O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#45523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan siyosiy iqtisodiy va madaniy aloqalari


20

 http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=37014 

21

 «Узбекистан-Китай: сотрудничество банков» // www.gov.uz/ru/content.scm?contentId=12960.   



13 

 

tomonidan  Xitoyga  paxta  etkazib  berish  to‗g‗risida  bitim,  ―O‗zkimyosanoat‖ 



kompaniyasi bilan ―Luyang Lanbin‖ kompaniyasi o‗rtasida anglashuv protokoli, 

―O‗zkimyosanoat‖ kompaniyasi bilan ―Grinkul‖ kompaniyasi o‗rtasida qo‗shma 

korxona tashkil etish to‗g‗risida bitim imzolandi. 

Bundan tashqari, tomonlar o‗rtasida yana bir qator muhim bitimlar bo‗lib, 

ular  ikkitomonlama  iqtisodiy  hamkorlik  rivojiga  asos  bo‗lmoqda.  Jumladan, 

―Xitoy  va  O‗zbekiston  hukumatlari  o‗rtasida  savdo-iqtisodiy  bitim‖,  ―Ikki 

tomonlama  soliq  solinishiga  yo‗l  qo‗ymaslik  to‗g‗risida‖  bitim,  ―Xitoy  va 

O‗zbekiston  o‗rtasida  investitsiyalarni  himoya  qilish  to‗g‗risida‖gi  bitim, 

―Savdo-iqtisodiy  hamkorlik  bo‗yicha  hukumatlararo  komissiya  tuzish 

to‗g‗risida‖gi  bitim,  ―O‗zbekiston  va  Xitoy  hukumatlari  o‗rtasida  texnik-

iqtisodiy  hamkorlik  hamda  bojxona  ishlari  sohasida  o‗zaro  aloqa  qilish 

to‗g‗risida‖  bitim,  ―Savdo-iqtisodiy,  investitsion  va  moliyaviy  hamkorlikni 

kengaytirish  to‗g‗risida‖  memorandum  shular  jumlasidandir.  Bu  va  boshqa 

hujjatlar uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun yuridik zamin 

hozirladi.  O‗zbekistonning  ―O‗zqurilishmateriallar‖  AK,  ―O‗zbekturizm‖  MK, 

―O‗zbekneftegaz‖  MAK,  ―O‗zkimyosanoat‖  AK  kabi  kompaniyalari  Xitoy 

kompaniyalari  bilan  hamkorlik  to‗g‗risida  ikkitomonlama  shartnomalar 

tuzganlar

22

.  


Shu  bilan  birga,  Xitoy  hukumatining  Shanhay  Hamkorlik  Tashkilotiga 

a‘zo  mamlakatlar  uchun  ajratgan  900  mln.  AQSh  dollarlik  kredit  liniyasi 

doirasida  O‗zbekistonda  infratuzilmani  rivojlantirishga  doir  19  loyiha  ko‗rib 

chiqilmoqda. Ularning umumiy qiymati 612,1 mln. AQSh dollariga teng

23



Savdo-iqtisodiy  va  ilmiy-texnikaviy  hamkorlik  bo‗yicha  O‗zbekiston  – 



Xitoy  hukumatlararo  komissiyasi  muntazam  majlislar  o‗tkazib,  iqtisodiy 

hamkorlikni 

yanada 

kengaytirishning 



yangi 

imkoniyatlarini 

yuzaga 

chiqarmoqda.  Ikki  mamlakatning  turli  vazirliklari  va  savdo-sanoat  palatalari 



o‗rtasida muntazam maslahatlashuvlar yo‗lga qo‗yilgan. 

                                                           

22

 Узбекско-китайское сотрудничество // www.uzbekistan.cn\\ cgi-bin/viewnews.cgi.   



23

 O‗sha manba.

 


14 

 

Ikki  tarafning  umumiy  sa‘y-harakatlari  bilan  hozirgi  vaqtda  iqtisodiy 



hamkorlikning  shartnomaviy  –  huquqiy  negizi  shakllantirilgan,  o‗zaro  savdo 

hajmi  faol  o‗sib  bormoqda,  investitsiyalar  sohasida,  shu  jumladan, 

iqtisodiyotning neft-gaz tarmog‗ida hamkorlik faol rivojlanmoqda, shuningdek, 

transport  –  kommunikatsiya  jabhasida  ham  yangi  imkoniyatlar  paydo 

bo‗lmoqda.  Xususan,  2009-yilda  ikki  mamlakat  o‗rtasida  imzolangan 

ikkitaraflama  shartnomalar  doirasida  O‗zbekistonga  jami  1,5  mlrd.  AQSh 

dollari  miqdorida  Xitoy  investitsiyalarini  jalb  qilish  nazarda  tutilgan.  Mazkur 

mablag‗lar  energetika,  kimyo  sanoati,  geologiya  qidiruv,  kommunal  xo‗jalik, 

ta‘lim,  sog‗liqni  saqlash  kabi  sohalarda  loyihalarni  amalga  oshirishga 

yo‗naltirilishi nazarda tutilmoqda

24



XXR  kompaniyalari  bilan  investitsion  hamkorlikning  muhim  yo‗nalishi 



hisoblangan  neft-gaz  sektorini  alohida  qayd  etish  lozim.  Mazkur  tarmoq 

bo‗yicha  hamkorlik  ham  o‗zining  evolyutsiyasiga  ega.  Masalan,  bu  borada 

2005-yilda  «O‗zbekneftegaz»  kompaniyasi  va  Xitoy  milliy  neft-gaz 

korporatsiyasi  (CNPC)  o‗rtasida  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  investitsiyalar  kiritish 

bo‗yicha  hajmi  taxminan  600  mln.  AQSh  dollari  bo‗lgan  qo‗shma  korxona 

tashkil  etish  to‗g‗risida  bitim  imzolandi.  2006-yilda  O‗zbekistonda  Xitoyning 

kapitali  ulushi  100%  bo‗lgan  «CNPC  Silk  Road»  sho‗ba  kompaniyasi  tashkil 

etilib,  u  hozirgi  vaqtda  O‗zbekistondagi  Buxoro,  Xiva,  Farg‘ona  va  Ustyurt 

neft-gaz  mintaqalarida  beshta  investitsion  blokda  geologiya  –  qidiruv  ishlarini 

amalga  oshirishga  kirishdi.  Bunda  Xitoy  korporatsiyasi  O‗zbekistondagi 

geologiya-qidiruv  ishlariga  5  yil  mobaynida  208,5  mln.  AQSh  dollari 

miqdoridagi mablag‗larni investitsiya qiladi. 

Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 2005-yil Xitoyga tashrifi chog‗ida 

«O‗zbekneftegaz»  va  Xitoy  milliy  neft-gaz  korporatsiyasi  (CNPC)  o‗rtasidagi 

o‗zaro kelishuvga asosan Buxoro viloyatining Jondor tumanidan boshlanadigan 

O‗zbekiston – Xitoy gaz quvurini qurulishi 2008-yilning iyun oyidan boshlandi. 

                                                           

24

 Узбекско-Китайские отношения // www.mfa.uz/modules.phpop=modloadSections 



15 

 

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi va 500 



kilometrlik  ikkita  liniyani  qurilishini  o‗z  ichiga  oladi.  Ushbu  liniyalarning 

birinchisi 2009-yilning dekabrida, ikkinchisi 2011-yilda qurib bitkazildi

25



Davlatlararo  iqtisodiy  aloqalarda  Buyuk  Ipak  Yo‗lini  tiklash  strategiyasi 



doirasida  O‗zbekiston  – Qirg‗iziston – Xitoy temir yo‗lini qurish va avtomobil 

magistralini  qayta  ta‘mirlash  loyihasi  yaxshi  imkoniyatlarga  ega.  Tranzit 

imkoniyatlarini  ro‗yobga  chiqarish  istiqbollari  ham  Xitoy  –  Qirg‗iziston  – 

O‗zbekiston  temir  yo‗li  (Qoshg‗ar  –  Irxishtom  –  O‗sh  –  Andijon  –Toshkent) 

loyihasini  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq.  Loyihaning  dastlabki  qiymati  1,2-1,5 

mlrd.  AQSh  dollarini  tashkil  etadi.  Bu  mablag‗lar  donorlardan  olinadi.  Temir 

yo‗l  magistrali  Janubi-Sharqiy  Osiyoni  Yevropa, Yaqin  Sharq va Fors ko‗rfazi 

mamlakatlari  bilan  bog‗laydi.  Loyiha  amalga  oshirilgan  taqdirda,  O‗zbekiston 

va  Qirg‗izistonning  qit‘a  tranzitidagi  mavqei  sezilarli  darajada  kuchayadi, 

chunki mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‗ra, dastlabki bosqichning  o‗zida 

tashiladigan  yuklar  hajmi  yiliga  5  mln.  tonnani  tashkil  etadi,  keyinchalik  esa, 

17-20 mln. tonnani tashkil etishi mumkin. Bu yo‗l tovarlarni transportda tashish 

vaqti  va  masofasini  ilgari  mavjud  bo‗lgan  yo‗llarga  taqqoslaganda  tegishli 

ravishda 7-8 kun va 900 km ga kamaytirish imkonini beradi, bu esa yuk tashish 

qiymatini kamaytiradi

26



Ikki  davlat  o‗rtasidagi  do‗stlik  o‗zaro  ishonch  va  siyosiy  hamjihatlik 

savdo-iqtisodiy  aloqalar  rivojida,  hamkorlikda  ko‗plab  qo‗shma  biznes 

loyihalarini  hayotga  tatbiq  etishda  kuchli  rag‗batlantiruvchi  omil  bo‗lmoqda. 

O‗zaro tovar  ayirboshlash ko‗rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSh dollarini 

tashkil  etgan  bo‗lsa,  2011-yilda  2,6  milliard  AQSh  dollariga  yetdi. 

O‗zbekistonda  Xitoy  sarmoyasi  ishtirokida  tuzilgan  700  dan  ortiq  korxona 

faoliyat  ko‗rsatmoqda.  O‗zbekiston  Xitoy  bozorida  talab  katta  bo‗lgan  kimyo, 

neftni  qayta  ishlash  va  neft-kimyo  mahsulotlari,  plastmassa,  polietilen,  rangli 

                                                           

25

 Начато строительство газопровода «Узбекистан-Китай» // Г. Жэньминь жибао, 



http://russian.people.com.cn/31519/6439950.html.   

26

 Транспортно-транзитный потенциал Центральной Азии // Uzbekistan Central Asia. Центр политических 



исследований, 2007. 10-сони. – Б. 40 // http://www.yilnoma.uz/rus/publik6.html   

16 

 

metallar,  kaolin  va  boshqa  turdagi  ko‗plab  eksport  tovarlarini  ishlab 



chiqarmoqda.

27

 



Keyingi  yillarda  Xitoyda  axborot  texnologiyalari  sohasi  jadal  rivojlandi. 

―Xitoy  xorijdan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  investitsiyalar  jalb  qilish  hajmi  bo‗yicha 

dunyoda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  orasida  1-o‗ringa  chiqib  oldi.  O‗tgan 

asrning  80-yillarida  Xitoy  mamlakatida  axborot  –  kommunikatsiya  sanoati 

deyarli  yo‗q  edi.  Lekin  1998-yilga  kelib  bu  tarmoqdan  kelgan  daromad  310 

mlrd.  yuan,  2006-yilda  esa,  3,5  trln  yuan  (460  mlrd.  AQSh  dollari)ni  tashkil 

qilgan‖.  Xitoy  bilan  hamkorlikda  axborot  texnologiyalari  ishlab  chiqarishdagi 

hamkorlik e‘tirofga loyiq. Jahonga mashhur ―ZTE‖, ―Shanxay Bell‖, ―Huawei‖ 

kabi  kompaniyalarning  mamlakatimizda  ish  olib  borishi  O‗zbekiston  ichki 

bozorini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta‘minlamoqda

28



O‗zbekiston tashqi siyosatida Xitoy bilan o‗zaro munosabat alohida o‗rin 



tutadi. Xitoy bilan hamkorlik qilish iqtisodiy rivojlanishda, milliy va mintaqaviy 

xavfsizlikni  mustahkamlashda,  globallashuv  jarayoni  chuqurlashayotgan  va 

turli  siyosiy  o‗zgarishlar  davri  bo‗lgan  hozirgi  sharoitda  xalqaro  siyosat 

maydonidan munosib o‗rin egallashda katta ahamiyat kasb etadi. Xitoy xalqaro 

muammolarni  yechishda  tobora  faol  qatnashayotgan,  dunyoda  e‘tirof  etilgan 

«Xitoy  modeli»  tufayli  yalpi  ichki  mahsuloti  bir  necha  yildan  buyon  7-8  foiz 

miqdorda barqaror o‗sib kelayotgan yetakchi mamlakatlar qatorida turadi. 

 

1.2.  O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida strategik sheriklikning rivojlanishi 

O‗zbekiston  Xitoy  bilan  hamkorlikni  yuksak  qadrlaydi.  Zero tashqi dunyo 

bilan aloqalarni keng ko‗lamda rivojlantirish yo‗lidan borayotgan mamlakatimiz 

o‗z  mintaqasida  xavfsizlikning  asosiy  tayanchi  vazifasini  o‗tayotgani,  uning 

siyosiy  nufuzi  va  iqtisodiy  salohiyati  xalqaro  miqyosda  e‘tirof  etilmoqda. 

Xalqlarimiz qadimdan Buyuk Ipak Yo‗li orqali bir-biri bilan aloqa qilib, fan va 

                                                           

27

 Xalq so`zi gazetasi. 2012-yil, 15-iyun. 



28

 Ismailov O.Sh., Umarov B. XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o`ziga xos xususiyatlari. // Iqtisod va 

moliya, 2010.  №11-12. 28-b. 


17 

 

madaniyatini boyitib, tajriba almashib kelgan. Xitoyliklar ayrim qishloq xo‗jalik 



mahsulotlari,  xususan,  uzum  va  beda  yetishtirishni  O‗rta  Osiyo  xalqlaridan 

o‗rgangan.  Bu  erda  esa  Chin  yurtining  ipakchiligi  va  eritish  texnikasi 

o‗zlashtirilgan. 

Parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 2011-yilda O‗zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy 

qo‗mitasi  o‗rtasida  hamkorlik  to‗g‗risida  memorandum  imzolangan.  Ikki 

mamlakat o‗rtasida hukumatlar darajasidagi delegatsiyalarning o‗zaro tashriflari 

muntazamlik  kasb  etmoqda.  2004-2013-yillarda  O‗zbekiston  va  Xitoy  tashqi 

siyosat mahkamalari o‗rtasida 10 marotaba siyosiy maslahatlashuvlar o‗tkazildi. 

2011-yilning  oktabr  oyida  Pekinda  O‗zbekiston  –  Xitoy  hukumatlararo 

hamkorlik  qo‗mitasi  ta‘sis  etildi.  Qo‗mita  doirasida  savdo-iqtisodiy  va 

sarmoyaviy,  xavfsizlik,  madaniy-gumanitar,  energetika,  transport  va  ilmiy-

texnikaviy hamkorlik bo‗yicha olti quyi qo‗mitaning yig‗ilishlari o‗tkazildi

29



O‗zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish Buyuk Ipak Yo‗li orqali 

o‗rnatilgan  va  ravnaq  topgan  tarixiy  aloqalarni  tiklash  va  hozirgi  zamonaviy 

hamkorlikni  kengaytirish  nuqtayi  nazaridan  ham  dolzarbdir.  Ikki  mamlakat 

davlat  rahbarlari  o‗rtasidagi  o‗zaro  hurmat  va  ishonch,  munosabatlarimizning 

huquqiy poydevori mustahkamligi buning uchun qulay zamin yaratadi

30



Shiddat  bilan  o‗zgarayotgan  bugungi  siyosiy,  ijtimoiy  iqtisodiy  vaziyat 

nafaqat  O‗zbekiston  va  Xitoy  kabi  yaqin  qo‗shni  davlatlar,  balki  butun  dunyo 

mamlakatlarining 

hamjihatlikda 

ish 

olib 


borishini 

taqozo 


etmoqda. 

Globallashuv  jarayoni  ijtimoiy-iqtisodiy  hamkorlikni  hamda  transport  va 

kommunikatsiya 

aloqalarini 

rivojlantirishni, 

terrorchilik, 

ekstremizm, 

transmilliy  uyushgan  jinoyatchilik,  narkotik  moddalar  va  qurol-yarog‗ 

kontrabandasining,  ommaviy  qirg‗in  qurollari  tarqalishining  oldini  olishni, 

siyosiy aloqalarini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. 

                                                           

29

 http://uz.fundamental-economic.uz/?p=259 



30

 O‗sha manba.

 


18 

 

Mana  shu  masalalarning  o‗ziyoq  O‗zbekiston  –  Xitoy  munosabatlarida 



hamkorlik  uchun  keng  faoliyat  maydoni  mavjudligini  ko‗rsatadi.  Eng  muhimi, 

aloqalarni rivojlantirishdan, bir-birini qo‗llab-quvvatlashdan ikki mamlakat ham 

birdek manfaatdordir. Xalqaro munosabatlarning ushbu shakli davlatimiz tashqi 

siyosatining  muhim  yo‗nalishi  hisoblanadi.  U  uchinchi  tomonning  ishtirokisiz, 

ikki  tomonlama  teng  huquqli  va  o‗zaro  foydali  aloqalarni  o‗rnatish,  saqlash, 

chuqurlashtirish hamda rivojlantirish imkonini beradi. 

O‗zbekiston  va  Xitoy  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqalar  tarixi  va  rivoji  o‗zaro 

hamkorlikka  yetarli  darajada  poydevor  qo‗yilganidan  guvohlik  beradi.  Buni 

quyidagi  omillar  misolida  ko‗rib  chiqish  mumkin.  Xitoyning  xalqaro  va 

mintaqaviy muammolarini hal etishdagi ta‘siri kuchayib bormoqda. Bu ayniqsa, 

Markaziy  va  Janubiy  Osiyo  mintaqasida  tinchlik  va  barqarorlikni  saqlash 

masalalarida yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 

Xitoy 

Xalq 


Respublikasining 

O‗zbekiston  Respublikasi  bilan, 

shuningdek,  Markaziy  va  Janubiy  Osiyo  davlatlari  bilan  geografik  yaqinligini 

hisobga  olgan  holda,  Xitoy  bilan  hamkorlik  diniy  ekstremizm,  terrorizm, 

uyushgan  jinoyatchilik,  narkobiznes  va  noqonuniy  qurol-yarog‗  savdosi 

muammolarini hal etishda katta ahamiyatga ega. Bularni bartaraf qilishda dadil 

qadamlar tashlash va birgalikda konsepsiyalar yaratish ikki davlat hamkorligini 

yanada kuchaytiradi. 

Ko‗p  davlatlar    qatori  Xitoy  ham  O‗zbekiston  rahbariyatining  Markaziy 

Osiyoda  yadro  qurolidan  holi  zonani  barpo etish haqidagi siyosiy tashabbusini 

qo‗llab-quvvatlamoqda. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov 

ta‘kidlaganidek:  ―Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  holi  zonani  barpo  etish 

g‗oyasi  mintaqaviy  xavfsizlikni  ta‘minlash  bo‗yicha  amalga  oshirilayotgan 

tadbirlarga to‗la mos keladi. Bunday zonani tashkil etish va bu masalada yadro 

quroliga ega bo‗lgan qo‗shni Xitoy bilan hamkorlikda rejalarni amalga oshirish 



19 

 

va  rivojlantirish  mintaqada  o‗zaro  ishonch  va  barqarorlikka  asoslangan 



tinchlikni ta‘minlashga xizmat qiladi‖

31



Afg‗oniston  muammosi  –  unga  chegaradosh  bo‗lgan  O‗zbekiston  va 

Xitoyni  bezovta  qiluvchi  masala.  Bunday  vaziyat  ikki  davlatga  ham  tahdid 

tug‗dirmoqda.  Muammoni  ―6+2‖  guruhi  doirasida  hal  etishga  chaqiruvchi 

O‗zbekistonning  siyosiy  tashabbusi,  Pokiston  bilan  an‘anaviy  aloqalarga  ega 

bo‗lgan  XXR  tomonidan  qo‗llab-quvvatlanishi  e‘tiborga  molik.  Xususan, 

Xitoyning bu muammoni ijobiy hal etishga faolroq yondashishi uning yechimini 

tezlashtirgan bo‗lar edi

32



Ma‘lumki  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  doimiy  a‘zolari  tarkibiga 

kiruvchi  Xitoy  Xalq  Respublikasi  va  boshqa  davlatlar,  o‗zlarining  atroflarida 

joylashgan  hududlarning  barqarorligi  uchun  mas‘uldirlar.  Ushbu  davlatlar 

elchixonalari  Toshkentda  ham  joylashgan.  Shu  tufayli,  ular  orqali  O‗zbekiston 

rahbariyati  dunyoda  tinchlikni  saqlovchi  asosiy  mexanizm  bo‗lgan  Xavfsizlik 

Kengashiga  jahonda  ro‗y  berayotgan  turli  xil  siyosiy,  harbiy,  iqtisodiy  va 

boshqa voqealarga o‗zining munosabatini o‗z vaqtida bildirib turadi. 

Keyingi  yillarda  dunyo  siyosatida  Xitoy  Xalq  Respublikasining  faolligi 

oshib  bormoqda.  Xitoy  jahondagi  geostrategik  mavqeini  mustahkamlashi 

natijasida aksariyat davlatlar Xitoy bilan o‗zaro manfaatli aloqalarni rivojlantira 

boshlashdi.  Xitoy  tobora  yetakchi  davlatlarning  tashqi  siyosatida  ustuvor  o‗rin 

egallab  kelmoqda.  O‗zbekistonning  Xitoy  bilan  diplomatik  aloqa  o‗rnatganligi 

o‗z  natijalarini  ijobiy  tomondan  ko‗rsatmoqda.  O‗zaro  aloqalar  hukumatlararo 

muzokaralarning  izchilligi  orqali  davlatlar  rahbarlarining  rasmiy  tashriflari, 

rasmiy  delegatsiyalar  va  jamoat  tashkilotlarining  uchrashuvlari  ruknida  davom 

etmoqda. 

O‗zbekiston  va  Xitoy  Xalq  Respublikasi  o‗rtasidagi  munosabatlar 

quyidagi mezonlar asosida amalga oshirilmoqda: 

                                                           

31

 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‗lida.    6-jild.   – T.: ―O‗zbekiston‖, 1998. B.  245. 



32

 O‗sha manba. 



20 

 

–  milliy  davlatlar  manfaatlarining  ustuvorligi,  ya‘ni 



o‗zaro 

manfaatdorlikni inobatga olish;  

–  o‗zaro teng foyda ko‗rish;  

–  bir-birining ichki siyosatiga aralashmaslik;  

–  umuminsoniy qadriyatlarga e‘tibor, tinchlik va barqarorlikni saqlash;  

–  xalqaro  huquq  normalariga  rioya  qilish  va uning davlat ichki huquq 

normalaridan ko‗ra ustuvorligi. 

Bizningcha,  O‗zbekiston  Xitoy  bilan  munosabatlarida  uzoq  muddatli 

aloqa qilish strategiyasi va bu aloqalarni do‗stona hamkorlik ruhida rivojlantirib 

borishlari maqsadga muvofiqdir. 

O‗zbekiston  Respublikasi  va  Xitoy  Xalq  Respublikasida  olib 

borilayotgan  islohotlarni  farqi  va  ba‘zi  sohalarda  o‗xshashligi  davlatlararo 

aloqalarni rivojlantirishga hech qanday to‗sqinlik qilmaydi. 

Xitoyning  rivojlangan  davlatlar,  ya‘ni  AQSh,  Yaponiya,  Osiyo,  Uzoq 

Sharq  davlatlari  va  Yevropa  Ittifoqi  bilan  aloqa  qilishdagi  tajribasi  shundan 

dalolat  beradiki,  ijtimoiy-siyosiy  tizimdagi  farqlar  o‗zaro  manfaatli  va  keng 

miqyosdagi  hamkorlikka  hech  ham  to‗sqinlik  qilmas  ekan.  Xitoy  erishgan 

tajriba  ayrim  hollarda  nafaqat  O‗zbekiston,  balki  Markaziy  Osiyo  davlatlari 

uchun  foydali  bo‗lishi  mumkin.  XXR  tomonidan  sarmoyalarni  jalb  etish 

bo‗yicha  malakalarni  o‗rganish  dunyoda  sarmoyalarni  qo‗yish  bo‗yicha 

yo‗nalishlarni,  ularni  jalb  qilish  uslub  va  yo‗llarini  hamda  oqibatda  yuzaga 

keladigan muammolarni yana ham yaxshiroq bilishimizga kafolat bera oladi

33



O‗zbekiston  bilan  XXR  aloqalarini  istiqbolli  yo‗nalishlaridan  yana  biri, 



mintaqa  davlatlarining  o‗z  hududi  va  uni  qurshab  turgan  mamlakatlarda 

barqarorlikni saqlab turishidir. 

O‗zaro aloqalarning ko‗p qirrali bo‗lishi  Markaziy Osiyoda xavfsizlikni 

mustahkamlash,  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  tinchlikni  saqlash  uchun  olib 

                                                           

33

 Bekmuratov I. O‗zbekiston – Xitoy: manfaatlar mushtarakligi. // Jamiyat va boshqaruv,-T.:2004. №4 



 

21 

 

borilayotgan 



tadbirlarda 

ishtirok 

etish 

va 


bu 

sohada 


hamkorlikni 

chuqurlashtirish;  ijtimoiy-iqtisodiy,  energetika  va  atom  energiyasi  sohasida 

hamkorlikni  yo‗lga  qo‗yish,  ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish,  o‗zaro 

istiqbolli 

hisoblangan 

transport 

loyihalarini 

amalga 


oshirish, 

telekommunikatsiya,  turizm,  fan-texnika  va  madaniyat  sohasida  ayirboshlash 

bo‗yicha  hamkorlikni  rivojlantirish  va  Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti  orqali 

Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash masalalarida ishonchli 

tizimni yaratishdan iborat bo‗ladi. 

O‗zbekiston  davlat  mustaqilligini  qo‗lga  kiritgan  dastlabki  paytlardayoq 

O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida diplomatik munosabatlar o‗rnatildi. 1992-yil 2-

3-yanvar  kunlari  XXR  tashqi  iqtisodiy  aloqa  va  tashqi  savdo  vaziri  Li  Lanzin 

Toshkentda  bo‗ldi,  shu  kunlari  ikki  mamlakat  o‗rtasida  diplomatik 

munosabatlar o‗rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi

34



1992-yil  12-14-mart  kunlari  O‗zbekistonning  Birinchi  Prezidenti 



I.Karimov  XXRga  rasmiy  tashrifi  ikki  davlat  o‗rtasidagi  hamkorlikka  asos 

soldi.  Dastlabki  tashrif  chog‘ida  hamkorlikning  turli  sohalari  bo‗yicha  20  ga 

yaqin  hujjatlar  imzolangan  bo‗lsa,  1994-yil  18-20-aprel  kunlari  XXR  Davlat 

Kengashining  raisi  Li  Penning  O‗zbekistonga  davlat  tashrifi  paytida 

O‗zbekiston  bilan  Xitoy  o‗rtasida  kredit,  xalqaro  –  iqtisodiy  hamkorlik,  havo 

transporti aloqalarini yo‗lga qo‗yish bo‗yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. 

Unga  ko‗ra,  Xitoy    O‗zbekistonda  tayyorlanayotgan  IL-76  va  IL-114 

samolyotlarini  xarid  qilishga  qaror  qildi.  1994-yil  24-25-oktyabr  kunlari 

O‗zbekiston  Birinchi  Prezidenti  Xitoyga  ikkinchi  marta  safar  qildi  va  muhim 

ahamiyatga molik bo‗lgan hujjat – ―O‗zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq 

Respublikasi  o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlarning  asosiy  tamoyillari,  o‗zaro 

manfaatli  hamkorlikni  rivojlantirish  to‗g‘risida  bayonnoma‖,  shuningdek,  ikki 

davlat o‗rtasida konsullik shartnomasi imzolandi

35



                                                           

34

 http://www.mfa.uz/uz/cooperation/countries/199/ 



35

Қирғизбоев  А.  Ўзбекистон  Республикасининг  Осиѐ  мамлакатлари  билан  халқаро  ҳамкорлиги.  – 

Тошкент: Фан, 2004. Б. 47. 


22 

 

O‗zbekiston  –  Xitoy  munosabatlarining  o‗rnatilish  debochasi  sifatida 



XXRning O‗zbekistonni birinchilar qatori 1991-yil 27-dekabrda tan olganligini 

ko‗rsatib o‗tish lozim. 1992-yilning 2-yanvarida ikki davlat o‗rtasida diplomatik 

munosabatlar o‗rnatish bo‗yicha bayonnoma imzolandi. Shu yilning oktyabrida 

O‗zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochildi

36



1992-yil  fevralda  Xitoy  Xalq  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  va 



Tashqi  savdo  vaziri  Li  Lansin  boshchiligidagi  hukumat  delegatsiyasi 

Toshkentga tashrif buyurdi hamda O‗zbekiston rahbariyati bilan keng qamrovli 

muzokaralar olib bordi. Yuzma-yuz muloqat har ikki davlat o‗rtasida diplomatik 

munosabatlarni  o‗rnatish,  Toshkent  va  Pekinda  savdo  vakolatlarini  ochish 

to‗g‗risida hujjatlarni imzolash bilan nihoyalandi. 

Shu  tariqa  O‗zbekiston  va  Xitoy  munosabatlari  tarixida  yana  bir  sahifa 

ochildi.  Mustaqillikka  erishgandan  keyin  O‗zbekiston  jahon  tajribasi  asosida 

yangi  jamiyat  qurishga  kirishdi.  Bunda  Xitoy  tajribasi  muhim  hisoblanadi. 

Hozirgi zamon jahon ijtimoiy taraqqiyotida tutgan muhim o‗rni boy tarixi, yaqin 

qo‗shnichilik  an‘analari,  ma‘naviy,  madaniy  ruhiy  jihatlari,  kechagi 

o‗tmishining  ―achchiq  saboqlari‖  bugungi  yutuqlari  nuqtayi  nazaridan  o‗z 

tajribasini  biz  uchun  muhim  tahlil  etish  manbaiga  aylantirgan  mamlakatlardan 

biri – Xitoy Xalq Respublikasidir. 

Birinchidan,  Xitoy  iqtisodiy  islohotlar  yo‗lidan  bormoqda.  Biz  ham 

iqtisodiy  islohotlarni  ijtimoiy  hayotimizni  tubdan  o‗zgartirishning  hal  qiluvchi 

omili deb qaramoqdamiz. 

Ikkinchidan,  Xitoy  bozor  tizimini  aholi  nochor  qatlamlariga  og‗ir 

tushmaydigan  yo‗llar  orqali  shakllantirishga  intilmoqda.  Biz  ham  mazkur 

sharoit xususiyatlaridan kelib chiqib, xalqni iqtisodiy-ijtimoiy muhofaza etishni 

davlat siyosati darajasiga ko‗tardik. 

Uchinchidan,  Xitoy  ijtimoiy  hayotining  muhim  sohalarida  davlat 

siyosatining ta‘siri kuchli bo‗lishligi tarafdori. Biz ham davlatni bosh islohotchi, 

                                                           

36

 Муҳаммад Носир. Буюк Ипак йўлини боғлаѐтган дўстлик ришталари. Туркистон. 1994 йил 20 апрел 



23 

 

deb  e‘lon  qildik  hamda  ushbu  qoidani  og‗ishmay  amalga  oshirish  yo‗lidan 



bormoqdamiz. 

To‗rtinchidan, 

Xitoy 

barqarorlik, 



siyosiy 

hamjihatlik, 

iqtisodiy 

islohotlarni ijtimoiy taraqqiyotning bosh shart-sharoitlari deb qaramoqda. Bizda 

ham fuqarolar osoyishtaligi, milliy totuvlik barqarorligini ta‘minlashning ibratli 

yo‗lidan borilmoqda.

37

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish