O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Senturiy komisiyalari. 
Rimda xalq yig‗inlari yoki komisiyalar- ning uch ko‗rinishi mavjud 
edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq 
yig‗ini 
-
senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalari- ni siqib chiqardi. Senturiy 
komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. 
Barcha Rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy I toifa 98, jami senturiylar- ning yarmidan ko‗p 
senturiy q yar edi. Ovoz berish senturiylar b yicha o‗tkazilib, har bir senturiy bir ovozga ega 
edi. Ovoz berish qat‘iy qabul qilingan tartibda: dastlab I toifa senturiylari, keyin II, III va h. k. 
ovoz berar edi. Agar taklif qilinayotgan masala b yicha senturiylar ovozining 50% idan 
ko‗proq ovozi berilsa, ovoz berish to‗xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz 
berish tartibi b yicha barcha masalalarni Rim fuqarolarining boy qismi bolgan I toifaning 98 
senturiylari hal qilar edi. Bu komisiyalar- da pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. 
Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlari - ning 
noroziligiga uchradi. 
Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo‗lmagan 
senturiy yig‗ilishlarini jamiyatning patritsiy qatlamlarining vakili (konsul, diktator, pretor) 
chaqi- rishi mumkin edi. Bu komisiyalarning biror-bir qarori «patres» 
-
senat tomonidan tasdiqlanmasa, kuchga kirmas edi. Mil.avv. 471-yildan kuriya va senturiy 
yig‗inlari namunasidagi plebey yig‗inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig‗inlarida qabul 
qilingan qarorlar - «plebitsit» faqat plebeylar uchun majburiy edi. Mil. avv. 241-yilda senturiy 
komisiyalari islohoti o‗tkazildi. Endi- likda har besh toifadan 70 senturiy qo‗yiladigan bo‗ldi. 
Ularga suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning 4 senturiy va proletarlarning 1 
senturiysi qo‗shiladigan bo‗ldi. Jami 370 senturiy (avvalgi 193 o‗rniga). Patritsiylar va 
plebeylarning ku- rashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug - triblar bo‗yicha tribut 
komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo‗ldi (Rim hududi hududiy jihatdan 4 shahar va 31 
qishloq tribiga bo‗lingan). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari 
saylanar edi. 
Senat. 
Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‗lari oqsoqollari kengashi asosida 
paydo bo‗ldi. Jamoa ishlarini harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‗ga ega edi.
Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyati 
qulagandan so‗ng senatning ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a‘zoga ega 
bo‗lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari va davlat mulkiga rahbarlik qilar 
edi. U diniy e‘tiqod ustidan nazorat qilib, favqulodda holat e‘lon qilish huquqiga ega edi. U 
hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda 
muhokama qilinganidan keyin- gina xalq yig‗ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq 
yig‗inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. 


83 
Shunday qilib, senat o‗ziga kerakli yo‗nalishda xalq yig‗ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat 
qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining egasi ed i. Mansabga 
saylangan magistratlar o‗z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga 
tobe edilar. Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansab - dor magistratlar 
senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‗yxa- tini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng 
keksa va obro‗li senator - princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‗lib so‗zlagan) edi. 
Senat ro‗yxatida birinchi senzorlar, keyin kon- sullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini 
chaqirish huquqiga oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Se- natning qarori 
senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum - qaror) deyilar edi. Senat Rim 
oligarxiyasining tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar ro‗yxati ilgari 
magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab turgan kishilardan ma‘lum bir mulk senzi 
asosida (Oktavian davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan. Imperiya 
davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senat- ning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa 
moliya, harbiy ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davri da senat o‗z 
mustaqilligini yo‗qotdi, lekin uning tashqi hasha- mati kuchaydi. Senat imperator irodasiga 
qullarcha bo‗ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga 
tushirdi. So‗nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. 
Imperiya davrida senat o‗z mustaqilligini yo‗qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. 
Senat imperator irodasiga qullarcha bo‗ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, 
ularning sonini 600 taga tushirdi. So‗nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, 
edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. 
Amalda hokimiyat prinseps qo‗lida bo‗lib, senat davlatning oliy tashkilotlaridan biri 
hisoblanar edi. Imperator Diokletian davridan senat o‗z ahamiyatini to‗la yo‗qotdi, u Rim 
shahar kengashiga aylandi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish