Barcha don tozalash va saralash mashina-mexanizmlarning
ishlash qonuniyati
uruђlarning shakliga va katta-kichikligiga asoslangan bœlib, donni shamol va ђalvirlar
yordamida saralovchi, don hamda boshqa uruђlarni uzunligi bœyicha saralovchi trenerlar,
ђalvirlar, shamol va trierlar yordamida tozalaydigan va saralaydigan mashinalarga
bœlinadi.
Donni shamol va ђalvir yordamida turli aralashmalardan tozalaydigan va
saralaydigan mashinalar don shopirgich-saralagichlarda amalga oshiriladi. Amalda VS-2,
VS-8, va VS-10 markali don shopirgich-saralagich mashinalari qœllaniladi. Bu
mashinalarning
ishlash qonuniyati bir xil, ular bir-biridan ish unumi, ђalvirlar soni,
uzellarning tuzilishi va œlchamlari bilan farqlanadi. Don aralashmasi bunkerdan surma
qopqoqli darcha yurqali mashinaning tepa qismidagi birinchi ђalvirga tushadi.
Ventilyatordan chiqayotgan havo oqimi ђalvirga
tushayotgan dondagi engil
aralashmalarni mashina tashqarisiga uchirib chiqaradi. Yirik aralashmalar (boshoq,
somon, kesak, temir, tosh parchalari) esa yuqori ђalvirdan tarnovlar orqali mashinaning
ikki tomoniga tushadi. Qolgan don ђalvir teshiklaridan œtib, yonma-yon joylashgan
pastki ђalvirlarga tœkiladi. Butun don ђalvir yuzasida qolib ikkinchi ђalvir tomon siljiydi.
Bu ђalvirda don ikki sortga ajraladi. Ikkinchi sorti ђalvir teshiklaridan œtib,
mashina
ostiga tœkiladi, birinchi sorti esa ђalvir yuzasida qolib, boshqa tomonga tushadi.
Hozirgi vaqtda don tozalash va saralash mashinalarining ancha takomillashgan OS-
4,5A, OVS-YUV, OVP-20 markali xillari chiqarilmoqda. OS-4,5A markali mashinada
tozalanadigan don transporter orqali qabo’l bœlmasiga, undan bir me`yorda shamol
oqimiga uzatiladi. Don shamolda engil aralashmalardan tozalanib, ђalvirlarga tushadi va
œlchamlari bœyicha saralanadi. Donni turli œlchamdagi aralashmalardan ajratish uchun u
trierga uzatiladi. Tozalangan don transporter orqali tashqariga chiqariladi.
Mashina
soatiga 4,5 t don tozalaydi.
Oziq-ovqatga, emga va texnik maqsadlarda ishlatiladigan don massasi tarkibida bir
qator begona œtlarning uruђi, jumladan kakra, mastak,
kampirchopon, gandamiya
kabilarning bœlishi davlat standartida ruxsat etilmaydi. Ayniqsa, don massasi tarkibidagi
randak uruђiga alohida ahamiyat beriladi. Uning agrotema turi ђalla ekinlari ichida
œsadi. Uruђining tarkibida zaharli modda (5,6% gacha saponin moddasi bor) bœlganligi
uchun bu œruђ aralashgan don unidan tayyorlangan oziq-ovqat yoki em-xashak kishilarni
va hayvonlarni kasallantiradi.
Uruђlik uchun ajratilgan don massasida karantin begona œtlarning uruђi bœlmasligi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: