177
qildi. Lekin g`ayratli Pirr Italityadan qaytib,
yana Makedoniyaga yurish qildi,
Antigon u yerdan haydaldi. Pirr o`zini makedon podshosi deb e`lon qildi. Ammo
ikki yildan so`ng u Argosda o`ldirildi. Antigon Gonat Makedoniya taxtini
ikkinchi marta bosib oldi va uni o`z vorislariga uzatdi. Antigon Gonat 276-yilda
taxtga chiqdi. Antigon va uning avlodlari Makedoniyani Rim bosib olgunga qadar
(er. avv. 168-yilgacha) boshqardilar. Antigonidlar sulolasi uchun Yunonistonni
bo`ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi.
Ptolemeylar Misri, Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin
dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so`ng,
Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholining katta
qismi Iskandar yurishlari
davrida Sharqqa ko`chdi. Antigonidlar sulolasi olib borgan doimiy urushlar,
shimoldagi varvar qabilalarining xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi.
Antigonidlar sulolasi xo`jalik hayotini qayta tiklash, aholining ko`paytirishiga
e’tibor berishga majbur bo`ldilar. Shu sababli,
yangi shaharlar qurilib, eskilari
qayta tiklandi. Bo`sh yotgan yerlarga aholi ko`chirildi. Konlar qazildi.
Kemasozlik rivojlandi. Qurilish yog`ochlari bilan qizg`in savdo qilindi.
Iqtisodiyotning asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo`lgan qishloq
xo`jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o`rmon va qazilma boyliklar tegishli edi.
Ellin Makedoniyasiga podsho hokimiyati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib
oldi: qo`shin yig`ini
avvalgidek, podshoning taxtga chiqish vaqtidagi o`z
ahamiyatini saqlab qoldi. Qoshin yig`inioliy sudya rolida chiqar edi.
Makedoniyadagi beqaror vaziyat Iskandar vafotidan so`ng, qariyb ellik yil
davom etdi
Bu davrda manfaatlari bir-biriga zid bo`lgan yunon polislari turli ittifoqlarga
birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon polislari
kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga faol
aralashdi.
Rim va Ptolemeylar sulolasi yunon polislarini
Makedoniyaga qarshi
chiqishlarini qo`llab-quvvatladilar. Ikkinchi puni urushlari davrida
Makedoniya
Gannibal bilan ittifoq tuzdi. Bunga qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir
necha polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada er. avv.
215206-yillarda I makedon urushi yuz berdi. Karfagenni Gannibal ustidan
g`alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni Italiyaga yurish xavfini yo`qqa
chiqardi.
G`ayratli podsho Filipp III (er.avv. 221-179yillar)
Salavkiylar bilan ittifoq
tuzib, zaiflashgan Ptolemeylarning Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi.
Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib, Rimdan yordam so`radi. Natijada
II makedon urushi (er. avv. 200-197-yillar) boshlandi. Fessaliyadagi er. avv. 197-
yildagi hal qiluvchi jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik
Osiyodagi barcha mulklaridan ajraldi.
Filipp III ning o`g`li Persey (er. avv. 179-168-yillar) Makedoniyaning
avvalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo u Rim bilan urushda (III makedon
urushi er. avv. 171-168-yillar) Pidnayonidagi jangda yengildi. Makedoniya
178
hududi g`oliblar o`rtasida to`rt okrugga bo`lindi. Er. avv. 146-yilda Andriskning
Rimga qarshi qo`zg`olonidan so`ng, er.avv. 146-yilda Makedoniya Rim
provinsiyasiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: