O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#45523
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan siyosiy iqtisodiy va madaniy aloqalari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 

O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

 

Qo‘lyozma huquqida 

UDK_____________________ 



 

 

AMINOV XURMATBEK BAXRAM O‘G‘LI 

 

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan siyosiy, 

iqtisodiy va madaniy aloqalari 

 

 

5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) 

Magistr 

akademik darajasini olish uchun yozilgan 

DISSERTATSIYA 

 

Ilmiy rahbar:                                                t.f.n. S.R.Davletov 

 

 

 

 

 

Urganch – 2017 

 

MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XITOY XALQ 



RESPUBLIKASI BILAN SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY 

ALOQALARI. 

 

MUNDARIJA: 

KIRISH…………………………………………………………………………3 

I  BOB.  O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  VA  XXR  O‘RTASIDAGI 

SIYOSIY ALOQALAR. 

   1.1. O‗zbekiston Respublikasi va XXR aloqalarining o‗rnatilishi……………8 

   1.2. O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida strategik sheriklikning  

   rivojlanishi…………………………………………………………………...16 



   1.3. O‗zbekiston va Xitoy munosabatlarida ShHTning o‗rni………………..23  

II  BOB.    O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  VA  XXR  O‘RTASIDAGI 

IQTISODIY ALOQALAR.  

    2.1. O‗zbekiston Xitoyning mintaqadagi ishonchli hamkori………………..33    

    2.2. O‗zbekiston va Xitoy iqtisodiy munosabatlarining ustuvor 

    yo‗nalishlari…………………………………………………………………45 

III  BOB.  O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  VA  XXR  O‘RTASIDAGI 

MADANIY ALOQALAR. 

     3.1. O‗zbekiston va Xitoyning madaniy sohadagi hamkorlik  

     aloqalari……………………………………………………………………..57   

     3.2. Ta‘lim sohasida olib borilayotgan hamkorlik………………………….64 

ХULОSA……………………………………………………………………....75  

ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………………..78 

ILOVALAR. 

 

 

 

 


 

KIRISH 



Mavzuning 

dolzarbligi. 

Bugun 


jahonda 

globallashuv 

jarayoni 

kechayotgan 

bir 

vaqtda 


davlatlar 

oldida 


tinchlik 

va 


barqarorlikni 

mustahkamlash,  fuqarolar  turmush  darajasini  oshirish  kabi  masalalar  asosiy 

o‗rinda turibdi.  Bu borada davlatlararo munosabatlarni yo‗lga qo‗yish, xalqaro 

maydondan  munosib  o‗rin  egallash  har  bir  davlatning  eng  asosiy  vazifalaridan 

biriga  aylandi.  O‗zbekistonning    rivojlanish  yo‗li  sarhisob  qilinar  ekan,  tashqi 

siyosat  va  diplomatik  xizmatni  shakllantirish  borasida  amalga  oshirilgan  keng 

ko‗lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim. 

Prezidentimiz  Sh.  M.  Mirziyoyev  ta‘kidlaganlaridek,  bugungi  kunda 

O‗zbekiston  jahon  hamjamiyatida  o‗zining munosib  o‗rni  va  mavqeiga  ega.  

Biz  dunyodagi  barcha davlatlar  bilan  yaqindan  hamkorlik  qilish  va  amaliy  

muloqot uchun  ochiqmiz

1



Yurtboshimiz  yana  aytadiki,  davlatimizning    tashqi    siyosat    sohasidagi  

yondashuv  va    pozitsiyasi    Konstitutsiya    kuniga  bag‗ishlangan    ma‘ruzada 

atroflicha  bayon  etilgani  sizlarga  yaxshi  ma‘lum.  Ana    shu  fikrlarga  

qo‗shimcha  qilib  aytmoqchimanki,  biz  jahondagi  ilg‗or  tajribalarni  chuqur  

o‗rganish    va  amalda    joriy    etishni    oldimizda    turgan    keng    ko‗lamli  

vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishning  muhim  shartlaridan biri, deb 

hisoblaymiz.  Biz    o‗zaro    ishonch    va    manfaatlarni    hisobga    olish    asosida  

xorijiy    davlatlar,    eng    avvalo,    qo‗shni    davlatlar,    shu  bilan    birga,    xalqaro  

institutlar    bilan    yaqindan    hamkorlik    qilishni    bugungi    kun    talablari  

darajasida    tashkil  etamiz.  O‗zbekistonda    o‗zini    ishonchli    sherik    sifatida  

ko‗rsatgan    ishbilarmonlar    bilan    hamkorlik    munosabatlari  albatta  davom 

ettiriladi

2

 

Tarixdan ma‘lumki, har bir mustaqil taraqqiyot yo‗lini tanlagan mamlakat 



o‗z  qobig‗iga  o‗ralib    rivojlanmagan.  Aksincha,  mustaqil  rivojlanish  yo‗lini 

                                                           

1

 Ш. М. Мирзиѐев. Эркин  ва  фаровон,  демократик  Ўзбекистон  давлатини  биргаликда  барпо  этамиз. 



Тошкент:  «Ўзбекистон»  НМИУ,  2016. Б. 6. 

2

 O‗sha adabiyot. B. 27. 



 

tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo‗shilish orqali o‗z taqdirini belgilagan. 



Mustaqil O‗zbekiston ham istiqlolning dastlabki yillaridanoq xorijning bir qator 

davlatlari,  AQSH,  Germaniya,  Fransiya,  Italiya,  Buyuk  Britaniya,  Yaponiya, 

Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa ko‗plab rivojlangan mamlakatlar bilan o‗zaro 

teng manfaatli aloqalar o‗rnatdi.  

O‗zbekiston  Respublikasining  xorijiy  davlatlar  bilan iqtisodiy aloqalarida 

Xitoy  alohida  o‗rin  tutadi.  Zero  bu  davlatning  iqtisodi  o‗zining  ―mo‗jizalari‖ 

bilan  jahon  hamjamiyati  tomonidan  e‘tirof  etilgan.  Bugungi  kunga  kelib,  bu 

davlatning  iqtisodiyoti  jadal  o‗sib,  jahondagi  yetakchi  mamlakatlar  qatoridan 

o‗rin oldi. Xitoy bilan hamkorlik O‗zbekiston iqtisodining rivojlanishida muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Xalqimiz  istiqlolga  erishgandan  keyin  birinchilardan  bo‗lib  O‗zbekiston 

bilan turli sohalarda teng sheriklik aloqalarini yo‗lga qo‗ygan davlatlardan biri 

Xitoy  Xalq  Respublikasidir.  Shu  ma‘noda,  Birinchi  Prezidentimiz  Islom 

Karimov 


ta‘biricha, 

O‗zbekiston 

Xitoy 

timsolida 



mamlakatimiz 

mustaqilligining  birinchi  kunlaridan  bizni  qo‗llab-quvvatlayotgan  ishonchli, 

buyuk qo‗shni va hamkorni ko‗radi

3



Darhaqiqat,  dunyoning  yetakchi  davlatlaridan  biri  bo‗lgan  XXRning 

Markaziy  Osiyodagi  roli kun sayin oshib, o‗zbek – xitoy munosabatlari tobora 

kengayib bormoqda. O‗tgan davr mobaynida O‗zbekiston Respublikasi Birinchi 

Prezidenti  Islom  Karimovning  Pekinga  (1996,  2005,  2012-yillar),  XXR  davlat 

kengashi  o‗rinbosari  Li  Lansin  (2001-yil  aprel),  XXR  Raisi  Si  Szinpinning 

Markaziy  Osiyo,  xususan,  2013-yil  10-sentabr  kuni  O‗zbekistonga  amalga 

oshirilgan  tashriflari  buning  yaqqol  isbotidir. Birgina  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

Raisining  tashrifi  doirasida  O‗zbekiston  bilan  qiymati  15  milliard  AQSh 

dollariga teng loyihalarni amalga oshirishga oid 31 ta hujjat imzolandi

4



                                                           

3

 Ш. И. Шазаманов. Ислоҳотлар даврида Хитой Халқ Республикаси. Тошкент-2014. Тошкент давлат 



шарқшунослик институти, 2014. Б. 3. 

4

 O‗sha adabiyot. B. 3. 



 

Shu  o‗rinda  ta‘kidlash  joizki,  XXI  asrga  kelib  XXR  o‗zining  ijtimoiy-



siyosiy,  iqtisodiy  va  harbiy  qudrati  bilan  jahon  iqtisodiy-siyosiy  jarayonlariga 

sezilarli darajada ta‘sir eta oladigan qudratli davlatlardan biri sifatida namoyon 

bo‗la boshladi 

Mamlakatimizda  ushbu mamlakat ishtirokida ko‗plab qo‗shma korxonalar 

faoliyat ko‗rsatmoqdaki, ular iqtisodimizga yangi texnologiyalarni joriy etishda, 

aholini  ish  bilan  ta‘minlashda  va  zamon  talablariga  mos  mahsulotlar  ishlab 

chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mamlakatimizda hozirga 

qadar Xitoy ishtirokida 700 dan ziyod qo‗shma korxonalar bunyod etilgan. Ular 

asosan,  savdo,  to‗qimachilik,  yengil  sanoat,  kimyo  va  oziq-ovqat  sanoati, 

avtomobilsozlik,  mashinasozlik,  metallni  qayta  ishlash,  sayyohlik  va  boshqa 

sohalarda faoliyat ko‗rsatmoqda

5

.  



Yuqoridagilardan 

kelib 


chiqqan 

holda 


tadqiqotning 

dolzarbligi 

quyidagilardan iborat:  

birinchidan,  O‗zbekiston  –  Xitoy  bilan  manfaatli  hamkorlik  aloqalarini 

o‗rganish ilmiy tadqiqot obyekti sifatida alohida o‗ringa egaligi;  

ikkinchidan,  Xitoy  yangi  industrial  mamlakat  mavqeiga  ega  bo‗lib, 

O‗zbekiston  uchun  keng  ko‗lamli  aloqalarni  olib  borish  bugungi  kun  uchun 

muhim ahamiyatga egaligi;  

uchinchidan,  Xitoyning  O‗zbekiston  iqtisodiyotiga  investitsiya  kirituvchi 

asosiy davlatlarga aylanib borayotganligi;  

to‗rtinchidan,  O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasidagi  iqtisodiy  aloqalarning 

istiqboldagi rivojlanish yo‗nalishlarini aniqlashning zarurligi. 

Shunday  ekan,  mustaqillik  yillarida    O‗zbekiston  Respublikasining  XXR 

bilan  iqtisodiy  aloqalari  natijalarini,  hamkorlikning  istiqbollarini  o‗rganish, 

qiyosiy  tahlil  qilish,  uni  tadqiq  etish  bugungi  kunda  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy 

                                                           

5

 

http://mvd.uz/kalendar/item/ozbekiston-xitoy-strategik-sheriklik-va-dostlik-munosabatlarini-yanada-



rivojlantirish-yolida2 

 


 

fanlar hamda tarix fani tadqiqotchilari oldida turgan dolzarb vazifalardan bo‗lib 



qolmoqda. 

Tadqiqot  ishining  obyekti.  O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasidagi  siyosiy, 

iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar,  o‗zaro  munosabatlarning  asosiy  yo‗nalishlari 

tashkil etadi. 

Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.  Ishda  Xitoy  xalq  respublikasining 

tarixini,  taraqqiyot  yo‗llarini  hamda  O‗zbekiston  –  Xitoy  hamkorligini  barcha 

sohalarini  tahlil  qilish  va  umumlashtirish  asosiy  maqsad  hisoblanadi.  Ushbu 

maqsaddan kelib chiquvchi vazifalar quyidagilar; 

– O‗zbekiston-Xitoy aloqalarining tarixiy ildizlarini ochib berish; 

–  Mustaqillik  yillarida  O‗zbekiston  –  Xitoy  o‗rtasidagi  savdo-iqtisodiy, 

ilmiy-texnikaviy hamkorlikning rivojlanishini ko‗rsatish; 

–  O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasidagi  tinchlikni  saqlash  va  gumanitar 

sohalardagi aloqalarni tahlil qilish va yoritish. 

Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.  O‗zbekiston  Respublikasi  va  XXR 

o‗rtasida  iqtisodiy  hamkorlikning  shakkllanishi  va  rivojlanishi  tegishli 

bosqichlarga  ajratilgan  holda  o‗rganildi  va  qiyosiy  tahlil  etildi.  O‗zbekiston 

Respublikasi va Xitoy o‗rtasidagi iqtisodiy hamkorlik sohalar kesimida qiyosiy 

tahlil etilib, umumiy va farqli jihatlari ajratildi. 

Tadqiqotning metodologik asosi va muhim manbasi. Ishni tayyorlashda 

O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  asarlari 

metodologik  asos,  mavzuga  oid  adabiyotlar,  mavzuga  oid  ilmiy  maqolalar, 

risola,  monografiyalar,  ommaviy  axborot  vositalari  va  internet  saytlari 

materiallari muhim manba bo‗lib xizmat qildi. 

Mavzuning  ilmiy  o‘rganilganlik  darajasi.  Mustaqillik  yillarida 

respublikamiz  olimlari  va  mutahassislari  tomonidan  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

tarixiga,  taraqqiyot  yo‗nalishlariga,  O‗zbekiston  bilan  Xitoy  hamkorligiga 

taalluqli  ko‗plab  ilmiy  maqolalar,  risola  va  monografiyalar  chop  qilindi. 



 

Jumladan,  Q.  Usmonov



6

,  Sh.  Shozomonov

7

,  A.  Razzaqov



8

,  A.  Boboyev

9

,         



O.  Fayziyev

10

, O‗. Mavlanov, D. Mahkamova



11

,  B.  Ergashev

12

,  A.  Samadov



13

,     


A.  Shermuhammedov

14

  va  boshqalarning  ishlari  misol  bo‗la  oladi.  Hozirgi 



kunda  Xitoy  Xalq  Respublikasi  bilan  O‗zbekiston  o‗rtasidagi    ijtimoiy-

iqtisodiy,  madaniy  aloqalarni  o‗rganish  respublikamiz  olimlarining  diqqat 

markazida turibdi. Ushbu mavzu yuzasidan respublikamiz hamda xorij olimlari 

tomonidan  qator  tadqiqotlar    amalga  oshirilgan,  bir  qator  maqolalar  e‘lon 

qilingan. Xususan, mahalliy olimlarimiz tomonidan A.Sharapov, N.Sh.Ziyamov,  

K.B.Toshmatova,  N.O.G`ofurov,  D.D.Qurbonov,  A.K.Qirg`izboyevlarning 

nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, O‗zbekistonning Xitoy bilan iqtisodiy 

– ijtimoiy va madaniy aloqalari haqida to‗xtalib o‗tilgan.  



Tadqiqotning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Ishning  materaillaridan 

umumta‘lim  maktablari,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  oliy  o‗quv 

yurtlari  o‗quvchi  va  talabalari  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni  o‗rganishda  hamda 

ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarda muhim manba sifatida foydalanishlari mumkin. 



Tadqiqotning  tuzilish.  Ish  kirish,  3  ta  bob,  7  ta  paragraf,  xulosa  va  

foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati va ilova va taqdimotdan iborat. 

 

 

 



 

 

 

 

                                                           

6

 Usmonov Q. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. Toshkent, ―Moliya‖, 2003 y 



7

 Shozomonov Sh. Xitoy: siyosiy sohadagi islohotlar. Jamiyat va boshqaruv. 2003y. 3-son 

8

 Razzaqov A. Xitoy: rivojlanish odimlari. Ishonch, 1998y. 38-son 



9

 Boboyev A. O‘zbekiston-Xitoy: yangi asrda yangicha hamkorlik. Turkiston. 2004y.16 iyul 

10

 Fayziyev O. O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari. Halq so‘zi. 1994 yil 24 oktyabr 



11

 Mavlanov O‗, Mahkamova D. O‘zbekiston va Xitoy: qadimiy aloqalar. Jamiyat va boshqaruv. 2003y. 3 son 

12

 Ergashev B. O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda. Xalq so‘zi. 2014y. 21-



may 

13

 Samadov A. Tinchlikni mustahkamlash yo‘lida hamkorlik. Xalq so‘zi. 2015y. 4 sentyabr 



14

 Shermuhammedov A. Xitoydagi erkin iqtisodiy hududlar. Bozor, pul va kredit.1997y.

 


 

I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI 



SIYOSIY ALOQALAR. 

1.1.  O‘zbekiston Respublikasi va XXR aloqalarining o‘rnatilishi 

Ming  yillarni  o‗z  ichiga  olgan  o‗zbek  –  xitoy  aloqalari  O‗zbekiston 

mustaqillikka  erishganidan  va  1992-yil  2-yanvarda  davlatlar  o‗rtasidagi 

diplomatik  munosabatlar  yangidan  o‗rnatilganidan  keyin  rivojlandi.  O‗tgan 

yillar  davomida  O‗zbekiston  Respublikasi  va  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

o‗rtasidagi hamkorlik dinamikasi borgan sari o‗sib borishi bilan ajralib turdi va 

siyosiy,  savdo  –  iqtisodiy,  madaniy  –  gumanitar  va  boshqa  sohalarda  yanada 

jadallashdi va davom qilmoqda. 

Zamonaviy bosqichda ikki davlat o‗rtasida ishonch, oshkoralik va o‗zaro 

hurmat tamoyillari asosida faol siyosiy muloqot olib borilmoqda. Bunga barcha 

darajadagi  delegatsiyalarning,  birinchi  navbatda  davlat  rahbarlari  darajasidagi 

muntazam  tashriflar  yorqin  misol  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Jumladan,  O‗zbekiston 

Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  XXR  ga  olti  marta  davlat  va 

rasmiy  tashriflari  o‗zbek  –  xitoy  munosabatlarini  yanada  kengaytirish  va  rejali 

chuqurlashtirishga  yordam  berdi  hamda  ikki  tomonlama  aloqalar  tarixida 

muhim voqea bo‗ldi. O‗z navbatida XXR raislari Szyan Szemin 1996-yilda va 

Xu Szintao 2004 va 2010-yillarda O‗zbekistonga tashrif buyurdilar

15

. 



O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2012-

yil  iyunda  XXR  ga  rasmiy  tashrifining  alohida  e‘tiborga  loyiqligi  shundaki,  u 

nafaqat  o‗tgan  yillarda  ikki  tomonlama  munosabatlardagi  sezilarli  darajadagi 

muvaffaqiyatlarni    mustahkamladi,  balki  ularni  o‗zaro  strategik  harakatlar 

darajasiga  olib  chiqdi.  Bu  tashrif  davomida  5,3  mlrd  dollarlik  45  ta  savdo  – 

iqtisodiy,  investitsiyaviy  va  moliyaviy  bitimlar  hamda  shartnomalar imzolandi. 

O‗zaro  foydali  hamkorlikni  rivojlantirishning  yangi  yo‗nalishlarini  belgilagan 

―Strategik  sheriklik  o‗rnatish  to‗g‗risida‖gi  qo‗shma  deklaratsiyani  ikki  davlat 

rahbarlari tomonidan imzolanishi uchrashuvning muhim natijasi bo‗ldi. Yuqori 

                                                           

15

 Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 431. 



 

darajadagi  muntazam  va  muloqotlar  250  ta  hujjatni  o‗z  ichiga  olgan  ikki 



tomonlama  o‗zaro  harakatning  salmoqli  shartnomaviy  –  huquqiy  bazasini 

yaratishga yordam berdi

16

. 



Hozirgi  vaqtda  ikki  davlat  dunyo  miqyosida,  shu  jumladan,  BMT 

doirasida  va  boshqa  nufuzli  xalqaro  tashkilotlarda  bir-birini  o‗zaro  qo‗llab-

quvvatlashadi.  Xitoy  O‗zbekiston  tomonidan  tanlangan  rivojlanish  yo‗lini 

hamma  vaqt  qo‗llab-quvvatlagan.  O‗zbekiston  ham  o‗z  navbatida  Xitoy 

rahbariyatining  chuqur  o‗ylangan  siyosiy  yo‗nalishini,  uning  yagona  Xitoy 

masalalari bo‗yicha prinsipial siyosatini, ―uch yovuzlik‖- terrorizm, ekstremizm 

va separatizmga qarshi ayovsiz kurashini yuqori baholaydi. 

Ikki  davlat  parlamentlari  o‗rtasida  hamkorlik  ko‗lamini  kengaytirgan  va 

mustahkamlagan  xalq  vakillari  Butunxitoy  Majlisi  doimiy  qo‗mitasining  raisi  

U Bangoning 2011-yil sentabrdagi tashrifi bu yo‗nalishda muhim voqea bo‗ldi. 

2012-yil yanvarda xalq vakillari Butunxitoy Majlisi doimiy qo‗mitasi raisining 

o‗rinbosari  Chen  Chjili  XXR  raisi  Xu  Szintaoning  maxsus  vakili  sifatida 

bizning  mamlakatga  tashrif  buyurdi  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi 

Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi

17

. 



Hamkorlik  bo‗yicha  o‗zbek  –  xitoy  hukumatlararo  qo‗mitasi  ikki  davlat 

o‗rtasida  munosabatlarni  tizimli  rivojlantirishning  muhim  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi.  Bu  tuzilma  doirasida  oltita  yordamchi  qo‗mitalar  tuzilgan,  ular 

savdo-iqtisodiy  va  investitsiya,  energetika,  transport  sohalarida  xavfsizlik  va 

qishloq xo‗jalik sohalarida o‗z faoliyatini yuritadi. 

Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi 1992-yil yanvarda imzolangan 

shartnomaning  tegishli  qoidalari  asosida  amalga  oshiriladi  hamda  bu  sohada 

hamkorlikni tez rivojlanishiga 2009-yil 14-oktabrdagi O‗zbekiston Respublikasi 

va XXR hukumatlari o‗rtasidagi ―Strategik tovarlar bilan uzoq muddatli savdo 

to‗g‗risida‖gi  shartnoma  va  2010-yil  10-iyundagi  ikki  davlat  hukumati 

                                                           

16

 Xalq so`zi gazetasi. 2012-yil, 15-iyun. 



17

 

http://uz.fundamental-economic.uz/?p=259



 

10 

 

o‗rtasidagi ―Noxomashyo va yuqori texnologiya sohasidagi hamkorlik dasturi‖ 



xizmat qiladi. 

O‗zbekiston – Xitoy aloqalarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu ikki 

davlat  o‗rtasidagi  siyosiy  yo‗nalishdagi  hamkorlik  muntazam  ravishda 

rivojlanib  bormoqda.  Bugungi  kunda  Xitoy 

O‗zbekistonning  Osiyo 

mintaqasidagi  muhim  hamkorlaridan  biri  hisoblanadi.  Ayni  kunda  ikki 

mamlakat o‗rtasidagi munosabatlar deyarli barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, 

savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, xavfsizlik, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, fan 

va  ta‘lim,  sport,  gumanitar  soha  kabi  ko‗plab  sohalarda  munosabatlar 

rivojlanmoqda. Shular  bilan  bir  qatorda  energetika, neft-gaz, hamda, transport, 

kommunikatsiya  va  informatsion  sohalarda  ham  o‗zaro  hamkorlik  jadal 

suratlarda 

rivojlanib 

bormoqda. 

Mamlakatlarimiz 

mazkur 


sohalarda 

hamkorlikda  manfaatli  loyihalarni  amalga  oshirib,  samarali  natijalarga 

erishmoqda.  

Ayniqsa,  2000-yildan  keyin  hamkorlikning  soha  va  yo‗nalishlari 

kengayib,  mustahkamlanib  bormoqda.  Xu  Szintaoning  2004-yil  iyundagi 

O‗zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‗ida ―O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida 

sheriklik  munosabatlari,  do‗stlik  va  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  va 

mustahkamlash  to‗g‗risida‖  qo‗shma  deklaratsiya,  shuningdek,  texnikaviy-

iqtisodiy  hamkorlikka  oid  bitimlar  imzolandi.  2003-yil  ikki  tomonlama  tovar 

ayirboshlash  hajmi  216  mln  AQSH  dollariga  teng  bo‗ldi.  Shundan 

O‗zbekistonning  XXRga  qilgan  eksporti  53  mln.,  importi  163  mln  AQSh 

dollarini tashkil etdi. 

Birinchi  Prezidentimiz  I.  Karimov  2005-yilda  XXRga  qilgan  tashrifi 

chog‘ida  ―O‗zbekiston-Xitoy  munosabatlari  o‗z  taraqqiyotining  yangi 

bosqichiga qadam qo‗yganligi va imzolangan ―Do‗stlik, hamkorlik va sheriklik 

munosabatlari  to‗g‘risida‖gi  davlatlararo  shartnoma  esa,  strategik  sheriklik 

munosabatlarini  ravnaq  toptirish  uchun  mustahkam  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi‖ 


11 

 

deb  fikr  bildirgan  edi



18

.  O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasidagi  aloqalarning  yuqori 

darajaga  ko‗tarilishiga  XXRning  raisi  Xu  Szintaoning  O‗zbekistonga  rasmiy 

tashrifi  ulkan  rol  o‗ynaganligi  va  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  ikkitomonlama 

munosabatlarning yangi bosqichga o‗tganligini yaqqol ko‗rish mumkin. 

Xitoyning  Xalqaro  strategik  tadqiqotlar  markazi  xodimi  Chjan 

Venveyanning  fikriga  ko‗ra  ―O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasida  diplomatik 

munosabatlar  o‗rnatilishi  bilan  ikkitomonlama  hamkorlik  o‗zaro  manfaatli 

bo‗lgan beshta tamoyil (o‗zaro suverenitet va hududiy yaxlitlikni tan olish, bir-

biriga hujum qilmaslik, ichki ishlariga aralashmaslik,  o‗zaro tenglik va hurmat, 

hamda tinch-totuvlikda yashash) asosida amalga oshirilib kelinmoqda‖

19



O‗zbekiston Respublikasi va XXR  o‗rtasidagi ikkitomonlama hamkorlik 

tizimida  iqtisodiy  munosabatlar  tobora  rivojlanib  bormoqda.  2009-yilga  qadar 

O‗zbekiston  va  XXR  o‗rtasida  o‗zaro  tovar  aylanmasi  aloqalar  o‗rnatilgan  ilk 

kunlariga nisbatan 6 barobarga oshgan bo‗lsa, 2008-yilda dunyoda kechayotgan 

moliyaviy  inqiroz  tufayli  bu  ko‗rsatkich  1.200  mln.  dollarni  tashkil  qilgan  va 

2007-yilga nisbatan o‗zaro tovar aylanmasi 25% ga kamaygan. 

2008 yilga qadar O‗zbekistonga kiritilgan Xitoy investitsiyalari hajmi 11 

mlrd.  dollarni  tashkil  qiladi.  Kiritilayotgan  investitsiyalar  nafaqat  neft-gaz 

sohasiga,  balki  transport,  telekommunikatsiya,  gidroenergetika,  yengil  sanoat 

kabi sohalarga ham jalb qilinmoqda.  

O‗zbekiston  Xitoyga  energiya  resurslari,  neft  va  neft  kimyosi 

mahsulotlari, paxta tolasi, ipak, o‗g‗it, meva-sabzavot kabi mahsulotlar eksport 

qiladi.  Xitoydan  esa  mamlakatimizga  mexanik  va  elektron  uskunalar,  optik 

apparatlar,  dori-darmon,  to‗qimachilik,  plastmassa  va  plastmassa  buyumlar, 

rangli  va  qora  metallar,  yog‗och  va  yog‗ochdan  tayyorlangan  mahsulotlar 

import qilinadi. 

                                                           

18

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning ―Xalq so‘zi‖ gazetasiga bergan intervyusi. 26 may 2005 



yil 101-son.   

19

 Wenwei, Zh. An Observation of Security Cooperation between China and the Central Asian Countries // 



International Strategic Studies. — Beijing, 04.06.04. – R. 31.   

12 

 

O‗zbekistonda  Xitoy  sarmoyasi  ishtirokida  tuzilgan  700  dan  ortiq 



qo‗shma  korxona  mavjud.  Ular  asosan  yengil  sanoat,  to‗qimachilik,  qishloq 

xo‗jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlash,  axborot  texnologiyalari  kabi  sohalarda 

ish  olib  boradi.  Toshkent  shahrida  faoliyat  ko‗rsatib  kelayotgan  ―Elektron 

hisoblagich‖ O‗zbekiston – Xitoy qo‗shma korxonasi bunga misol bo‗la oladi. 

2004-yildan  buyon  faoliyat  yuritayotgan  ―Elektron  hisoblagich‖  qo‗shma 

korxonasi  ―O‗zbekenergo‖  aksiyadorlik  jamiyati  hamda  Xitoydagi  ―Holley 

Group‖  korporatsiyasi  hamkorligining  amaliy  natijasidir.  Mazkur  korxona 

sarmoyasining  40  %i  O‗zbekiston,  60  %i  Xitoy  tomoniga  tegishli.  Qo‗shma 

korxona  elektr  energiyasi  sarfini  hisoblaydigan  turli  xil  va  o‗lchamdagi  bir 

fazali  va  uch  fazali  elektron  hisoblagichlar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan. 

Korxonada  ilg‗or  texnologiyalar  asosida  tayyorlanayotgan  mahsulotlar 

xonadonlar  va  tashkilotlar  uchun  mo‗ljallangan  bo‗lib,  yuqori  sifati,  qulayligi, 

xalqaro andozalarga mosligi bilan ajralib turadi

20



Yurtimizda  Xitoy  hukumatining  foizsiz  (12  million  AQSh  dollari)  va 

imtiyozli (36,3 million AQSh dollari) kreditlari asosida qator ijtimoiy loyihalar 

amalga  oshirilmoqda.  Bundan  tashqari,  Xitoy  Eksimbanki  O‗zbekistonga  300 

million dollarlik eksport krediti ajratgan

21

.  


O‗zbekiston  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki  bilan  Xitoy 

Eksimbanki  o‗rtasida  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  rivojlantirish  hamda 

To‗polan  GESiga  agregat  o‗rnatish  bo‗yicha  loyihalarni  moliyalashtirish 

to‗g‘risida  ikkita  kredit  bitimi,  ―Farg‗onaazot‖  OAJ  bilan  ―Grinkul‖ 

kompaniyasi  o‗rtasida  qo‗shma  korxona  tuzish  to‗g‗risida  ta‘sis  hujjatlari, 

―Motor  zavodi‖  da  ―Grinkul‖  kompaniyasi  ishtirokida  dvigatellar  ishlab 

chiqarishni  yo‗lga  qo‗yish  to‗g‗risida  hamkorlik  memorandumi, ikki  mamlakat 

hamkorligida  mobil  telefon  apparatlari  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  hamkorlik 

memorandumi,  ―Markazsanoateksport‖  kompaniyasi  tomonidan  Xitoyga  mis 

yetkazib  berish  to‗g‗risida  bitim,  ―O‗zsanoatmashimpeks‖  kompaniyasi 

                                                           


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish