Yunon polislarning tashkil topishi.
Yunon tarixidagi mil.avv. XI-IX asrlarni tarixchilar «Qorong‗i davrlar» deb ataydilar.
Chunki bu davrga oid ma‘lumotlar juda kam. Mil.avv. XI-IX asrlardagi yunon tarixini
o‗rganish bo‗yicha asosiy manba bo‗lib, Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari xizmat
qiladi. Shu sababli bu davr Gomer davri deb ham ataladi.
Gomer «Iliada» va «Odissey» dostonlarida axey sivilizatsiyasi gullab-yashnashining
so‗nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o‗zi mil.avv. VIII asrda yashagani uchun
o‗tmish voqealarini o‗zi yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug‗chilik
munosabatlari zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko‗p sonli urug‗
zodagonlari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin mehnat taqsimoti
natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh
teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to‗g‗risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir
qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda bo‘lib, ularning soni ko‗p
emas edi. Xo‗jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Gomer
o‗tmish qahramonlarini sharaflab, o‗zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining
hayotiy tasvirini chizadi.
Urug‗-jamoa
kichik
qishloqlarda
yashab,
dehqonchilik,
chorvachilik
bilan
shug‗ullanganlar. Jamoani saylab qo‗yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an‘analar asosida
boshqargan. Basiley urug‗ mulkini qo‗riqlagan, urug‗doshlarini sud qilgan va urug‗ning
afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi‘shlangan marosimlarni o‗tkazishda boshchilik qiladi.
Axey sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi.
Mil.avv. XIII asr oxiridan axeylarning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy
qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiriga kelib butun
Shimoliy va O‗rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu
davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi qishloqlarda
yashab, shahar to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lmagani bayon qilinadi. Xojalik natural shaklda
bo‗lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanadi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash
holatida edi. Gomer davri yunonlari hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‗pol qurilgan,
poli tuproq, xona o‗rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar.
Mil.avv. XI asrda xojalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan so‗ng temir o‗zlashtirilib,
xojalik hayotining jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam
bo‗lgan. Taqchil bo‗lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekin- lar egallay boshlagan.
Bog‗dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini o‗stirish yo‗lga qo‗yilgan. Chorvachilik
rivojlangan. Gomer poemalariga ko‗ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo‗lgan.
Hunarmandchilikda katta o‗zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir keng
qo‗llanila boshlandi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila
moddiy ehtiyojini o‗z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
15
Erkin dehqon xojaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‗ldi. Jamoaning alohida bir ko‗rinishi
sifatida jamoa-polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli bo‗ldi. Keyinchalik polis shahar-
davlatga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‗lib, ular huquqlarda teng edilar.
Jamoada shakllanayotgan urug‗ zodagonlari jamoani o‗z nazorati ostiga olishga urinar edilar.
Polis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini va hududni qo‗shnilar bosqini va tazyiqidan
himoya qilish va jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashk iloti
yuzaga kelmagan edi.
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik polis -
jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil
xojalik yuritish asosida tirikchiligini o‗tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan
aloqasi bo‗lmagan patriarxal oila bo‗lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz,
birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a‘zolari yo‗q edi.
Hunarmandchilikning sohasi bo‗lgan kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn
marosimlari o‗zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o‗rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish)
rasm bo‗ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlangan Sharqqa yunonlar kirib kela
boshladi. Mil.avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g‗arbiy qirg‗og‗ida yunon qo‗rg‗onlari
paydo bo‗lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida so‗zlashgan.
M.a. VIII-VI asrlarda Yunonistonning ijtimoiy taraqqiyoti Gomer davri oxirlaridan boshlab
hamma joyda yuz bergan ilku sinfiy jamiyatning qaror topishi jarayonining davomidir. M.a. VII-VI
asrlar davrini an‘anasiga ko‘ra ko‘pincha arxaik, ya‘ni dastlabki davr deb ataydilar, chunki XIX
asrning uchinchi choragida boshlangan va hozirgacha davom etayotgan buyuk arxeologik
nashriyotlarga qadar qadimgi Yunoniston tarixini odatda m.a. VIII asrdan boshlar edilar. Biroq
mazkur terminni hozirgi kunda ham saqlash mumkin, chunki xuddi m.a. VIII-VI asrlarda kundalik
jamiyatining shakllanishi birinchi marta eng zo‘r va eng aniq ifodalangan variantda yuz bermoqda
ediki, bu davr randa antik davr deb nom olgan.
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishlardan so‘ng Yunonistonda yangidan kichik-
kichik quldorlik davlatlari paydo bo‘la boshladi. Bu davlatlar istehkom bilan o‘rab olingan
manzillardan iborat bo‘lib, ularda dehqonlarning va ayni vaqtda quldorlarning kollektivlari yashab
ular birgalikda o‘zlarining umumiy manfaatlarini istehkom bilan o‘rab olingan manzil yonidagi o‘z
mulklari bo‘lmish er uchastkalarini va o‘z mulklari bo‘lmish qullarni himoya qilganlar. Bu davlat
tuzilishlari qadimgi yunonlarda polislar, ya‘ni shahar-davlatlar deb nom olgan. Natural xo‘jalik
katta davlat birlashmalari tuzish uchun shart-sharoit tug‘dirmagan.
Antik davrda qadimgi yunon jamiyatining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy
tashkilotining asosiy shakli polis edi. Polis bu - jamoaning alohida tipi bo‗lib, dehqon va
shahar aholisini o‗zida birlashtirgan yerga ishlovchilar - fuqaro jamoasi edi. Yunon polisining
taraqqiyoti va shakllanishini belgilaydigan asosiy shartlari quyidagicha edi: Eng avvalo, davlat
va xususiy mulk birlashgan antik mulkchilik shakli edi. Yunon jamoasi a‘zosi bo‗lgan fuqaro
yerga egalik qilish huquqiga ega edi. Har bir fuqaro polis hududi da yer ulushiga ega bo‗lishi
shart edi. Yerga egalikning oliy huquqi fuqarolar jamoasiga tegishli edi. Polis tashkilotining
ajralmas qismi fuqarolik muassasasi edi. Polis aholisi to‗la huquqli fuqarolar, to‗laqonli
huquqga ega bo‗lmagan va huquqi bo‗lmagan aholi toifalaridan iborat edi. Polis jamoasi
tarkibiga kirgan fuqarolar iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarning majmuasiga ega edilar.
Faqat polis fuqarolarigina aholining imtiyozli qismini tashkil etar edi.
Fuqaroning asosiy ramzi ozod kishi mavqeyi edi. Yunon fuqarolik mavqeyini fuqaro ota-
onadan tug‗ilishi bilan olar edi. Fuqarolik huquqini boshqa polisdan kelganlarga sovg‗a qilish -
ga faqat polisning xalq yig‗ini haqli edi. Oligarxiya hukmron bo‗lgan polislarda fuqarolik
mavqeyiga ega bo‗lish uchun fuqaro mulkiy senz, yerga egalik, og‗ir qurol-aslahasi
mavjudligi shart- larini bajarishi lozim edi. Polisning iqtisodiy asosini qishloq xojaligi, yerga
fuqaroning erkin mehnat qilishi tashkil etar edi. Yerga egalik, dehqonchilik uzoq vaqt polis
fuqarosining imtiyozi bo‗lib qoldi. Polis fuqarosidan boshqa hech kim uning hududi - da yerga
16
egalik qilish huquqiga ega emas edi. Polis fuqarolar jamoasiga tegishli jamoa yerlariga egalik
qila olmas edi.
Har bir fuqaroning eng muhim huquqi va bir vaqtning o‗zi- da majburiyati, bu uning o‗z
polisining himoyasida shaxsan ishtirok etishi edi. Uncha katta bo‗lmagan yunon polislari
muntazam qo‗shin saqlash qobiliyatiga ega emas edilar. Shu sababli, uning himoyasi erkaklar
zimmasida edi. Qo‗shinning asosini tashkil qilgan og‗ir qurollangan falangani o‗rta hol fuqa
ro-dehqonlar tashkil etar edi. Yunon polisining ajralmas qis mi - fuqarolik jamoasida o‗z-o‗zini
boshqarish edi. Xalq yig‗ini, kengash, sud va ijroiya hokimiyati lavozimlari fuqaro
jamoasining qo‗lida bo‗lib, hech qachon undan ajralmadi.
Polis jamiyatida barcha huquqiy me‘yorlar manbasi xalq yig‗inida ishlab chiqilgan qonun
edi. Fuqarolarning qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi ishtiroki
ajralmas huquq edi. Shunday qilib, polis fuqarolik jamoasi a‘zolari bo‗lgan shahar va qishloq
aholisi uyushgan yopiq jamoani tashkil qilib, o‗z imtiyozlari va huquqlarini qat‘iy saqlab,
himoya qilar edi. Polis hududi shahar va uning atrofidagi qishloqlarni o‗z ichiga olgan. Yunon
shahar-davlatlari hududi va aholisi soni bo‗yicha har xil bo‗lgan.
Polis-davlat hududi markazida shahar bo‗lib, bu yerda qishloq aholisining bir qismi:
hunarmandlar, savdogarlar yashagan, xalq yig‗ini to‗plangan ibodatxona bo‗lgan. Odatda,
shaharlar portlar, gavanlar bilan dengiz sohiliga joylashgan. Shahar markazida tepalikda
mustahkamlangan qal‘a - akropol bo‗lib, bu yerda ibodatxona, shahar xazinasi binosi bo‗lgan.
Akropol yonida bozor - agora maydoni bo‗lib, bayramlar, sport muso- baqalari va xalq yig‗ini
o‗tkazilgan. Polis hududida bir necha qishloqlar joylashgan, lekin shahar markazi boshqaruvi
bitta bo‗lgan. Polisda aholi asosan uzumchilik, zaytun ekini, hunarmandchilik, savdo bilan
shug‗ullangan. Aholining ijtimoiy qatlami asosan mayda dehqonlar, hunarmand va
savdogarlardan tashkil topgan.
Har bir polisda vaqt o‗tishi bilan polis tuzilmasi tugallangan shaklni oldi va barqaror
fuqarolik siyosiy tashkiloti (demokratiya yoki oligarxiya) shaklida faoliyat ko‗rsata boshladi.
Har biri polisdagi tub joy erkin aholining hammasini rasmangina o‘z ichiga olgan, hukmron
quldorlar sinfining yuqori qatlamiga aylangan nasl-nasabli aslzodalarning iqtisodiy va siyosiy
hukmronligi endi siyosiy taraqqiyotning ilgarilab borishiga to‘sqinlik qila boshladi.
Shahar demosining iqtisodiy mustaqilligi kuchayib borishi bilan u polisni boshqarishda
ishtirok etishiga va aslzodalar hokimiyatini chekkasiga erishish uchun faol harakat qila boshladi.
Shahar demosi uning mol-mulkini va savdo – hunarmandchilik faoliyatini aslzodalarning
suiste‘mollardan himoya qiladigan qonunlar chiqarishni talab qildi. Dengiz savdosi
rivojlanayotganligi munosabati bilan shahar demosi faolroq tashqi siyosat yurgizish masalasini
qo‘ydi. Qishloq demosi qarz asoratidan qonunchilik yo‘li bilan himoya qilishga muhtoj edi va
dehqonlarning yer uchastkalarini bosib olishga xotima berishni talab qilardi. Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot jarayoni nasl-nasabli aslzodalarga ham dahl qilmoqda edi, ular orasida ham mulkiy
tabaqalanish yuz bermoqda edi. Aslzodalarning, ayniqsa kambag‘allashib qolgan aslzodalarning bir
qismi ustaxonalar ochish va savdo sotig‘ni tashkil qilish bilan o‘zi shug‘ullana boshladi. Bu
aslzodalarning manfaatlari shahar demosi yuqori qatlamlarining manfaatlari bilan yaqinlashgan edi.
Nasl nasabli aslzodalarning hukmron zamindorlar gruppasi yetilib qolgan islohatlarni
o‘tkazishga qarshilik ko‘rsata boshladi. Shu sababli m.a. VII-VI asrlarda shahar va qishloq demosi
islohatlar uchun qat‘iy kurashga kirishdi. Savdo-hunarmandchilik polislarining ko‘pchiligida nasl-
nasabli aslzodalar hokimiyati ag‘darib tashlandi va xokimiyat demosining vakillari bo‘lmish
hukmdor shirankar qo‘liga o‘tdi «Tiran» – (mustabid) tushunchasi Yunoniston tarixining arxaik
davrida salbiy ma‘noga ega emas edi. Shu tariqa m.a. VII-VI asrlarda davlat hokimiyatining yangi
formasi paydobo‘ldiki, bu forma fanda bosh yoki ilk tironiya nomi bilan mashxurdir. Tiranlarning
ko‘pchilik qismi demosning yuqori qatlamlariga yondoshgan aristokratiya gruppasidan chiqqan
kishilar edi. Ular zo‘r berib eski zodagon aristokratlar huquqlarini cheklash siyosatini yurgizdilar,
ularga qarashli yerlarning bir qismini musodara qildilar eski tartiblarning eng tarafdorlarini qirib
tashladilar yoki haydab yubordilar. Lekin eski (aslzodalar) urug‘idan chiqqan tiraklar ko‘pincha
17
tutiriqsiz siyosat yurgizdilar va shu bilan ularni yuqori martabaga ko‘targan demosni o‘zlariga
qarshi qurollantirdilar. Tiraniya nechog‘li nomukammal bo‘lishiga qaramay, o‘sha vaqt progressiv
hokimiyat edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan demosning tepasiga aristokratiyadan bo‘lgan kishilarning
chiqib olganligiga sabab shu ediki, dastlabki paytda ular demosning o‘z orasidan chiqqan tubjoy
vakillariga qaraganda davlat ishida tajribaga ega edilar. ―To‘ng‘ich‖ yoki ―ilk tiraniya‖ qisqa
muddatli edi. Aristokratlar hokimiyatdan chetlatilgan. Demosning faoliyati uchun keng maydon
ochilgandan keyin tiranlar endi kerak bo‘lmay qoldilar. Tiraniya zamonida demosning
manfaatlarini ko‘proq izchillik bilan himoya qilgan siyosatchilar yetishib chiqib, siyosiy tajriba
orttirgan edilar. Shuning uchun yana qo‘zg‘olonlar yuz berdi.
M.a. VII asrning oxirlari – VI asrning boshlarida Kichik Osiyo va Yunonistonda tangalar paydo
bo‘ladi. Birinchi to‗laqonli tangalar Kichik Osiyodagi Lidiyada zarb qilindi. Oltin va kumush
aralashmasidan iborat elektron deb ataladigan tanga zarb qilindi. Tangalar uzunchoq shaklda,
bir tomonida davlat ramzi, ikkinchi tomonida kvadrat tasviri tushirilgan edi. Yunonistonning
pul birligini 436,5 gramm og‗irlikdagi mina tashkil qilgan. Bir mina 8,73 g og‗irlikdagi 50
staterga bo‗lingan.
Bu gurkiragan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining natijasi edi. Kichik Osiyodagi yunon
shaharlarida Yunonistonning polislariga qaraganda aristokratiya bilan demos o‘rtasidagi kurash
davrini ilgariroq kechiran va boy savdo-xunarmandchilik markazlariga aylangan edilar. Bunga
ularning qadimgi yunon va qadimgi sharq dunyolarning tutash joyida egallangan tranzit geografik
mavqei yordamlashgan edi. O‘tmishda axaya aholisining bir qismi Bolqon Yunonistondagi
doriylardan kichik Osiyo sohiliga qochgan edilar. Bu ham xuddi Kichik Osiyo sohilida qadimgi
axayya madaniyati elementlarining ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy va
markaziy taraqqiyotining uzluksiz borishiga yordamlashgan edi. Shu sababli Ioniya yunon polislari
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda o‘sha vaqtdagi Yunonistonning eng ilg‘or rayoni edi. Ular orasida
ayniqsa Milet ajralib turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |