Abdullaxon timi
Usti
berk
savdo
rastasi
hisoblangan
Abdullaxon timi Abdullaxon II tomonidan bunyod
etilgan.
Uning
qurilishiga
homiylik
qilgan
Abdullaxon (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon
ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Abdulxayrxon, 1534-yil Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598-yil Samarqand,
Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‘zbek davlatchiligi
tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik
hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi
Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani
boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan
mamlakat
hududini
qayta
birlashtirish,
markaziy
davlat
hokimiyatini
mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II
hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi
sohalar gullab-yashnadi.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida
gapiradigan bo‘lsak, Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda
kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani,
1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga
qo‘shib oldi. Abdullaxon davrida davlatning sarhadlari janubda Hirotdan
Mahshadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‘lgacha
yetdi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat
rivojlandi.
Abdullaxon timi boshqa tim va toqlar kabi mamlakatdagi savdo-sotiqni
tartibga solish hamda rijovlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda bunyod
etilgan. Uning qurilishi so‘nggi o‘rta asrlar davrida, 1577-yilga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy inshootning qurilishida xom va pishgan g‘isht, yog‘och, loy,
sement, har xil hajmdagi toshlardan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning
umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, inshootning asosi murabba
(to‘rtlik) tarhli (39x42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi.
Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma
timni o‘rab turadi. O‘rtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan
yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorug‘ tushadi. Miyonsaroy atrofi
dalon. Dalondagi mayda ravoqlar ichida gumbaz tomli do‘konlar bo‘lgan. Bino
pishiq g‘ishtdan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqli, naqshin
bezaklari deyarli saqlanmagan. Abdullaxon timi Sharq me’morchiligini o‘zida
mujassamlashtirgan, “gumbaz” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos
tomoni shundaki, Аbdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chorsu – toq
binolar ichida eng kattasi va shakl-u shamoyili jihatidan ancha murakkab va
hushbichim hisoblanadi. O‘tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-
sotiq qilingan. Inshoot faqat kun yorug‘ida faoliyat ko‘rsatgan. O‘z davrida bu
inshootlar tizimi yopiq bozor vazifasini bajargan. Me’moriy obida 1997-yil Buxoro
shahrining 2700 yilligi munosabati bilan shahardagi barcha me’moriy inshootlar
qatorida Abdullaxon timi ham ta’mirlandi. Tim atrofidagi yo‘llarga pishgan g‘isht
yotqizildi va sayirgohga aylantirildi.
Abdullaxon timi ham YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari
ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-
avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonuni hamda 2008-yil 12-sentabrdagi “Muzeylar to‘g‘risida”gi
Do'stlaringiz bilan baham: |