O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.
 
Rim iqtisodiyoti. 
O‗rtayer dengizi havzasida yuz yil davo- mida olib borilgan bosqinchilik 
urushlari natijasida Rim kichik shahar-davlat doirasidan chiqib, O‗rtayer dengizining eng qudratli 
davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyoti va Rim jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham 
o‗zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‗zgarishlar yuz berdi. 
Rim-Italiya xo‗jaligiga klassik qulchilik munosabatlarining kirib kelishi chuqur o‗z garishlarga 
olib keldi. Qishloq xo‗jaligi- ning turli sohalarida o‗sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun daraxtlari 
o‗stirish, bog‗dorchilik va sabzavotchilik rivojlandi. Yunoniston, Kichik Osiyo va Afrikadan 
uzumning yangi navlari, meva daraxtlar keltirildi. Qishloq xo‗jaligida mehnat qurollari- ning 
turlari ko‗paydi. G‗allachilik takomilllashdi. Sifatli bug‗doy ekilib, hosildorlik o‗sdi. Yerlarga 
ishlov berish, o‗g‗itlash va boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chor- 
vachilikda ham muhim o‗zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va parrandachilik o‗sha vaqtda eng 
daromadli sohalarga aylandi. Qishloq xo‗jaligining o‗sishini asosiy sabablari qulchilikni keng 
tadbiq qilinishi, tovar ishlab chiqarish xo‗jaligining tashkil qilinishi, kichik xo‗jaliklardan voz 
kechib, katta ekin maydonlarida xojalik yuritish edi. Qishloq xo‗jaligida bu davrda xo‗jalikning 
asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unda 10-20 qul- lar ishlaydigan quldor xojaligi 
edi. Bular o‗rta quldor xojaligi hisoblanib, ular bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan edi. Bunday xo‗jaliklar villa deb atalgan. Villalar bilan bir qatorda qishloqda erkin 
dehqonlarning kichik xojaligi keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerda o‗z oilasi bilan 
ishlab, ba‘zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi. 
Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi mil.avv. II 
-
I asrlarga to‗g‗ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 
hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilik- da ozod 
qo‗yilgan qullar mehnati ham sezilarli o‗rinni egalladi. Ularning o‗zlari ham uncha katta 
bo‗lmagan ustaxonalarga ega edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metall, tosh, yog‗och, 
jun, teri, shisha va qurilish materiallariga bo‗lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada 
temir qazib chiqarish keng yo‗lga qo‗yildi. Tog‗-kon va metall quyishda yangi texnik o‗zga- 
rishlar amalga oshirildi. Shaxtalarda 150 m gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Konlarda 
ventilatsiya, Arximed vinti, kon- dan suvni qochirish g‗ildiragidan foydalanila boshlandi. 
Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi. Ita- liyaning o‗zida Shimoliy 
Etruriyadan marmar qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil edi. Arzon, qulay, 
mustah- kam qurilish materialiga ehtiyoj o‗sdi. Mil.avv. II asrda rimliklar bu talablarni 
qondiradigan qurilish xomashyosi - betonni kashf qildilar. Rimliklar pishirilgan g‗isht ishlab 
chiqarishni keng yo‗lga qo‗ydilar. Mil.avv. II-I asrlarda ma‘lum ishlab chiqarish- ga 
ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllan- di: Puteola - temirni qayta ishlash, 
Kapuya - jez va qo‗rg‗oshin quymalari bilan, Manturin va Kaliy - qishloq xojalik qurolla- rini 
tayyorlash, Arretsiy - kulolchilik, Tarent, Kanuziy - jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan 
shuhrat qozondi. Rimliklar fuqarolik va muhandis me‘morchiligini rivojlantirdilar. Rim suv 
quvurlari, ko‗priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, Rimdagi ko‗p qavatli uylar me‘morchilik 
va qurilishning eng yaxshi yutuqlari asosida bunyod qilindi. 
O‗rtayer dengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim, Puteola, Sirakuza eng yirik savdo markazlari 
bo‗lib qoldi. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi. 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari 


93 
paydo bo‗ldi. Qo‗shimcha yelkanlar, kema boshqaruvi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz 
savdosi bilan hatto savdo qilish man etilgan nobillar ham shug‗ullana boshladilar. Ular qonunni 
chetlab o‗tib, dengiz savdosida vositachilar va o‗zlari- ning ozod qo‗yilgan qullaridan 
foydalandilar. 
Quruqlikdagi savdo ham katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shahar va qishloqlar o‗rtasida mahsulot 
almashuv maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlararo yarmarkalarda amalga oshirildi. 
Viloyatlar o‗rtasida aloqalarning mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan qurilish san‘atining 
noyob yutuqlari bo‗lgan yo‗llarning qurilishiga sabab bo‗ldi. Yo‗llar tosh to‗shal- gan 
mustahkam to‗g‗ri chiziqda bunyod qilinib, boshda Itali- yaning barcha viloyatlarini, keyinchalik 
provinsiyalarni qamrab oldi. Rim shahridan o‗tadigan eng yirik yo‗llar Italiyaning barcha 
viloyatlari va undan tashqari cho‗zilib ketdi. Rim forumi- da oltin suvi yuritilgan ustun qo‗yilib, 
undan Italiyaning bosh yo‗llari masofasini hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan «barcha yo‗llar 
Rimga boradi» aforizmi tug‗ildi. Rim savdosining o‗si- shi tanga miqdorini ko‗paytirishni talab 
qildi. Rimning sestersiy va denariy kumush tangalari tezda O‗rtayer dengizi havzasida asosiy 
valyuta o‗rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi. 
Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul mablag‗lari va qullar oqib keldi. I 
Puni urushidan so‗ng Rim xazinasiga 3200 talant kirim bo‗ldi. II Puni urushidan so‗ng 
Karfagenning to‗lov puli 10 ming talant, Antioxga yuklangan tovon to‗lovi 15 ming talantni 
tashkil etdi. Rim sarkardalarining harbiy o‗ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyning 
g‗olibi Emiliy Pavelning Rimga zafarli kirishida bosib olingan qimmatbaho qurollar, san‘at 
asarlari, oltin, kumush bilan to‗la katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o‗tildi. 
Antiox ustidan g‗alaba natijasida harbiy o‗lja sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming 
funt kumush (1 Rim funti 327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla 
tangasi, ko‗p miqdordagi zargarlik buyumlari Rim xazinasiga kelib tushdi. Mil.avv. II asrgacha 
Rim kumush tangaga ehtiyoj sezmadi. Bu istilolar, ayniqsa, ispan kumush konlarining bosib 
olinishi Rim davlatini o‗z pul tizimini kumush bilan ta‘minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda 
savdo, moli- ya-sudxo‗rlik kapitali rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Rimda turli jamoat ishlari, 
provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliya chi-tadbirkorlar paydo bo‗ldi. Istilochilik 
urushlaridan olingan o‗ljalar, qaram hududlardan olinadigan daromadning o‗sishi natijasida 
Pidna yonidagi jangdan so‗ng (mil.avv. 168-yil) Rim fuqarolari harbiy xarajatlar uchun 
olinadigan soliqni to‗lamay qo‗ydilar. 
Rim bosib olingan hududlar boshqaruvini yo‗lga qo‗ydi. Bu hududlar rimliklarning mulki 
provinsiya (qaram) yer deb e‘lon qilindi. Rimdan pretor yoki Rimda konsullik muddatini o‗tab 
bo‗lgan konsullar noib etib tayinlandilar. Bosib olingan hudud- larda Sitsiliya, Sardiniya 
provinsiyalari tashkil etildi. Pireney yarim orolining asosiy aholisi iber qabilalari edi. Puni 
urushlari natijasida rimliklar va Ispaniya deb ataladigan yarim orolning katta qismini bosib 
oldilar. Ispaniya Betika (mil.avv. 197 -yil) Tarrakon Ispaniyasi (mil.avv. 197-yil) provinsiyalarni 
tashkil et- dilar. Rim urushlar davomida Italiyadan chetdagi bosib olingan hududlar provinsiya 
deb ataldi. Boshda «provinsiya» so‗zi oliy magistratga beriladigan topshiriq ma‘nosini bildirgan. 
Keyin esa bu so‗z bosib olingan hududlarga nisbatan aytildi. Rimning birinchi provinsiyalari 
Sardiniya (mil.avv.241-yil), Sardiniya va Karsika (mil.avv. 227-yillar), Ispaniyada Betika va 
Tarrakan Ispaniyasi provinsiyalari (mil.avv. 197-yil) tashkil etildi. Respublika davrida 20 
provinsiya bo‗lib, rimliklar ularni «rim xalqi- ning pomestesi» deb hisoblar edilar. Provinsiyalar 
rim noibi va uning qo‗shinini o‗z hisoblaridan saqlashlari majbur bo‗lgan. Noiblar o‗zlari 
chiqaradigan ediktlar orqali oliy harbiy, ma‘mu- riy va sud hokimiyatini ommaga oshirganlar. 
Oktavian davri- da promagistratlar boshqaradigan senat provinsiyalari va legat yoki propretor 
unvoni bilan prokuratorlar boshqaradigan im- perator (chegara) provinsiyalariga bo‗linib ketdi. 
Provinsiyalarni boshqarish tizimi asta-sekin shakllandi. Provinsiyalarni bosh- qaradigan pretorlar 
bir yil muddatga saylab qo‗yilgan. Provinsiya boshqaruv muddatini uzaytirish senatning maxsus 
qarori bilan amalga oshirilgan. Noib bilan birga, provinsiyaga moli- ya-xo‗jalik ishlarini olib 


94 
boradigan kvestor jo‗natilar edi. Sobiq konsullar, hali konsul bo‗lmagan yuqori mansabdorlar 
ham noib lavozimini egallar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o‗z 
qo‗llariga to‗pladilar. Provinsiyalar noib, uning amaldorlari va qo‗shinlarini moddiy jihatdan 
ta‘minlashi kerak edi. Noiblar o‗z mansablarini suiiste‘mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun 
provinsiyalarni talon-taroj qildilar. Shu sababli, mil.avv. 149-yil Rimda provinsiya noiblarining 
talon- 
tarojligiga, suiiste‘molligiga qarshi senator tribunallari tashkil qilindi. Bu maxsus sudlarga 
provinsiyalarning noiblaridan jabr tortgan kishilar murojaat qilishi mumkin edi. Provinsiyalar 
aholisi uchun yana bir kulfat bu rimliklarning soliq yig‗ishda- gi tovlamachiliklari bo‗ldi. Rim 
noiblari soliq yig‗ish huquqini xususiy kishilar («publikanlar»)ga topshirdilar. Ular soliq sum- 
masini oldindan kelishilgan miqdorda Rim noibiga to‗lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha 
barobar ko‗paytirib yig‗ib ol- ganlar. Bu ishlar bilan asosan moliya zodagonlari bo‗lgan yan- gi 
suvoriylar qatlamining vakillari shug‗ullangan. Rim davla- ti bo‗ysundirilgan xalqlarning 
yerlarini bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o‗rmonlar Rim davlati 
ixtiyoriga o‗tdi. Katta miqdordagi urush tovonlari, asirlarni qul qilib sotishdan kelgan 
daromadlar, harbiy o‗ljalar Rim davlatini dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirdi. 
Ayniqsa, Rim respublikasida oliy hokimiyat egasi bo‗lgan nobilitet yana- da boyib ketdi. Nobillar 
boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar qo‗shin qo‗mondonlari yoki provinsiyalar 
noiblari sifatida katta miqdorda boylik to‗pladilar. 
Mil.avv. 218-yilda qabul qilingan alohida qonun bo‗yicha se- natorlar savdo va moliya ishlari 
bilan shug‗ullanishlari taqiqlab qo‗yildi. Shu sababli, zodagon senatorlar ko‗p miqdorda yer 
maydonlarini sotib oldilar. Yirik xo‗jaliklar tashkil qilib, qullar mehnatidan foydalandilar va 
yuqori daromad oldilar. Nobillar- ning iqtisodiy-siyosiy qudrati zodagonlarning tashqi ko‗rinishi- 
da ham aks etdi. Ular keng qizg‗ish yo‗lli tunika (ko‗ylak) va maxsus poyafzal kiyar hamda 
qo‗llariga maxsus senator uzugi- ni taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlam- 
laridan ajratib turadigan ramziy belgi edi. 
Mashhur yunon tarixchisi Polibiy Rimda birinchi marta se- natorlarni ko‗rib, ularni hashamatli 
kiyingan ulugVor ko‗rin- ishlaridan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar bilan 
tenglashtirdi. Nobillar «oddiy» fuqarolarni davlatda nufu- zli mansablarni egallashlariga, eng 
avvalo, konsullik mansabi- ga yaqinlashtirmaslikka harakat qilar edilar. Mil.avv. 180-yilda qabul 
qilingan qonun nobillarning oddiy fuqarolarni hokimiyat- ga yaqinlashtirmasliklari uchun qilgan 
harakatlarining natija- si edi. Ushbu qonunga ko‗ra, Rim fuqarosi uchun mansabga erishish o‗n 
yillik harbiy xizmatdan so‗ng, 28 yoshdan boshla- nishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril 
edili, 40 yoshdan so‗ng pretorlik lavozimini egallash mumkin edi va 43 yoshda- 
gi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da‘vo qilishi mumkin edi. 
Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‗lishlariga qaramasdan, yuz yillar davomida davlat 
hokimiyatining oliy mansablari- ni faqat o‗zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‗z 
obro‗-e‘tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada 
bo‗ldilar. O‗zlariga xizmat qiladigan ko‗p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistra- turasiga 
faqat o‗z toifalariga yaqin bo‗lgan kishilarni qo‗ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar 
davomida Rimga senator- lar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yet- kazib 
berdi. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon-patrit- siy oilalar bir-birlari bilan ittifoq tuzib, 
mansablarni egallash uchun saylovlarda o‗zaro yordam uyushtirganlar. 
Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi imtiyozli suvoriylar tabaqasi paydo 
bo‗ldi. Suvoriylar soliqlar yig‗ish, qo‗shin ta‘minoti va sudxo‗rlik ishlari bilan shug‗ullanib boyib 
ketdilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, provinsiyalardan arzon g‗alla keltirilishi 
Italiya dehqon xo‗jali- gini izdan chiqardi. Dehqonlar g‗alla o‗rniga uzum va zaytun da- raxtlarini 
o‗stira boshladilar. Bog‗dorchilik, poliz-sabzavotchi- lik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada 
katta daromad keltira boshladi. Dehqonlar xonavayron bo‗lib, katta shaharlarga keta boshladilar 
va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab qildilar. Ularning ba‘zilari senatorlarning 


95 
klientlariga aylandi- lar. Zodagon-patritsiylarning tayanchi bo‗lgan davlat hokimiyati Rim va 
boshqa shaharlarda to‗plangan, yeridan ajralgan oddiy fuqarolarni boqishga majbur bo‗ldi. 
Hokimiyat ularga muntazam oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni yo‗lga qo‗ydi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish