Afina demokratiyasi
Tovar ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik tez rivojlanishi natijasida Attikada
demos o‗z haq-huquqi uchun harakatga keldi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni
kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Mil.avv. VII
asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Mil.avv. VII
asrning 30-yillarida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko‗rdi.
Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og‗zaki qonunchilikning yozma to‗plamga
keltirilishi urug‗ zodagonlarining hokimiyatini zaiflashtirdi. Drakont qonunlari bilan
23
urug‗chilikning qoldig‗i bo‗lgan xun olish taqiqlandi. Jazolash funksiyasi areopagga berildi.
Drakont qonunlari shafqatsiz bo‗lib, o‗g‗rilik jinoyati uchun o‗lim jazosi belgilangan. Mehnat
qilmagan fuqarolar jazolanar edi.
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‗al qismi bo‗lgan oddiy demos o‗rtasida
ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika aholisining eng kat- ta
muammolaridan biri - qarz masalasini hal qila olmadi. Solon (mil.avv. 640-559-yillar)
Attikaning eng qadimgi oilalaridan birining vakili bo‗lib, uning ajdodi podsho Kodriy
sulolasiga borib taqalar edi. U harbiy qobiliyatga ega, ma‘lumotli bo‗lgan va she‘rlar yozgan.
Solon mil.avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o‗tkazdi. Solon, eng
avvalo, «sisaxfiya» (qarzlarni olib tashlash) - Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amal-
ga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta yer egaligi cheklandi. Yer ulushini
belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi vaz iyatni
tubdan o‗zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Ilgari qarzi uchun qul
qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul
to‗lanib, Afinaga qaytarildi. Solon qonli Drakon qonunlarini bekor qildi, faqat odam
o‗ldirgani va boshqa jinoiy ishlar uchun hamda kim kambag‗al bo‗lsa, ayol yoki qulni xafa
qilgan bo‗lsa, bunday qonunlar saqlanib qoldi. Solonning qarori bilan vatan uchun urushda
qurbon bo‗lganlarning bolalari davlat hisobidan tarbiyalangan. Yana bir qaror bo‗yicha vatan
uchun jonini fido qilganlar tantanali dafn qilingan. Bu qarorlar afinaliklarda vatanparvarlik
tuyg‗ularining shakllanishiga xizmat qilgan.
Xojalik faoliyatini rag‗batlantiradigan qator islohotlar o‗tkazildi. Pul islohoti, uzunlik va
og‗irlik o‗lchov birliklari takomillashtirilib, savdo-hunarmandchilik rag‗batlantirildi.
Attikadan chetga mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g‗alla chiqarishni taqiqladi. Bu
chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‗batlantirdi va
zaytun moyi, vino eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi.
Vasiyatlar erkinligi to‗g‗risidagi qonun urug‗chilik aloqalarini zaiflashtirdi. Alohida
oilalarning iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me‘yori belgilandi.
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning barcha erkin
aholisini daromad miqdoriga qarab, to‗rt toifaga bo‗ldi: pentakosiomedimnlar, suvoriylar,
zevgitar, fetloar. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi.
Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da‘vo qilishlari mumkin edi. Fetlar
polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar.
Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek,
to‗la hokimiyatga ega bo‗ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga katta
majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo‗lish yer ulushidan yillik olinadigan
daromadga bog‗liq bo‗ldi.
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari
- gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‗yicha oliy appelatsiya huquqiga ega bo‗ldi.
Faqat u jinoiy ishlar bo‗yicha hukm chiqara olar edi. Odam o‗ldirish bo‗yicha sud ishi sobiq
arxontlar kengashi areopag qo‗lida qoldi.
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo‗lgan areopagga qarshi turgan To‗rt
yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. To‗rt yuzlar kengashi xalq yig‗inida ko‗riladigan va
tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig‗ini (ekklesiya) to‗laqonli barcha
vakolatlarga ega bo‗lgan boshqaruv organi bo‗lib, fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish
va uning ishida qatnashish huquqiga ega bo‗ldilar.
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi - maslahatchilar sudi (gelieya)
joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini
demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo‗lmaganligi sababli zodagonlar
hokimiyatini to‗la tugata olmadi.
Solon islohotlari bo‗lg‗usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va areopagning
roli o‗zgarmadi. Polisning urug‗, fillarga bo‗linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‗
24
huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‗z mulkini erkin vasiyat qilish
huquqini oldi. Otasi hunar o‗rgatmagan o‗g‗il keksaygan otasiga g‗amxo‗rlik qilish
majburiyatidan ozod qilindi.
Solon islohotlari barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Afinada keskin ichki
siyosiy kurash boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pi sistrat tiraniyasining
o‗rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil zodagonlardan biri Solonning qarindoshi Pisistrat
(mil.avv. 560-527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi va o‗zining tiraniya
shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‗rnatdi. Afinaning eng kambag‗al aholisi o‗z siyosiy
huquqlarini kengaytirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor bo‗ldi. Shu sababli ular
Pisistrat tiraniyasini qo‗llab-quvvatladilar. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat
xazinasidan yordam ko‗rsatdi. Qishloq kambag‗allari uchun soliqlar majburiyatini
yengillashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga kelishdan
qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qil inishi
o‘rta hol dehqonlarni og‗ir ahvolga solib qo‗ydi.
Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda
Dardanel bo‗g‗oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga
boradigan dengiz yo‗llari ustidan nazoratini o‗rnatdi.
Pisitrat davrida Afina akropolida Afina Pallada, Pifiyalik Apollon Elevsinada
ibodatxonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom etdi, 9 -quvurli suv
o‗tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milodiy 18 asrgacha ishlatildi. Pisistrat yollanma
qo‗shinni tashkil qildi, hosilning o‗ndan bir miqdorida soliq joriy qilindi. Solon joriy etgan
o‗zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa tiranlar bilan juda yaqin aloqa o‗rnatdi.
Shoirlar va rassomlarga homiylik qildi.
Pisistratning tadbirlari eski urug‗ zodagonlarining mavqeyiga putur yetkazdi. Ularning
ko‗p vakillari Afinadan quvg‗in qilindi. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning vafotidan so‗ng
o‗g‗illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo‗ldilar. Bu vaqtda kuchli Fors davlati Kichik
Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora den- gizga boradigan yo‗llarni egallab oldi. Afina
dengiz savdosiga katta putur yetdi. Natijada Afinaga chetdan g‗alla olib kelish vaqtinchalik
uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Aholi Pisistratning o‗g‗illari hokimiyatini
ag‗darib tashladi.
Pisistratlarning 50 yillik (mil.avv. 560-510-yillar) tiraniyasi ag‗darilganidan so‗ng,
yevpatridlarning o‗z hukmronliklarini tiklashga urinishlari Afina demosining keskin
qarshiligiga uchradi. Afinada taniqli bo‗lgan Alkmeonidlarning urug‗idan bo‗lgan Klisfen
toifaviy tuzum sarqitlaridan xoli bo‗lib, Afinaning qudratini yangi tiraniyani o‗rnatish bilan
emas, aksincha, barcha fuqarolarning huquqlarda to‗la va mutlaq tengligini amalga oshirish
bilan ta‘minlash mumkin deb hisobladi. Shunday bir sharoitda demos qo‗llab-quvvatlagan
Klisfen yangi islohotlarni o‗tkazdi (m.a. 509-507-yillar). Klisfen m.a. 509-yilda qo‗shimcha
vakolatlar bilan birinchi arxont lavozimiga saylandi. Uning islohotchilik dasturining asosiy
maqsadi Solon asos solgan demokratik muassasalarni rivojlantirish va mustahkamlash,
demokratiyani oligarxik to‗ntarish yoki tiraniyaning o‗rnati- lishidan himoya qilish
mexanizmini yaratish edi. U ma‘muriy-hududiy islohotni amalga oshirdi. Azaldan mavjud
bo‗lgan urug‗- zodagonlari va badavlat boylarning hokimiyati tayanchi bo‗lgan to‗rt sinf
(fillar) tugatildi. Klisfen Attika viloyatini geografik tuzilishi bo‗yicha har birini tarkibida 10
dem (jamoa) bo‗lgan 10 fil (okrug)ga bo‗ldi. Fillarga chet elliklar va meteklar birlashtirildi.
Shu bilan urug‗ zodagonlari hokimiyati tugatildi. Har bir fil o‗n demdan iborat bo‗lib, har bir
dem oliy ma‘muriy organ Besh yuzlar kengashiga 25 kishigacha a‘zo saylagan. Afina ko‗ngilli
qo‗shinlari tarkibi ham o‗zgardi. Uning asosiy qismini og‗ir qurollangan jangchi - goplitlar
tashkil etdi. Ular ko‗p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to‗ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan
jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.
To‗rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o‗z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy
fildan 50 kishi bu kengashga saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh yuzlar kengashi tarkibi
25
(Bule) har yili to‗la yangilandi. Ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub
joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi. Endi fuqarolik qadimgi urug‗ filiga
mansublik bilan emas, balki eng kichik hududiy birlik - demga mansublik bilan belgilandi.
Endilikda har bir fuqaro o‗z ismiga otasining avlodi ismi emas, o‗z demining nomini qo‗shdi.
Yana bir siyosiy yangilik - tiraniyaning o‗rnatilishiga qarshi qo‗yilgan ostrakizm qonuni
qabul qilindi. Bu qonunga ko‗ra demokratiya, tenglik va erkinlikka tahdid qiladigan fuqaro
Afinadan 10 yil muddatga, keyin besh yil muddatga quvg‗in qilinishi mumkin bo‗lgan.
Quvg‗in qilinadigan fuqaroga qarshi 6 ming kishi ovoz berishi kerak edi. Bu qonun siyosiy
hayotda m.a. 487-yildan 417-yilgacha qo‗llanib, shu davrda tiraniyaning uch tarafdori
Afinadan haydab yuborilgan. Klisfenning islohotlari urug‗chilik aloqalarining uzilishi va
aholining aralashib ketishiga olib keldi.
Bu vaqtda zodagonlar Isagor boshchiligida hokimiyatni zodagonlarga qaytarish uchun
Spartadan yordam so‗radilar. Spartaning kichik harbiy qismi Afinaga kirdi. 700 ta oila quvg‗in
qilindi, Beshyuzlar kengashi tarqatib yuborildi. Lekin oddiy xalq qurollanib, spartaliklarni
Afinadan chiqib ketishga majbur qildilar. Spartaning yangidan taz yiq o‗tkazishidan qo‗rqqan
afinaliklar forslardan yordam so‗radilar. Sard shahrida turgan Eron satrapi Klisfen
boshchiligidagi Afina elchilarini qabul qildi. U yordam berishga va‘da qilib, faqat fors
podshosiga yer va suv berishga (qaramlik belgisi) rozi bo‗lishni so‗radi. Elchilar bunga rozi
bo‗ldilar. Lekin afinaliklar bu shartnomani rad qildilar. Klisfen Afinaga qaytishi bilan u
Afinaga xiyonat qilgan hisoblanib, ostrakizm yo‗li bilan Afinadan quvg‗in qilindi.
Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug‗chilik munosabatlari va urug‗
zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarini to‗la tugatdi. Afina davlat qurilishiga
demokratiyaning to‗la hukmronligini o‗rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan
chet elliklar, qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har
qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o‗z fuqarolik jamoalari si- yosiy hayotini eng
muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Barcha yunon polislari orasida
Afina davlati eng ilg‗or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |