Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
43 
жизнь. Будучи сильными, тренированными, эти мышцы помогают сохранять стройность, 
предотвращают отвисание живота. Травмы новорожденных, разрывы промежности и другие 
осложнения во время родов чаще всего случаются у женщин, ведущих малоподвижный образ жизни. 
 
OILADA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI TASHKIL QILISH YO'LLARI 
Ismatov N.X., 
o’qituvchi, Buxoro soliq kolleji, Buxoro sh. 
 
Insonlarning yoshi, ijtimoiy turmushi, mehnat va xizmatdagi lavozimi, mavqe'i va ular bilan bog'liq 
bo'lgan faoliyatlaridan qat'iy nazar, oila degan hayotni boshdan kechiradilar. Unda eng avvalo salomatlik
ahillik, moddiy-iqtisodiy ta'minot, ijtimoiy madaniyat, ta'lim-tarbiyaning deyarlik barcha jabhalari mujassam 
bo'ladi. Oila-jamiyatning bir bo'lagi va hayot tayanchi. Shu asosda jamiyatni tashkil qiluvchi farzandlarni 
vujudga keltiradigan, ularni tarbiyalab voyaga etkazuvchi eng ulug' dargohdir. Onalar, farzandlarning oilada 
sog'lom yashashlari, mustahkam va obod turmush kechirishlari ma'naviy va jismoniy barkamollikni taqozo 
etadi.
Jamiyat ichidagi kichik jamiyatda jismoniy tarbiyani yanada kuchaytirish, uni tashkil qilish yo'llarini 
kengaytirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga erishish va ayniqsa yosh oilalarga farzandining 
jismoniy rivojlanishida juda zarur, foydali va kerakli bo'lgan tavsiyalarni inobatga olish lozim: 
1. Oilada 1 yoshgacha va 2-3 yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash yo'llari (bolalar shifokori, bolalar 
pedagogikasi mutaxassislari, jismoniy tarbiya o'qituvchilarining tajribasi va tavsiyalari): a) Bola tug'ilgan 
kundanoq har kuni orqa va oldinga yotgan holda tirsak, qo'l bo'g'inlarini yozib, bukib harakatlantirish; b) Tana 
a'zolarini siypalab, uqalash; c) Havoning iliq, issiq paytlarida kunaro cho'miltirish; d) O’tirish, emaklash
oyoqlarga suyanib turish shakllanganda tana a'zolarini harakatini tezlashtiruvchi, kuchaytiruvchi turli mashqlar 
(bo'g'in, umurtqa pog'onasi, to'g'ri o'tirish va turish) va qiziqarli o'yinlar (to'p, qo'g'irchoq, rangli buyumlarni 
ushlash, quvib tutib olish va h.k.) bilan harakatchanlikni tarbiyalash.
2. Boshlang'ich sinf (I-IV) o'quvchilari maktablarda jismoniy tarbiya darslarida ba'zi ko'nikmalarga ega 
bo'ladi. Ammo ular bu yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini etarli darajada tarbiyalashga ozlik qiladi 
(dars soatlari kam). Shu sababdan oila sharoitida barcha kishilar (surunkali kasal, yurishga qudrati etmaydigan 
keksalar mustasno): a) Birgalashib ertalabki gimnastika-sog'lomlash-tirish mashq-o'yinlarni bajarish; b) Hovli, 
uy oldi maydonlari va maxsus o'yin maydonlarida oilaviy bo'lib futbol, qo'l to'pi, basketbol, tennis, badminton 
kabi o'yinlar bilan shug'ullanish; c) Dam olish, bayram kunlari va ta'til (kuzgi, qishki, bahorgi) paytlarida bir 
kunlik sayr-sayohatlarini o'tkazish.
3. Balog'at yoshiga etgan (VIII-IX sinf) qizlarni sportga jalb etish, ularning ma'naviy va jismoniy 
barkamolligini tarbiyalash onalar e'tiborida mustahkam o'rin olishi shart. Bunda esa: a) Onalar qizlari bilan 
voleybol, tennis, badminton, qo'l to'pi o'ynash, xiyobonlarda erta tongda yugurish, turli gimnastika mashqlarini 
bajarish; b) Trenajyor, o'yin maydonlarida yaqin kishilari bilan birgalikda shug'ullanish, bahs qilish; c) 
Mahalla va tuman miqyosidagi “Ayollar spartakiadasi”, “Oilaviy sport” va boshqa sport tadbirlarida ishtirok 
etish; d) Onalar qizlari bilan bo'sh vaqtlarida sport o'yinlari bilan birga shug'ullanish; e) Tog'larga sayr-
sayohatlar uyushtirish va ochiq hamda yopiq suv havzalarida suzish; j) Dam olish kunlari oilaviy bo'lib tashkil 
etiladigan sog'lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Jismoniy mehnatga 
qizlarni o’rgatish yani: gullarni parvarishlash, er chopish, o'tlarni yulish, sug'orish va h.k.).
Xulosa tariqasida aytganda, xotin-qizlarning sihat-salomatligini yaxshilash yo'lida tibbiyot, jismoniy 
tarbiya va sport, ayniqsa, zamonaviy ta'lim jarayonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo'lda oila 
a'zolarining barchasini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlarini odatga aylantirishda qabul 
qilingan qonunlar hamda qarorlar asos bo'lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizdagi tibbiy xodimlar, pedagogik 
mutaxassislar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlar tomonidan ishlab chiqilgan va uzoq davrlardan 
amalda qo'llanilayotgan sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar negizida yuqorida bayon 
etilgan tavsiyalar hamda mulohazalar mustahkam oila qurish, obod turmush kechirish, samarali mehnat qilish, 
uzoq yillar davomida sog'lom bo'lib yurishlariga xizmat qila oladi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish