O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


  O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarida ShHTning o‘rni



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#45523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan siyosiy iqtisodiy va madaniy aloqalari


 

1.3.  O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarida ShHTning o‘rni 

2001-yil  14-15-iyun  kunlari  Xitoyning  Shanxay  shahrida  ―Shanxay 

beshligi‖ning  navbatdagi  sammiti  bo‗lib  o‗tdi.  Ana  shu  uchrashuvda 

O‗zbekiston  shu  tashkilotga  rasman  a‘zo  bo‗ldi,  tashkilotning  nomi  ham 

o‗zgarib, unga ―Shanxay Hamkorlik Tashkiloti‖ deb nom berildi, uning oltinchi 

a‘zosi  bo‗lgan  O‗zbekiston  tashkilotga  a‘zo  sifatidagina  emas,  balki  ta‘sischi 

sifatida ham tan olinadi. Tashkilotning avvalgi besh a‘zo davlatlari tomonidan 

O‗zbekistonning mazkur tashkilotga kirishi bir ovozdan ma‘qullandi. Ayniqsa, 

Xitoy  tomoni  O‗zbekistonning  a‘zoligini  faol  qo‗llab-quvvatlaydi.  Xitoy 

tomonining  fikricha,  O‗zbekistonning  tashkilotga  a‘zoligi  mintaqaviy  jihatdan 

olib qaraganda tashkilot yaxlitligini ta‘minlaydi.

38

 



O‗zbekiston  uchun  tashkilotga  a‘zolik  qator  ijobiy  xususiyatlarda 

namoyon bo‗lib, ularning barchasi mamlakat taraqqiyoti va xalq manfaati uchun 

xizmat qilishi nazarda tutilgan. Undan tashqari, Xitoy va Rossiya kabi harbiy va 

iqtisodiy  jihatdan  qudratli  davlatlar  bilan  yagona  tashkilotda  bo‗lishi  yurtimiz 

uchun juda katta ham iqtisodiy va ham siyosiy ahamiyatga ega. Sababi, Rossiya 

ham  Xitoy  ham  dunyo  siyosatida  alohida  zarur  hollarda  hal  qiluvchi  o‗rin 

egallaydi,  undan  tashqari  Xitoy  keyingi  20-30  yil  davomida  juda  katta 

rivojlanish  yo‗lini  bosib  o‗tdi.  Uning  tajribasi  keyingi  yillarda  boshqa 

mamlakatlar uchun ham tajriba vazifasini bajarishi mumkin. 

                                                           

37

 Жалолов А. Хитой: ислоҳот мевалари. Ўзбекистон овози. 1994й. 28 июнь 



38

 Халқ сўзи. 2004 йил 16-июнь. №126 (3401).

 


24 

 

2004-yil  17-iyunda  Toshkent  shahrida  ShHTning  rasman  4-sammitda 



O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov, Xitoy rahbari Xu 

Szintao, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‗iston Prezidenti 

Nursulton  Nazarboyev,  Qirg‗iziston  Prezidenti  Asqar  Akayev,  Tojikiston 

Prezidenti Imomali Raxmonlardan tashqari birinchi marta tashkilot sammitining 

mehmoni sifatida Afg‗oniston muvaqqat ma‘muriyati rahbari Hamid Karzay va 

Battulga Dashjams boshchiligida Mo‗g‗uliston delegatsiyasi ishtirok etdi

39



Toshkent  sammitida  birinchi  bor  tashkilotga  a‘zo  bo‗lmagan  davlatlar 



vakillari  ishtirok  etishdi  va  kelajakda  tashkilot  a‘zolari  sonining  ortib  borishi 

uchun  dastlabki  ulkan  qadam  qo‗yildi.  Sababi,  Afg‗oniston  va  Mo‗g‗uliston 

delegatsiyasi yurtboshimiz tomonidan taklif qilingandi. 

2005-yil 5-iyulda Qozog‗iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida 

ShHTning  navbatdagi  sammiti  bo‗lib  o‗tdi.  Unda  odatdagidek  a‘zo  davlatlar 

bilan  birga  mazkur  sammitda  Belorussiya  Respublikasi  va  Shri-Lanka 

delegatsiyalari ishtirok etishib, ular tashkilotga kuzatuvchi maqomini berilishini 

so‗rab  murojaat  qilishdi.  Undan  tashqari  mintaqadagi  yirik  va  ta‘siri  kuchli 

hisoblangan  Hindiston,  Pokiston  va  Eron  delegatsiyalari  ham  aynan  shu 

sammitda kuzatuvchi maqomini oldi. 

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining keyingi sammitlarida, xususan, 2006-

yil  14-15-iyun  kunlari  Shanxay  shahrida,  2007-yil  16-avgustda  Bishkek 

shahrida, 2008-yil 28-avgustda Dushanbe shahrida, 2009-yil 15-16 iyun kunlari 

Rossiyaning  Yekaterinburg  shahrida,  2010-yil  10-11-iyunda  Toshkentda  va 

2011-yil 14-15-iyun kunlari Ostona shahrida ShHTga a‘zo davlatlar bilan birga 

kuzatuvchi va mehmon davlatlar ham ishtirok etdi

40



2004-yildagi  Toshkent  va  2005-yildagi  Ostona  sammitdaridan  boshlab, 



ShHTning  oliy  darajadagi  sammitlarida  doimiy  ravishda  kuzatuvchi 

maqomidagi  davlatlar,  hamkor  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlarning  vakillari 

ishtirok etib kelmoqda. 

                                                           

39

 Ўзбекистон овози. 2011 йил, 18-июн. №73 (31.349), 1-бет. 



40

 Шанхайска Организация сотрудничества// http:www.seet SCO.org.

 


25 

 

Ma‘lumot sifatida quyidagi misollarni keltirib o‗tishimiz mumkin. 2010-



yil 10-11-iyun kunlari ShHTning Toshkent sammitida tashkilotga a‘zo davlatlar 

rahbarlari  (faqatgina  Qirg‗iziston  tashqi  ishlar  vaziri  vazifasini  bajaruvchi 

Ruslan Kazakbayev) qatnashdi

41



Ulardan  tashqari  kuzatuvchi  maqomidagi  davlatlar  delegatsiyalari 

rahbarlari  ishtirok  etishadi.  Xususan,  Mo‗g‗uliston  Prezidenti  Saxia  Geyn 

Elbegdorj,  Eron  Islom  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vaziri  Manuchehr  Muttaqiy, 

Pokiston  Islom  Respublikasi  Prezidenti  Osif  Ali  Zardoriy,  Hindiston 

Respublikasi  Tashqi  ishlar  vaziri  Somonaxalli  Malayya  Krishna,  sammit 

mehmonlari  Afg‘oniston  Islom  Respublikasi  Prezidenti  Hamid  Karzay, 

Turkmaniston  Prezidenti  Gurbanguli  Berdimuhammedovlardir.  Shuningdek, 

majlisda  ShHT  Bosh  kotibi  Muratbek  Imonaliyev,  ShHT  MATT  Ijrochi 

direktori  Jenisbek  Jumanbekov,  BMT  Bosh  kotibining  o‗rinbosari  Yan  Kubin, 

MDH  Ijroiya  qo‗mitasi  raisi  Sergey  Lebedev,  ODKB  Bosh  kotibi  Nikolay 

Bordyuja,  ASEAN  Bosh  kotibining  o‗rinbosari  Sayakan  Sisovonglar  ham 

ishtirok etishdi

42



Shunday  ekan  mazkur  sammitda  ShHTning  ta‘sir  geografiyasi  doimiy 



ravishda kengayib borayotganligini ko‗rsatib berdi. 

Ostona  shahrida  ShHTning  navbatdagi  sammiti  2011-yil  14-15-iyun 

kunlari  bo‗lib,  unda  a‘zo  davlatlardan  tashqari  majlis  ishida  kuzatuvchi 

maqomidagi  davlatlar  delegatsiyalari  rahbarlari  –  Eron  Islom  Respublikasi 

Prezidenti Mahmud Axmadinajod, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif 

Ali Zardoriy, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Somonaxalli Malayya 

Krishna,  Mo‗g‗uliston  Prezidenti  ma‘muriyati  rahbari  Battulga  Dashjamslar 

ham  qatnashdi.  Qolaversa  sammitga  va  tashkilotga  raislik  qiluvchi  mamlakat 

mehmoni  sifatida  taklif  etilgan  Afg‗oniston  Respublikasi  Prezidenti  Hamid 

                                                           

41

 Халқ сўзи. 2010 йил 12-июн. №116 (5031), 2-бет. 



42

 Халқ сўзи. 2010 йил 12-июн. №116 (5031), 2-бет.

 


26 

 

Karzay,  shuningdek,  BMT,  MDH,  ODKB,  ASEAN  va  boshqalarning  vakillari 



ham ishtirok etishdi

43



2013-yilning  4-5-dekabr  kunlarida  ushbu  tashkilot  davlatlarining  bosh 

vazirlari  ishtirokida  Bishkekda  yig‗ilish bo‗lib o‗tdi. Uchrashuvda 30 ga yaqin 

dasturlar  ishlab  chiqildi.  Ushbu  dasturlar  orasida  yo‗llar  qurilishidan  tortib, 

tadqiqot  institutini  tashkil  etish  to‗g‗risida  shartnomalar  imzolandi. 

Shartnomalar  orasida  janubiy  Chelyabinskda  metallurgiya  zavodlarini  qurish 

belgilandi.  Rossiya  va  Qirg‗iziston  elektr  lampalar  ishlab  chiqarish, Tojikiston 

va  Qozog‗iston  mayda  va  o‗rtacha  kattalikdagi  GES  lar  qurishga  kelishib 

oldilar.  Ushbu  shartnomalarga  kuzatuvchi    (Afg‗oniston,  Hindiston,  Eron, 

Mo‗g‗uliston)  va  hamkor  davlatlar  (Belorussiya,  Shri-Lanka,  Turkiya)  ham 

qo‗shildilar. 

ShHT  doirasidagi  hamkorlik  o‗zaro  ikki  tomonlama  qalin  aloqalarning 

salmoqli  qismini  tashkil  qiladi.  ShHT  doirasidagi  hamkorlik  bugungi  kunda 

mintaqada va butun dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‗lida 

jiddiy omil bo‗ladi. 

Strategiya  va  liderlik  Osiyo  instituti  (Malayziya)  vitse-prezidenti  Maks 

Seyning  so‗zlariga  qaraganda,  Xitoyning  O‗zbekiston  bilan  aloqalarining 

rivojlanish sur‘ati bu davlatlar o‗rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni tekis 

o‗sishi  to‗g‗risida  dalolat  beradi.  Xitoy  tomoni  O‗zbekiston  bilan  yuqori 

darajadagi aloqalarni qo‗llab-quvvatlashdan manfaatdordir, chunki O‗zbekiston 

nafaqat  mintaqada,  balki  uning  chegarasidan  tashqarida  ham  geosiyosiy 

vaziyatni  rivojlantirishda  muhim  rol  o‗ynaydi,  Markaziy  Osiyodagi  vaziyat 

ko‗pgina,  shu  jumladan  dunyodagi  yirik  davlatlarning  siyosatining 

shakllanishiga ta‘sir qiladi

44



Uning  fikri  bo‗yicha  O‗zbekiston  rahbariyatining  hamkorlik  qilayotgan 

mamlakatlarning  investitsiyalarini  jalb  qilishga,  qo‗shimcha  ishchi  o‗rinlari 

tashkil qilishga, zamonaviy yangi ishlab chiqarishni rivojlantirishga va o‗zbek 

                                                           

43

 Ўзбекистон овози. 2011 йил, 18-июн. №73 (31.349), 1-бет. 



44

 Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 436.

 


27 

 

mahsulotlarini  eksport  imkoniyatini  oshirishga  yo‗naltirilgan  siyosati  to‗g‗ri 



hisoblanadi.  Bu  borada  Xitoyning  tajribasi  O‗zbekiston  iqtisodiy  taraqqiyoti 

uchun foydali bo‗lishi mumkin. 

Xitoy  ishonchli  va  pragmatik  sherik  hisoblanib,  uning  tashqi  siyosati 

birinchi  navbatda  savdo-iqtisodiy  va  investitsiyaviy  aloqalarni  rivojlantirishga 

yo‗naltirilgan  bo‗lib,  eng  avvalo,  Pekin  tashqi  siyosati  shu  vazifalarni  hal 

qilishga qaratilgan. 

O‗zbekiston  katta  va  xilmna-xil  tabiiy  resurslarga,  rivojlangan 

industriyaga, yaxshi intellektual salohiyatga ega. Darhaqiqat, Birinchi Prezident 

Islom  Karimov  tomonidan  to‗g‗ri  tanlangan  tashqi  siyosiy  yo‗nalish  tufayli 

mamlakat  xalqaro  jamoatchilik  subyektlari  orasida  katta  obro‗  va  hurmat 

qozondi, dunyoning ko‗pgina davlatlari, shu jumladan Xitoy bilan hamkorlikni 

tez rivojlantirmoqda

45



O‗zbekiston  Xitoy  bilan  har  tomonlama  hamkorlikni  rivojlantirish 



yo‗lidan  borishi  katta  istiqbolga  ega  chunki,  o‗zbek  –  xitoy  munosabatlari 

o‗zaro  foydali  harakterga,  mustahkam  do‗stona  va  chuqur  tarixiy  aloqalarga 

asoslanadi. 

China  Cotton-Indutries,  Co  LTD  (XXR)  prezidenti  Vang  Sinlong 

fikricha,  O‗zbekiston  mintaqaning  barcha  mamlakatlari  bilan  chegaradosh 

bo‗lgan  Markaziy  Osiyoda  yagona  davlat  hisoblanadi.  Mamlakat  katta  tranzit, 

sanoat  va  yuqori  malakali  kadrlar  salohiyatiga,  strategik  ahamiyatdagi  foydali 

qazilmalarga va tabiiy zaxiralarga ega. Xitoy o‗z navbatida O‗zbekiston sanoat 

salohiyatini  rivojlantirishga  yordam  beruvchi  zamonaviy  texnologiyalar  va 

investitsiya  zaxiralariga  ega.  Ishonamanki,  Xitoy  va  O‗zbekistonning  yirik 

kompaniyalari  va  moliyaviy  tashkilotlari  o‗rtasida  investitsiyaviy  hamkorlik 

bo‗yicha  imzolangan  bitimlar  iqtisodiyot  va  investitsiya  sohalaridagi  ikki 

tomonlama hamkorlikni sifatli va yuqori darajaga olib chiqishga yordam beradi. 

                                                           

45

 http://naesmi.uz/uz/site/page.html?id=28047 



 

28 

 

Bizning mamlakatlarimiz o‗rtasida iqtisodiyotni, qishloq xo‗jaligini, energetika 



va  telekommunikatsiya  sohalarini  birgalikda  rivojlantirish  zaruratini  umumiy 

tushuncha  mavjud.  O‗ylaymanki,  ikki  tomonlama  investitsiyaviy  hamkorlikni 

kengaytirishga mamlakatlarimiz rahbarlarining tashabbusi bilan tashkil qilingan 

xorijlik  tadbirkorlarni  samarali  faoliyat  yuritishlari  uchun  qulay  investitsiya 

sharoiti  va  zarur  infrastrukturani  yaratgan  ―Jizzax‖  maxsus  industrial  zonasi 

doirasidagi yuqori texnologiyalar sanoat parki katta yordam beradi

46



O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  2013-



yilning  12-13-sentabr  kunlari  Bishkekda  o‗tkazilgan  Shanxay  Hamkorlik 

Tashkiloti  a‘zo  davlatlari  rahbarlari  kengashining  navbatdagi  yig‗ilishida 

ishtirok qildi. ShHT ning a‘zo davlatlari rahbarlarining yig‗ilishi tor tarkibdagi 

uchrashuvdan  boshlandi.  Unda  O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

Islom  Karimov,  Qozog‗iston  Respublikasi  Prezidenti  Nursulton  Nazarboyev, 

XXR  raisi  Si  Szinpin,  Qirg‗iziston  Respublikasi  Prezidenti  Almazbek 

Atambayev,  Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  Vladimir  Putin  hamda  Tojikiston 

Respublikasi  Prezidenti  Imomali  Rahmon  qatnashdilar.  Xalqaro  va  mintaqaviy 

dolzarb masalalar hamda ShHT ni yanada rivojlantirish istiqboli to‗g‗risida fikr 

almashish  bo‗lib  o‗tdi.  Qayd  qilindiki,  ShHT  konstruktiv  aloqa  va  mintaqaviy 

hamda  global  muammolarni  hal  qilishninng  samarali  yo‗llarini  birgalikda 

izlashni  optimal  maydoni  hisoblanadi.  Ishtirokchi  mamlakatlarning  rahbarlari 

yig‗ilishni  kengaytirilgan  tarkibda  davom  qildirdilar.  Ularga  kuzatuvchi 

davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  vakillari  qo‗shildilar.  Qayd  qilindiki, 

zamonaviy  siyosat  va  iqtisodiyotning  haqqoniyligi,  barqarorlik  va  xavfsizlikni 

ta‘minlash  masalalariga  jiddiy  ta‘sir  ko‗rsatadigan  xalqaro  munosabatlar  tez 

sur‘atlarda  sodir  bo‗lmoqda.  ShHT  maydonida  ijtimoiy-iqtisodiy  barqaror 

taraqqiyotni ta‘minlash, global xavf va tahdidlarga samarali yakdil qarshi turish 

vazifalari  birinchi  o‗ringa  chiqadi.  ShHT  mamlakatlari  xalqaro  terrorizm, 

                                                           

46

 http://oz.sputniknews-uz.com/infographics/20170512/5387097/Ozbekiston-va-Xitoyning-siyosiy-savdo-



munosabatlari.html 

 


29 

 

separatizm  va  ekstremizmga,  transmilliy  uyushgan  jinoyatchilikka,  narkotik 



vositalari,  psixotrop  moddalar  va  ularning  qo‗shimchalariga,  axborot 

xavfsizligiga  qaratilgan  tahdidlarga  qarshi  kurashadilar,  bu  sohalarda 

hamkorlikning  huquqiy  asosini  yanada  takomillashtirish  uchun  harakat 

qiladilar

47



O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‗z nutqida 



yig‗ilish  qatnashchilarining  e‘tiborini  Suriya  va  Afg‗onistonda  sodir 

bo‗layotgan  voqealarga  qaratdi.  Qon  to‗kilishini  Suriya  hududidan  tashqariga 

tarqalishiga  yo‗l  qo‗ymaslik  kerak.  Yana  ta‘kidlandiki,  afg‗on  muammosini 

harbiy yo‗l bilan hal qilib bo‗lmaydi, yagona to‗g‗ri yo‗l  - bu siyosiy masalada 

BMT  rahnamoligida  muzokaralar  yo‗li  bilan  qarama-qarshi  kuchlarni 

kelishuviga  erishish  kerak.  O‗zbekiston  bu  mamlakat  bilan  faqat  ikki 

tomonlama asosda munosabatlar olib boradi. Davlatimiz rahbari birgalikda yirik 

loyihalar  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  muhimligi,  ayniqsa,  transport 

kommunikatsiyasi  sohasida,  ShHT  ning  taraqqiyot  banki  va  taraqqiyot  fondi 

tashkil  qilishni  ta‘kidladi.  Islom  Karimov  Orol  mintaqasida  ekologik  vaziyat 

og‗irligini qayd qilib, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Orolni qutqarish xalqaro 

fondini  o‗zaro  hamkorlik  mexanizmlarini  ishlab  chiqishga,  ekologik 

muammolarni  hal  qilishda  ShHT  imkoniyatlari  va  salohiyatidan  foydalanishga 

chaqirdi. 

Sammit 

qatnashchilari 



milliy 

iqtisodiyotni 

yanada 

zamonaviylashtirish,  transport  qatnovi  va  kommunikatsiya,  innovatsion 



texnologiyalar,  agrosanoat  kompleksi  sohalarida  mustahkam  investitsiyaviy 

sheriklikka  moyilliklarini  bildirdilar.  Ilmiy-texnik,  madaniy-ijtimoiy  va  turizm 

sohalarida  o‗zaro  harakatni  yanada  rivojlantirish  muhimligi  qayd  qilinganligi 

ShHT 


hududida  yashovchi  xalqlarning  manfaatlariga  mos  keluvchi 

madaniyatlararo  aloqalarni  kengaytirish,  ma‘naviy  yaqinlashish,  yaxshi 

qo‗shnichilik, do‗stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga 

yordam  beradi.  Davlat  rahbarlari  kengashining  yig‗ilishi  natijalari  bo‗yicha 

                                                           

47

 http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=37014 

 


30 

 

Bishkek  deklaratsiyasi  qabul  qilindi,  unda  o‗zaro  amaliy  harakatni  yanada 



rivojlantirishning  asosiy  yo‗llari  aks  ettirilgan,  ko‗p  tomonlama  hamkorlikni 

kengaytirish  va  chuqurlashtirish  uchun  maksimal  kuchaytirilgan  intilish 

ifodalangan. 

Davlat  rahbarlari  ShHT  qatnashchi  davlatlarining  uzoq  muddatli  yaxshi 

qo‗shnichilik,  do‗stlik  va  hamkorlik  shartnomasi  shartlarini  amalga  oshirish 

bo‗yicha  2013-2017-yillar  uchun  harakat  dasturini  imzoladilar.  ShHT  a‘zo 

davlatlari  rahbarlari  kengashining  yig‗ilishida  ishtirok  doirasida  O‗zbekiston 

Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  Qirg‗iziston  Respublikasi 

Prezidenti  A.  Atambayev  bilan  uchrashuvi  bo‗lib  o‗tdi.  Ikki  davlat  rahbarlari 

qirg‗iz tomonining ShHT sammitini kuchli tayyorgarlik asosida yuqori tashkiliy 

va mazmunli darajada o‗tkazgani bo‗yicha fikr almashdilar. Birinchi Prezident 

Islom  Karimov  ShHT  doirasida  o‗zaro  foydali  hamkorlikni  yanada 

mustahkamlashga  yo‗naltirilgan,  davlat  rahbarlari  darajasida  imzolash  uchun 

tayyorlangan  qator  hujjatlarni  qabul  qilininshi  muhimligini  ta‘kidladi. 

O‗tkazilgan  muzokaralarda  O‗zbekliston  va  Qirg‗iziston  o‗rtasida  ikki 

tomonlama va ko‗p tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. 

Tomonlar  ikki  tomonlama  transport-kommunikatsiya  aloqalarini  rivojlantirish, 

o‗zaro tovar aylanmasini kengaytirishga yo‗naltirilgan taklif va aniq choralarni 

muhokama qildilar. Chegara tumanlarida o‗zaro faoliyat sharoitlarini yaxshilash 

hamda ikki davlatning yaxshi qo‗shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bilan 

bog‗liq boshqa masalalar to‗g‗risida kelishuvlarga erishildi

48



Xitoy-buyuk  davlat.  O‗zbekiston  mustaqilligining  dastlabki  yillaridanoq 

bu  qo‗shni  davlat  bilan  yaqin  va  yaxshi  munosabatlar  o‗rnatdi.  Birinchi 

Prezident  I.  A.  Karimovning  Xitoyga  qilgan  rasmiy  tashrifi  o‗zaro  manfaatli 

muzokaralar  hamda  do‗stona  uchrashuvlar  bu  munosabatlarga  asos  soldi. 

Keyinchalik  Xitoy  rahbari  Szyan  Szemin  O‗zbekistonga  rasmiy  tashrif  bilan 

keldi va o‗zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‗shdi. 

                                                           

48

 O‗zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash yo‗lida. Xalq so‗zi. 2015y 3-sentyabr 



31 

 

2004-yil  18-20-aprel  kunlari  XXR  Davlat  Kengashi  rahbari  Li  Pen 



O‗zbekistonga  rasmiy  tashrif  bilan  keldi.  Bu  tashrif  O‗zbekiston  –  Xitoy 

munosabatlarida yangi qadam bo‗ldi. 

XXR  Davlat  Kengashi  rahbari  Li  Pen  bilan  O‗zbekiston  Birinchi 

Prezidenti  I.A.Karimov  o‗rtasida  yakkama-yakka  suhbat  bo‗lib  o‗tdi.  Unda 

O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasidagi  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy 

hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Muzokoralar  so‗ngida  bir  qancha  hujjatlar  imzolandi.  O‗zbekiston  bilan 

Xitoy  davlatlari  o‗rtasida  kredit,  xalqaro  iqtsiodiy  hamkorlik  hamda  ikki 

mamlakat  o‗rtasida  havo  transporti  aloqalarini  yo‗lga  qo‗yish  bo‗yicha 

hukumatlararo  bitimlar imzolandi

49



1992-yil  mart  oyida  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  Xitoyga 



qilgan  rasmiy  safari  chog‗ida  20  dan  ortiq  hujjat  imzolangan  edi.  Endi  unga 

qo‗shimcha yana 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Bular ikki mamlakat o‗rtasida 

savdo-iqtisodiy  aloqalarni  yanada  kengaytirish  uchun  huquqiy  asos  bo‗lib 

xizmat qiladi

50



1996-yil  may  oyida  XXR  Raisi  Szyan  Szemin  davlat  tashrifi  bilan 



O‗zbekistonga  keldi.  Yuqorida  qayd  etilgan  uchrashuvlarda  jami  40  ga  yaqin 

hujjatlar imzolandi. 

Xitoy  O‗zbekistonning  ishonchli  hamkoriga  aylandi.  O‗zbekistondan  20 

dan ziyod samolyotlar va ehtiyot qismlarini Xitoylik xaridorlar sotib oldi. 

2004-yil  14-15  iyun  kunlari  Xitoy  Xalq  Respublikasi  raisi  Xu  Szintao 

davlat tashrifi bilan O‗zbekistonda bo‗ldi. 

Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov va Xu Szintaoning yakkama-yakka 

suhbatida  O‗zbekiston  –  Xitoy  munosabatlariga  doir  masalalar  muhokama 

qilindi.  Mamlakatlarimiz  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  ijtimoiy  sohalarda  samarali 

hamkorlik  qilib  kelayotgani,  xavfsizlik  masalalari  borasidagi  aloqalar 

faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

                                                           

49

 Жалолов А. Хитой: ислоҳот мевалари. Ўзбекистон овози. 1994й. 28 июнь 



50

 Норматов И. Тараққиѐтга янги куч билан. Ўзбекистон овози. 2002й. 19 ноябр 



32 

 

Tomonlar  e‘tirof  etganlaridek,  ayni  paytda  O‗zbekiston  –  Xitoy 



munosabatlari  o‗z  tarixidagi  eng  yuqori  pog‗onaga  ko‗tarilgan.  Buning  eng 

muhim  omili  hamjihatlikdir.  Dunyodagi  vaziyat  qanday  yo‗nalishda 

o‗zgarmasin  O‗zbekiston  va  Xitoy  yaqin  qo‗shnichilik,  do‗stlik  va  o‗zaro 

manfaatli  hamkorlikni  izchil  rivojlantiraveradi.  Zotan  mamlakatlarimizning 

xalqaro muammolarga munosabat va yondoshuvlari o‗xshash yohud yaqin. 

Ayniqsa  terrorchilik,  ayirmachilik,  ekstremizm  va  narkobiznes  kabi 

xavfsizlikka  tahdid  soluvchi  illatlarga  qarshi kurashda murosasizlik tamoyiliga 

har  ikki  davlat  birdek  qat‘iy  tayanadi.  Tomonlarning  Shanxay  Hamkorlik 

Hashkiloti  doirasidagi  hamkorligida  ham  xavfsizlikni  ta‘minlash  masalasi 

ustuvor yo‗nalishlardandir. 

O‗zbekiston  rahbaryatii  ko‗p  yillardan  buyon  jahon  hamjamiyatini  bu 

illatlarga qarshi kurashda birlashishga da‘vat etib kelmoqda. Xitoy tomoni esa 

xalqaro  doiraga  terrorchilik,  ekstremizm  va  ayirmachilikni  anglatuvchi  ―uch 

yovuz  kuch‖  atamasini  kiritdi.  O‗zbekiston  Xitoyning  ―Xavfsizlik  kamari‖ 

tamoyili – qo‗shni davlatlar bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirish orqali 

xavfsizlikni  ta‘minlash  va  taraqqiyotni  jadallashtirishga  asoslangan  tashqi 

siyosatni qo‗llab-quvvatlaydi.  

O‗zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  I.  A.  Karimov  zahiradagi 

imkoniyatlar  ko‗pligini  ta‘kidlar  ekan.  O‗zbekiston  Xitoy  bilan  neft-gaz  va 

minerallar konlarini o‗zlashtirish, volfram va boshqa qimmatli metallarni qazib 

olish,  kimyo  sanoati  elektronika  mahsulotlari  va  kompyuter  texnikasi  ishlab 

chiqarishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi.

51

 

Ko‗p  tomonlama  hamkorlik  borasida  ham  qilinishi  mumkin  va  lozim 



bo‗lgan ishlar talaygina. Muzokaralar yakunida Islom Karimov va  Xu Szintao 

O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasida  sheriklik  munosabatlari,  do‗stlik  va 

hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  va  mustahkamlash  to‗g‗risidagi  qo‗shma 

deklaratsiyani imzoladilar. 

                                                           

51

 Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 464. 



 

33 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish