2.2. O‘zbekiston va Xitoy iqtisodiy munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlar
O‗zbek va xitoy xalqlari o‗rtasidagi munosabatlar Buyuk Ipak yo‗li tarixi
bilan chambarchas bog‘lanib ketgan bo‗lib, milliy qadriyat va an‘analarimiz
jahon madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shgan, savdo aloqalarimiz
esa dunyo ahliga o‗z davrining noyob buyumlarini taqdim etgan. Bugun inson
hayotining ehtiyojlariga aylangan choy, paxta, ipak, qog‘oz kabi mahsulotlar
ularning bir qismi, xolos.
Kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada ana shunday uzoq tarixga ega
iqtisodiy va madaniy hamkorlikni hozirgi zamon ruhi va talablari asosida
yanada rivojlantirish masalalari ko‗rib chiqildi.
Xitoy O‗zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy
sheriklaridan biri ekanini qayd etish joiz. Xususan, so‗ngi olti yilda
mamlakatlarimiz o‗rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi qariyb 6 barobar oshdi va
2013 yilda 5,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. O‗zbekistonda Xitoy
sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 700 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning etmishdan ziyodi to‗laligicha Xitoy investitsiyalari hisobiga tashkil
etilgan. Yurtimizda Xitoyning 74 kompaniyasi o‗z vakolatxonasini ochgan.
Xitoy O‗zbekistonning barqaror taraqqiyot sur‘atlarini yuksak baholashini
hamda yurtimizda iqtisodiyotning yangi yuqori texnologiyali tarmoqlarini
yaratish va rivojlantirishga, sanaot korxonalarini modernizatsiyalash va
texnologik jihatdan qayta jihozlashga qaratilgan sa‘y-harakatlarni qo‗llab-
quvvatlashini bildirmoqda.
58
Ўзаро ишонч ва манфаатдорлик-стратегик шерикликнинг асосий тамойиллари. Халқ сўзи. 2014 й. 20
август
46
Oliy darajadagi kelishuvlarga binoan, 2013 yilda ―Jizzax‖ maxsus
industrial zonasi shaklida O‗zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanaot parki
tashkil etildi. Bu erda mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Joriy yilda ―Jizzax‖ maxsus
industrial zonasida Xitoy kompaniyalarining qiymati 50 million dollardan ziyod
to‗g‘ridan-to‗g‘ri sarmoyasi ishtirokida o‗n beshdan ortiq qo‗shma loyihani
amalga oshirish ko‗zda tutilgan.
Hamkorlikning ko‗lami naqadar keng ekanini yoqilg‘i-energetika majmui
ham yaqqol namoyish etadi. Xitoyning qator kompaniyalari mamlakatimizdagi
uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Xitoy
Milliy neft-gaz korporatsiyasi nafaqat istiqbolli uglevodorod konlarini topish va
o‗zlashtirish, balki Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta
ishlash loyihasini amalga oshirishda ham qatnashmoqda. Ikki mamlakat ham
Xitoyga uzlkusiz tabiiy gaz etkazib berishni ta‘minlovchi ―Markaziy Osiyo-
Xitoy‖ gaz quvirini qurish va ishga tushurishni strategik muhim ahamiyatga
molik loyiha deb biladi.
O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida eng qisqa temir yo‗l tarmog‘ini barpo etish
ham iqtisodiy hamkorlikning strategik yo‗nalishlaridandir. Bu Xitoyning
Markaziy Osiyo mamlakatlariga, undan keyin Janubiy Osiyoga chiqishini
ta‘minlaydi. O‗zbekiston ―Xitoy-Qirg‘iziston-O‗zbekiston‖ temir yo‗li
qurilishini
qo‗llab-quvvatlaydi.
Mazkur
yo‗nalish
124
kilometrlik
elektrlashtirilgan ―Angren-Pop‖ temir yo‗li qurilishi loyihasini o‗z ichiga olgan.
2013 yilda ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ davlat aktsiyadorlik temir yo‗l
kompaniyalari va Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi
o‗rtasida Qamchiq dovonidan tunnel orqali o‗tadigan ―Angren-Pop‖ temir yo‗l
liniyasini qurish bo‗yicha umumiy qiymati 455 million dollarlik shartnoma
imzolanishi bilan xitoylik hamkorlar ishtirokida bu boradagi ishlar boshlab
yuborildi. Loyiha 19 kilometrlik temir yo‗l tunneli qurishni ko‗zda tutadi. Ayni
paytda liniyaning 60 kilometrdan ko‗proq qismi qurib bitkazilgan.
47
Moliyaviy sohadagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Xitoy Davlat taraqqiyot
banki va Eksimbanki singari moliya institutlarining jami kreditlari hajmi 4,5
milliard dollardan oshadi. Ular sog‘liqni saqlash, ta‘lim, energetika, transport va
telekommunikatsiya sohalariga yo‗naltirilgan.
Muzokaralar yakunida Islom Karimov va O‗zbekiston Respublikasi bilan
Xitoy Xalq Respublikasi o‗rtasidagi Qo‗shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, mamlkatlarimiz o‗rtasida texnikaviy-iqtisodiy, energetika, yuqori
texnologiyalar,
bank-moliya
kabi
sohalardagi
hamkorlikni
yanada
rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. 2014-2018 yillarga
mo‗ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi qabul
qilindi.
59
2015 yil 2-3 sentyabrda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan Pekin
shahrida bo‗ldi. Shu kuni I.A.Karimov bilan Si Tszinpin uchrashdi. Tomonlar
O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir
keng ko‗lamli masalalar, o‗zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro
muammolar yuzasidan fikr almashdilar. 3 sentyabr kuni Yurtboshimiz ikkinchi
jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlib Pekinda
o‗tkazilgan tantanali marosimda qatnashdi.
O‗zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‗rtasidagi
munosabatlar bugungi kunda barcha yo‗nalishlarda o‗zaro manfaatli rivojlanib
borayapti.
Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi turli sohalarni qamrab olgan
200 dan ziyod ikki tomnlama hujjatlardan iboratdir.
Oliy va yuqori darajadagi o‗zaro tashrif almashuvlari muntazam ravishda
amalga oshirilmoqda. Xususan, O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimovning
2014 yil avgust oyida Xitoyga buyurgan davlat tashrifi ikki tomonlama
59
Ўзаро ишонч ва манфаатдорлик-стратегик шерикликнинг асосий тамойиллари. Халқ сўзи. 2014 й. 20
август
48
hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tardi. 2014-2018 yillarga
mo‗ljallangan strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturining
qabul qilingani mazkur tashrifning eng muhim yakuni bo‗ldi. Shuningdek, 6
milliard AQSh dollari miqdoridagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda
moliyaviy bitim va shartnomalar majmui imzolandi.
O‗zbekiston bilan Xitoy xalqaro tizimlar doirasidagi hamkorlikni
kengaytira borib, bir-birining manfaatlarini ilgari surish masalalari bo‗yicha
xalqaro maydonda bir-birini siyosiy qo‗llab-quvvatlab kelmoqda.
Xususan, Shanxay hamkorlik tashkilotining muvaffaqiyatli rivojlanishiga
alohida e‘tibor qaratilayapti. Ma‘lumki, joriy yilda ushbu tashkilotga raislik
davlatimizga o‗tdi. ShHT yo‗nalishidagi hamkorlik bugungi kunda mintaqada
va umuman, butun dunyoda barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashda
muhim omil bo‗lib bormoqda. Shu yil 9-10 iyul kunlari ShHTga a‘zo
mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi chog‘ida
Prezident Islom Karimov tomonidan bildirilgan O‗zbekistonning Shanxay
hamkorlik tashkilotiga raisligidagi ustuvorliklarini Xitoy raxbariyati qo‗llab-
quvvatladi
60
.
Shuningdek, tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda ham faol
hamkorlik qilayapti. Ko‗pgina xalqaro muammolarning hal etilishi yuzasidan
har ikki davlatning yondashuvlari o‗xshash yoki yaqindir.
Parlamentlararo aloqalar ham izchil rivojlanmoqda 2011 yili O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Xalq vakillari Umumxitoy kengashi Doimiy
qo‗mitasi o‗rtasida Hamkorlik to‗g‘risidagi memorandum imzolangan edi. 2014
yilning noyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasining xalq siyosiy maslahat
kengashi milliy qo‗mitasi raisi o‗rinbosari, Millatlar ishlari bo‗yicha davlat
qo‗mitasi raisi Van Chjenvey raxbarligidagi parlament delegatsiyasi
O‗zbekistonga keldi. O‗z navbatida, 2015 yilning may oyida O‗zbekiston
parlamenti a‘zolari Xitoyda bo‗ldilar.
60
Ergashev B. O‗zbekiston va Xitoy o‗zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda. Xalq so‗zi. 2014 yil. 21
may
49
Muntazam ravishda xukumat delegatsiyalari darajasidagi uchrashuvlar
o‗tkazilmoqda. Ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‗rtasidagi hamkorlik
doirasida 2004-2015 yillarda siyosiy maslahatlashuvlarning 13 raundi bo‗lib
o‗tdi.
2011 yilning oktyabrida Pekinda O‗zbekiston-Xitoy xukumatlararo
hamokrlik qo‗mitasi ta‘sis etildi. Uning doirasida har yili tarmoq kichik
qo‗mitalarining yig‘ilishlari o‗tkazilmoqda.
Mamlakatlarimiz o‗zaro manfaat ko‗rish tamoyillariga asoslangan holda
ko‗p qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada
kengaytirishga ustuvor darajada ahamiyat qaratmoqda.
O‗zaro savdoning o‗suvchanligi ijobiy bahoga loyiqdir. Masalan, keyingi
olti yil ichida tovar almashinuvi hajmi uch barobar o‗sib, 2008 yildagi 1,5
milliard AQSh dollaridan 2014 yili 4,76 milliard AQSh dollariga etdi. Joriy
yilning birinchi yarmi yakunlari bo‗yicha esa bu ko‗rsatkich 2,1 milliard AQSh
dollarini tashkil qildi. O‗zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 582
ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 81 tasi to‗laligicha Xitoy
investitsiyalari hisobiga tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 70 eompaniyasi
o‗z vakolatxonasini ochgan.
O‗zbekiston tomoni 2011 yili Pekin tomonidan ilgari surilgan
O‗zbekiston- Xitoy yuqori texnologiyalar sanaot parkini tashkil etish
to‗g‘risidagi tashabbusini qo‗llab-quvvatladi. U 2013 yilning mart oyida
Sirdaryo viloyatida filiali bo‗lgan ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasi shaklida
tashkil etildi. Hozirgi payta bu erda mobil telefonlar, qurilish va pardozlash
materiallari, sanitar-texnik buyumlar, tormoz kolodkalari, quyosh suv isitish
kollektorlari, tikuv mashinalari, teri buyumlari hamda boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarilmoqda.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi va Xitoyning boshqa kompaniyalari
O‗zbekiston xududida uglevodorod konlarini topish hamda o‗zlashtirish
loyihalarida faol qatnashmoqda. Mamlakatlarimiz o‗rtasida eng qisqa temir yo‗l
50
tarmog‘ini barpo qilish ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning eng muhim
strategik masalasi hisoblanadi.
Moliyaviy sohadagi hamkorlik ham faol rivojlanib borayapti. Xitoy moliya
institutlari kreditlarining umumiy hajmi 6 milliard AQSh dollaridan oshib ketdi.
1991-2014 yillar oralig‘ida Xitoy tomonidan O‗zbekistonga sog‘liqni saqlash,
ta‘lim, qishloq va suv ho‗jaligi, bojxona hamda huquqni muhofaza qilish
xizmatlari salohiyatini mustahkamlash, kadrlar malaksini oshirish sohalaridagi
35 ta loyihani hayotga tatbiq etish uchun qariyb 200 million AQSh dollari
miqdorida grant mablag‘ini taqdim qildi. Bugungi kunda ularning 25 tasi
muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
61
Shunday qilib, O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy hamkorlik har tomonlama rivojlanib bormoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi siyosiy va iqtisodiy
islohotlar asosida rivojlanishida sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida
bozor munosabatlarini joriy qilishda islohotlar bosh me‘mori Den Syaopin olg‗a
harakat qildi.
Hozirgi vaqtda Xitoyda xorij firmalari va korxonalari faoliyati uchun qulay
sharoitlar yaratilgan. XXR hokimyatining iqtisodiyotga xorij sarmoyasini jalb
qilish yo‗nalishi o‗tkazilayotgan islohotlar asoslaridan biri bo‗lib, yaqin
kelajakda o‗zgarishsiz qoladi.
Xitoy Xalq Respublikasi O‗zbekiston Respublikasi va Xitoyni azaldan
amaliy va madaniy aloqalar orqali bog‗laydigan Markaziy Osiyoning boshqa
davlatlari bilan savdo, ilmiy-texnik, moliya va iqtisodiy hamkorlikning boshqa
shakllarini kengaytirishga holisona qiziqadi.
O‗zbekistonning Xitoy bilan tashqi siyosati o‗ziga xos xususiyati
respublikamizning iqtisodiy o‗zgarishlarida bu davlatning tajribasidan
foydalanish hisoblanadi. Hukumatimiz XXR bilan iqtisodiy integratsiyani
61
Ўзаро манфаатли алоқаларни мустаҳкамлаш йўлида. Халқ сўзи. 2015 й. 3 сентябр
51
tezlashtirish sohasida o‗zaro munosabatlarni chuqurlashtirish bo‗yicha aniq
choralarni belgiladi:
1) Ochiq iqtisodiyotga o‗tish sharoitlarida O‗zbekiston va XXR tashqi savdo
siyosati;
2) XXR va O‗zbekistonning chet el sarmoyasini jalb qilish bo‗yicha
tajribasi;
3) O‗zbekiston va XXR ning bozor islohotlari sharoitida ijtimoiy siyosati.
Xitoy xalqaro munosabatlarda erkin, mustaqil vat inch tashqi siyosatga
doimiy qat‘iy amal qiladi, dunyo mamlakatlari bilan tinch yashashning besh
tamoyili asosida o‗zaro foydali do‗stona hamkorlikni rivojlantiradi
62
.
Bunda davlatlarimiz to‗liq yakdildirlar: Xitoy va O‗zbekiston tashqi
munosabatning muhim harakatlaridan biri hisoblangan iqtisodiy qurilishda
qulay sharoitni yaratishni ikki tomon ham ma‘qullaydi, mamlakatlar o‗z
iqtisodiyotlarini rivojlantirish uchun harakat qiladilar. Buning hammasi Xitoy
va O‗zbekiston tashqi siyosatida o‗xshashlik borligini, ular qator xalqaro va
mintaqaviy muammolar bo‗yicha o‗xshash va birdayligini tasdiqlaydi. Keyingi
yillarda o‗zaro anglashuv yanada chuqurlashmoqda. Ikkala tomon xalqaro
ishlarda bir-biriga hurmat ko‗rsatishga harakat qilishadi, mamlakatni
rivojlantirish yo‗li va usulini tanlashda hurmat qilish, ichki ishlarga
aralashmaslik uchun fikr bildiradilar. Ikkala tomon insonlar bilan
rivojlantirishga katta ahamiyat berilishi iqtisodiy qurilishda foydali sharoitlar
yaratishda samara keltiradi, ikkala mamlakat barqarorligiga va birgalikdagi
hamkorligiga sharoit yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda Xitoy va O‗zbekiston terrorizm, separatism,
ekstremizm va narkobiznes bilan kurashda umumiy maqsadlar va manfaatlarga
ega, konstruktiv hamkorlikni mustahlkamlaydilar.
62
http://naesmi.uz/uz/site/page.html?id=28047
52
Ikki tomonning hamkorlik salohiyati zarur darajada baland. O‗zbekiston va
Xitoy iqtisodiyoti o‗z tuzilishi bo‗yicha bir-birini o‗zaro to‗ldiradi va o‗zaro
foydali hamkorlik uchun keng istiqbolga ega. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirishda yaxshi start olindi.
O‗zbekiston va Xitoy xalqlarini bilim va tajriba almashish borgan Buyuk
Ipak Yo‗li davrida boshlangan qadimiy munosabatlar bog‗laydi.
O‗zbekiston va Xitoy tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarda to‗g‗ri
yo‗nalishga og‗ishmay rioya qiladilar va o‗zaro hurmat, o‗zaro tushunish,
o‗zaro yordam ruhida to‗liq amalga oshiradilar.
Shunday qilib, oldin ta‘kidlanganidek, Xitoy 1991-yil 27-dekabrda dunyo
davlatlari orasida birinchilardan bo‗lib, O‗zbekiston mustaqilligini tan oldi.
1992-yil 2-yanvarda ikki mamlakat o‗rtasida diplomatik munosabatlar
o‗rnatildi.
1992-yilning mart oyida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning Xitoyga birinchi rasmiy tashrifi o‗zaro ishonchga asoslangan
do‗stona aloqalarga mustahkam asos soldi. O‗zbekiston rahbari 1994, 1999,
2005 va 2011-yillarda XXR da bo‗ldi. 2001 va 2006-yillarda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti ShHT sammitlarida qatnashish uchun Shanxayga bordi.
2008-yilning avgustida esa Pekinda XXIX Olimpiya o‗yinlari ochilishida
ishtirok qildi.
O‗z navbatida XXR raisi Szyan Szemin (1996-yil) va Xu Szintao (2004,
2010-yillar) ham O‗zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldilar.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2005-yil 25-27-mayda
XXR ga davlat tashrifi davomida do‗stlik va hamkorlik, sheriklik munosabatlari
to‗g‗risida shartnoma imzolandi. Bu eng muhim hujjat savdo-iqtisodiy,
investitsiya, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni yanada
chuqurlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
XXR raisi Xu Szintaoning 2010-yil 9-10-iyundagi Toshkentga davlat
tashrifi O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarga muhim turtki bo‗ldi,
53
tashrif bo‗yicha ikki tomonlama munosabatlar uchun qator muhim hujjatlar
imzolandi, ular orasida ―Do‗stlik va hamkorlik, sheriklik munosabatlarini
rivojlantirish va har tomonlama chuqurlashtirish to‗g‗risida qo‗shma
deklaratsiya‖ bor. Deklaratsiyada jumladan, O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi
do‗stlik va hamkorlik, sheriklik munosabatlarini o‗rnatish va rivojlantirish, ikki
mamlakat xalqlari tub manfaatlarini, mintaqada va dunyoda tinchlik, xavfsizlik
va barqarorlikni ta‘minlashga yordam beradi.
63
Ikki tomonlama munosabatlarga 2011-yil 19-20-aprelda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimovning XXR ga davlat tashrifi ikki tomonlama
munosabatlarda ijobiy harakatni davom qildirdi, o‗zbek-xitoy sherikligini yangi
sifat bosqichiga olib chiqishga yordam berdi. Bu tashrif natijasi bo‗yicha davlat
rahbarlari tomonidan imzolangan O‗zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq
Respublikasi o‗rtasidagi qo‗shma deklaratsiya asosiy hujjat bo‗ldi, unda uzoq
muddatli asosda hamkorlikni yanada rivojlantirish ahvoli va istiqboliga baho
berildi. Umuman, tashrif natijalari bo‗yicha 25 dan ziyod davlatlararo,
hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi. Erishilgan kelishuvlar
doirasida miqdori 5 mlrd. dollarlik qator investitsiya loyihalarini amalga
oshirish belgilandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifi bilan Xitoy
Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 2013-yil 8-sentabrda davlat tashrifi bilan
mamlakatimizga keldi. Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si
Szinpinning O‗zbekistonga ilk tashrifini ikki tomonlama munosabatlarda tarixiy
voqea, O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash
asoslarining ko‗rinishi sifatida qaraladi, deb qayd qildi.
Si Szinpin ikki mamlakatning o‗zaro munosabatlarini yuqori baholadi va
ta‘kidladiki, ushbu uchrashuv o‗zbek va xitoy xalqlarining umumiy rivojlanish
tub manfaatlariga xizmat qiladi.
63
Ш. И. Шазаманов. Ислоҳотлар даврида Хитой Халқ Республикаси. Тошкент-2014. Тошкент давлат
шарқшунослик институти, 2014. Б. 25.
54
2013-yil 15-mayda Shanxay shahrida XXR da birinchi bora Shanxay
universiteti qoshida ShHT ning ommaviy diplomatiya ilmiy tadqiqot instituti
bazasida O‗zbekistonni o‗rganish va ta‘lim almashinuv markazi ochilishi bo‗lib
o‗tdi.
Muzokaralar natijalari bo‗yicha Ko‗ksaroy qarorgohida Islom Karimov va
Si Szinpin do‗stlik va hamkorlik to‗g‗risida shartnomani va strategik sheriklik
munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‗g‗risida
deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, hukumatlararo texnik-iqtisodiy
hamkorlik to‗g‗risida kelishuv, iqtisodiy, moliyaviy, neft-gaz, ta‘lim sohalarida
hamkorlikni rivojlantirishga yo‗naltirilgan qator hujjatlar imzolandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2014-yil mayda Osiyoda ishonch
choralari va o‗zaro harakat bo‗yicha kengashining IV sammiti yig‗ilishiga
qatnashish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga bordi. O‗zbekiston Prezidenti va
XXR raisi Shanxaydagi Xitoy rahbarining qarorgohida uchrashuv o‗tkazdi.
Suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat o‗zaro munosabatlarining ahvolini
yuqori baholadilar va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbolini aniqlashda
shunday uchrashuvlarni ahamyatini qayd qildilar.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR raisi Si Szinpin
taklifi bo‗yicha 2014-yil 19-avgustda davlat tashrifi bilan Pekinga bordi. Ikki
davlat rahbari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning o‗zaro
munosabatlarda muhimligini hisobga olib, savdo va investitsiya, energetika,
xomashyo sohasi, yuqori texnologiyalar, transport infrastrukturasi sohalarida
ko‗rsatkichlarni o‗stirish ishbilarmon doiralarning to‗g‗ridan to‗g‗ri aloqalarini
yanada faollashtirish zarurligi masalalari muhokama qildi.
XXR va O‗zbekiston BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida
ko‗p tomonlama hamkorlikni doimiy asosda kengaytirishga intiladilar. Ikki
tomonlama aloqalarni salmoqli tarkibini Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
doirasidagi samarali ishlar tashkil qiladi. Ikkala davlat ShHT yanada samarali
rivojlanishiga alohida ahamiyat beradilar, u Markaziy Osiyo va xususan
55
dunyoda
barqarorlikni
va
xavfsizlikni
qo‗llab-quvvatlash
va
mustahkamlashning jiddiy omili hisoblanadi.
O‗zbek-xitoy investitsiya hamkorligi kengaymoqda. Moliyaviy hamkorlik
doirasida hukumat va Xitoy Eksimbanki tomonidan ajratilgan foizsiz va uzoq
muddatli imtiyozli kreditlar hisobiga ko‗pgina loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xitoy hukumati tomonidan ShHT a‘zo davlatlari uchun ajratilgan kredit
tarmog‗iga binoan O‗zbekistonda umumiy miqdori 600 mln. dollarlik
infrastrukturani rivojlantirish bo‗yicha 20 ga yaqin loyihalar ishlab chiqilgan.
Hamkorlik bo‗yicha O‗zbek-Xitoy hukumatlararo qo‗mitasining savdo-
iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‗yicha kichik qo‗mitasining faolyatiga
katta umid bog‗landi. 2012-yil 30-martda Toshkentda o‗tkazilgan O‗zbek-Xitoy
kichik qo‗mitasi doirasida o‗tkazilgan biznes forum ikki mamlakat savdo-
iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish masalalarni muhokama
qilishga bag‗ishlandi. Forumda kommersiya vazirining o‗rinbosari Szyan
Yaopin rahbarligida Xitoyning ishbilarmon doiralari delegatsiyasi a‘zolari
ishtirok qildilar. Biznes forum davomida ikki mamlakat investitsiya hamkorligi
istiqbollari, shu jumladan, hozirgi vaqtda Jizzax viloyatida O‗zbekistonning
yuqori texnologiyalar sanoat parkini tashkil qilish bo‗yicha loyiha ishlab
chiqarilayotganligini hisobga olinib muhokama qilindi.
O‗zbekiston va Xitoy ulkan turistik salohiyatga ega. O‗zbekiston uchun
Osiyoda yirik bo‗lgan Xitoy turistik manbalarini jalb qilish muhim hisoblanadi.
O‗z navbatida, o‗zbek turistik bozori ham ―Buyuk Ipak Yo‗li‖ ning tarixiy
merosi shuhratini o‗sishi Xitoy kompaniyalari uchun qiziqish uyg‗otadi. Shu
sababli, 2009-yil iyunda ―O‗zbekturizm‖ milliy kompaniyasi va ―XXR Milliy
turistik ma‘muriyati‖ o‗rtasida memorandumni imzolanishi ahamiyatli
hisoblanadi. 2010-yildan XXR fuqarolari guruh bo‗lib sayohat qilishlari uchun
O‗zbekistonga turistik maqsaddagi davlat maqomini berish jarayonini amaliy
hal qilish boshlandi.
56
2014-yil 10-noyabrda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasida Xitoy Xalq Respublikasi millatlar bo‗yicha davlat qo‗mitasining xalq
siyosiy maslahat kengashi qo‗mitasi raisining o‗rinbosari Van Chjenvey
boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‗tkazildi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri suhbat
vaqtida alohida ta‘kidladiki, O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida aloqalar o‗zaro
ishonch va hurmat, tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchillik bilan
rivojlanmoqda. Buning huquqiy asosi bo‗lib ikki davlat rahbarlari uchrashuvi
vaqtida erishilgan kelishuvlar xizmat qiladi. O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil avgustda Xitoyga, Xitoy Xalq
Respublikasi raisi Si Szinpinning 2013-yil sentabrdagi O‗zbekistonga davlat
tashriflari o‗zaro strategik munosabatlarini yangi sifatli darajaga ko‗tarishning
muhim omili bo‗lib xizmat qiladi.
64
O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar strategik sheriklikni
joriy qilish to‗g‗risidagi qo‗shma deklaratsiya, do‗stlik va hamkorlik to‗g‗risida
shartnoma, ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va
chuqurlashtirish to‗g‗risida qo‗shma deklaratsiya va boshqa ko‗pgina hujjatlar
asosida uzluksiz rivojlanmoqda. Shu bilan birga mamlakatlarimiz parlamentlari
ham faol hamkorlik qilmoqdalar, har xil darajadagi delegatsiyalarning
tashriflari, samarali uchrashuvlari muntazam tashkil qilinmoqda. Uchrashuvlar
davomida O‗zbekiston va Xitoy qonunchlik organlari o‗rtasida sheriklikning
har xil yo‗nalishlari bo‗yicha fikr almashinuvlar o‗tkaziladi. Parlamentlararo
hamkorlik ikki tomonlama o‗zaro aloqalarni huquqiy asosda yanada
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
64
http://uza.uz/uz/politics/ozbekiston-va-xitoy-ozaro-manfaatli-hamkorlikni-mustahkamlamoqda-20.05.2014-
3264
57
Do'stlaringiz bilan baham: |