181
bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo`ljallangan
bazmlar, ov uyushtiriladi.
Ptolemeylar Misrida qadimgi fir`avnlar davrida bo`lganidek, podsho
hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va elin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi
kabi Misrda podsholarga sig`inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o`zi va o`z
singlisi Arsinoyaga sig`inishga
farmon berib, o`zi va singlisi sharafiga
ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va uning xotini
Berenikaga sig`inish keng yoyildi.
O`sha davr falsafasida inson shaxsini o`rganish muammosi birinchi o`ringa
chiqa boshladi. Er. avv. V-IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur
maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida
bosh qotira boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga er. avv. 302yil kelib chiqishi
Kipr orolidan bo`lgan faylasuf Zenon (er. avv. 336-264-yillar) asos soldi. Bu
maktabga ellin davrining ko`pgina taniqli faylasuflari va olimlari kirgan edi.
Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi bo`lmish agorada, naqshin peshayvon “stoya”
ostida vaz aytib, o`z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham
shu so`zdan kelib chiqqan). Stoizm yunonva Sharq nazariyalarining sintezi edi.
U keng
tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan ellin falsafiy maktabi edi.
Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, fikr, so`z, olov va shu kabilarni ham jism
deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar
edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g`oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat
bilan uyg`un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni shakllantirdilar.
Er. avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf
Epikurning bog`ida uning do`stlari va shogirdlari to`planib, falsafiy suhbatlar
qurdilar. Bozorlar, maydonlar, odamlar ko`p bo`lgan joylarda o`z ta’limotlarini
targ`ib qilgan stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda tafakkur
qilishni yo`lga qo`ydi. Epikurchilar “Baxtning mohiyati-azobning yo`qligidir”,
“Kimda kam ehtiyoj bo`lsa, u kishida ko`p farog`at bo`ladi” tushunchalarni ilgari
surdilar.
Er. avv. III asrda yana bir falsafiy maktab-skeptiklar maktabi shakllandi.
Bu maktabga Arastuning kichik zamondoshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof
dunyoni bilib bo`lmaydi, uning tabiati to`g`risidagi barcha nazariyalar xayol deb
hisobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug`ullanmadilar. Dunyoning bilish
nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar
tanqidiga e’tibor berdilar. Ular: “Barcha narsalarni hech qachon bilib bo`lmaydi,
ular haqida na haqiqatni, na yolg`onni aytishlarimumkin emas” deb hisobladilar.
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi.
Tabiblar kasalliklarning
sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak,
kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur degan tushunchani ilgari
surdilar.
Er. avv. IV asrda falsafada yana bir maktab-kiniklar paydo bo`ldi. Bu
maktab asoschisi Antisfen bo`lib, Diogen uning mashhur o`quvchisi edi. Kiniklar
tabiatga qaytish qulayliklaridan voz kechishni talab qildilar. Insonning qonun-
182
qoidalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar. Ular ko`chlar,
maydonlar va portlarda olomon oldida so`zga chiqib, mavjud tartibqoidalarning
noto`g`riligini asosladilar. Kambag`allikni nafaqat so`zda, balki o`z
turmush
tarzlari bilan targ`ib qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: