O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


M.a. VIII-VI asrlarda Peloponnes va Sparta



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
M.a. VIII-VI asrlarda Peloponnes va Sparta 
Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri 
edi. Fukidid, Ksenofont, Aristotel va Plutarx asarlari hamda spartalik shoir Tirteyning she‘rlari 
Sparta davlatining tarixiga oid eng asosiy manbalardir. Bundan tashqari arxeologik materiallar ham 
yil sayin tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga 
to‗g‗ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o‗rnashdilar va 
mil.avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik 
uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot 
daryo vodiysining o‗rta qismidagi unumdor yerlarda Sparta manzilgohi paydo bo‗ldi. Qadimgi 
yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb atadilar. Ko‗pchilik doriylar bo‗lg‗usi Sparta 
polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o‗rnashdilar.
Doriylar Lakoniyani bosib olgandan keyin mahalliy axey aholisini o‘zlariga 
bo‘ysundirganlar va bu sharoitda mustankam ezish apparatiga zaruriyat tug‘ilgan. Peloponnes 
hududiga bostirib kirgan doriylar mahalliy aholiga nisbatan ancha kam bo‘lganligi va bu istilochilar 


20 
hali urug‘doshlik buzilish bosqichida turganliklari sababli ularning hukmronligi juda o‘ziga xos bir 
tarzda bo‘lgan.
Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin 
esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‗lka Spartaning kam 
sonli, to‗la huquqli fuqarolari tomonidan bo‗lib olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib 
tashlanib, qolganlari huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. «Ilot» nomining o‘zi hozirga qadar 
ravshan emas. Ularning hayoti qullarning hayoticha ham qadrlanmagan.
Istilochilar – doriylar – o‘zlarining bosh shahri Sparta nomi bilan spartaliklar deb atay 
boshlaganlar. Sparta aholisining asosiy sinflari, tabaqalari spartaliklar, perieklar, ilotlar ana shu 
tariqa vujudga kelgan. 
Lakoniyaning iqtisodi juda kam rivojlangan va ibtidoiy darajada edi. Bunda asosiy 
mashg‘ulot dehqonchilik edi. Qadimgi Spartada yer xususiy mulk emas edi. Butun yer jamoaga 
qarashli bo‘lib, jamoa o‘z a‘zolariga vaqtincha foydalanish uchun berilar edi. Hunarmandchilik. 
Spartada hunarmandchilik juda kam rivojlangan edi. Hunarmandchilik bilan perieklar shug‘ullanar 
edi. Ular eng zarur narsalarnigina tayyorlar edilar. Uylar faqat ikki asbob: bolta va arra bilan 
qurilardi. qurollarni takomillashtirish va mehnatni tashkil qilish haqida hech kim o‘ylamas edi, 
buning ustiga bu ish Spartpa davlati tomonidan ta‘qiqlab qo‘yilgan edi. Shunday qilib, ko‘p asrlar 
davomida Sparta hunarmandchiligi taraqqiyotining muttasil past darajasida edi.
Sparta davlati har qanday tashqi savdoni ta‘qiqlab qo‘ygan edi. Boshqa mamlakatlardan 
hech qanday tovar keltirilmas edi. Savdo-sotiq faqat mamlakat ichida mahalliy bozorlarda qilinardi. 
Pullar temirdan bo‘lganligidan juda og‘ir edi. Oziq-ovqat va hunarmandchilik buyumlarini sotib 
olish uchun juda ko‘p pul kerak edi. Pullar hozirgidek hamyonda olib yurilmas edi, balki maxsus 
omborlarda saqlanar edi. Bozorga bormoqchi bo‘lgan kishi bu pullarni aravaga yuklab borar edi. 
Spartada kumush pullar ham bor edi, lekin bu pullar ishlatilmas edi. 
Imtiyozli sinfi bo‘lgan spartaning «tenglar jamoasi» deb atalgan. «Tenglar jamoasi» Sparta 
quldorlik davlati sharoitida ilotlar va perieklarni bostirish uchun hukmron sinfning (Spartaliklar 
tabaqasining) harbiylashtirilgan birlashmasi edi. Spartaliklar harbiy ish bilan shug‘ullanganlar. 
Faqat ana shu harbiy ishgina spartalikka munosib mashg‘ulot hisoblangan. Spartada mustahkam 
jangchilar tarbiyalab etishtirish uchun maxsus maktablar bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqnii 
Sparta olib mahkamasi gerusiyaga, ya‘ni oqsoqollar kengashiga olib borgan. Agar chaqaloq zaif 
bo‘lsa va dardchil tug‘ilgan bo‘lsa, uni qoya ustidan pastga uloqtirib yuborgan. Sog‘lom va kuchli 
chaqaloqni tirik qoldirgan. Lekin u etti o‘shgacha onasi qo‘lida tarbiyalangan. So‘ngra u jamoat 
maktabiga borib, to balog‘at yoshiga etguncha, ya‘ni 18 yoshgacha shu maktabda turgan. U 
maktabda yashagan va o‘qigan. Maktabda tartib-qoida juda qattiq bo‘lgan. O‘g‘il bolalar yostiqsiz 
qatti bo‘yraa ustida yotib, ustilariga engilgina ko‘rpa yopib uxlaganlar. Ular issiqqa ham, sovuqqa 
ham bab-baravar chidamli bo‘lishlari lozim edi. Sparta o‘g‘il bolalarini chidamli bo‘lishi uchun 
ochlik va tashnalikka ba‘zi kunlarda ularga sira suv ichirmagan. Har bir kichik gruppa katta gruppa 
safiga kirganda kaltaklangan. Kaltaklanganda hech bir spartalik o‘g‘il bola dodlamagan va 
inglamagan, chunki bu uyat hisoblangan. Maktabda ular o‘qish, yozish, hisoblash, qo‘shiq aytish, 
raqs qilish, vatanparvarlik ruhidagi she‘rlarni yodlaganlar, falsafaa va suxandonlik bilan 
shug‘ullanishga ruxsat etilmagan. 
O‘g‘il bolalarni mumkin qadar qisqa so‘zlashga o‘rgatilgan. Onaning o‘g‘lini urushga 
kuzatayotganda aytadigan so‘zlari bunday lakonizmga misoldir. Ona o‘g‘liga qalqonni bera turib: 
«qalqon bilan yoki qalqonda qayt», degan. 
Spartalik qizlar o‘g‘il bolalar kabi o‘qish, yozish, hisoblashni bilganlar. Spartaliklar 
balog‘atga yetib oila qurishgandan keyin ham ularni oilasi harbiylarcha o‘tan. Agar spartalik 
kambag‘allashib qolsa «Tenglar jamoasi»dan haydalgan. Sparta davlatining butun faoliyati ilotlarni 
itoatda tutishga qaratilgan edi. Spartaliklar ilotlarni o‘ldirishga haqli edi. Har yilda bir marta 
«kriptiya» degan hunrezlik qilinar edi («kriptiya» - yunoncha «o‘ldirish»). Armiyada ilotlar 
yordamchi vazifalarini bajargan. Ilotlar xususiy ho‘jayinlariga emas balki butun Spartaga qarashli 


21 
edilar, chunki Lakoniya ilotlarini qullikka solish davrida spartaliklarda ijtimoiy jamoa 
munosabatlari hali yo‘qolgan emas edi. 
Sparta davlatining qonunchilik ishi Likurga nisbat beriladi. Uning afsonaviy shaxsliligini 
Plutarx tasvirlagan. Fukidid va boshqa antik avtorlar tilga olib o‘tganlaridek, mavjud bo‘lgan shaxs 
hozirga qadar ma‘lum emas. Halq yig‘ini (apella) mavjud bo‘lib, unga 30 yoshga etgan spartalik 
erkaklar kirgan. Bu yig‘inda, urush va sulx masalalari hal qilingan, ammo unda ovozga qo‘yish 
odati bo‘lmagan. Hamma masala qichqiriq bilan hal qilingan. Shunisi ham borki, oqsoqollardan 
birortasi hozir bo‘lgan taqdirdagina yig‘in ochiq deb hisoblangan. Agarda oqsoqollar yig‘inini 
chaqirishga rozi bo‘lmasalar, ular umuman yig‘inga kelmaganlar va yig‘in ochilmagan. Spartada 
ayni bir vaqtda ikki podsho bo‘lgan. Biri doriylarning Evripontid urug‘idan, ikkinchisi 
Axeyaliklarni Agiad urug‘idan. Ular avliyo hisoblangan. Podsholar davlatda real hokimiyatga ega 
bo‘lmagan. Spartada efor degan ya‘ni Spartadagi barcha muassasalar ustidan nazorat qilgan alohida 
shaxslar bo‘lgan. Ular beshta bo‘lib, bir yil muddatga saylangan. Agar podsho efor, huzuriga 
kelmasa, u zo‘rlab olib kelingan. Eng kuchli va davlatni haqiqatdan boshqaruvchi organ gerusiya 
bo‘lgan. Gerusiya («geront» - «keksa»). Spartaning eng zadogon va eng mo‘tabar urug‘laridan 
iborat oqsoqollar majlisidir. Gerusiyaga oltmish yoshli 28 kishi va 30 yoshga etgan ikki podsho 
kirgan. Ular gerontlarni «bolalar usuli» ya‘ni qattiqroq qichqirish bilan saylangan. Sparta aslzodalar 
davlati bo‘lib, unda hokimiyatga gerussiya va eforlar ega bo‘lgan. 
Peloponnesning eng kuchli davlati bo‘lgan Sparta eramizdan avvalgi VI asrdayoq ikki marta 
qattiq urush qilgandan keyin g‘arb tomonidagi serhosil qo‘shni mamlakat Messeniyani zabt etgan 
va uning aholisini ilotlarga aylantirgan. Janubiy Yunoniston territoriyasidagi qolgan davlatlarga 
kelganda, garchi ularni Sparta zabt etolmagan bo‘lsa-da, lekin ular ham asta-sekin unga 
bo‘ysunishga majbur bo‘lganlar va Pelaponnes ittifoqini tashkil qilgan. Bu itttifoqqa faqat Argos va 
Axaya kirmagan, ular o‘zlariga mustaqil bo‘lib qolganlar. Ammo o‘rta Yunonistonga joylashgan 
Megara Polopones ittifoqi kirgan. Sparta boshchilik qilgan Polopones ittifoq harbiy jihatdan 
ustunligi butun Yunonistonda ustunligi har bir davlatga ma‘lum edi. Spartaliklar intizomli 
bo‘lganlar. Bu armiya miloddan avvalgi VI-V asrlardagi Yunonistonning eng kuchli armiyasi 
bo‘lgan.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish