“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
109
mehnat faoliyatini faollashtirish.
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’liqni mustahkamlash va sportda muvafaqqiyat qozonish uchun
jismoniy va ma’naviy-irodaviy sifatlarning asosiylarini rivojlantirish kerak bu yengil atletika tayyorgarligining
muhim qismidir. Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish- eng avvalo sportchining
har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish jarayonidir. Kelajakda yosh sportchilarning yuqori natijalar
ko’rsatishlari uchun yaxshi jismoniy tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Shunga ko’ra jismoniy tayyorgarlik
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikga bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda sportchining har tomonlama rivojlanishi, ya’ni harakatlanish
apparatini rivojlantirish, organism va tizimlarni mustahkamlash, ularning funksional imkoniyatlarini oshirish,
boshqara olish qobilyatini yaxshilash, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshirish,
qomat va tana tuzilishidagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil harakat
faoliyatida qatnashuvchi organism a’zolari vatizimlari hamda tana qismlariga jismoniy mashqlar yordamida
muntazam ta’sir etib turish zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga
qarab, sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, barcha organ va tizimlarini yuqori darajada
rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun, tabiiyki, sportcha yurishga xos mashqlar va maxsus mashqlardan
foydalaniladi. Bundan tashqari sportcha yurishda maxsus chidamlilik ham darkor. Agar musobaqalashganda
qaysi bir sportchilarning chidamliligi yuqori darajada bo’lsa, ushbu sportchi har qanday holatda ham g’olib
bo’ladi. Shuning uchun sportchi jismoniy tayyorgarlik davrida chidamkorlilikni oshirishga alohida e’tibor
berishi darkor.
Sportcha yurish bilan o’quvchilar, talaba- yoshlar balki kata yoshdagi kishilar ham shug’ullanishi kerak.
Bu sport turi inson salomatligini tiklashga, mustahkamlashga yordam beradi. Ya’ni inson sportcha yurish bilan
shug’ullanganda a’zoi- badanidagi qariyb barcha muskullar ishlaydi, organizmdagi qon-tomirlar, nafas olish va
boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinuvi ortadi. Jismoniy mashq sifatida sportcha
yurishning salomatlik uchun juda ko’p foydasi bor. Sportcha yurish bilan shug’ullangan insonning ichki
organlar va sistemalari mustahkamlanadi, ularning ishqobilyati oshadi, kuchni va ayniqsa chidamlilikni
rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, irodali bo’lishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |