“Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” ko’rik tanlovi haqida MA’LUMOT.
7-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda barcha sinflardan saylangan Sardorlar ta shart asosida bellashdilar. Tanlov Nizom talablari asosida o’tkazildi.
1-shart “Bu bizning faoliyat” shartida sardorlar o’zlarining faoliyatlarini badiiy chiqishlar orqali tanishtirdi.
2-shart – “Erkin mavzu” shartida yo’nalishlaridan kelib chiqib, bugungi kunda yoshlar o’rtasidagi dolzarb muammolar yuzasidan yangi loyihalarini tanishtirdi.
3-shart – “Intelektual ring” shartida sardorlar ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga oid 5 ta savolga javob berdilar.
Tanlov shartlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |