Nodir Devonbegi madrasasi
Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli
sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi
madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri
Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn
Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘i
boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr
boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan.
Madrasa
1622-1623-yillar
oralig‘ida
bunyod etilgan. Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida
gapiradigan bo‘lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi
Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga
zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib
tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga
o‘tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga
bo‘ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi
isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga
qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642)
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
o‘tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor
keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl
qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib,
Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib
tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq
zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton
o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi.
Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat
hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad
(1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi.
Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi.
Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan
g‘ishtlar, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh,
ganch va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan.
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofida 4
tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori uslubida
bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‘rnatilgan. Hovliga
pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor.
Peshtog‘i o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar
orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan
tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa
peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‘shasi burmasimon.
Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida
zeb berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‘zaro
uyg‘unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi.
Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analariga tayangan, naqshinkor,
“Chor” uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‘z davrida ilm-ma’rifat o‘chog‘i
bo‘lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak,
inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga
keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‘q. Madrasa
fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan
e’tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me’moriy obidalardan ajralib
turgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta
ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan
hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa’y-harakatlari
bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‘tishimiz lozim.
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi
barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi.
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me’moriy
inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |