azotning o’simlik tomonidan o’zlashtirish xususiyatiga
bog’liq.Masalan, fosforli va kaliyli o’g’itlarni o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi
gullagukga kadar davom etsa, azotni o’zlashtirish gullagandan keyin xam davom
etadi.Donning shakllanishi va tulishishi davrida bug’doy azotga bo’lgan extiyojining
kariyb 20-30 % ni ta`lab etadi.Lekin kup xolatlarda bu davrda tuproqda azotning
etishmasligi ko’zatiladi, ayniksa bunday xolat yuqori hosildorlik shakllanayotganda
ko’zatiladi va don sifatining pasayishiga olib keladi.
Don hosili yuqori bulishi bilan brga uning sifatini sala kolish uchun o’simlikning
azotli o’g’itlarga bo’lgan extiyojini mavsum davomida tulik kondirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |