O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


II BOB.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#45523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan siyosiy iqtisodiy va madaniy aloqalari


II BOB.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI 

IQTISODIY ALOQALAR. 

2.1. O‘zbekiston Xitoyning mintaqadagi ishonchli hamkori 

Savdo-iqtisodiy  sohadagi  o‗zaro  hamkorlik  tobora  o‗sib  bormoqda. 2004-

yil  ikki  tomonlama  tovar  aylanmasi  367  mln.  AQSh  dollarini  tashkil  etadi. 

2001-2004-yillarda Xitoy bilan tovar aylanish hajmi to‗rt marotaba oshdi. 2005-

yil  25-27-may  kunlari  O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

I.A.Karimov Xitoyga rasmiy tashrif bilan to‗rtinchi marotaba bordi. 

Xitoyning  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  doimiy  a‘zosi  ekanligi,  xalqaro 

ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  etishda  uning  nuqtai  nazari  va  qarashlariga 

alohida  e‘tibor  berilishi,  harbiy  salohiyati,  koinotni  tadqiq  etishdagi  yutuqlari, 

yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo va eksport hajmi jihatidan  yetakchi o‗nlikka 

kirishi, iqtisodiy o‗sish borasida oldingi o‗rinlarda turishi Chin yurtining Jahon 

iqtisodiyoti  va  xalqaro  siyosat  maydonidagi  o‗rni  haqida  muayyan  tasavvur 

beradi

52



O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida davlat rahbarlari, vazirlik va idoralar, ilmiy 

doiralar,  madaniyat  va  san‘at  namoyandalari,  ish  odamlari  darajasidagi 

uchrashuvlar  muntazamlik  kasb  etgani  ham  ikki  tomonlama  munosabatlar 

o‗zaro  manfaatdorlik,  ishonch  va  hurmat  asosida  ravnaq  topib  borayotganidan 

dalolatdir. 

Birinchi Prezidentimiz  Islom Karimovning Xitoy safariga Xu Szintaoning 

tashabbusi  bilan  davlat  tashrifi  maqomi  berildi.  Tashrif  asnosida  jami  24 

hujjatga  imzo  chekildi.  Bular  Xitoyning  O‗zbekiston  bilan  hamkorlikni 

rivojlantirishga  ulkan  ishtiyoqidan  dalolat  beradi.  O‗zbekiston  va  Xitoy 

rahbarlari  ikki  tomonlama  munosabatlarni  yanada  rivojlantirishga  oid 

masalalarni  atroflicha  muhokama  qildilar.  Savdo-iqtisodiy,  siyosiy,  ilmiy-

texnikaviy,  ijtimoiy-madaniy  sohalardagi  aloqalarning  bugungi  ahvoli  tahlil 

                                                           

52

 



http://uz.fundamental-economic.uz/?p=259 

 


34 

 

etildi.  Istiqboldagi  vazifalar  belgilab  olindi.  Islom  Karimov  va  Xu  Szintao 



do‗stlik,  hamkorlik  va  sheriklik  munosabatlari  to‗g‗risidagi  shartnomaga  imzo 

chekdilar.  O‗zbekiston  rahbarining  tashabbusi  bilan  tuzilgan  bu  hujjat  ikki 

tomonlama  munosabatlarni  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko‗tarishga  va 

aloqalar  ko‗lamini  yanada  kengaytirib  yangi  mazmun  bilan  boyitishga 

qaratilgan.  Islom  Karimov  mazkur  shartnoma  O‗zbekiston  –  Xitoy 

munosabatlari o‗z taraqqiyotining yangi bosqichida qadam qo‗yganidan dalolat 

ekanligini,  strategik  sheriklik  munosabatlarini  ravnaq  toptirish  uchun 

mustahkam asos bo‗lishini ta‘kidladi. 

O‗zbekiston  bilan  Xitoy  hukumatlari  o‗rtasida  texnikaviy-iqtisodiy 

hamkorlik va bojxona ishi sohasida o‗zaro yordam to‗g‘risidagi bitimlar, tashqi 

ishlar vazirliklari o‗rtasida 2005-2006-yillarga mo‗ljallangan hamkorlik dasturi, 

O‗zbekiston  Iqtisodiyot  vazirligi  bilan  Xitoy  davlat  rivojlanish  va  islohotlar 

ishlari  qo‗mitasi  o‗rtasida  hamkorlik  to‗g‘risidagi  bitim,  O‗zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va  texnologiyalar  markazi 

bilan Xitoy Fan va texnika vazirligi o‗rtasida qishloq xo‗jaligi sohasida yuqori 

texnologiyalar va innavatsiyalar bo‗yicha O‗zbekiston – Xitoy ilmiy-ko‗rgazma 

markazini  tashkil  etish  to‗g‘risidagi  idoralararo  anglashuv  protokoli  adliya 

vazirliklari o‗rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik to‗g‘risidagi bitim. 

Ikki  mamlakat  rahbarlarining  suhbati  chog‘ida  xalqaro  terrorchilik  va 

ekstremizmga  qarshi  kurash  borasidagi  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish 

masalalari ham muhokama etildi. Bunda ShHTning, xususan, uning Toshkentda 

joylashgan  mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasining  katta  ekanligi  ta‘kidlandi.  Bu 

illatlarga qarshi kurashda tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi tahdidlarning 

oldini  olishda  ko‗p  tomonlama  hamkorlik  va  hamjihatlik  asosida  ish 

yuritilganda  kutilgan  natijaga  erishish  mumkin.  Bu  borada  tomonlarning  fikri 

bir  joydan  chiqdi.  Prezident  I.A.Karimov  Pekin  safari  davomida  XXR  Davlat 

kengashi  rahbari  Ven  Tszentao  bilan  uchrashdi.  Ushbu  muloqot  ikki  davlat 


35 

 

rahbarlarining  muzokaralarda  erishilgan  kelishuvlarni  hayotga  joriy  qilishning 



amaliy jihatlari muhokamasiga bag‘ishlanadi. 

Davlatimiz  raxbarining  XXR  Davlat  kengashining  tashqi  siyosat  va 

mintaqaviy  hamkorlik  masalalari  uchun  mas‘ul  a‘zosi  Tan  Tszyasyuan  bilan 

uchrashuvida  o‗zaro  siyosiy  munosabatlar,  O‗zbekiston-Xitoy  aloqalarini 

rivojlantirish orqali Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‗rtasida 

ko‗p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Yana  bir  diqqatga  sazovor  jihati  shuki,  Islom  Karimov  va  Xu  Tszintao 

amaliy  hamkorlikni  kengaytirib  borish,  oliy  darajadagi  muloqotlarning 

muntazamligini  ta‘minlashga  kelishib  oldilar.  Bu  Pekin  uchrashuvlari 

mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  o‗zaro  hamkorlikni  yangi  pog‘onaga  ko‗tarishda 

navbatdagi  zalvorli  qadam  ekanligidan,  istiqbolda 

O‗zbekiston-Xitoy 

munosabatlari yanada keng ko‗lamda  rivojlanib borishidan dalolatdir. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  5  marotaba  (1992, 

1994,1999,  2001,  2005  yillarda)  rasmiy  tashrif  bilan  Xitoyda  bo‗lgan.  1994 

yilda  O‗zbekiston  XXR  Davlat  kengashi  boshlig‘i  Li  Pen  kelgan  XXR  Raisi 

Tszyan  Tszemin  (1996  yilda)  va  uning  o‗rnini  egallagan  Xu  Tszintao  (2004 

yilda)  lar  ham  rasmiy  tashrif  bilan  O‗zbekistonda  bo‗ldilar.  Xu  Tszintao  XXR 

raisi o‗rinbosari sifatida ham 1995 yilda O‗zbekistonda bo‗lgan edi. O‗tgan davr 

maboynida  Xitoy  o‗rtasida  sheriklik  munosabatlari  va  hamkorlikni  yanada 

rivojlantirish  to‗g‘risida  bir  qancha  deklaratsiyalar, memorandumlar  va  boshqa 

hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. 

2003  yilda  ikki  tomon  tovar  ayirboshlash  xajmi  216  mln  AQSh  dollariga 

teng  bo‗ldi.  O‗zbekistonning  Xitoyga  qilgan  eksport  53  mln,  import  163  mln 

AQSh dollarini tashkil etdi. 

O‗zbekistonda  Xitoy  investorlari  ishtirokida  tuzilgan  122  korxona 

ro‗yxatdan  o‗tgan.  Shulardan  102  tasi  qo‗shma  korxona,  20  tasi  100%  Xitoy 

sarmoyasi  hisobidan  Xitoy  kompaniyalarining  23  ta  korxonasi  faoliyat 



36 

 

ko‗rsatmoqda.  Xitoyning  O‗zbekistonga  kiritilgan  sarmoyasi  xajmi  435  mln 



AQSh dollarini tashkil etadi.

53

 



2013  yil  8-10  sentyabr  kunlari  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpining 

O‗zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. 

Munosabatlarimizning  asosiy  huquqiy  bazasini  2005  yilda  imzolangan 

Do‗stlik,  hamkorlik  va  sheriklik  munosabatlari  to‗g‘risidagi  shartnoma,  2010 

yildagi  Do‗stlik,  hamkorlik  va  sheriklik  munosabatlarini  har  tomonlama 

chuqurlashtirish 

va 


rivojlantirish 

to‗g‘risidagi 

qo‗shma  deklaratsiya, 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  iyun  oyida  Xitoyga  davlat 

tashrifi  davomida  imzolangan  strategik  hamkorlik  munosabatlarini  o‗rganish 

to‗g‘risidagi qo‗shma deklaratsiya tashkil qiladi. 

Maxsus 

hujjatlar 



mamlakatlarimizning 

uzoq 


muddatli 

strategik 

hamkorlikka,  o‗zaro  xurmat  hamda  o‗zaro  manfaatlarni  e‘tiborga  oladigan 

tamoyillarga asoslangan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda 

tobora  rivojlanib  borayotgan  serqirra  munosabatlarning  ishonchli  asosi  bo‗lib 

xizmat qilayotir. 

Si  Tszinpinning  O‗zbekistonga  davlat  tashrifi  2013  yilning  mart  oyida 

Xitoyning  yangi  Raisi  etib  saylangan,  XXR  rahbarlarining  ―beshinchi  avlodi‖ 

vakilining  mamlakatimizga  ilk  tashrifidir.  XXR  Raisi  Si  Tszinpin  mazkur 

tashrifidan  ko‗zlangan  vazifalar  haqida  gapirar  ekan,  O‗zbekiston  bilan 

strategik  hamkorlikni  rivojlantirish  va  mustahkamlash  Xitoyning  eng  muhim 

strategik  maqsadi  ekanini  ta‘kidladi.  Shu  bois  mazkur  tashrifning  asosiy 

maqsadi  mamlakatlarimiz  o‗rtasida  o‗rnatilgan  munosabatlar  uzviyligini, 

erishilgan  oliy  darajadagi  o‗zaro  ishonch  va  do‗stlik  rishtalarini  saqlash, 

shuningdek,  2012  yilda  imzolangan  qo‗shma  deklaratsiyada  belgilangan 

strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilganini qayd etdi. 

                                                           

53

 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Т.2004й. 14 жилд. 433 бет 



37 

 

Muzokaralar  chog‘ida  ikki  davlat  rahbarlari  o‗zaro  munosabatlarni 



mustahkamlash  uchun  ustuvor  ahamiyatga  ega  qator  masalalarni  batafsil,  har 

tomonlama  va  o‗zaro  ishonch  asosida  muhokama  qildilar.  Muzokaralar 

yakunlari bo‗yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Tashrif  natijalari  bo‗yicha  mohiyati  va  siyosiy  ahamiyatiga  ko‗ra  misli 

ko‗rilmagan  ko‗plab  hujjatlar  imzolandi.  Ikki  davlat  rahbarlari  tomonidan 

tasdiqlangan  O‗zbekiston  Respublikasi  va  Xitoy  Xalq  Respublikasi  o‗rtasida 

Do‗stlik  va  hamkorlik  to‗g‘risidagi  shartnoma,  ikki  tomonlama  strategik 

hamkorlik  munosabatlarini  yanada  chuqurlashtirish  va  rivojlantirish  haqidagi 

qo‗shma deklaratsiya ushbu hujjatlarning eng muhimlaridir. 

Mubolag‘asiz aytish mumkinki, mazkur hujjatlarning qabul qilinishi ulkan 

tarixiy ahamiyatga ega bo‗lib, ko‗lami jihatidan ushbu tashrif doirasidan ancha 

kengdir.  Ular  uzoq  muddatli  istiqbolda  nafaqat  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi 

munosabatlarni yanada rivojlantirishga, balki butun mintaqadagi umum-siyosiy 

vaziyatga ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. 

Imzolangan  hujjatlarning  ahamiyati  shundaki,  jahonda  voqealar  shiddat 

bilan  o‗zgarib  borayotgan  xozirgi  yangi  geosiyosiy  vaziyatda  mamlakatlar 

o‗rtasida sheriklik munosabatlarini  o‗rnatish va mustahkamlash g‘oyat dolzarb 

ahamiyat  kasb  etmoqda.  Xitoy-O‗zbekistonning  hayot  sinovidan  o‗tgan 

ishonchli  hamkori  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo‗lib  qoladi.  Ushbu 

mamlakat bilan yo‗lga qo‗yilgan o‗zaro manfaatli hamkorlik jadal, barqaror va 

izchil xususiyatga ega. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  Xitoy  O‗zbekiston  bilan  munosabatlarni 

hech qanday siyosiy shartlar bilan bog‘lamasdan, har doim faqat o‗zaro tenglik, 

o‗zaro  hurmat,  o‗zaro  manfaatlarni  inobatga  olish  va  ichki  ishlarga 

aralashmaslik  tamoyillariga  asoslangan  holda  rivojlantirayotganini  alohida 

ta‘kidladi. 

Tashrif asnosida imzolangan bitimlar ayrim mamlakatlar o‗rtasida bo‗lgani 

kabi  qisqa  muddatli  kon‘yunktura  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda  qabul 



38 

 

qilinadigan  hujjatlardek  deklarativ  xarakterga  ega  emas.  Mamlakatlarimizning 



uzoq  muddatli  tub  manfaatlariga  mos  mazkur  hujjatlar  har  tomonlama  puxta 

o‗ylangan,  aniq  maqsadlarga  yo‗naltirilgan  o‗zaro  ko‗p  qirrali  hamkorlikni 

nazarda  tutadi  va  shubhasiz,  butun  mintaqamizda  barqarorlik,  tinchlik  va 

osoyishtalikni mustahkamlashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. 

Shu  tariqa,  XXR  Raisining  mazkur  davlat  tashrifi  o‗zaro  sheriklik 

munosabatlarimizni va strategik hamkorligimizni sifat jihatdan yangi bosqichga 

ko‗tarish, davlatlarimiz o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlikning barcha yo‗nalishlarini 

tizimli  va  keng  ko‗lamda  rivojlantirish  uchun  mustahkam  huquqiy  asosni 

shakllantirish jarayonini nihoyasiga etkazish imkonini berdi. 

Iqtisodiy  sohada  tobora  mustahkamlanib  borayotgan  hamkorlik,  ikki 

tomonlama  savdo-iqtisodiy,  investitsiyaviy  va  moliyaviy  aloqalarni  milliy 

manfaatlarimiz  va  pragmatizmni  hisobga  olgan  holda  chuqurlashtirish  hamda 

kengaytirish- 

mamlakatlarimiz 

o‗rtasida  jadal  rivojlanib  borayotgan 

munosabatlarning tasdig‘idir. Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish, 

strategik 

tovarlarning 

uzoq 

muddatli 



savdosi 

bo‗yicha 

imzolangan 

xukumatlararo  bitimlar,  shuningdek,  noxom  ashyo  va  yuqori  texnologiyali 

sohalardagi  o‗zaro  hamkorlik  dasturi  ushbu  munosabatlarni  yanada 

mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 

2011  yilda  tuzilgan  O‗zbekiston-Xitoy  hamkorlik  qo‗mitasi  faoliyati  ikki 

tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‗nalishlarini qamrab olgan. Qo‗mita 

savdo,  transport,  qishloq  xo‗jaligi,  madaniyat,  ilmiy-texnik  hamkorlik, 

energetika  va  boshqa  sohalardagi  munosabatlarni  mustahkamlash  hamda 

chuqurlashtirish  bo‗yicha  oliy  darajada  erishilgan  kelishuvlarni  o‗z  vaqtida 

amalga oshirishni ta‘minlash imkonin bermoqda. 

Keyingi  besh  yilda  o‗zaro  tovar  ayirboshlash  hajmi  qariyb  to‗rt  barobar 

oshib,  2012  yilda  3,4  milliard  dollarga  etgani,  ayniqsa,  e‘tiborga  molik,  Joriy 

yilning  birinchi  yarmida  o‗zaro  savdo  yanada  jadallashib,  59  foiz  o‗sdi  va  2,3 

milliard  dollarni  tashkil  etdi.  Davom  etayotgan  global  moliyaviy-iqtisodiy 



39 

 

inqiroz  oqibatida  jahon  iqtisodiyotidagi  umumiy  pasayishga  va  muammolarga 



qaramay,  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  savdo  barqaror  sur‘atlarda  o‗sayotganini 

alohida ta‘kidlash joiz.

54

 

XXRning  etakchi  sanoat  kompaniyalari  bilan  uzoq  muddatli  va  o‗zaro 



manfaatli  aloqalarni,  birinchi  navbatda,  yuqori  texnologiyali  tarmoqlarda 

mustahkamlashi  evaziga  savdo  tuzilmalari  diversifikatsiya  qilinmoqda.  Bugun 

O‗zbekiston  Xitoyning  jadal  rivojlanayotgan  iqtisodiyoti  uchun  hayotiy  zarur 

bo‗lgan  tabiiy  gaz,  uran,  paxta  tolasi,  mis,  mineral  o‗g‘it  va  boshqa  muhim 

strategik tovarlarni uzoq muddatli asosda barqaror etkazib bermoqda. 

Investitsiyaviy  hamkorlik-  O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasidagi  o‗zaro 

hamkorlikning eng muhim yo‗nalishidir. Ushbu hamkorlik ayni paytda har ikki 

tomon  uchun  ustuvor  loyihalar  xisobidan  kengayib,  eng  muhim  barcha 

yo‗nalishlar bo‗yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarildi. 

Bugungi  kunda  Xitoy  O‗zbekiston  iqtisodiyotiga  eng  ko‗p  investitsiya 

kiritayotgan  yirik  sarmoyadorlardan  biridir.  O‗zlashtirilgan  to‗g‘ridan-to‗g‘ri 

investitsiyalar hajmi 6,7 milliard dollardan oshdi. 

Eng  yirik  mintaqaviy  loyihaning  amalga  oshirilishi,  ya‘ni  ―O‗zbekiston-

Xitoy‖  gaz  quvurining  dastlabki  ikki  tarmog‘ini  barpo  etish  mamlakatlarimiz 

hamkorligi  va  yuksak  darajadagi  o‗zaro  ishonchga  yorqin  misoldir.  Mazkur 

loyiha  Xitoyga  nafaqat  tabiiy  gazni  barqaror  etkazib  berishning  ishonchli 

yo‗nalishi,  balki  investitsiyaviy  hamkorlikni  yanada  kengaytirish  va 

diversifikatsiya  qilish  omilidir.  Kelgusi  yilda  ushbu  gaz  qurining  uchinchi 

tarmog‘i ishga tushiriladi. 

Yirik  qo‗shma  loyihalarning  amalga  oshirilishi  mamlakatimiz  sanoatining 

etakchi  tarmoqlarini  tarkibiy  o‗zgartirish,  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  qayta  jihozlash,  yaqin  o‗tmishda  bir  tomonlama,  faqat  xom  ashyo 

etkazib  berishga  yo‗naltirilgan  iqtisodiyotimizni  eng  ilg‘or  texnologiyalardan 

foydalanish  asosida  mavjud  xom  ashyo  hamda  resurslarni  chuqur  qayta 

                                                           

54

 Ўзбекистон-Хитой: дўстлик муносабатлари ва стратегик ҳамкорликни янада ривожлантиришга 



қудратли асос бўладиган тарихий ташриф. Халқ сўзи. 2013й. 18 сентябр 

40 

 

ishlaydigan,  yuqori  texnologiyali  ishlab  chiqarishlarga  asoslangan  zamonaviy, 



diversifikatsiya qilingan iqtisodiyotga aylantirishda muhim omil bo‗lmoqda. 

Qo‗ng‘irot  soda  zavodi,  Dehqonobod  kaliyli  o‗g‘itlar  zavodini  qurish  va 

ishga  tushirish,  Yangi  Angren  issiqlik  elektr  stantsiyasi  va  Angren  ko‗mir 

konini texnik qayta jihozlash, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz 

hamda  uran  konlarini  qidirish,  razvedka  qilish  va  o‗zlashtirishga  oid  qator 

qo‗shma  loyihalar  bunday  o‗zaro  manfaatli  investitsiyaviy  hamkorlikning 

yaqqol dalillaridir. 

XXR  kompaniyalari  mamlakatimizda  telekommunikatsiya  va  axborot 

tarmoqlari  tizimlarini  modernizatsiya  qilish,  zamonaviy  temir  yo‗l  teplovozlari 

va  elektrovozlarini  etkazib  berish,  yangi  avtomobil  yo‗llari,  elektr  uzatish 

liniyalari,  suv  ta‘minoti  tizimlarini  qurish,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 

infratuzilmaning  ko‗plab  ob‘ektlarini  rekonstruktsiya  hamda  modernizatsiya 

qilishda faol ishtirok etmoqda. 

Bugungi  kunda  O‗zbekistonda  Xitoy  investitsiyasi  ishtirokida  tashkil 

etilgan  va  mamlakatimizning  barcha  xududlarida  muvaffaqiyatli  faoliyat 

yuritayotgan  455  ta  qo‗shma  korxona  respublikamiz  sanoatini  rivojlantirishga, 

uning eksport salohiyatini yanada oshirishga o‗z hissasini qo‗shmoqda. Xitoylik 

sarmoyadorlar  neft,  gaz,  kimyo,  elektr  texnika,  charm  va  farmatsevtika 

sanoatida  yangi  korxonalar  tashkil  etish,  faoliyat  ko‗rsatayotganlarini  chuqur 

modernizatsiya  qilish,  zamonaviy  qurilish  va  pardozlash  materiallarini  ishlab 

chiqarishda, ayniqsa faol ishtirok etmoqda. 

Moliya  sohasida  ham  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  hamkorlik  jadal 

rivojlanmoqda.  O‗zbekiston  tijorat  banklariga  Xitoy  Davlat  taraqqiyoti  banki, 

Eksimbanki  va  boshqa  banklari  tomonidan  taqdim  etilgan  uzoq  muddatli 

kreditlarning  umumiy  hajmi  4,5  milliard  dollardan  oshdi.  Ularning  90  foizi 

davlat kafolatlarisiz jalb etilgan. 

Tashrif  doirasida  bo‗lib  o‗tgan  muhokamalar  chog‘ida  savdo-iqtisodiy, 

investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlariga 



41 

 

alohida  e‘tibor  qaratildi.  Davlat  rahbarlari  strategik  sheriklik  munosabatlari 



amaliy kelishuvlar va bitimlar bilan mustahkamlanishi lozimligi ma‘qulladilar, 

o‗zaro  tovar  ayriboshlash  hajmini  yanada  ko‗paytirishga  intilish  hamda  yaqin 

kelajakda bu ko‗rsatkichni 5 milliard dollarga etkazish zarurligini ta‘kidladilar. 

O‗zbekiston  erishilgan  kelishuvlarga  binoan  Xitoy  bozorlariga 

mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan  raqobatdosh,  talab  yuqori  bo‗lgan 

mahsulotlarni  etkazib  berish  hajmini  oshirish  va  barqarorligini  ta‘minlashga 

tayyorligini bildirdi. 

Muhokamalar  chog‘ida  Si  Tszinpin  Islom  Karimovning  o‗zaro  iqtisodiy 

hamkorlikdagi  muvozanatni  saqlash  maqsadida  O‗zbekistonning  boy  xom 

ashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlaydigan  yirik  qo‗shma  korxonalar,  yuqori 

texnologiyali  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etishga  qaratilgan  investitsiyaviy 

hamkorlik  ko‗lamini  yanada  kengaytirish  va  tayyor  mahsulotlar  bilan  jahon 

eksport bozorlariga chiqish zaruratiga doir fikrlarini qo‗llab-quvvatladi. 

Tashrif  yakunlari  bo‗yicha  investitsiyaviy  sohada  umumiy  qiymati  15 

milliard  dollardan  ortiq  31  ta  loyihani  amalga  oshirish,  shu  jumladan,  qiymati 

7,7 milliard dollar bo‗lgan XXR moliya resurslarini taqdim etishga oid hujjatlar 

imzolangani alohida e‘tiborga loyiqdir. 

Tashrif  doirasida  imzolangan  iqtisodiy  hamkorlikka  doir  hujjatlar  orasida 

O‗zbekiston  Xitoy  iqtisodiyotini  energiya bilan barqaror ta‘minlash tizimining 

muhim  bo‗g‘ini  sifatida  belgilangan  ―O‗zbekiston-Xitoy‖  gaz  quvurining 

to‗rtinchi  tarmog‘ini  qurish  haqidagi  bitim  ikki  tomonlama  munosabatlar 

butunlay yangi bosqichga ko‗tarilganidan dalolat beradi. 

Xitoy  rahbari  Turkmaniston  va  O‗zbekiston  tabiiy  gazini  etkazib 

berayotgan  transmilliy  gaz  quvurining  barcha  liniyalari  O‗zbekiston  xududi 

orqali  o‗tishi  mamlakatlarimiz  o‗rtasida  qaror  topgan  oliy  darajadagi  o‗zaro 

ishonchning yana bir yorqin tasdig‘i ekanini alohida ta‘kidladi. 

CNPC  kompaniyasi  bilan  Muborak  shahrida  yiliga  500  ming  tonna 

polietilen ishlab chiqaradigan yangi gaz-kimyo majmuasini qurish, kaustik soda 



42 

 

va  metanol  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  Angren  IESda  150MVt  quvvatiga 



ega  yangi  ko‗mir  blokini  barpo  etish,  Urganch  shahrida  XSMG  kompaniyasi 

bilan  hamkorlikda  ekskavatorlar  va  boshqa  qurilish  texnikasini  ishlab 

chiqarishni  yo‗lga  qo‗yish,  telekommunikatsiya  uskunalarini  ishlab  chiqarish, 

keng  polosali  foydalanish  uchun  mo‗ljallangan  axborot  tarmoqlarini 

kengaytirish, neft-gaz, elektr texnika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda yirik 

loyihalarni amalga oshirishga doir hujjatlar imzolandi.

55

 

Muzokaralar davomida XXR rahbari Xitoyning  O‗zbekistonda sanoatning 



muhim  tarmoqlari  va  infratuzilmasini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  yangilash  bo‗yicha  investitsiyaviy  loyihalarni  amalga  oshirish, 

shuningdek,  kichik  biznes  loyihalarini  qo‗llab-quvvatlash  uchun  moliyaviy 

resurslar  ajratishga  tayyor  ekanini  ta‘kidladi.  Tashrif  doirasida  O‗zbekiston 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Milliy banki va ―O‗zsanoatqurilish bank‖ 

Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Eksimbanki bilan qiymati 6 milliard dollardan 

ortiq  uzoq    muddatli  Xitoy  investitsiyaviy  kreditlarini  jalb  qilishni  nazarda 

tutuvchi tegishli bitimlarni imzoladi. 

Xitoy  tomoni  uglevodorodlarni  qazib  olish  va  qayta  ishlash,  elektr 

stantsiyalarini  modernizatsiya  qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 

foydalanadigan  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish,  sanaot  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish  hamda  boshqa  sohalarda  qo‗shma  korxonalar  tashkil  qilish  va 

zamonaviy texnologiyalar taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi. 

Shu  munosabat  bilan  O‗zbekiston-Xitoy    yuqori  texnologiyalar  sanoat 

parkini  tashkil  etishga  oid  loyixa  ustuvor  ahamiyatga  ega.  O‗zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining mazkur loyiha bo‗yicha 2013 yilga qabul qilingan 

tegishli  Farmoniga  muvofiq,  Sirdaryo  viloyatida  o‗z  filialiga  ega  bo‗lgan 

―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasi  tashkil  etilib,  investorlar  uchun  misli 

ko‗rilmagan  imtiyoz  va  preferentsiyalar  joriy  qilindi.  Bugungi  kunda  ―Jizzax‖ 

                                                           

55

  Ўзбекистон-Хитой:  дўстлик  муносабатлари  ва  стратегик  ҳамкорликни  янада  ривожлантиришга 



қудратли асос бўладиган тарихий ташриф. Халқ сўзи. 2013й. 18 сентябр 

 


43 

 

maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy qurilish materaillari va 



boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

XXR  Raisi  Si  Tszinpin  davlatimiz  rahbarining  takliflarini  to‗liq  qo‗llab-

quvvatladi  va  Xitoy  tomoni  bunday  qo‗shma  korxonalar  tashkil  qilishni 

ma‘qullashini  ta‘kidladi.  Mazkur  tashrif  doirasida  ―Jizzax‖  maxsus  industrial 

zonasida  Xitoydan  to‗g‘ridan-to‗g‘ri  investitsiyalarni  jalb  etgan  holda,  kimyo, 

farmatsevtika,  elektr  texnika,  neft-kimyo  va  boshqa  sanaot  mahsulotlari, 

shuningdek,  iste‘mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  yangi  korxonalar 

tashkil etish haqida 14 ta bitim imzolandi.

56

 

2014  yil  19  avgustda  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 



Xitoy  Xalq  Respublikasi  raisi  Si  Tszinpinning  taklifiga  binoan  davlat  tashrifi 

bilan Pekinga keldi.

57

 

So‗nggi  yillarda  O‗zbekiston-Xitoy  munosabatlari  keng  ko‗lam  kasb  etib, 



strategik  sheriklik  yuksak  darajaga  ko‗tarildi.  Mamlakatlarimizning  milliy 

manfaatlariga,  O‗zbekiston  va  Xitoyning  iqtisodiy  taraqqiyotiga,  jahondagi 

nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar, avvalo, Islom Karimov va Si 

Tszinpin  o‗rtasidagi  do‗stlik,  mustahkam  ishonch  negizida,  shuningdek, 

Do‗stlik va hamkorlik to‗g‘risidagi shartnoma hamda ikki tomonlama strategik 

hamkorlikni  yanada  chuqurlashtirish  va  rivojlantirish  haqidagi  qo‗shma 

deklaratsiya ruhida taraqqiy etmoqda. 

Bu  ikki  davlat  rahbarlari  muntazam  uchrashib,  o‗zaro  munosabatlarni 

yanada  yuqori  pog‘onaga  ko‗tarishning  yangi  imkoniyatlarini  ochish  va  ishga 

solish,  O‗zbekiston  va  Xitoyning  barcha  sohalardagi  salohiyatini  to‗la  yuzaga 

chiqarish  borasida  fikr  almashib  kelayotganida  ham  yaqqol  namoyon 

bo‗lmoqda. Xususan, Prezident Islom Karimovning 2012 yil iyul oyida Xitoyga 

tashrifi  chog‘ida  o‗ttizdan  ortiq  sarmoyaviy  loyihani  amalga  oshirishga 

qaratilgan,  umumiy  qiymati  5,3  milliard  AQSh  dollariga  teng  hujjatlar 

                                                           

56

 Халқ сўзи.2013 й. 18 сентябр 



57

 Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 437. 

 


44 

 

imzolangan  edi.  XXR  Raisi  Si  Tszinpinning  2013  yil  sentyabr  oyidagi 



O‗zbekistonga  tashrifi  doirasida  yana  15  milliard  dollarlik  loyihalarni  ko‗zda 

tutuvchi 31 hujjat imzolandi. 

Islom  Karimov  va  Si  Tszinpin  joriy  yil  may  oyida  Osiyoda  hamkorlik  va 

ishonch choralari bo‗yicha kengashning IV sammiti doirasida Shanxay shahrida 

ham uchrashdilar. 

Bu galgi tashrifning asosiy voqealari 19 avgust kuni bo‗lib o‗tdi. 

Butunxitoy  xalq    vakillari  kengashi  saroyida  O‗zbekiston  Respublikasi 

Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‗tkazildi. 

Shundan so‗ng Islom Karimov va Si Tszinpinning tor doiradagi uchrashuvi 

boshlandi.  Unda  tomonlar  O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasidagi  munosabatlarni 

yanada  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  keng  ko‗lamli  masalalar,  tomonlarni 

qiziqtirgan  mintaqaviy  va  xalqaro  muammolar  yuzasidan  atroflicha  fikr 

almashdilar. 

Islom  Karimov  O‗zbekiston  tomoni  Xitoy  rahbariyati  bilan  har  bir 

uchrashuvni  yuksak  qadrlashini,  bugungi  muzokaralar  oliy  darajadagi 

muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta‘kidladi. 

Si  Tszinpin  O‗zbekistonni  Xitoyning  ishonchli  sherigi  deb  bilishini,  ikki 

tomonlama  hamkorlik  uzoq  muddatlilik  va  o‗zaro  manfaatdorlik  asosida 

rivojlanayotganini qayd etdi. 

Tomonlar o‗zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, xalqaro maydonda bir-

birini  qo‗llab-quvvatlash  va  sa‘y-harakatlarni  muvofiqlashtirish  hamda 

xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga  kelishib oldi. 

ShHT  doirasidagi  munosabatlar  ushbu  tuzilmani  rivojlantirish  masalalari 

ham ko‗rib chiqildi. 

Davlat  rahbarlari  savdo-iqtisodiy  va  sarmoyaviy  aloqalar  o‗zaro 

munosabatlarning 

muhim 

bo‗g‘ini 



ekanini  inobatga  olgan  holda, 

ishbilarmonlarning  bevosita  muloqotlarini  yanada  faollashtirish,  savdo  va 

investitsiyaga oid ko‗rsatkichlarni yuksaltirish, energetika, noxom ashyo, yuqori 


45 

 

texnologiyalar, transport infratuzilmalarini rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik 



ko‗lamini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

58

 



Islom  Karimov  va  Si  Tszinpin  muzokarani  O‗zbekiston  va  Xitoy  rasmiy 

delegatsiyalari a‘zolari ishtirokida davom ettirdilar. 



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish