173
Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so`nggi tosh davri
ibtidoiy texnikasi darajasida bo`lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va
jez qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar
kelishi bilan mamlakat
xo`jaligida haqiqiy to`ntarish bo`ldi. Qishloq xo`jaligida temir mehnat qurollari
paydo bo`ldi. Bobildan ekin ekadigan moslama (seyalka) olib kelindi. Qishloq
xo`jaligida yangi texnik moslamalar-vino va zaytun yog`ini olish uchun vintli
press(Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarning mehnatini
yengillashtirdi. Yangi ekinlar paydo bo`ldi va ishlov beriladigan yer
maydonlarining hosildorligi keskin o`sdi. Fir`avn Nexo kanali qayta tiklandi.
Tashlab qo`yilgan ko`plab yerlar o`zlashtirilib, sun`iy sug`orish inshootlari qayta
ishga tushirildi.
Hunarmandchilik shaharlarda to`planib, qishloq xo`jaligida
qaraganda, bu
sohada qul mehnati keng qo`llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun
ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining
qurilishi, metall va sopol idish-tovoqlar, gazlamalar, mebellar va zargarlik
buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunarmandchilik
mahsulotlari eksport qilindi.
Ptolemey
I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo`jaligini rivojlantirish
maqsadida o`zining tanga pullari-oltin stater, kumush tetradraxma va mis
obollarni zarb qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil
pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda chet el tanga pullarini
ishlatish ta`qiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida o`ziga xos qog`oz
vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish
ham davlat monopoliyasiga
aylantirildi.
Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari (Ptolemey II(247-yil vafot
etgan), Filadelf III, EvergetIII
,
Filopator IV, (240-221yil) Epifan V) deyarli yuz
yil davomida faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik qilishga
da’vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga aylantirishga bor
kuchlarini sarfladilar. Bu podsholar davrida Misr dengizda hukmdor bo`ldi.
Finikiya, Kelesiriya, Kirena va Kipr Misr davlatining tashqi viloyatlari edi.
Tarixchi Appianning ma`lumotlariga ko`ra misrning harbiy kuchlari 200 000
piyoda, 40 000 otliq, 2000 jang aravasi, 15000 harbiy kema va 300 fildan iborat
bo`lgan. Ptolomey II davrida davlat xazinasida 740000 misr talanti bo`lgan.
Iskandariya shahri- poytaxt, fan-san`at o`chog`i,
xalqaro savdo markaziga
aylandi.
Ptolemey V Epifanning er. avv. 180-yil o`limidan so`ng, tashqi siyosatda
qiyinchiliklar tug`ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari
Misrning tashqi siosatiga katta putur yetkazdi. Natijada tushkunlikning uzoq
davri boshlanib, er. avv. 30-yilda Misrning Rim istilosi bilan tugallandi.
Er. avv. III asr o`rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo`shinga ega edi.
Ptolemeylarning asosiy raqiblari-Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba’zi
davlatlar bo`lgan. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv. 222-205-yillar) Misr
174
tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi bo`ldi.
Misrning mavqei Old
Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu vaqtinchalik edi.
Er. avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralarigacha yetib bordi.
Ptolemeylar sulolasini o`zaro nizolar va xalq harakatlari zaiflashtirdi. Ptolemey
IX er. avv. 88-yil Fivada boshlangan qo`zg`olonni 3 yildan so`ng, qo`zg`olon
markazi bo`lgan Fiva shahrini buzib tashlash bilan bostirdi. Er. avv. 70-yillardan
Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha boshladi. Ptolemey sulolasining
bir necha vakillari Rim yordami bilan hokimiyatni boshqardilar. Keyingi 15 yilda
O`rta Misr nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida bir necha bor
Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali kuchli bo`lgan bu
davlatga qarshi senat urush boshlashga jur`at qila olmadi. Er. avv. 48-yil Yuliy
Sezar 8 oylik urushdan so`ng, Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo`shib olish
bilan cheklandi. Sulolaning so`nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida taxtga
keldi. Oktavian er. avv. 30-yil Misr davlatini tugatib, Misrni Rim provinsiaysiga
aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: