Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
194 
-
турли сабаблар, айниқса миллий хусусиятимиздаги уялиш, тортиниш каби ҳолатлар қизларнинг 
спорт билан шуғулланишларига салбий таьсир этмоқда; 
-
дарсларда маҳаллий миллат хотин-қизларидан ўқитувчилар етишмайди; 
-
талаба қизлар хуш кўрган спорт турлари бўйича спорт секциялари етишмайди
-
универсиада дастури асосида спорт мусобақаларига тайёргарлик даражалари етарли эмас; 
-
ётоқхоналар ҳузурида спорт иншоотлари етишмайди ва соғломлаштириш тадбирлари ташкил 
этилмайди. 
Юқорида баён этилган салбий жараёнларни тугатиш учун таьлим муассасалари раҳбарлари, 
мутасадди ва мутахассис ҳодимлар ўз бурчларини бажаришда масьулиятларни оширишлари лозим 
бўлади. 
Бу жараёнларда жисмоний тарбия кафедралари, спорт клублар баркамол авлод жисмоний 
тарбияси, касбий амалий жисмоний тарбия ва иқтидорли ёшларни спортга жалб этиш, айниқса, 
маҳаллий миллат хотин-қизларининг жисмоний тарбия ва спорт тадбирларини талаб даражасида 
ўтказишга доир ҳукумат идоралари, “Талаба” спорт уюшмасининг Низомига эътиборни кўпроқ 
қаратишлари зарурдир. 
 
SPORTCHI QIZLAR ORGANIZMIGA ME’YORLI YUKLAMALARNING TA’SIRI 
Kadirov.Sh.N., 
o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
 
Qizlarni sportga jalb etish, ularning ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish mamlakatimizda sportni rivojlantirishining muhim yo’nalishlaridandir. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish 
to’g’risida” Qarori (2018 yil 5 mart) aholi keng qatlami o’rtasida ma’nan va ahloqan komil inson bo’lishga va 
sog’lom turmush tarzini yuritishga intilishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, qizlarni sport bilan 
muntazam shug’ullanishga jalb etish asosiy vazifalardan biri deb belgilab quyildi. Mamlakat miqyosida 
sportning ommaviyligini ta’minlash, bolalar sportini, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratilishida eng ezgu – O’zbekiston farzandlarining sog’lom dunyoga kelishi, ulg’ayishi, tarbiya 
topishi va pirovard maqsadda millat genofondini yaxshilash maqsadi mujassam. Sport-qizlar salomatligini 
mustahkamlash bilan birga ularning dunyoqarashini kengaytirib, tibbiy madaniyatini yuksaltirmoqda. 
Mashg’ulotlarda toblangan qizlar oila, jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini teran anglab, sog’lom va baxtli 
turmush qurmoqda. 
Zamonaviy ilmda tashqi muhit, ichki muhit va faoliyatlarining o‘zgarishlariga nisbatan ayollar 
organizmida amalga oshiriladigan adaptatsiya, ya’ni moslashuv jarayonlarining xususiyatlari yetarlicha 
o‘rganilmagan. Demak, ayollarning sportning og‘ir turlari bilan shug‘ullanishi davrida ular organizmlarida 
kechadigan nihoyatda shiddatli spetsifik moslashuv jarayonlarining ayollarning qadimgi tabiiy biologik 
faoliyatlarini bajarish xususiyatlariga ta’siri va oqibatlari borasida fikr yuritish uchun ilmiy asos yaratilmagan. 
Ayollarning erkaklarga xos sportning og‘ir turlari bilan shug‘ullanishiga ijobiy yoki salbiy baho berishdan 
oldin, erkaklar va ayollar organizmlarining tabiiy xususiyatlari va biologik vazifalari orasidagi tafovutlar, ya’ni 
jinsiy dimorfizmga xos bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. 
Oliy darajali sport ayollarni ayniqsa, sportchi qizlarni tayyorlash maqsadida ular organizmining 
xususiyatlariga nomuvofiq darajada jismoniy kuchlanishlar berilishi ichki a’zolarning rivoji, tuzilishi va 
faoliyatiga, jumladan, ularning nasl keltirish imkoniyatlariga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Shiddat bilan 
bajariladigan urish, urilish, sakrash, turtkilash kabi ta’sirotlar natijasida inertsion kuchlar shakllanib, natijada 
ichki a’zolar faoliyatiga ta’sir o’tkazishi mumkin. Ayollarda erkak sportchilarga nisbatan adaptatsiya - 
moslashuv jarayoni turli tizimlarda juda tejamli o‘tadi. A’zolarning adaptatsiyasi plastik ravishda o‘tadi. 
Ayollarning eng zaif va ojiz bo‘lgan tizimi - nerv yoki asab tizimidir. Sportning o‘zi ayniqsa musobaqalar 
davri, bu juda katta stress hisoblanib, juda kuchli psixoemotsional zo‘riqishlarga olib keladi. Demak, ayollar 
organizmi tashqi muhit ta’sirotlariga biologik nuqtai nazardan chidamli bo’lishiga qaramasdan, ba’zi 
yuklamalar erkaklar uchun yengil bo’ladi. 
O‘tkazilayotgan yirik jahon musobaqalar va chempionatlarda, Olimpiada o‘yinlarida sportchi qizlar 
yigitlar bilan birgalikda ishtirok etib, oliy sport sovrinlarini olishda kurashib kelmoqdalar.Olimpiada 
o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi qizlar tomonidan qozonilgan rekordlar esa erkaklarning sport ustozlari 
darajasiga muvofiq bo’lib, erkaklar uchun ishlab chiqilgan normativ talablariga javob beradi. Gimnastika, 
voleybol, tennis, suzish, kurash va boshqa sport turlaridan birinchiliklarni egallagan qizlarimiz O‘zbekiston 
sportini Osiyo va Xalqaro chempionatlarida sharaf bilan himoya qilishda ishtirok etadilar. 
Shubhasiz, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri tashkil etilgan jarayonning natijasida har 
taraflama jismoniy barkamollik va ayniqsa ayollarda salomatlikning shakllantirish ta’minlanadi. Faol 
harakatchanlik qon aylanish, nafas olish, modda almashinuv jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, organizmda 
yog’lar va uglevodlarning parchalanishiga, organizmning himoya imkoniyatlarini oshirishga, yoshga qarab 



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish