Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos 
onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi 
bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy 
yutuqlarni namoyish etadi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 
1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. 
Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va 
chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan. 
Me’moriy obida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari 
ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan 
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy 
kafolatidir. 
Fathulla Qushbegi madrasasi 
 
Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida 
bunyod etilgan Fathulla Qushbegi madrasasi shu nomdagi shaxs tomonidan 
qurilgan. Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tug‘ilgan. Buxoro xonligida 
Parvonachi, Pirmuhammadxon davrida Shig‘ovul lavozimida ishlagan. Iskandar va 
Abdullaxon II hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan.
Abdullaxoning maxsus buyrug‘i bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa 
bunyod ettirishda faol ishtirok etgani uchun u qurdirgan madrasa xalq orasida 
Fathulla Qushbegi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XVI asrning so‘nggi choragida, 1585-1586-
yillarda bunyod etilgan.
U Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, ”Chor” 
uslubida bunyod etilgan. Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi 
xom va pishgan g‘isht, tosh, loy, yog‘och va shunga o‘xshash mahsulotlardan 
foydalanilgan. Inshoot madrasa, qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va 
hujralardan iborat. Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino 
burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning 
umumiy tuzilishi Buxoroning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona 
atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi 
ham o‘ziga xos bezaklangan. Hovli 44 ta bir qavatli xonalar bilan o‘ralgan. Tashqi 
ayvonning ko‘cha tomoni past devor bilan to‘silgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning o‘rtalarida buzilib ketgan. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish