87
qora rangli «bukkero» bo‗rt- ma bezakli idishlari mashhur edi.
Kulolchilikning eng katta
markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Mil.avv. VI-V asrlar- da etrusk shaharlarida savdo-
hunarmandchilik gullab-yash- nadi. Ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, kulol-
chilikda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Etrusk va kam-
pan jez idishlariga Bolqon
Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Mil. avv. VI-III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik
markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi.
Rimning
savdo ahamiyati o‗sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Volsiniya va
Latsiya- ning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilgan.
Mil.avv. VI-III asrlarda tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan suv yo‗li bilan amalga oshirildi.
Mil.avv. VI asrda dengiz savdo- siga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida Rimning Osti-
ya portiga asos solindi. O‗sha vaqtning eng katta dengiz davlati Karfagen bilan Rim mil.avv.
509, 348 va 279-yilllarda uch marta savdo shartnomalarini tuzdi. Etrusklar va Janubiy Italiya
yunonlari, gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo aloqalarini o‗rnatdilar. Ilva va
Populoniyadan qazib olingan temir Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi.
Mil.avv. IV-III asrlarda
Rim shahrida obodonchilik, qurilish ishlari avj oldi. Senzor konsul
lavozimlarini egallagan, mil.avv. 292-yilda diktator bo‗lgan Appiy
Klavdiy davrida senat ilga-
rigi xarajatlarda o‗ta tejamkorlik siyosatidan voz kechdi. Katta xarajat talab qilgan qimmat, lekin
foydali inshootlar qurildi: Italiyaning turli hududlarida a‘lo yo‗llar, jumladan, mashhur
Appiy yo‗li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib, ekinzorlarga aylantirildi. Appiy
Klavdiy yurisprudensiyani ham rivojlantirishga shart-sharoit yaratdi.
Italiyaning ko‗pgina hududlari xo‗jaligining yetakchi soha- si dehqonchilik edi. Etruriyada
unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati
va agrotexnika taraqqiyoti
yuqori hosil olishni ta‘minlar edi. Bu yerda bug‗doy, arpa, tariq, polba; Kampaniya va Janubiy
Italiyada uzumchilik, zaytun daraxti keng tarqalgan edi. Etruriya g‗allasi Rim va lotin shaharla-
rini, Buyuk Yunonistondan keltirilgan zaytun yog‗i Latsiya va Etruriyani ta‘minlar edi.
Mil.avv. VI-III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bilan birga, yerga xususiy
mulkchilik kuchaydi. Urug‗ning yerlari kichik ulushlarga bo‗linib,
yer ishlov berish uchun
qarindosh- lar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o‗zlariga tegishli yer
maydoniga ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy
va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‗armasi (ager pub- likis) mavjud edi. Rim fuqarosi
davlat yerini katta bo‗lmagan ijara to‗lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqiga
ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Ple- beylar ham yuz yillik kurashlar
natijasida «ager publikis»dan foydalanish huquqiga ega bo‗ldilar. Ilk respublika davrida Rim
iqtisodiyotining asosi qishloq xojaligi edi. Mayda va o‗rta yer egaligi yetakchi rol o‗ynagan.
Mil.avv. IV asrdan patritsiylar jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natija- da
yirik xojalik (imeniye)lar paydo bo‗lib, qullar mehnatidan ko‗proq foydalanila boshlandi.
Boshda qadimgi Italiyada ayirboshlashning keng tarqalgan vositasi bo‗lib
chorva hayvoni
(pecus, shundan pulning lotin- cha nomi - pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab
Rimda mil.avv. III asrgacha pul sifatida og‗irligi 2-2,5 kg gacha bo‗lgan, ishlov berilmagan mis
parchasi (aez rude) yurar edi. Ularni mil.avv. V asrdan og‗irligi 1000-1830 gramm bo‗lgan, xudo
va hayvonlar tasviri tushirilgan quyma jez parchalari siqib chiqara boshladi. Mil.avv. IV-III
asrlarning ikkinchi yarmidan 327,45 gramm og‗irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave)
tangalar
keng tarqaldi. Mil.avv. IV asrning ikkinchi yarmidan natural xojalik o‗rniga pul-tovar xojaligi
keldi. Rim pul birligi - mis ass paydo bo‗ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasi- da
zarb qilina boshlandi. Shundan «moneta» so‗zi kelib chiqdi.
Mil.avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib, 173 gramm- ga keldi. Jez tanganing tressis,
dupondiy, semis kabi turlari mavjud edi. Mil.avv. III asrdan Rimda kumush tangalar, jum- ladan,
denariy (4,55 gramm) va sestersiy (1,13 gramm) zarb qilina boshlandi.