Telegram kanal
:@tarixolimpiada
qonunlari me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Abdullaxon madrasasi
Me’moriy
obida Abdullaxon
II
tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi:
Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton
ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon)
(1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i –
1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi
Bahouddin
majmuasiga
dafn
etilgan)
o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro
xonligining
shayboniylar
sulolasidan
chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598),
davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek
sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li
tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II
Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta
birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik
chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-
fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-
yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili
Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi.
Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari
sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan
yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va
madaniyat rivojlandi.
Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod
etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga
to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus
“qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning
umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar
o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali
ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga
qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.
Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli
uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan
birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi
xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och
parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki,
tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi
Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon
Do'stlaringiz bilan baham: |