168
Iskandar o`limi arafasida o`z muhri o`yilgan uzukni Perdikkaga bergan edi, u
davlat hukmdori lavozimini egalladi (er.avv.323-321yillar), bu vatqda davlatning
yaxlitligi saqlanib turildi. Iskandar o`limidan keyingi ikki yil davomida
Yunoniston makedon zulmidan ozod bo`lishga urindi. Antipatr yunon
qo`shinlarini
tor-mor qilib, bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Tez
orada Antigon, Ptolomey va Antipatr Perdikkani kuchayib ketganidan cho`chib,
unga qarshi ittifoq tuzdilar. Perdikkaning hukmronligini tan olmagan Ptolomeyga
qarshi Misrga yurish paytida Perdikka yuborilgan qotillar tomonidan
o`ldirildi(er.avv.321-yil). Davlat hukmdorligi Antipatrga o`tdi (er.avv. 321-
315yillar) Antipatr o`z vorisi etib keksa lashkarboshi Poliperxontni tayinlashi
davlatni to`la yemirilishiga olib keldi. Uning buyrug`i bilan podsho oilasi
Makedoniyaga ko`chirildi.
Antipatr topshirig`i bilan er. avv. 321-yilda satrapliklar qisman qayta
taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salavk
Bobilni o`z qo`liga oldi. Shundan ikki yil keyin, er. avv. 315-yilda
Antipatr vafot
etdi. U regentlikka voris qilib keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni
tayinlashga ulgurgan edi.
Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Iskandarning yaqinlari bo`lgan yosh g`ayratli
lashkarboshilarni qanoatlantirmadi. Jumladan, Antipatrning bu qaroridan o`z
o`g`li Kassandr norozi bo`lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun
Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan ittifoq tuzdi. Er. avv.
316-yilda Poliperxont regentlikdan chetlashtirildi. Kassandr butun Yunonistonni
egallab oldi. Lekin Kassandrning kuchayib ketishidan Antigon va Iskandarning
sobiq kotibi Yevmen norozi bo`ldilar. Iskandar davlatining yaxlitligini saqlab
qolishga uringan, separat kayfiyatlarga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi
Yevmen edi. U makedon podsholigining “qonuniy” podsholari nomidan harakat
qilgan, qator sabablarga ko`ra, hech qanday hudud va qo`shinga ega bo`lmagan
birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo`lida Iskandar
sobiq davlatining turli
shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag`lar mavjud edi.
Yevmen ana shu mablag`lar hisobiga katta yollanma qo`shin to`plab, Bobil va
Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va Midiya satraplari
Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. avv. 316-
yilda Gabiyan yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon o`rtasida
hal qiluvchi jang bo`ldi. Yevmenning yollanma qo`shinlarini xoinligi jangni
Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo`lga olinib, qatl qilindi. Er. avv. 317-yilda
Iskandarning onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o`g`liga qoldirish uchun
Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o`ldirishga buyruq berdi. Kassandr
podsho oilasini astasekin qirib tashladi. Olimpiada Kassandrning taqibidan tirik
qolgan oila a`zolari bilan Makedoniyadagi yaxshi mustahkamlangan Pidna
shahriga yashirindi. Lekin Kassandr shaharni ochlik bilan tinkasini quritib, taslim
bo`lishga majbur qildi. Kassandr Olimpiadani qatl etdi.
Qotil Kassandr Roksananing o`g`li Iskandar voyaga yetguncha makedoniyani
boshqarish huquqini oldi. Iskandarning kichik
qizi Fessalonikaga uylangan
169
Kassandr Iskandarning o`g`li tirik bo`lganidan bezovta edi. Kassandrning
topshirig`i bilan Amfiopol hokimi nazorati ostida turgan Roksana va uning o`g`li
yashirincha o`ldirilib, dafn qilindi(er. avv. 311-yil yoki 310-yil). Bir necha yildan
so`ng Kassandr keksayib qolgan Poliperxont bilan yashirin shartnoma tuzdi. Bu
shartnomaga ko`ra Poliperxont Iskandarning Barsinoyadan bo`lgan o`g`li
Gerkulesni zaharlab o`ldirishi kerak edi. Bu yovuzlikni amalga oshirgach, keksa
Poliperxont Etoliya va Epirda o`ziga berilgan yer mulkda yashab, siyosiy
hayotdan chetlashdi. Iskandarning katta opasi Epirning beva malikasi Kleopatra
Sard shahrida yashar edi. Ptolomey uylanish uchun Kleopatrani qo`lini so`radi.
Antigon esa Kleopatrani uning o`z oqsochlari tomonidan o`ldirtirdi va keyin esa
malikani oqsochlari bilan birgalikda dabdabali dafn etdi. Yuzaga kelgan bu
vaziyat diadoxlarni o`z hududlarida o`z podsholik hokimiyatlarini o`rnatishga
intilishlari uchun hech qanday rasmiy to`siq qolmaganini bildirar edi.
Diadoxlar o`rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo
va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. avv. 306-yilda
Antigonning o`g`li Demetriy Poliorket (“shaharlarni qamal qiluvchi”) makedon
garnizonlarini Yunonistondan haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va
demokratiya e’lon qilindi. Er. avv. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey,
Lisimax, Salavk va Kassandr o`zlarini podsho deb e’lon qildilar.
Salavk,
Ptolomey va Lisimax birlashib, o`z davlatlarini mustahkamlash
uchun Antigonga qarshi urush olib bordilar. Er.avv. 301-yilda Frigiyadagi Issa
yonidagi jangda 80 yoshli Antiox o`ldirildi. 297-yilda Kassandr, 285-yilda
Demetriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag, 281-yilda
Salavk vafot etdi. Iskandarning safdoshlari va bevosita merosxo`rlaridan so`nggi
diadox bo`lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tugadi. Ularning o`rniga
ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.
Iskandar vafotidan so`ng, uning eng yaqinlari diadoxlar o`rtasidagi 40 yillik
urush natijasida Iskandar davlati xarobalarida 3 asosiy eng yirik podsholiklar:
Makedoniya (unga bo`ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi
va Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining
asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari, ellin davrida bir qancha katta-kichik
davlat birlashmalari: Pergam,
Vifiniya, Pont. Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va
Parfiya podsholiklari mavjud edi.
Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr davomida
yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l bo‘ylab
aks etdi
63
.
Do'stlaringiz bilan baham: