O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#45523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan siyosiy iqtisodiy va madaniy aloqalari


III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI 

MADANIY ALOQALAR. 

3.1. O‘zbekiston va Xitoyning madaniy sohadagi hamkorlik aloqalari 

O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasidagi  madaniy  aloqalar  qadimdan  ―Buyuk 

ipak‖ yo‗li orqali rivojlangan. 

Mustaqillik  yillarida  ikki  davlat  rahbarlarining  bir  necha  marta 

uchrashuvlari  bo‗lib,  ularni  O‗zbekiston-Xitoy  o‗rtasidagi  milliy  aloqalarni 

yanada  kengaytirish  bo‗yicha  ko‗plab  bitimlar  imzolandi. Jumladan,  o‗zbek  va 

xitoy xalqlari  o‗rtasidagi do‗stona munosabatlarning qaror topishi va madaniy-

ma‘rifiy sohadagi hamkorlik kengayishi, bu ikki millat urf-odatlaridagi umumiy 

o‗hshashlikka ham bog‘liqdir. 

Ikki yil muqaddam O‗zbekiston Xalqaro ma‘naviy-ma‘rifiy aloqalar Milliy 

assosatsiyasi  rahnamoligida  Toshkent  viloyati  bilan  Shansi  viloyatida  hamda 

Navoiy  Chjochju  shaharlari  birodarlashib, xalq  diplomatiyasiga  ham  keng  yo‗l 

ochildi.  O‗zbekiston  va  Xitoy  rahbarlarining  oliy  darajadagi  uchrashuvlari 

chog‘ida  shular  ma‘lum  bo‗ldiki,  ikki  davlatning  tashqi  siyosatida  umumiy 

maqsadlar  va  uyg‘un  jihatlari  ko‗p  ekan.  Osiyoda  shuningdek,  butun  jahonda 

tinchlik  va  barqarorlikni  ta‘minlash  yo‗li,  barcha  mamlakatlar  bilan  o‗zaro 

manfaatli  aloqalarni  rivojlantirish  siyosati,  hech  bir  siyosiy  guruh  yoki  xarbiy 

blokka  a‘zo  bo‗lmagan  holda  tinchlik  uchun  kurashish  O‗zbekiston  va  Xitoy 

davlatlari tashqi siyosatining bosh yo‗nalishidir.

65

 



1998  yil  fevralda  O‗zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovning  ―O‗zbekiston  

XXI  asr  bo‗sag‘asida  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 

kafolatlari‖  nomli  kitobi  Xitoyning  ―Xalqaro  madaniyat‖  Davlat  nashriyoti 

tomonidan  bosmadan  chiqarildi.  Bu  esa  Xitoy  xalqini  istiqlol  tufayli 

O‗zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar, demokratik davlat barpo  etish 

borasida  yuz  berayotgan  tarixiy  o‗zgarishlar  bilan  yaqinroq  tanishtirishda 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

                                                           

65

 Каримбеков Қ. Мўъжизалар диѐри. Ишонч. 1997 й. 29 сон 11 март 



58 

 

Ikkala madaniyat o‗rtasidagi fan, ta‘lim sohasidagi aloqalar ham rivojlanib 



bormoqda. 2002 yilda ―O‗zbekiston XXR ning fan va texnika kunlari‖ doirasida 

Toshkentda  yuqori  texnologiyalar  sohasida  xitoylik  olimlarning  yutuqlari  va 

kashfiyotlari bo‗yicha ko‗rgazma o‗tkazildi. 

Madaniy  aloqalarni  taraqqiy  ettirish  borasida  2004  yilning  11-15  iyun 

kunlari  yurtimizda  ―Xitoy  madaniyati  kunlari‖  bo‗lib  o‗tdi.  Shuningdek, 

Xitoyda ―O‗zbekiston madaniyati‖ kunlari o‗tkazildi.

66

 

So‗nggi  yillarda  Xitoy  olimlarining  Markaziy  Osiyo  davlatlari  tarixi  va 



madaniyatini  o‗rganishga  bo‗lgan  qiziqishi  ortib  bormoqda.  Ularning  ishlarida 

O‗zbekistonning ichki ijtimoiy-siyosiy hayotida kechayotgan jarayonlarni ilmiy 

yo‗nalishda tadqiq qilish alohida o‗rin tutadi. 

O‗zbek  va  xitoy  xalqlari  o‗rtasida  mushtaraklik  ko‗p.  Har  ikki  xalq 

mehnatkash,  samimiy,  ochiqko‗ngil  va  bag‘rikeng.  Yurtimizda  o‗tgan  xitoy 

madaniyati  kunlarida  ana  shu  jihatlar  yana  bir  karra  namoyon  bo‗ldi. 

Mamlakatimiz  istiqbolga  erishgandan  keyin  ikki    mamlakat  o‗rtasida  barcha 

sohalarda  aloqalar  yangi,  yuksak  pog‘onaga  ko‗tarildi.  Prezidentimiz 

I.A.Karimovning  Xitoy  Xalq  Respublikasiga,  Xitoy  rahbarining  yurtimizga 

tashrifi o‗zaro hamkorlikning istiqbolli yo‗nalishlarini belgilab berdi. 

Xitoy  madaniyati  kunlari  doirasida  O‗zbekiston  Badiiy  akademiyasi 

Markaziy  ko‗rgazmalar  zali  va  zamonaviy  san‘at  markazida  mazkur  yurt 

musavvirlari va fotoustalarining ko‗rgazmalari ochildi. Ko‗rgazmada namoyish 

etilgan yuzdan ziyod asarda Xitoyning bugungi hayoti, tabiati, tarixiy obidalari, 

milliy an‘analari, urf-odati, turmush tarzi o‗z ifodasini topgan. 

Xalqlarni  bir-biriga  yaqinlashtirishda  musiqa  san‘atining  qudrati  beqiyos, 

―Turkiston‖  saroyi,  O‗zbekiston  Davlat  konservatoriyasi,  Alisher  Navoiy 

nomidagi  Davlat  akademik  katta  teatrida  namoyish  etilgan  kontsertlarda  bu 

yana bir bor o‗z aksini topdi. 

                                                           

66

 Файзиев О. Ўзбекистон-Ҳамкорлик йўлида. Фидокор. 2004й. 18 июнь 



59 

 

O‗zbekistonda  Xitoy  madaniyati  kunlari  voqealarga  boy,  sermazmun, 



bayramona  ruhda  o‗tgani  tadbirni  yopilish  marosimiga  bag‘ishlangan  kechada 

alohida  ta‘kidlandi.  Madaniyat  kunlari  yakunlangan  bo‗lsa-da  xalqlarimiz 

o‗rtasidagi  har  tomonlama  aloqalar  tobora  mustahkamlanib  boraverishiga 

shubha yo‗q. 

2004  yil  14-16  iyun  kunlari  XXR  Raisi  Xu  Tszintao  davlat  tashrifi  bilan 

O‗zbekistonda  bo‗ldi.  Ikki  davlat  rahbarlari  madaniy  aloqalarni  yanada 

yaqinlashtirishga e‘tibor qaratdilar. 

O‗zbekiston  va  Xitoy  ilm-fan,  madaniyat,  ta‘lim,  sayyohlik,  sport, 

sog‘liqni  saqlash  kabi  sohalarda  ham  aloqalarni  rivojlantirishdan  manfaatdor. 

Muloqot  chog‘ida  bu  yo‗nalishlardagi  hamkorlikni  har  tomonlama 

rag‘batlantirib borishga kelishib olindi. 

Mamlakatlarimiz    o‗rtasidagi  hamkorlikni  rivojlantirish  borasida  talay 

ishlar  qilindi.  Lekin  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‗lgan  vazifalar  bundanda 

salmoqli.  Prezident  Islom  Karimov  O‗zbekiston  Xitoyni  ulkan  salohiyatga, 

beqiyos  madaniy  meros  va  boy  tarixga,  yuksak  nufuzga  ega,  oldiga  qo‗yilgan 

maqsadlar  sari  og‘ishmay  barqaror  rivojlanish  yo‗lidan  borayotgan  qo‗shni 

davlat deb bilishini ta‘kidladi. 

2005 yil 18 iyulda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov XXR 

Davlat  kengashi  rahbarining  o‗rinbosari  Un  xonimni  qabul  qildi.  Ikki  davlat 

o‗rtasida madaniy aloqalarni kengaytirish bo‗yicha fikr bildirildi. 

Ijtimoiy-madaniy  aloqalar  ham  muntazam  rivojlanib  bormoqda.  Xitoy 

vakillari  ―Sharq  taronalari‖  xalqaro  musiqa  festivalida,  O‗zbekiston  folklor 

jamoalari Pekinda o‗tadigan yillik xalqaro madaniyat va sayyohlik festivallarida 

qatnashib kelmoqdalar. O‗tgan yili Toshkent va Samarqandda Xitoy madaniyati 

kunlari bo‗ldi. 

2005  yilda  esa  Pekin  va  Shanxayda  O‗zbekiston  madaniyat  kunlari 

o‗tkazildi. 


60 

 

2004 yilda 100 nafarga yaqin o‗zbek o‗qituvchilari axborot texnologiyalari 



bo‗yicha  Shanxayda  malaka  oshirib  qaytishdi. 2003  yilning  yanvarida  Pekinda 

xitoylik  etakchi  ekspertlar  tomonidan  yozilgan  O‗zbekiston  to‗g‘risidagi  yangi 

kitobning taqdimoti o‗tkazildi. 

2005 yil may oxirida O‗zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari bo‗lib o‗tdi. 

17-24  may  kunlari  esa  Xitoyning  Shanxay  shahrida  O‗zbekiston  madaniyati 

kunlari  o‗tkazildi.  Unda  rassomlar  ko‗rgazmalari  va  konferentsiyalar  bo‗lib 

o‗tdi. 

Xitoy  o‗zining  uzoq  asrlik  tarixiga  ega.  Tsivilizatsiyaning  ilk  o‗choqlari 



ham Xitoyda yongan

67



Ikki  davlat  o‗rtasida  madaniy  aloqalarning  kengayishida  Xitoy  tilini 

o‗rganishning  ahamiyati  kattadir.  Shu  maqsadda  o‗zbek  xitoy  munosabatlarini 

rivojlantirishda  yosh  tilshunos  mutaxassislarni  tarbiyalash  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham  sharqshunos  mutaxassislarni  tayyorlovchi  oliy 

o‗quv yurtlarining ahamiyati ortib bormoqda. 

2004 yilda Zamonaviy san‘at muzeyida Xitoy madaniyat kunlari doirasida 

xitoylik  fotosurat  ustalarining  ―Suratlarda  aks  etgan  xitoy‖  badiiy  foto 

ko‗rgazmasi  ochildi.  Unda  40  dan  ziyod  xitoylik  suratkashlarning  ishlar  joy 

olgan. 

Ko‗rgazma Toshkentda birinchi marta namoyish qilinishiga qaramay, turli 



tanlovlar  orqali  muxlislar  ortirgan.  2002  yil  bo‗lib  o‗tgan  Toshkent  xalqaro 

badiiy  fotografiya  ko‗rik  tanloviga  ―Bizning  qadrli  nuroniylarimiz‖  mavzusida 

o‗zlarining  tanlangan  suratlarini  yuborishgan  va  sovrindorlar  qatoridan  joy 

olishgan. 

Xitoy  ham  O‗zbekiston  kabi  ulkan  tarix,  madaniy  meros,  asori-atiqalarga 

boy  davlat.  Prezident  Islom  Karimov  Pekinga  tashrifi  chog‘ida  ziyorat  qilgan 

―Gugun‖imperator saroyining o‗zi ajoyib tarixiy va madaniy merosdir. Saroyni 

kuzatar  ekan,  kishi  yodiga  beixtiyor  Samarqanddagi  muxtasham  Registon 

                                                           

67

 Usmonova N. Yurtimizda Xitoy madaniyati kunlari. Fidokor. 2004 yil 15 iyun 



61 

 

majmui,  Buxorodagi  purvikor  arq  yo  maftunkor  Sitorai  Mohi  Xosa,  Xivadagi 



Ichon qal‘a tushadi. 

Bular  tariximiz,  madaniyatimiz  mushtarak  jihatlarga  ega  ekanligidan 

dalolat  beradi.  ―Sharq  falsafasi‖,  ―Sharq  madaniyati‖,  ―Sharq  an‘analari‖ 

deganda,  ham  o‗zbek,  ham  xitoyning  qadriyatlari  nazarga  olinishini  bunday 

misollarda xis etish mumkin. 

Davlat  rahbarlarining  qadimiy  va  hamisha  navqiron  Samarqandga  safari 

chog‘ida XXR Raisi Buyuk Ipak yo‗lida joylashgan mamlakatlarimizni azaldan 

mustahkam tarixiy rishtalar bog‘lab turganiga yana bir bor amin bo‗ldi. 

Tomonlar  o‗rtasida  hamfikrlar,  amaliy  va  o‗zaro  ishonch  ruhida  o‗tgan 

muzokara va muhokamalar natijalari ko‗rib chiqilgan deyarli barcha masalalar, 

birinchi  navbatda,  mintaqaviy  va  xalqaro  muammolar  yuzasidan  pozitsiyalar 

mushtarak va o‗xshashligini namoyon qildi. 

Xitoy  rahbariyatining  har  tomonlama  puxta  o‗ylangan  va  vazmin  siyosiy 

yo‗lni,  uning  yagona  Xitoy,  jumladan,  Tayvan  va  Tibet  bo‗yicha  printsipial 

pozitsiyasini,  ―uch  yovuz  kuch‖-  terrorizm,  ekstremizm  va  ayirmachilikka 

qarshi olib borayotgan murosasiz kurashni O‗zbekiston qat‘iy va izchil qo‗llab-

quvvatlaydi. 

O‗zbekiston  Xitoyning  suv-  energetika  muammolari  borasidagi  amaliy 

pozitsiyasini yuksak baholaydi. 

Mamlakatlarimiz  o‗rtasida  madaniyat,  fan  va  texnika  sohalaridagi 

hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. 2003 yilda Xitoyning Chanchun shahrida 

o‗tgan  VI  jahon  xaykaltaroshlari  forumi  doirasida  buyuk  miniatyurachi 

Kamoliddin Behzod haykali ochildi. 

O‗zaro 


madaniy 

–gumanitar 

munosabatlarni 

mustahkamlashda 

―O‗zbekiston-Xitoy‖  va  ―Xitoy  Xalq  Respublikasi-Markaziy  Osiyo 

mamlakatlari‖ do‗stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 



62 

 

2013  yil  15  may  kuni  Shanxay  universiteti  xuzuridagi  ShHT  Jamoat 



diplomatiyasi  ilmiy  tadqiqot  institutida  O‗zbekiston  tadqiqotlari  va  ta‘lim 

almashuvlari markazi ochildi. 

2011  yilda  Pekin  va  Sian  shaharlarida  O‗zbekiston  madaniyati  xaftaligi, 

2012  yilda  Toshkent  va  Samarqandda  Xitoy  madaniyati  xaftaligi  o‗tkazildi. 

2013  yilda  Xitoyning  bir  qator  yirik  shaharlarida  ―O‗zbekistonning  taniqli 

rassomlari asarlari‖ badiiy ko‗rgazmasi tashkil etildi. 

Mamlakatimiz madaniyat va san‘at namoyandalari O‗zbekiston va Xitoyda 

o‗tadigan barcha yirik madaniy tadbirlarning doimiy ishtirokchilaridir. Xususan, 

Xitoy  san‘atkorlari  har  ikki  yilda  Samarqandda  o‗tadigan  ―Sharq  taronalari‖ 

xalqaro musiqa festivalida muntazam va faol qatnashib kelmoqda. 

Ta‘lim  sohasida  xukumatlar  va  idoralararo,  jumladan,  o‗zbek  va  xitoy 

tillarini o‗rganish doirasida talaba va stajyorlar almashish tobora ko‗paymoqda. 

Ikki  tomonlama  kelishuvga  muvofiq  va  ShHT  doirasida  XXR  xukumati 

2013-2014  o‗quv  yilida  o‗zbekistonlik  120  talaba  va  stajyorga  grant  ajratdi. 

Konfutsiy  nomidagi  institut  orqali  Lanchjou  universitetida  o‗zbekistonlik 

etmishga yaqin talaba tahsil olmoqda. 

Samarqand shahrida Konfutsiy institutini tashkil etish bo‗yicha o‗tgan yili 

imzolangan  hamkorlik to‗g‘risidagi bitim ta‘lim sohasidagi  o‗zaro hamkorlikni 

yanada faollashtirishga xizmat qiladi. 

Toshkent  va  Shanxay,  Samarqand  va  Sian,  Navoiy  va  Chjuchjou 

shaharlari,  Toshkent  viloyati  va  Xunan  provintsiyasi,  Samarqand  viloyati  va 

Shansi provintsiyasi  o‗rtasida birodarlik aloqalari  o‗rnatilganini ham ta‘kidlash 

joiz.

68

 



Shuningdek, davlatimiz madaniyat va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni ham 

izchil rivojlantirmoqda. 

O‗zaro madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda ―O‗zbekiston-Xitoy‖ 

va ―Xitoy Xalq Respublikasi-Markaziy Osiyo mamlakatlari‖ do‗stlik jamiyatlari 

                                                           

68

 Ўзаро ишонч ва манфаатдорлик-стратегик шерикликнинг асосий тамойиллари. Халқ сўзи. 2014 й. 20 



август 

63 

 

muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  2013  yilning  may  oyida  Shanxay  universiteti 



xuzurida  ShHT  Jamoat  diplomatiyasi  ilmiy  tadqiqot  institutida  O‗zbekiston 

tadqiqotlari va ta‘lim almashinuvlari markazi ochildi. 

O‗zbekiston  madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  hamda  XXR  Madaniyat 

vazirligi  o‗rtasidagi  2014-2017  yillarga  mo‗ljallangan  madaniy  almashuvlar 

dasturi  madaniyat  yo‗nalishidagi  o‗zaro  hamkorlikni  yanada  kengaytirishda 

muhim dasturilamal bo‗layapti. Masalan, 2011 yilda Pekin va Sian shaharlarida 

O‗zbekiston  madaniyati  xaftaligi,  2012  yilda  Toshkent  hamda  Samarqandda 

Xitoy  madaniyati  xaftaligi  o‗tkazildi.  2013  yil  Xitoyning  bir  qator  yirik 

shaharlarida  ―O‗zbekistonning  taniqli  rassomlari  asarlari‖  badiiy  ko‗rgazmasi 

tashkil qilindi. 

Ta‘lim sohasida davlat hamda idoralararo darajadagi, shu jumladan, o‗zbek 

va  xitoy  tillarini  o‗rganish  bo‗yicha  talabalar  hamda  amaliyotchilar 

almashinuvlarining ko‗lami kengayib bormoqda. 2005 yil Toshkentda ochilgan 

Konfutsiy institutida har yili 350 nafardan ziyod tinglovchi tahsil oladi. 

Samarqand  davlat  chet  tillar  instituti  huzurida  ikkinchi  Konfutsiy instituti 

faoliyat ko‗rsatayapti. 

2010  yilning  iyunida  e‘tiboran  XXR  Millatlar  markaziy  universitetida 

o‗zbek tili bo‗limi ish olib bormoqda. 2012-2013 o‗quv yilidan boshlab Pekin 

chet tillar universitetida o‗zbek tili o‗qitilishi yo‗lga qo‗yildi. 

Tomonlar  sayyohlik  sohasidagi  hamkorlikka  ham  alohida  e‘tibor 

qaratmoqda.  2010  yildan  O‗zbekiston  Respublikasiga  xitoylik  sayyohlarning 

guruh-guruh  bo‗lib  sayohat  qiladigan  turistik  mamlakat  makomini  berish 

jarayoni  boshlandi.  2013  yilning  noyabr  oyida  ikki  mamlakat  xukumatlari 

o‗rtasidagi  imzolangan  sayyohlik  sohasidagi  hamkorlik  to‗g‘risidagi  bitim  bu 

yo‗nalishdagi  aloqalarni  yanada  kengaytirishga  xizmat  qilayapti.  Xitoylik 

turoperatorlar  muntazam  ravishda,  shu,  jumladan,  ―Mega-info-tur‖  dasturi 

doirasida ham O‗zbekistonga kelishmoqda.

69

 



                                                           

69

 Ўзаро манфаатли алоқаларни мустаҳкамлаш йўлида. Халқ сўзи. 2015й. 3 сентябр 



64 

 

O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 



diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm, norkobiznes, noqonuniy qurol savdosiga 

qarshi hamkorlik yo‗lga qo‗yilgan. 

Toshkent  shahrida  Shanxay  Hamkorlik  Tashkilotining  mintaqaviy 

aksilterror  tuzilmasi    (MATT)  faoliyat  ko‗rsatmoqda.  Bu  yil  Shanxay 

Hamkorlik  Tashkilotining  tuzilganiga  15  yil  to‗ladi.  Shanxay  Hamkorlik 

Tashkilotiga  joriy  yilda  O‗zbekiston  raislik  qilmoqda.  Shanxay  Hamkorlik 

Tashkilotining yubiley Sammiti Toshkent shahrida o‗tkaziladi. 

 

3.2. Ta’lim sohasida olib borilayotgan hamkorlik 

Ta‘lim  sohasida  o‗zbek  va  xitoy  tillarini  o‗rganish  doirasida  hukumat  va 

idoralararo  yo‗li  bo‗yicha  talabalar  va  stajorlar  almashinuvi  kengaytirilmoqda. 

Toshkentdagi  Konfutsiy  institutida  har  yili  350  dan  ortiq  tinglovchi  ta‘lim 

olmoqda.  2010-yil  iyunda  XXR  Markaziy  millatlar  universitetining  Markaziy 

Osiyo  xalqlari  tillari  va  rus  tili  fakultetida  o‗zbek  tili  bo‗limi  ochildi.  2012-

2013-o‗quv  yilidan  boshlab  Pekin  chet  tillari  universitetida  o‗zbek  tili  o‗qitish 

yo‗lga qo‗yildi. 

       Ikki  tomonlama  kelishuvlarga  asosan  va  ShHT  doirasida  XXR  hukumati 

2013-2014-o‗quv  yillari  uchun  O‗zbekistondan  120  talaba  va  stajorlarga 

grantlar  ajratdi.  Konfutsiy  instituti  orqali  Lanchjou  universitetida  yetmishga 

yaqin o‗zbek talabalari ta‘lim olmoqda. 

       2013-yilda  imzolangan  Samarqandda  ham  Konfutsiy  instituti  ochilishini 

ko‗zda  tutadigan  hamkorlik  kelishuvi  ta‘lim  sohasidagi  o‗zaro  harakatlarni 

yanada  yanada  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Tomonlar  turizm  sohasida 

hamkorlikka  alohida  e‘tibor  qaratadilar.  2010-yildan  boshlab  Xitoylik 

sayohatchilar  uchun  O‗zbekistonning  turistik  jozibadorligini  ko‗rsatish  uchun 

ish  boshlandi.  Mamalakatimizning  turizm  sohasidagi  salohiyati  ―China 

Outbound  Travel  &  Tourism  Market-2013‖  (Pekin,  aprel)  va  ―WTF-2013‖ 

(Shanxay,  may)  xalqaro  professional  turizm  yarmarkalarida  namoyish  qilindi. 



65 

 

Shuningdek, Toshkent  va  Shanxay, Samarqand  va  Sian, Navoiy  va Chjuchjou, 



Toshkent  viloyati  va  Xunan  provinsiyasi,  Samarqand  viloyati  va  Shensi 

provinsiyalari o‗rtalarida birodarlik aloqalari o‗rnatilganining muhimligini qayd 

qilish  zarur.  Islom  Karimov  va  Si  Szinpin  muzokaralari  natijalari  bo‗yicha 

O‗zbekiston  Respublikasi  va  Xitoy  Xalq  Respublikasi  o‗rtasida  qo‗shma 

deklaratsiya  imzolandi.  Shuningdek,  energetika,  yuqori  texnologiyalar,  bank-

moliya sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash malakatlarimiz o‗rtasida texnik-

iqtisodiy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirishga  yo‗naltirilgan  qator  hujjatlar 

imzolandi. 2014-2018-yillarda strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish 

dasturi qabul qilindi. 

       Islom  Karimov  va  Si  Szinpin  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  bilan 

uchrashuvda  muzokaralar  o‗zaro  hurmat,  ishonch  va  manfaatdorlik  muhitida 

o‗tganini  va  tomnlarning  muhokama  qilingan  masalalar  bo‗yicha  qarashlari, 

fikrlari  o‗xshash  va  yaqinligini  bildirdilar.  Erishilgan  kelishuvlar  o‗zbek-xitoy 

munosabatlarini  yanada  rivojlantirishga  va  ikki  davlat  xalqlarining  farovonlik 

darajasini  oshirishga  yordam  berishi  alohida  qayd  qilindi.  Tomonlar  ushbu 

tashrif  o‗zbek-xitoy  munoosabatlari  tarixida  navbatdagi  muhim  bosqich 

bo‗lishini  ta‘kidlab,  iqtisodiyot,  energetika,  moliya,  investitsiya,  yuqori 

texnologiya  sohalarida  hamkorlikni  yanada  rivojlantirishga,  o‗zaro  tovar 

aylanmasi hajmlarini oshirishga tayyorliklarini bildirdilar. 

       2014-yil  15-iyulda  Toshkentda  hamkorlik  bo‗yicha  hukumatlararo  o‗zbek-

xitoy  qo‗mitasi  savdo-iqtisodiy  hamkorlik  bo‗yicha  kichik  qo‗mitasining 

navbatdagi  yig‗ilishi  bo‗lib  o‗tdi.  Tadbirda  O‗zbekiston  va  Xitoyning  vazirlik 

va  idoralari,  kompaniya  va  konsernlarining  tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  bank-

moliya,  savdo-sanoat,  investitsiya,  iqtisodiyot,  neft-gaz,  kimyo,  energetika 

sohasi,  qishloq  va  suv  xo‗jaligi,  transport  va  transport  kommunikatsiyalari, 

axborot  texnologiyalari,  qurilish,  oziq-ovqat  sohasi,  geologiya,  farmasevtika 

sohalari ma‘sul vakillari qatnashdilar. 


66 

 

       O‗zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  alaoqalr  vaziri  E.  G‗aniyev 



alohida  qayd  qildiki,  O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasida  hamkorlik  barcha 

yo‗nalishlar  bo‗yicha  izchillik  bilan  rivojlanashiga  ikki  davlat  rahbarlarining 

uchrashuvi  vaqtida  erishilgan  kelishuvlar  huquqiy  asos  hisoblanadi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2014-yil  maydagi 

Osiyo ishonch choralari va o‗zaro faoliyat bo‗yicha kengashining IV sammitida 

ishtiroki va XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi mamlakatlarimiz o‗rtasidagi 

strategik hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi. 

       Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‗rtasidagi aloqalar do‗stlik va hamkorlik, 

sheriklik  to‗g‗risidagi  shartnoma,  strategik  sheriklikni  o‗rnatish  to‗g‗risidagi 

qo‗shma  deklaratsiya  va  ikki  tomonlama  strategik  sheriklik  munosabatlarini 

yanada  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  to‗g‗risidagi  qo‗shma  deklaratsiya 

asosida izchillik bilan rivojlanmoqda. 2011-yilda ta‘sis qilingan hukumatlararo 

o‗zbek-xitoy  qo‗mitasi  qo‗shma  savdo-iqtisodiy  va  investitsiya  aloqalarini, 

xavfsizlik  sohasida  o‗zaro  faoliyat,  madaniy-ijtimoiy,  energetika,  transport  va 

ilmiy-texnik rivojlantirishga yordam beradi. 

       O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasida  iqtisodiy  sohada  eng  qulay  tartib  amal 

qilmoqda.  O‗zaro  savdo  hajmi  doimo  ko‗paymoqda.  2014-yil  yanvar-may 

oylarida ushbu ko‗rsatkich 2,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. O‗zbekistonda xitoy 

sarmoyasi  ishtirokida  tashkil  qilingan  482  ta  qo‗shma  korxona  hamda  xitoy 

kompaniyalarining yetmishdan ortiq vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 

       Xitoylik  tadbirkorlar  mamlakatimizda  tashkil  qilingan  qator  iqtisodiy 

zonalarda  faol  harakat  qilmoqdalar.  Jumladan,  bu  yilda  ―Jizzax‖  maxsus 

industrial zonasida 50 mln. dollarlik to‗g‗ridan to‗g‗ri sarmoyalar ishtirokida 15 

dan  ziyod  qo‗shma  loyihalarni  amalga  oshirish  ko‗zda  tutilgan.  Anjumanda 

―Navoiy‖,  ―Angren‖  va  ―Jizzax‖  iqtisodiy  zonalaridagi  imkoniyatlar  va 

imtiyozlar to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar taqdim qilindi.

70

 

                                                           



70

 

http://mvd.uz/kalendar/item/ozbekiston-xitoy-strategik-sheriklik-va-dostlik-munosabatlarini-yanada-



rivojlantirish-yolida2 

67 

 

       XXR  bilan  hamkorlik  yonilg‗i-energetika  kompleksida  ham  izchil 



rivojlanmoqda.  Markaziy  Osiyo-Xitoy  gaz  quvurining  to‗rt  tarmog‗i  ham 

O‗zbekiston  hududidan  o‗tishi  o‗zaro  ishonch  va  o‗zaro  foydali  sheriklikning 

yuqori darajasi to‗g‗risida dalolat beradi. 

       Xitoy  kompaniyalari  mamlakatimizda  geologik  qidiruv  va  uglevodorod 

konlarini  qazishda  ishtirok  qiladilar.  Xitoy  milliy  neft-gaz  kompaniyasi 

Muborak  gaz-kimyo  kompleksi  bazasida  tabiiy  gazni  chuqur  qayta  ishlash 

bo‗yicha loyihani amalga oshirish bilan shug‗ullanadi. 

       Yig‗ilishda  qayd  qilinganidek,  ikki  davlat  rahbarlari  uchrashuvi  vaqtida 

erishilgan  ikki  davlat  manfaatlarini  ta‘minlashga  yo‗naltirilgan  kelishuvlarni 

bajarilishini ta‘minlash uchun keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

       Xitoy  Xalq  Respublikasi  savdo-sotiq  vazirining  yordamchisi  Chjan 

Syanchenning  fikricha,  O‗zbekiston-Xitoy  o‗rtasida  savdo-iqtisodiy  hamkorlik 

uzluksiz  rivojlanmoqda.  Bu  qo‗mitaning  faoliyati  oliy  darajadagi  uchrashuvlar 

jarayonida  erishilgan  kelishuvlarni  bajarilishi,  qo‗shma  loyihalarni  ishlab 

chiqish va amalga oshirishni muhokama qilish uchun qulay sharoitlar yaratadi. 

       Anjumanda  investitsiyaviy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  ―Angren‖ 

maxsus  industrial  zonasida  avtomobillar  uchun  shina  va  qishloq  xo‗jalik 

texnikasi  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  o‗zaro  foydali  qo‗shma  loyihani  amalga 

oshirish,  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasini  rivojlantirish  masalalari  batafsil 

muhokama  qilindi.  Neft  va  gaz,  kimyo  sanoati,  qishloq  xo‗jaligi,  qurilish 

materiallari  ishlab  chiqarish,  avtomobilsozlik  sohalarida  hamkorlikni  yanada 

kengaytirish bo‗yicha fikr almashildi. 

       7-jadvalda  O‗zbekiston  Respublikasining  Xitoy  Xalq  Respublikasi  bilan 

2000-2013-yillar davridagi tashqi iqtisodiy faoliyati ko‗rsatilgan. 

       7-jadval  tahlili  shuni  ko‗rsatadiki,  O‗zbekiston  Respublikasining  Xitoy 

Xalq  Respublikasi  bilan  tashqi  iqtisodiy  faoliyati  yildan  yilga  ko‗paymoqda. 

Tashqi  savdo  aylanmasi  2000-yilda  95,4  mln.  AQSh  dollarini  tashkil  qilgan, 

2013-yilda  esa  bu  ko‗rsatkich  5200,0  mln.  AQSh  dollarini  tashkil  qildi  yoki 



68 

 

54,5  marta  ko‗paydi.  Eksport  2000-yilda  22,4  mln.  AQSh  dollarini  tashkil 



qilgan, 2013-yilda esa bu ko‗rsatkich 2548,0 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, 

ya‘ni  113,7  marta  oshdi.  Import  2000-yilda  73,0  mln.  AQSh  dollariga  teng 

bo‗lgan bo‗lsa, 2013-yilda esa 2652,0 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, ya‘ni 

36,3 marta oshdi. Xitoy investitsiyali korxonalar soni 2000-yilda 48 ta bo‗lgan, 

2014-yilda esa endi 482 ta bo‗lib, 10,0 marta ko‗paydi. 

       Xitoy  axborot  agentligi  ―Jenmin  jibao‖  saytida  e‘lon  qilingan  maqolada 

O‗zbekiston  sanoat  hududlarining  imkoniyatlari  shundaki,  O‗zbekiston 

Markaziy  Osiyoning  markazida  joylashgan,  Yevroosiyo  kommunikatsiya 

chorrahasida sharqdan g‗arbga va shimoldan janubga cho‗zilgan. 30 miliondan 

ziyod  bo‗lgan  mamlakat  aholisi  qulay  tabiat  sharoitlariga  va  ulkan  energiya 

resurs zaxiralariga ega. O‗zbekiston oltin, paxta (―oq oltin‖), neft (―qora oltin‖) 

va  tabiiy  gaz  (―zangori  oltin‖)  bilan  boydir,  shuning uchun uni ―to‗rt xil oltin 

mamlakati‖ deb aytiladi. 

       O‗zbekistonda sanoatning va qishloq xo‗jaligining infrastrukturasi mavjud, 

mashinasozlik,  metallurgiya,  neft-kimyo,  to‗qimachilik  sanoati,  xomashyo 

ishlab  chiqish  va  qayta  ishlash  kabi    sanoat  turlari  rivojlangan.  Mustaqillika 

erishgandan  keyin  1990-yillarning  boshida  O‗zbekiston  bozor  iqtisodiyoti 

islohotlarini  o‗tkazishni,  import  o‗rnini  bosadigan  va  eksportga  mo‗ljallangan 

siyosatni  birlashtiradigan  iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasini  amalga  oshirishni 

boshladi.  Xalqaro  hamkorlikni  kengaytirish  va  umumiy  iqtisodiy  rivojlanishga 

yordam  berish,  investitsiyalarni  yanada  jalb  qilish    maqsadida  O‗zbekistonda 

uch  industrial  zona  tashkil  qilingan,  ularda  har  xil  imtiyozlar  o‗rnatilgan  va 

davlat yordamining zarur choralari qabul qilingan.  

       Jumladan, ―Jenmin jibao‖ davom qiladi, 2008-yil dekabrda ―Navoiy‖ erkin-

industrial  iqtisodiy  zonasi  ta‘sis  etildi,  uning  maydoni  564  gektarni  tashkil 

qiladi.  U  tog‗-kon,  metallurgiya,  energetika,  kimyo  va  oziq-ovqat  sanoati, 

qurilish  materiallari,  ishlab  chiqarish  va  boshqa  sohalar  rivojlangan  Navoiy 

viloyatida joylashgan. 



69 

 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR raisi Si Szinpin 



bilan Shanxay shahridagi Xitoy rahbarining qarorgohida uchrashuv o‗tkazdilar. 

Suhbat  davomida  ikki  mamlakat  o‗zaro  munosabatlarining  hozirgi  holatini 

yuqori baholadilar va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda 

bunday uchrashuvlar muhimligini qayd qildilar.

71

 

       Davlatimiz  rahbari  o‗zaro  faoliyatni  oldinga  siljitishda  qulay  o‗sish 



sur‘atini  qayd  qilib,  Xitoylik  hamkasbiga  samimiy,  iliq  qabul  uchun 

minnatdorchilik bildirdi. 

       O‗z  navbatida,  XXR  rahbari  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  strategik 

sheriklikni  mustahkamlashning  qattiq  tarafdori  ekanligini  bildirdi.  Si  Szinpin 

O‗zbekiston  yetakchisi  bilan  yaqin  shaxsiy  aloqani  kelgusida  ham  davom 

qildirishini  ta‘kidladi,  ikki  tomonlama  munosabatlarda  yanada  katta 

cho‗qqilarni egallash uchun bor kuchini sarflashini bildirdi. 

       Xitoy  rahbari  ikki  davlat  o‗rtasida  mintaqaviy  va  xalqaro  masalalar 

bo‗yicha  yanada  qalin  aloqa  uchun  fikr  bildirdi.  Si  Szinpin  O‗zbekiston 

mintaqada  muhim  davlat  ekanligini  qayd  qilib,  mintaqada  tinchlik  va 

barqarorlikni  mustahkamlash,  Osiyo  mamlakatlari  o‗rtasida  ishonchni 

mustahkamlash ishida mamlakatimiz bilan kuchlarni birlashtirishni taklif qildi. 

       Islom  Karimov  va  Si  Szinpin  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  madaniy-gumanitar 

va  boshqa  sohalarni  yanada  mustahkamlashni  kun  tartibiga  kiritgan  holda  ikki 

tomonlama  qator  masalalarni  batafsil  muhokama  qildilar.  Davlat  rahbarlari 

mintaqaviy va xalqaro harakterdagi dolzarb masalalar bo‗yicha fikr almshdilar. 

       O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxayda o‗tkazilgan 

Osiyoda  ishonch  choralari  va  o‗zaro  faoliyat  bo‗yicha  kengashning  IV 

sammitida qatnashdi va nutq so‗zladi. 

       Ko‗pgina  ekspertlar  o‗sib  borayotgan  keskinlikning  sababini  davlatlarni 

nazorat  qiluvchi  xalqaro  institutlarning  muvofiqlashtiruvchi  roli  birinchi 

navbatda  xalqaro  huquqning  asosiy  me‘yorlariga  qat‘iy  rioya  qilish  bo‗yicha 

                                                           

71

 http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=37014 



 

70 

 

yagona  yo‗lning  kuchsizlanib  borayotganligida  ko‗radilar.  O‗zbekistonning 



fikricha, davlatlararo  va  xalqaro  darajada  ishonchni  tiklash  va  mustahkamlash, 

hech  shubhasiz,  dunyoning  notinch  hududlarida  vaziyatni  izdan  chiqarish  va 

ahvolni  keskinlashtiruvchi  kuchlarning  raqiblik  qilayotgan  nuqtalarida  qarshi 

kurashlarni  to‗xtatishda  ishonchli  qurol,  dunyo  miqyosida  qarama-qarshi 

jarayonlarni kuchaytirish yo‗lida bosh to‗siq, muhim tayanch bo‗lishi mumkin. 

       XXR  raisi  Si  Szinpin  o‗z  nutqida  ta‘kidladiki,  bu  aloqalar  davlatimiz 

rahbari  aytganidek,  Osiyoda  xavfsizlikni  yangi  konsepsiyasini  ishlab 

chiqishning  asosiy  maqsadi,  eng  muhim  tamoyillari  –  o‗zaro  ishonch,  o‗zaro 

foyda, tenglik va hamkorlikni amalga oshirish bo‗yicha takliflar katta hurmat va 

qo‗llab-quvvatlashga  loyiqdir.  Boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik,  mafkuraviy  yondashuvdagi  kelishmovchiliklarni  yengib  o‗tish 

asosiy  vazifa  hisoblanadi.  Bunday  qo‗llab-quvvatlashga  mintaqaviy  iqtisodiy 

hamkorlikni  uzluksiz  rivojlantirish  va  mustahkamlash,  investitsiya  faoliyati  va 

savdo-sotiq  uchun  qulay  sharoitlarni  ta‘minlash,  transport-kommunikatsiya  va 

energetika sohalarida qo‗shma yirik infrastruktura loyihalarini amalga oshirish, 

zamonaviy  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  yaratish  bo‗yicha 

takliflar  loyiqdir.  Mamlakatimiz  Prezidenti  so‗zlari  bo‗yicha  zamonaviy 

dunyoda bunday yangiliklarga yondashish juda talab qilinadi. 

       O‗zbekiston  yetakchisi  qo‗shni  Afg‗oniston  rivojlanish  istiqboliga  o‗z 

qarashi bo‗yicha to‗xtalib o‗tdi. Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, afg‗on 

inqirozini  hal  qilishda  manfaatdor  tomonlarning  fikrlari  bitta  –  Afgo‗nistonda 

tinchlikka  erishishni  harbiy  yo‗l  bilan  hal  qilib  bo‗lmaydi.  Islom  Karimov 

eslatib  o‗tdiki,  O‗zbekiston  bu  borada  2008-yil  aprelda  NATO  ning  Buxarest 

sammitida aytgan edi.

72

 

       Yagona to‗g‗ri yo‗l – bu muammoni siyosiy bartaraf qilishni qidirish yo‗li, 



har  xil  qarama-qarshi  tomonlar  o‗rtasida  tinch  muzokaralar  va  konsensusga 

                                                           

72

 https://korrespondent.uz/1453 



71 

 

erishish,  mamlakatning  asosiy  milliy-etnik  guruhlari  vakillari  kiritilgan 



hukumatni  shakllantirish  yo‗lidir.  O‗zbekiston  rahbari  umid  bildirdiki, 

Afg‗oniston prezidenti saylovini ikkinchi bosqichini zarur darajada o‗tkazilishi 

jafokash afg‗on xalqiga tinch hayot uchun yo‗l ochilishiga imkon beradi. 

       O‗zbekiston  Afg‗oniston  qo‗shnisi  sifatida  uning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik,  ikki  taraflama  hamkorlikni  tashkil  qilish,  afg‗onlarning  o‗zlari 

saylagan  hukumatni  qo‗llab-quvvatlashga  yordam  ko‗rsatish  prinsipial 

siyosatiga amal qiladi. 

       AY-SAF  tinchlik  kuchlarining  Afg‗onistondan  chiqarilishiga  kelsak,  bu 

mamalakatda  voqealar  rivoji  shundayki,  2014-yilning  oxiriga  mo‗ljallangan 

qo‗shinlarning chiqarilishi yakuniy muddatlarini o‗zgartirish talab qilinadi. 

       Davlat  rahbari  aytdiki,  O‗zbekiston  Osiyoda  ishonch  choralari  va  o‗zaro 

faoliyat  bo‗yicha  kengash  oldida  turgan  murakkab,  qiyin  hal  qilinadigan 

muammolar  to‗g‗risida  o‗ziga  hisob  beradi.  Aynan  shu  masalalarni  hal  qilish 

tanglik va janjallar yaratadigan sabablarni bartaraf qilish va davlatlar o‗rtasida 

munosabatlarni  yaxshilash  sohasida  bizning  barcha  urinishlarimizni  oqlashi 

mumkin. 


       Prezident  Islom  Karimov  ishonch  bilan  aytdiki, Osiyoda  ishonch choralari 

va  o‗zaro  harakat  kengashida  Xitoy  Xalq  Respublikasini  raisligi  Osiyoning 

keng  hududida  barqarorlik  va  xavfsizlikni  ta‘minlash  bo‗yicha  qiyin 

muammolarni hal qilishga yordam beradi. Osiyoda ishonch choralari va o‗zaro 

faoliyat kengashida 2016-yilgacha raislik qilish XXR ga o‗tdi. 

       Davlatimiz  rahbarining  XXR  rahbari  bilan  o‗tkazilgan  uchrashuvlari  ikki 

yetakchi  o‗rtasida  ishonchli  munosabatlarga,  strategik  sheriklik  ruhida 

mamlakatlarimiz o‗rtasida o‗zaro foydali, samarali hamkorlikni rivojlantirishga 

kuchli turtki bo‗ladi. 

       Xitoy 

Xalq 

Respublikasining 



asosiy 

savdo-iqtisodiy 

hamkori 

O‗zbekistondir.  Ikki  davlat  o‗rtasida  barcha  sohalarda,  eng  avvalo,  savdo-



72 

 

iqtisodiy  va  investitsiya  yo‗nalishlarida  hamkorlik  tez  sur‘atlar  bilan 



rivojlanmoqda. 

       Bugungi  kunda  boshqa  kompaniyalar  uchun  namuna  bo‗lgan  va 

muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatayotgan yetakchi xitoy kompaniyalari ishtirokida 

tashkil  qilingan  500  dan  ziyod  korxonalar  O‗zbekiston  Respublikasining 

raqobat ustunligi qulay investitsiya sharoitini baholadilar. Bunday kompaniyalar 

qatorida  neft  sohasida  ―CNPC‖,  qurilish  materiallari,  poyabzal,  charm 

mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  ―Wenzhou  Jinsheng  Trade‖, 

ekskavatorlar  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  ―XCMG‖,  mobil  telefonlari  ishlab 

chiqarish  bo‗yicha  ―ZTE‖  telekommunikatsiya  uskunalari  ishlab  chiqarish 

bo‗yicha ―Huawei‖  va ko‗pincha boshqalarni qayd qilish kerak. 

       Keyingi  yillarda  O‗zbekiston  iqtisodiyotida  Xitoy  sarmoyalari  oqimi 

uzluksiz o‗smoqda. Samarali hamkorlik yillarida ushbu ko‗rsatkich tez sur‘atda 

o‗sishini  ko‗rsatdi  va  5  mlrd.  AQSh  dollarini  tashkil  qildi.  XXR  ning 

investitsiyalari,  asosan,  neft-gaz,  kimyo,  tog‗-kon  sanoati  va  axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalari,  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  va 

boshqalarga yo‗naltirilgan.  

       2013-yil  mart  oyida  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 

Karimovning  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasini  tashkil  qilish  to‗g‗risida 

farmoni imzolandi. Yangi industrial zonasi O‗zbekistonda O‗zbek-Xitoy sanoat 

parkini  tashkil  qilish  loyihasini  amalga  oshirish  bo‗yicha  o‗zaro  anglashuv 

to‗g‗risidagi  memorandumga  asosan  tashkil  qilindi.  U  yuqori  qo‗shilgan 

qiymatli  raqobatbardosh  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni  ta‘minlaydigan 

zamonaviy  yuqori  texnologiyali  sanoat  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishga 

hamda,  Jizzax  va  Sirdaryo  viloyatlarini  ishlab  chiqarish  salohiyati  va 

resurslardan  kompleks  va  samarali  foydalanishga,  aholi  daromadlarini  oshirish 

va shu asosda yangi ish o‗rinlari tashkil etishga yo‗naltirilgan. ―Jizzax‖ maxsus 

industrial zonasi 524 gektarni, shu jumladan, Jizzax shahri hududida 416 gektar 

va Sirdaryo viloyati filialida 108 gektar. 



73 

 

       ―Jizzax‖  MIZ  hududida  yuqori  texnologiyali  ishlab  chiqarishni  shunday 



sohalari, elektronika va elektrotexnika, mashinasozlik, asbobsozlik va butlovchi 

qismlarni  ishlab  chiqarish  va  plastik,  polimer  buyumlar,  zamonaviy  qurilish 

materiallari,  farmasevtika  mahsulotlari,  tibbiy  buyumlar  va  boshqalarni 

joylashtirish ko‗zda tutilgan.

73

 

       ―Jizzax‖  MIZ  hududi  faoliyat  yuritayotgan  muddat  davomida  (kelgusida 



cho‗zilish imkoni bilan 30 yil) uning hududida alohida soliq rejimi va bojxona 

imtiyozlari  yuritilmoqda.  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasi  qatnashchilari 

daromad  solig‗i,  yuridik  shaxslarning  yer-mulk  solig‗i,  obodonlashtirish  va 

ijtimoiy  infrastrukturani  rivojlantirish  solig‗i,  kichik  korxona  uchun  yagona 

soliq  to‗lovi,  respublika  yo‗l  fondiga  majburiy  chegirma  hamda  uskunaga 

bojxona to‗lovlari, kiritilgan investitsiya miqdoriga, shu jumladan: 

-  3 yil muddatga 300.000 AQSH dollaridan 3 mln. AQSH dollarigacha;  

-  5 yil muddat bilan 3 mln. AQSH dollaridan 10 mln. AQSH dollarigacha;  

-  7  yil  muddat  bilan  10  mln. AQSh  dollaridan  ortiq  bo‗gan  holda  ma‘lum 

muddatda  respublikada  ishlab  chiqarilmaydigan  butlovchi  qism  va 

materiallar uchun soliqlar to‗lashdan ozod qilinadilar.  

       Shu  bilan  birga  ―Jizzax‖  MIZ  qatnashchilari  uchun  muhandislik 

kommunikatsiyalariga,  ulanish  va  ulardan  foydalanish  kafolati  ta‘minlanadi. 

―Jizzax‖  MIZ  ustunliklaridan  yana  biri  uning  qulay  o‗rin  ya‘ni  O‗zbekiston 

Respublikasining  markaziy  qismida  joylashgani  va  ishlab  chiqariladigan 

mahsulotlarni respublikaning yirik shaharlari va bozorlari Buxoro, Toshkent va 

boshqalar, hamda xorij mamlakatlariga jo‗natish uchun ideal mintaqaviy markaz 

hisoblanadi.  

       Shunday  qilib,  ―Jizax‖  MIZ  ni  tashkil  qilishda  zamonaviy  yuqori 

texnologiyali  ishlab  chiqarishni  ochish  va  ularni  muvaffaqiyatli  rivojlantirish 

                                                           

73

 http://kun.uz/uz/news/2017/03/24/hitoj-uzbekiston-bilan-amkorlikni-rivozlantirisga-aloida-etibor-karatadi 



74 

 

uchun xorij va mahalliy kompaniyalarni jalb qilishga yordam beradigan barcha 



zarur omillar hisobga olingan. 

       XXR  bilan  investitsiya  hamkorligiga  yorqin  misol  qilib,  ―Jizzax‖  MIZ 

doirasida  ―Wenzhou  Jinsgeng  Trade‖,  ―ZTE‖  va  ―Hangzhou  Zhongwu 

Electronic  MetersCO.  Ltd‖  kompaniyalarining  muvaffaqiyatli  faolyatini 

ko‗rsatish mumkin. Ular bilan umumiy miqdori 43 mln. AQSH dollari bo‗lgan 8 

loyihani  amalga  oshirish  muvaffaqiyatli  yakunlandi  va  mobil  telefonlari, 

keramik  plita,  sanitar-texnik  buyumlar,  tayyor  charm,  quyosh  kollektorlari  va 

boshqa buyumlar ishlab chiqarish tashkil qilindi. 

       Bundan  tashqari  ―Jizzax‖  MIZ  hududida  Xitoy  kompaniyalari  bilan  bilan 

birgalikda  umumiy  miqdori  20  mln.  AQSH  dollari  bo‗lgan  9  loyihani  amalga 

oshirish  hamda  internet  va  videotelefonlar,  telekommunikatsion  uskunalar, 

avtomobil  qismlari,  qurilish  materiallari  va  hokazolarni  ishlab  chiqarishni 

tashkil qilish bo‗yicha ishlar olib borilmoqda. 

       O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-20-avgustda XXR ga 

davlat  tashrifi  O‗zbekiston  Respublikasi  va  XXR  o‗rtasidagi  ikki  tomonlama 

hamkorlikni yanada rivojlantirishda yangi turtki va munosabatlarning mantiqiy 

davomi bo‗ldi, shuningdek, tashrif doirasida rasmiy va ishbilarmon doiralarning 

200  dan  ziyod  vakillari  ishtirokida  biznes  forum  o‗tkazildi.  Natijalar  bo‗yicha 

O‗zbekistonda  umumiy  qiymati  5,2  mlrd.  AQSh  dollariga  teng  investitsion 

loyihalarni amalgam oshirish bo‗yicha hujjatlar imzolandi. 

       Quvonarlisi  shuki,  keyingi  yillarda  mamlakatlarimiz  o‗rtasida  siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar yanada kuchaydi va do‗stlik va sheriklik 

munosabatlari asosida mustahkamlanishda davom etmoqda.

74

 



 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish